tungi.ru

Latifalar 1. Qariyada

Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:

—Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o'zim alohida, mustaqil yashayman!

Ota-onasi:

—Juda yaxshi o'g'lim. Seni ulg'ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.

O'g'li esa:

—Mana sizni narsalaringiz, yig'ishtirib qo'ydim, - dermish.

****

Qabriston go'rkovi sport jihozlari do'koniga qo'ng'iroq qilib:

—Allo, bu hafta nechta mototsikl sotdingiz?

—Beshta!

—Demak, yana bittasi qaerdadir sang'ib yuribdi...

****

Yuk tashuvchi Erboboev o'n oltinchi qavatga og'ir qopni olib chiqar ekan, "yomon liftyor" so'ziga yuzta sinonim ayta oldi!

****

Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:

— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.

Mast odam unga:

—Kel yuzta-yuzta olaylik!

— O'ylab ko'r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.

— Mayli. Qani oldik.

— Endi ikkinchi tilagingni ayt!

— Yana yuz-yuz quy!

— Hoy inson, yaxshiroq narsa so'rasang-chi?

— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.

— Balki uchinchi tilagingga biror nima so'rarsan!

— Yana yuzta-yuzta olaylik!

— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.

— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.

Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:

— Mayli, to'rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish.

****

Yosh uchuvchi qo'nish maydonchasiga yaqinlasha turib, dispecher bilan hazillshmoqchi bo'libdi. Ratsiyani ko'tarib:

— Allo, kimligimni top-chi?, - desa, dispecher qo'nish maydonidagi hamma chiroqlarni o'chirib qo'yibdi-da:

— Qaerga qo'nishingni top-chi, - dermish.

****

Bir ayol dugonasiga maqtanibdi:

— Men yog'larga qarshi kurash boshladim!

Dugonasi unga qarab turib:

— Juda ko'plarini asir olishga ham ulguribsan.

****

Xotin eriga:

— Azizim, qahvangiz achchiqroq bo'lsinmi?

Eri:

— Ha, gap-so'zing kabi achchiq bo'lsin!

— Voy, umuman suv qo'shmas ekanmanda-a?!

****

— Eh, agar ko'p pulim bo'lganida, samolyot sotib olgan bo'lardim.

— Samolyotni nima qilasan?

— Samolyot kerakmas, unga yetadigan pulim bo'lishini xohlayman!

****

Bo'linma komandiri:

— Kim paxta terimiga boradi?

— Men, - deb safdan chiqibdi ikkita askar.

— Barakalla!, - debdi komandir, — Sizlar men bilan mashinada, qolganlar esa piyoda qadam bos!

****

O'quvchi maktabga kelib ustoziga debdi:

— Ustoz, men endi bu maktabda o'qimayman! Men Amerikaga ketyapman.

— Amerikada nima qilasan?, - so'rabdi ustozi.

— Amerikada yashaydigan bobom maktub yo'lladi. Uni ko'zlari ancha xiralashib qolibdi. Uni fermasi, ikkita yirik korxonasi va o'nta do'koni bor. Men ularni boshqaraman.

— Bobongga ayt, hamma narsalarni sotib, bu yerga ko'chib kelsin. Biz unga g'amxo'rlik qilamiz.

— Nimalar deyapsiz ustoz?! Xatda aniq yozilgan, bobomni ko'zi xiralashgan, aqldan ozmagan!

****

Komandir safdagi askarlarga:

— Orangizda kim dushman tarafga yashirincha borib, hujum rejasini bilib kela oladi?, - debdi.

Safdan bir gruzin askar chiqib:

— Men boraman, - debdi.

— Yaxshi, - debdi komandir, — Biz senga uchta granata va boshingga bitta kaska beramiz.

— Menga aksincha, bitta granata va uchta kaska beraqoling, - deb askar dushman tomonga ketibdi.

Oradan bir soat o'tibdi, ikki soat o'tibdi ... Gruzin askardan xabar yo'q emish. Komandir bitta askarni ortidan jo'natib, — Qarab kel-chi, nima gap ekan, - deb yuboribdi.

Xabar olishga ketgan askar qaytib kelib komandirga:

— Anavi gruzin safdoshimiz dushmanlarni o'rtasiga o'tirib olib, "Top-chi granata qaysi kaskani tagida! Topa olmading. O'rtadagi kaskani tagida ham emas. Yana o'n ming pul va hujum rejasini ber buyoqqa" deb o'ynab o'tiribdi, - dermish.

****

Hammaga omad kulib yahshash hayotni engillashtiradi.

O‘xshash hikoyalar