tungi.ru

Supper latifalarBy╚►๛••ʍéνєʀɪι‹•• ™

1_"Bir kuni podshoh xizmatkorlarini chaqirib debdi:

— Sizlarga bir kun muhlat. Agar ertaga gapiradigan qushni topib kelmasanglar, hammangizni jazolayman!

Xizmatkorlari nima qilishini bilmay, tuni bilan chora izlashibdi. O‘ylab-o‘ylab, afandiga murojat qilishibdi. Afandi:

— Aslo qayg‘urmanglar. Menda chora bor, - debdi.

Ertasi kuniga shoh saroyiga katta qora qarg‘a bilan afandi kirib kelibdi. Buni ko‘rgan xizmatkorlar jonlaridan umidini uzib turishsa, shoh qarg‘aga qarab:

— Manavi odam karmi? - deb xizmatkorlaridan birini ko‘rsatibdi. Shunda qarg‘a "Karrr" desa, podshoh quvonib:

— Ana bo‘larkan-ku! - dermish

2_O‘qituvchi bolalarga oy haqida hikoya qildi:

— Oy juda katta sayyora. U erda milliondan ziyod odamlar yashashi mumkin.

— Menda bir savol bor, - dedi bir o‘quvchi.

— Xo‘sh, nima deysan?

— Oy yarimta bo‘lib qolganda odamlar qanday sig‘ishadi?

3_Afandi bir joyda to‘y bo‘lyapti deb eshitdi, garchi taklif qilinmagan bo‘lishiga qaramay, to‘yga juda ham borgisi kelibdi. O‘ylab-o‘ylab bahona topibdi. Bir varaq qog‘ozni to‘rt buklab, cho‘ntagiga solibdi-yu, to‘yxonaga otlanibdi. To‘y egasiga borib:

— Sizga qozidan xat,— deb qog‘ozni beribdi. To‘y egasi quvonib, xatni olib, Afandini to‘yxonaga kirgizib to‘rga o‘tkazibdi. Afandi esa vaqtdan foydalanib, dasturxondagi nozi-ne’matlarni bir boshdan eya boshlabdi.

To‘y egasi qog‘ozni ochib qarasa, bo‘m-bo‘sh.

— Qog‘ozda hech narsa yozilmagan-ku! - debdi afandining yoniga borib.

— Ishlari zarur bo‘lgani uchun qog‘ozga xat yozishga qo‘llari tegmadi,— dermish Afandi.

4_Bir boydan do‘sti so‘rabdi:

— Uyingga bosqinchilar kirgani rostmi?

— Ha rost!

— Hamma pullaringni, tilla taqinchoqlarni berib yubordingmi?

— Ha, bir zumda olib chiqib berdim!

— Seni qizib turgan dazmol bilan qo‘rqitishibdi. Shunga bir pasta taslim bo‘ldingmi?

— Esing joyidami? Dazmol qizib-qizib, uyimdagi elektr energiyasi hisoblagichi falon pul yozishini kutishim kerakmidi!?

5_Har kuni ichib, mast bo‘lib yuradigan odamdan so‘rashibdi: — Nega har kuni aroq ichasan? — Unutish uchun, - debdi. — Nimani unutish uchun? — Aroqxo‘rligimni unutish uchun!

6_Bir erkak 10 qavatdan pastga yiqilib tushibdi. Havoda pastga tushayotgan erkak o‘ziga-o‘zi debdi:

— Agar tirik qolsam, ichishni, chekishni tashlayman, xotinimga vafodor bo‘laman!

Omadi kelib qolib, shaloplab hovuzga tushibdi. Suvdan boshini chiqarib:

— Pastga tushgunimcha 5 soniya o‘tdi-yu, boshimga ming xil bema’ni fikrlar keldi-ya, - dermish.

Boshqa hikoyalar