Boylikmi yoki Nomus? By DoMiNo (tanlovga) 2 (2-bet)
ustiga uylanaman deb ota onasiga aytolmidi ham. Endi oldingidaqa telefon suxbatlari yo'q, yurak yutib yigit telefon qilgan taqdirda ham nima deyishni bilmasdan salom alikdan nariga o'ta olishmasdi. Bir kuni tunda zeboni uchrashuvga chaqirdi. Unashtirilgandan beri ko'rgani yo'q edi o'ziyam. Jamshid zeboni taniyolmay qoldi, kimdir unin o'tli, quvonchdan chaqnab turuvchi ko'zlarni sug'urib olib, uning o'rniga mayus, g'amgin ko'zlarni qo'yib qo'ygandek edi.
Zebo, uyat ish qilib qo'ygandek boshini yerdan ko'tarmasdan
- Endi nima nima qilamiz deya ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi. Zebo shunday deb ko'ziga yosh olmasdan burun, jamshidning ham xo'rligi kelib, tomog'iga bir nima tiqildi, yig'i xuruj qildi, buni bildirmaslik yuzini teskari o'girib yoxud ko'zini berkitish noqulay bo'lgani sabablimi, zeboni quchoqlab, yelkasiga boshini qo'ydi, tez-tez kiprik qoqib yoshini yutdi. Zeboning yeg'layotganini payqab baralla yig'lab yubordi. Ikkovi bir-birini yupatmoqchi bo'lgan sayin yig'i xuruj qilib kelaverdi. Ikkovi xo'p yig'ladi. Shoir topib gapirgan ekan.
Ishq balodir, balodi Oshiq kishilar, g'amga mubtalodir.
Ancha vaqtdan keyin ikkovlari to'yni to'xtatish rejasi ustida bosh qotira boshlashdi, biroq buning imkoni bormikan???