SIRLI KUNDALIK... 3 - QISM...
SIRLI KUNDALIK...
Avvalgi qismlar...
1 - QISM...
2 - QISM...
3 - QISM...
Madina endi uxlay olmasligini o`ziham his qildi. Ichidagi qanday kuch kundalikni nihoyasiga yetqazib qo`yishga undardi. Onasi chiroqni o`chirib chiqib ketgandan keyin. Beydor o`tirganligini bildirib qo`ymaslik uchun, deraza oynasidan tushayotgan ko`cha chirg`ini shulasiga, qulay ravishda o`rnashib kundalikni qo`liga oldi.
* * * * * * *
SOG`INCH AZOBI...
Bugun 10-Mart tungi soat 12:00 ga bong urdi...
Uch kundurki diydoringa mushtoqman.
Bu azob 8-Mart kuni tongda boshlandi. Tuni bilan Shohsanamning surati ustida ishladim. Erta tong o`zimga qarab, suratni quchoqlagancha uning yoniga oshiqdim.
Gul do`koniga kirdim, u yerda esa, bir qiz anig`rog`i o`n yoshlardagi qizaloq bor edi.
Salom bergach:
- Keling! -dedi o`ziga yarashgan qo`ng`iroq ovozda.
- Qizaloq bu yerdagi qiz qani?
- Yo`q! -dedi, qovog`ini uyib. Chehrasidan Shohsanamning singlisi yoki jiyani bo`lsa kerak. Men opasini surishtirganimdan yoki boshqa bir sabab tufayli mendan jahli chiqdi. Ortiq bu farishtadek qizaloqni jaxildor qiyofada ko`rishni istamadim...
Sog`inch, tuni bilan qiynab chiqadigan sog`inch kammidi?
Uch kundurki, o`z o`rnimda, o`tirgancha qarshimdagi, qiz yoki ayol qarab mo`yqalam tebrataman, ammo ularning qog`ozdagi suratida sening jamoling nomoyon bo`la boshlaydi.
Qog`ozni alishtiraman, xissiyotimni jilovlashga harakat qilaman biroq yana o`sha takrorlanadi...
Qo`llarimni aqlim emas xissiyotlarim boshqarayotgandek go`yo. Yengil ux tortgancha, gul do`koniga kirayotgan har bir qizni nazarimdan chetda qoldirmayman. Qaniydi ulardan biri sen bo`lsang, deya umid qilaman...
Soat 18:00 oshadi.
Ohirgi bor umid bilan qarayman, biroq u yer allaqachon berkitib, qizaloq ketib bo`lgan. Ertaga kelarmikin deya, tong ottiraman. Suratingga termulgancha o`zimni ovutaman. Bazida qizaloqdan seni so`rayman! Ammo har galdiday bir javob, ``U yo`q``...
Bir ko`rib sevdi yurak.
Ishqqa ovunib...!
Sog`inchdan o`lsam kerak.
Sizni sog`inib..!
Ko`zlarim sizni izlar.
Topolmay hargiz bo`zlar.
Endi dil bedor yig`lar.
Sizni sog`inib..!
Narsalarni yig`ib yelkamga ildim. Suratingizni quchgancha ortimga qaytdim...
* * * * * * *
TUSHIMMI YO O`NGIM...
15-Mart...
Seni kelmay qolganingdan beri tushlarimda mehmonsan. Doyim qochib ketaverasan, yuguraman yetolmayman. Egningda o`rik, gullaridan tililgan ko`ylak, xuddi kelinchakday bey takrorsan. Ammo juda tez yurasan, yugursanda yetolmayman. Terga botib, charchab ketaman nihoyat seni tutib olman. Biroq suratga, yoki gulga aylanib qolasan!
Bu tongdagi tushim umunan boshqacha edi. Qo`limdan mahkam ushlab olding. O`sha ilk uchrashgan joyimizdagi katta chinoz ostida o`tirardik. Sen bilan tinmay suhbat qurdik.
Sen olov emishsan, butun vujudim yonarmish. Biroq seni qo`lingni qo`yib yubormadim. Egningda lola yaproqlaridan tikilgan uzun ko`ylak. Etagi shunchalar uzunki, bosib olmay deya halakman.
- Bugun sevgan insoinizga, yaqinlashib kelayotgan bayramiga atab nima sovg`a olishni o`ylab ko`ring? -deding.
- Ahir yahshi ko`rganim sensan-ku! - sen meni eshitmadin.
- Sovg`a unga yoqishi uchun jiddiy tayorgarlik ko`ring!
- Sevganim sensan-ku!
Uyg`onib ketdim. Bu tushmi yo o`ng. Bugun seni bilan ko`rishishim mumkunligi uchun qilingan bashortdek tuyuldi bu tush.
O`z tushumga o`zim ishonib bugun ham seni kutdim. Tushlarimda ko`rarman deya o`zimni ovudim...
Tushimmi yo o`ngim. Narsalarimni olarkanman, Qarshimda menga tabassum bilan boqib, ayni damda esa biroz hansirab nafasi tiqilib Shohsanam turardi. Egnida qiz ko`ylak. Bu tush emas o`ngim!
Xijron azobidan yuragim toshsa,
Sensiz hayot meni xar tomon otsa,
Taskin berar menga faqat bir narsa,
Men bilan gaplashsan atiga bir lahza.
Asta u tomon yaqinlashdim.
- Salom Umid aka?
- Salom Shohsanam! - haligacha ko`zlarimga ishonmay yelkasidan ohista ushladim. - Haqiqiysan!
U kulib yubordi.
- Sog`indizmi?
- Judayam... Siz Sog`inmadizmi?
Savolim jiddiy ekanini sezdi va kulishdan to`xtadi.
- Ishlarim ko`payib ketdi, kelolmadim! - yana tabassumi bilan yengishga urunib jilmaydi. - Mana sog`inib o`zim keldim-ku...
- Har kuni kutdim. O`rnizda esa bir jahildor qizaloq bor ekan!
- Ha... Ha Shahrizoda meni singlim! - tasavur qildi shekili, kulib yubordi. - O`zi yaxshi qiz, shunchaki o`rnimga qo`yganim uchun jahli chiqqan!
- Haya bu sizga, Ayyomiz bilan o`tib ketgan bo`lsa ham! -deb qo`limdagi qog`oz bilan o`ralgan suratni unga tutqazdim.
- Voy rahmat...
Suratni olib eni ochmoqchi edi.
- Shohsanam bo`l kech qolyabmiz! - anchagina naridan ovoz keldi. Qarasam o`sha qizaloq.
Shohsanam unga bir qo`l siltab qo`ydi.
- Juda erka tez ketmasam bo`lmaydi!
- Kuzatib qo`yaman! -dedim.
- Yo`q boshqa safar, hozir soqchim bor... -u singlisini nazarda tutib gapirdi.
- Ertaga kelasizmi Shohsanam?
- Ha, ko`rushgauncha Umid aka!
U xayrlashib ketdi, men esa uni ko`ra olganimdan xursandman...
* * * * * * *
SENI SEVAMAN...
Senga yuragimni hadiy etaman, Azizam. Kulding-a! Yoq, kulma. Sevgi ishq muhabbat, bu go`zal tuyg`ularni qadirlamog`im kerak ekanligini bilaman. Ishon qadirlayman ham. Bilaman sen ham qalbimizdagi bu nafis tuyg`ularni his eta olding. Qara qalbimizda jo`sh urayotgan tuyg`uni, uning shiddati dovullarda kuchli, vulqondada otashin, qoyadanda mustahkam...
Qara uning otashi shundayin alanga olayabdi. Buning tafta, bizning qalbimizni xatto arktikaning izg`irinlaridan, sovug`laridan ham arsarshga qodir...
16-Mart tongi soat 7:00...
Tongning izg`irini hali ketmagan, hiyobon skunati buzulmagan bir paytgada chinor ostida meni bir dildor kutardi. Egnidagi to`qima jenferga o`ralib, ahyon ahyonda kaftlari orasiga fudab isitardi. Asta u tomon yaqinlashdim.
U men tomon qaraganda, uning ko`zlarida men orzu qilgan tuyg`uni ko`rdim. Bu tuyg`u muhabbatdan-da a`lo, ishqdan-da olovli, sevgidan-da beytakror...
- Siz buni qanday uddaladingiz? Qanday qilib! - dedi hayrat to`la ko`zlari bilan boqib.
Tushundim u surat haqida, o`z surati haqida aytayotganini!
Asta kaftlarini, kaftlarim orasiga oldim, biroz sovuqqotgan barmoqlarga qaynoq nafasimni furkadim ``Hoooo``...
U yanada yaqinlashdi, jovdiragan ko`zlarini ko`zimga tikdi.
- Qanday uddaladingiz? -savolini qaytardi.
- Qalbimdagi gulchi qizning suratini qog`ozga ko`chirdim!
- Siz... Sizzz...
- Shohsanam sizni sevaman!
Qo`llari belimdan, mahkam quchoqladi. Yuzini esa ko`ksimga bosdi.
- Men sizdanda ko`p..! - shivirladi...
Nafasim ohiri qolguncha,
Ollohim jonimni olguncha,
Yuragim seni deb tolguncha,
Men faqat SENI SEVAMAN...
Shu kun biz ohshamgacha suhbat qurdik...
* * * * * * *
BIRINCHI BO`SA!
Birinchi bo`sa!
Birinchi yigit o`padimi, yoki qiz! Labdan yo dudog`lardan nima farqi bor baribir birinchi bo`sa-ku?
22-Mart. Bugungi tun, shunchalar yoqimli, shunchalar sehrliki, oynadan boshimni chiqarib hayqirgim kelayabdi. Sen ham mendek tunni qarshi olayabsan. Qara hatto husninga hasat qilayotgan oy ham, yuzuni bulut bilan to`sib oldi. Kelayotgan tun yelini his qildingmi, ha u mening sevgimni senga yetqazdi...
Laylolardan lobarim sen,
Oydan Suluv Dilbarimsan sen.
Vayron qalbda gulning mavjidek,
Erta ungan gavharimsan sen.
Bugun, biz Navruzi olamni nishonladik. Hammadan kech qolgan holda. Chunki, 21 kuni ikkimiz ham ishga ko`milib ketgandik. Afsuslanmaymiz, ahir ikkimiz ham o`zga sevishganlarga quvonch ulashamiz-ku!
Bugun esa o`zimiz uchun vaqt ajratdik, yorim bilan qirga bordik. Go`yo butun olamni qizg`aldoq-u, lolalar qoplab olganday. Yorim lola terdi, men esa ilhom Pariyim yonimdaligidan foydalanib, u uchun yangi surat chizishga kirishdi. Bu suratga MUHABBAT MALIKASI deya nom qo`yaman...
- Shohsanam!
U menga yaqinlashi. Baxtdan sarmas, qo`lidagi lolaqizg`aldog`ni quchog`iga bosgancha turgan malak suratiga tikildi.
- Bu men-ku? -bilagimdan mahkam uslab, boshini yelkamga suyadi. - Sizni juda sevaman!
Yorimni ipakday mayin, tundanda qora, ayni damda quyosh shulasida yarqirab turgan sochlaridan siladim. Bir birimizga uzoq tikildik.
So`ng maysa ustiga yotib, osmonlarga termuldi.
Muhabbat kimning yuragida u erkin qush?
Kimning yuragida mangu?
Shu dada mendanda baxtli kim bor?
Moviy osmon, bizni sevgimizday tiniq. Unda suzib yurgan oppoq bulutlar, bizning niyatlarimizday pokiza.
- Huu bulutga qarang! -dedi u qo`llarini osmonga cho`zib. -Huddi ko`zlarga o`xshaydi...
U yana bulitlarni har hir-xil narsalarga o`xshatar, men esa uning bulbullarnida lol qiluvchi ovozini jimgina tinglardim...
Yorimni uyigacha kuzatib bordim. Soy yonida devori past uy, soy chetida o`tganlarga salom berib turgan majnuntol.
- Bo`ldi uyog`iga o`zim! -dedi, birov ko`rib qolishidan qo`rqqib atrofga qaradi.
Buni tushunib o`zimni majnuntol soyasiga oldim.
- Shohsanam bu sizga! - u uchun chizgan suratimni qo`liga berdi.
U bir suratga, bir menga qaradi. So`ng menga yaqin kelib, ovog`ini uchiga ko`tarib, bo`yimga bo`ylab yuzimdan o`tdi. Ohista uning yuzlariga kaftimni bosdim. Zulfi qo`ng`irog`i o`ralib qolgan, barmog`larim titrar edi. U esa ko`zlarimdan hammasini uqib oldi. Ohista ko`zlarini yumdi, tutashgan lablar otashidan, mening o`rtangan yuragim taskin olardi. Uning esa yanoqlari qizardi.
Istamaygini mendan uzoqlashar ekan, ko`zlarini yerdan uzmagan xolda xayrlashdi.
- Ertagacha Umid aka!
- Ertagacha Shohsanam!
U uyiga kirib past devorida, bir qaradida qo`lsiltab qo`ydi...
* * * * * * *
AHTIMIZGA GUVOH BOBOCHINOR...
Qari tanasi taram-taram bo`lib ketgan lekin, mag`rur. Boshini osmonga cho`zib, hayobon uzra sayr qilayotgan muhabbatga shaydolarning shivir-shivirlariga quloq tutgan Bobochinor. Qancha-qancha oshiqlarni ahtlariga guvoh Bobochinor...
U+SH=YURAKCHA...
Bu shunay ajib bir tuyg`u ekan-ki, uni bir so`z bilan tariflash qiyin. Yonida turasan, sog`inasan, tinmay suhbat qurasan-u to`ymaysan. Ko`zlariga termulasan undan ko`z uzolmaysan. Yuragingda yangi-yangi orzular paydo bo`ladi. Qo`lidan ushlaysanda, baxt qasining pilla poyalaridan toboro yuqoriga ko`tarilasan.
- Sizni sevaman... -deya butun jismingni jimirlatib, birga yaratgan olaming sari yetaklaydi.
Muhabbat shunday qudratga ega bo`ladimi?
Deya o`zinga savol berasan. Javob esa senga o`zining shirin tabassumi, muhabbatga to`lib toshgan ko`zlarini tikib turadi. Go`yo hayot, uning bag`riga yashirlgan...
Xayolimdasan uyquga qadar,
Xayolimdasan uyg`onsam sahar,
Xatto tushlarimda ko`raman seni,
Ayt Azizam nega bunchalar sevaman seni...
Bugun 20-iyun!
Qiyoshning ayni qizdirib tik xolatga kelgan paytdi. Xiyobon uzra sukunat, bundayin issiq xavoda hamma o`zini salqinga tortgan. Biz ham chinorning soya yalqinida, baxtdan sarmast, qo`l ushlashib o`tirar edik.
- Keling biz ham sevgimizni daraxtda qoldiramiz! -dedi chinor tanasiga M+N=S, O+Z=S qilib o`yilgan yozuvlarga ishora qilib.
- Shuni istasang mayli! -qalam taroshlaydigan pichoqchamni oldim.
- Men birinchi! -dedida pichoqchamni olib, ko`zga ko`rinaydigan joyga ``U`` harifini o`yib yoza boshladi.
Men esa ``U`` yonida ``+SH=`` so`ng hammasini ustida yurakcha shaklini chizib qo`ydim...
Izhorimni qayta-qayta bayon etish uchun ko`zlaringa tikilaman. Ko`zlarimga qara, ularda qalbim aks etib turibdi, ishonch, chin so`z, sohira tuyg`ular...
Ularni qaydan olgansiz?
Deya hayron bo`lma, bu tuyg`ularni sen menga baxshida etgansan. Ha sendan, sening mehringdan, sening sevgindan. Qora ko`zlaringdan, zebo yuzlaringdan, bol tomayotgan shirin so`zlaringdan topganman...
- Endi shu chinor, bizning ahtimizni yodimizga solib turadi! -dedi.
Biz shu chinor ostida, o`zimiz o`yib yozgan ismlarimizning bosh harflariga qarab qasam ichdik...
Vafoyu sadoqatda tengsiz bo`lamiz deya...
* * * * * * *
BEYDOR TUYG`ULAR...
Salom qadirdonim kundalik...
Mana yoz ham ohirlamoqda, oradan qancha kunlar o`tdi seni qo`limga olmadim.
Yana falak uzra tun, harir pardasini yoygan. Mening nigohlarim mhuhabbat pardasi ohista hilpiraydi. Necha kunki tunlarim shu zaylda o`tadi. Ko`zlarimni yumaman, hayolan baxt qasirimiz tomon odimlayman. Harir pardalar ortida sening ruhsoring.
Nega menga azob berasan?
Nega uchrashishni istamaysan?
Nega buncha arazchisan?
Sog`inch sahrosida yolg`iz qolib ketgandim. Yo`llarim uzun hech manzilga yetolmayabman. Seni ruhsoring yuragimda. Ammo, u ham sensiz mazmunsiz. Arazlab qolgan kuningdan buyon, bo`zlagan yrak sevgi uchun emas, sog`inch uchun azob chekmoqda...
Oqshom orom bilmay oylarga boqib.
Sho`xliging eslatgan soylarga boqib.
Sayr etib bog` kezgan joylarga boqib.
Seni sog`indim yorim, seni sog`indim.
Azoblar dilimni o`rtaydi firoq.
Sog`indim yor seni kechadan ko`proq...
* * * * * * *
MUHABBAT QUYOSHMIDI..?
Kuz atrof sarg`aya boshladi. Huddi mening qalbimday. Nahot Muhabbat qiyosh bo`lsa.
Qiyoshga tik boqib bo`larmidi?
Yurakdan sevgan inson bunga qodir bo`lar ekan!
Chin sevgi deya muhabbat quyoshiga tik boqibman, u esa allaqachon ko`zlarimni so`qir qilgan ekan!
BIROQ...
* * * * * * *
Madina qadam tovushlarini eshitdiyu, tezda o`rniga yotdi. Onasi qoshiga kelib, astagina kiravat chetiga o`ltirdi.
- Uxlamayabsanmi qizim?
- Uxlayabman! - yuzini burib yostig`ini quchoqladi...
Onasi esa har kungidek, qizini boshini silab biroz o`tirdi...
Davomi Bor...
Muallif: -MAJNUN-
Sherlar Internetdan olingan...