tungi.ru

SIRLI KUNDALIK... 4 - QISM...

SIRLI KUNDALIK...

Avvalgi qismlar...

1 - QISM...

2 - QISM...

3 - QISM...

4 - QISM...

Onasi har bir ona kabi, qizining baxtini tangridan so`rab, kiravati chetida qiziga mehir bilan boqib o`tirardi.

- Oyi kirib uxlang!

- Yaxshi tushlar ko`r qizim! -dedi, so`ngra ustiga adyolni tortib chiqib ketdi.

Madinani buyog`iga nima qilishni bilmasdi, aqli: ``yotib uxla`` desa, ichki bir qiziqishi: ``kundalikni yakuni nima bo`lishini bilmading-ku?``

Bu baxsda qiziqish ustun chiqdi. Kundalikni qo`liga olib, asta varoqladi...

* * * * * * *

MUHABBAT QUYOSHMIDI..?

Kuz atrof sarg`aya boshladi. Huddi mening qalbimday.

Nahot Muhabbat qiyosh bo`lsa.

Qiyoshga tik boqib bo`larmidi?

Yurakdan sevgan inson bunga qodir bo`lar ekan!

Chin sevgi deya muhabbat quyoshiga tik boqibman, u

esa allaqachon ko`zlarimni so`qir qilgan ekan!

BIROQ...

Baxtim topdim deganandim, uning ortida dart borligini bilmay. Orzularga yetdim degandim, gard borligini bilmay...

Qalbim adashgani alamli. Tengsiz sadoqatga to`lib toshgan, qalbni sarhadsiz, manzilsiz sog`inch sahrosi tomon yo`llab, o`zing g`oyib bo`lding. Muhabbat bo`zlagan, ishq sarson, yurak azobda. Sog`inch laxzalarining, o`ychanligini joylay boshlagan tun ochiq derazamning o`zining cheksizlikga tutash bag`ridan sirlikikga chorlaydi. Ko`zlarimni yumishdan qo`rqaman, sen uyalmay hayollarimni egallab olishingdan qo`rqaman. Biroq buni uddalay olmayman. Namlangan ko`zlar yumilar, biz qurgan baxt qasrining, xammayerida sen borsan. Ammo bu armon sarabi.

Asta odimlab boraman, biz qurgan muhabbat qasirning, poydevori nuray boshlagan, devorlari qulamoqda, ustumlar dars ketgan. Hiyonat degan bir o`pqon shirin damlarimizni-yu, orzularimizni yamlamay yutmoqda...

Dilimda sanoqsiz savollar.

Ishqimiz o`yinmidi?

Sizdanda ko`p sevaman! Bir umurga siznikiman! deganlaring. Ichgan qasamlarimiz barchasi yolg`onmidi?

Ishongim kelmaydi mo`jiza yaratgan qo`llar sohibasi bunga qodirligiga.

Nahot afsus deyishga majburlasang?

Bu kunni ko`rgandan ko`ra... Asta yurib borardim va ularni ko`rdim. Meni baxtiyor aylagan bevafo qiz endi begona bilan baxtiyor. Ular qo`l ushlashib yurishardi. U esa har galgidek baxtdan sarmast. Yigit panaga tortdi, meni bellarimdan, quchgan qo`llar o`zganing bo`yniga osilgan. Menga tabassum hadiya etgan lablar, o`zganing lablariga tutashgan. Meniki bo`lgan ko`zlar, nigohlari ila o`zgani erkalaydi. Nahot insonni tig`siz azoblashni imkonini topa olgan bo`lsa. Men azobda, u esa baxtdan sarmast...

Sen hamon o`shasan

Yuzlari gulgun.

Sen hamon o`shasan

Qoshi qaro tun.

Sen hamon o`shasan

O`shasan bugun.

Biroq...

Men hamon o`shaman

Ishq deya maxzun.

Men hamon o`shaman

Chorasiz dil xun.

Men hamon o`shaman

Bir senga maftun.

Biroq...

Biz hamon o`shamiz

Tilaymiz visol.

Biz hamon o`shamiy

Orzusi xayol.

Biz xamon o`shamiz

Yetti yot misol.

Biroq...

Begona yigit uni bekatda qoldirib ketdi. U esa meni ko`rib qoldi, mendan berkinishga, o`zini yashirishga urundi.

- Nima uchun?

U indamadi, shunchaki yuzini burib ketdi. Qo`llarimni ortidan uzatgancha qolib ketdim.

Taqdirim shumi, nahot menga beyvafoni ravo ko`rgan bo`lsa. Senga hadiya qilgan yuragimga jafoni ravo ko`rsang. U esa hamon seni deb urmoqda. Ha men hali hamon seni sevaman. Sen esa sog`inchdan qahragan, chanqog`imni qondirishim uchun, armon sharobini tutqazib ketding. Bu sharobning yutimi shunchalar qattiqki, bo`g`zingga tiqiladi. Hidi shunchalar o`tkirki, nafasingni bo`g`adi... Buni o`zing ichmaguningcha bila olmaysan.

Alamdan yonaman, otash bo`lib. Bir birimizni qo`llarimizdan tutib, baxt tog`ining eng baland cho`qqisiga qadar chiqdik. Sen esa meni o`sha balan cho`qqidan itarib yubording. Qalbimda, senga bo`lgan sevgimni saqlaydigan billur idishga dars ketdi. Biroq uning ichidagi muhabbat sharobi butkul to`kilib ketmadi...

- Nega bunday qilding? -izoh kutib ortingda turardim.

- Keting... Men sizdan nafratlanaman!

- Hech bir sababsiza?

- Keting...

Ortiq savol bermadim. G`isht qolibdan ko`chgan. Sen esa, allaqachon xiyonat ko`chasidasan. Menga esa manzili yo`q, yo`llar tomon yo`l ko`rsatding. Bu yo`lda, faqat oldinga, ortga qaytish imkonsiz. Bir qo`limda o`z bo`lsada muhabbatimiz solingan idish, ikkinchisida esa yigit oriyati. Men bu narsalarni har ikkisini tashlab yuborolmayman. Bu yo`ldan ortga esa hech qachon qayta olmayman...

ALVIDO...

Ortimdan astagina shivirlading. Sening sekingina kuchsiz aytgan bu so`zing nafaqat sevgimiz balki hayotimga ham yakun yasadi.

O`zing aytib bergan gul haqidagi afsona yodimga tushdi. Qo`llarimni falkka cho`zib, yaratgandan meni ham gulga aylantirib qo`yishini so`ragim keldi. Agar men ham gul bo`lganimda. Balki sening mehirli qo`llaringda yaralangan qalbim shifo toparmidi. Yo, sen u gulniham o`zing parvarish qilasan huddi mendek. Olti oy davomida shodon aylab so`ngra toptab tashlash qo`lingdan keladimi?!

Ortimga qaytaman, alam bilan, istirob bilan. Yashashda davom etaman, o`tgan kunlar xotirasidan malham olib yashayman...

* * * * * * *

SEVGI SOTAR...

Muhabbat nima u o`zi? Men uchun javob u sen eding! Endi esa bilmadim...

Muhabbat inson hayotidagi tasodufiy tuygumi yo boshdan o`tqazishi shart bo`lgan qonuniyat! Biz uchun tangrini mukofatimi yo jazosi?

Har chand o`ylamay bu savollar javobsiz qolib ketmoqda...

Seni esa boshqa bir tuyg`ular qiynamoqda, bo`lmasa yarim tunda yonimga nima boshlar kelishi mumkun edi?

Shirin, achchiq, nordon, o`tkir. Bu biz bilgan tamlar, mubbatda ham ayni shu tamlar bormikin?

Shirin muhabbat, achchiq muhabbat, nordon muhabbat va o`tkir muhabbat ana ol istaganingni!

Lekin muhabbat tanlab olinadigan narsa emas ekan. U taqdim etilar, tami esa no aniq, bazan shirin tuyulsa, bazida achchiq...

Ammo shunday toyifa inson bo`larkan, ular ikki hil tam qorishmasi yoqtirishar ekanlar. Bir vaqtning o`zida ikki tam yani ikki muhabbat. Qay birini tanlolmay halak, qalbi birini desa aql ikkinchisini...

Tun yarimlab qolgan, eshik qo`ng`irog`i chalindi. Eshikni ochdim...

Boshini ham qilib turardi. Astagina shivirlab salom berdi.

Nima deyin, nima qilay?

Shunchaki toshday qotib qolgandim. Birozdan keyin u yon tarafga qarab qo`yayotganini ko`rdim. O`sha gul do`konidagi jahildor qizaloq hamroh bo`lib kelganini ko`rib ularni ichkariga taklif qildim. Qizaloq chizgan rasmlarimga qiziqib, ko`ra boshladi. Shohsanam bilan yolg`iz gaplashib olishimiz uchun imkon yaraldi...

Shahsanam esa, eshik oldida turgancha, o`zi sovga qilgan gulga termulib turardi.

- O`tir marhamat! -stulga ishora qildim.

U avval xonani har tomonlariga bir-bir nazar tashlab oldi.

Arang stulni bir chetiga o`tirdi. Men undan biror sado chiqarmikin deya tikilib turaverdim. Hayolida birgina savol? Malham qo`ygani keldimi yo tuz sepgani.

Ammo endi kech bo`lganini tushunaman. Istasa ham malham sura olmaydi, istamasaham tuz sepib qo`yadi...

Nihoya ko`zlarigda yosh miltiradi.

- Men baxtli bo`lmoqchiman!

- Baxtli bo`l!

U inday o`rnidan qo`zg`oldi.

- To`hta bir savolim bor! Tila taxtmi yoki baxt?

Boshini egib ko`zlarini yashirdi.

- Kechiring ota onamni hohishi! - dedi.

Ammo bu yolg`on! Yerga qadalgan ko`zlarda nima yashirin? Buyog`i menga qorong`u!

Bilganim shuki, u mendan boy!

Boylik deganda nima tushunali?

Ota ona! Ha u begona yigt boy...

Boyli, uy-joy, mashina, yog`li ish! Ha u begona yigit boy...

Chin muhabbat, sof tuyg`ular, sadoqat! Menga tenglasha olmaydi...

Ammo sen allaqochon unikisan.

- Sevgingni sotibsanda? -ketar chig`ida aytgan ohirgi savol shu bo`ldi.

- Kechiring men sizga arzimayman!

Aslida kim-kimga arziydi-yu, kim-kimga arzimaydi. Bularni sarhisobini qiladigan zot ko`rib turib...

Opa singil asta eshikdan chiqib ketishdi, ammo uni olib ketishmadi...

Siz keting birinch

Men esa keyin,

Sizni ortingizdan

Kuzatgim keldi.

Ketaman dedingiz

Afsus ne qilay,

Olamga jar solib

Yig`lagim keldi.

Endi hayollarim

Bir burchagida,

Sizdan qolib ketdi

Maxzun xotira.

Siz keting mayliga

Orzular sari,

Men esa to`yib

Yig`lagim keldi.

Sukunat... Jimjitlik...!!!

Ezildi yurak,

Kecha bor edingiz

Bugun esa yo`q.

Muhabbat yosh edi

Muhabbat murg`ak,

Unga ``Sabr`` tilab

Yig`lagim keldi...

* * * * * * *

G`AZON...

Darahtlar barg`larini to`kayabdi, endi ularga muhtoj emasda! Sho`x shamollar ularni xar kuyga solmoqda. Taqdir insonlarni shunday o`ynatadida...

Ha yetim o`sdim, ammo ko`z yoshimni o`zga ko`rmadi. Muhabbatga bosh egdim, ammo biror nomardga bosh egmadim...

Ey-voh qalamga darding aytsang borib qog`ozga sotar ekan. Do`stga aytsang dushmaninga. Sirdoshim deb yoringga siring aytsang...

Ish bilan paliknikaga borgan edim.

Nogohon nigohlarimiz to`qnashib ketdi.

- Shohsanam?

Yuzini burib tanimaganlikka oldi. Navbat kutib turishardi, yonida o`sha begona. U begona esa yonidagi sheriga. Bir g`arib ahmoqni, boshida o`tganlarini latifa qilib aytib kuldirmoqda. Qayoqdanam bilsin o`sha ahmoq yonida turganini!

Bugun shunga amin bo`ldim. Bu dunyoda yomonlar juda ko`p ekan, hatto sevganingni ham sirdosh bilma ekan...

G`azabni yo boshqa, bey ihtiyor:

- Shohsanam! -deb yubordim.

Yonidagi begona eshitib men tomonga o`grildi.

- Kim bu? -savol berdi Shohsanamga.

- Shunchaki bir joyda ishlaganmiz! -dedi.

Shunchaki bu yetti-yot degani bo`lsa kerak.

Begona bo`lsak begonada qaddimi rostlab ko`krak kerdim.

- Turmushga chiqayotgan ekansan tabriklaylayman! - hayotdan mamnun insonday jilmaydim.

- Ha yaqinda to`y! To`yga o`t, Sanamning mehmoni meni mehmonim! -dedi begona. So`ng to`y kuni vaqtini aytib taklif qildi. Do`ktir ko`rigidan o`tgani kelishgan ekan.

- Ho`p boraman, to`ylarizda o`ynab osh yeb kelaman! -dedim.

Yurak og`riydiyu,

Sezdirmaydi til.

Jisim mag`rur turadiyu,

Yig`laydi ko`ngil...

Ularni qoldirib ortimga qaytdim. Begona tekshiruvga kirib ketgan shekili, fursatdan foylangan Shohsanam ortimdan chiqibdi.

- To`yimizga boring, bundan xursand bo`laman!

- Ho`p!

Bag`ritosh yana qanday azoblaring bor. Qay bir yigit, qanday qilib o`z sevganini to`yiga bora oladi...

Sanam seni shunday atar ekanda begonang!

Kuydurmangiz kuyganlarim bo`ldi yetar.

Qiynog`ingiz ming azobdan o`tib ketar.

Siz ketsangiz dil yarosi bitib ketar.

Xotiralar yuragimni kuydurmasin.

Ko`zlaringiz yoringizga bildirmasin.

Ismingizni yuragimdan olib keting.

O`zga yorning quchog`iga oydek boting.

Mening sevgm yuragizdan yulib oting.

Ismingizni yuragimdan olib keting.

Xotiralar yuragimni kuydurmasin.

Xayollarim sizni menga suydurmasin.

Ko`zlaringiz yoringizga bildirmasin.

Ismingizni yuragimdan olib keting.

Yuragini ezmang yig`lab otangizni.

Duosini oling mayli otangizni.

Kuygan ko`ngil kechirdi qilgan xatongizni.

Ismingizni yuragimdan olib keting...

Shohsanam! Men uchun, qalbim uchun sen Shoh Sanamsan...

Sen baxtli bo`lsang, menga shu kifoya. Qo`llarimni duoga ochib senga baxt so`rab yashayman...

* * * * * * *

Madina kundalikni yopdida, nariga uloqtirdi. Shohsanamning tutgan yo`lini yoqmagandur. Balki Shohsanam o`rnida poq muhabbatni ko`ra olmayotgan Madina gavdalani yoqmagandur. Balki pokiza tuyg`ular bilan boshlangan, munosabatlar birdaniga salbiy tus olgani dilini hufton qilgandur. Buni o`zi ham tushumasdi...

Biroz o`z o`y hayollari bilan ovunib o`tirdi...

Davomi Bor...

Muallif: -MAJNUN-

Sherlar Internetdan olingan...

O‘xshash hikoyalar