tungi.ru

Chunki,bu biz. (Zuhraginam) (2-bet)

yetkazishdan qo'rqardim. Biz Zuhra bilan shu zaylda uxlab qoldik. Ertalab budilnik chalgani uchun uyg'ondim. Shunaqangi qattiq uxlabman, yonimda yotgan Zuhramning o'rnidan turib ketganiniyam bilmabman. G'ira shira ko'zlarimni ocholmay Zuhra dedim, javob bo'lmagach miyamga kelgan fikrdan qo'rqdim. Nahot u ketdi? Shart o'rnimdan turdim ust boshimni kiyib unga tel qila boshladim. Uning nomeri ishlamas edi. Nahotki u bilan so'ngi bor xayrlashish nasib etmadi. Ko'zlarimdan biroz yosh chiqqandek bo'ldi, yuzlarim qizarib ketti nazarimdan. Shu payt stol ustida turgan xatga ko'zim tushdi. Tezlik bilan borib o'qiy boshladim.

"Xayrli tong, Behruzim. Mening qadrligim. Kechiring, siz bilan hayrlasholmadim. Buning sababi bor albatta, agar sizi uyg'otganimda meni qo'yvormasligiz, doim yonizda bo'lishimni xoxlardiz. Bunaqa deyotganim sababi men ham shuni xoxliman. Qolgan umrimni siz bilan o'tkazgim keladi. Doim yonizda, bag'rizda bo'lgim keladi. Lekin bunday bo'lishi mumkinmas. Men sizga loyiqmasligimni anglab yettim. Mening bo'ynimda bir qancha og'ir gunohim bor. Sizi ham bu gunohga botirib yashashni xoxlamiman. Xozir yo'lda, samalyotga chiqayotgan bo'lsam kerak. Sizi doim sevaman. Umid qilaman, qachondir baribir yana uchrashamiz. Kechiring. Zukhra." Meni ko'zimda achchiq alamli yosh. Gavharimni yo'qotdim. Seni fikringa qo'shilaman Zuhra. Seni qachondir topaman. Biz yana qanchadir muddat bo'lsayam birga bo'lamiz. CHUNKI, BU BIZ!

Boshqa hikoyalar