Qasos... (TuNGi_HaMRoX dan uzun va extirosli hikoya)
Bu voqea hayotda bo'lganmi yo'qmi anig'ini bilmayman, lekin bu voqeani so'zlab bergan yigit, bu hodisa o'z boshidan o'tganini aytdi. Keling biz siz bilan bu voqeani shunchaki fantaziya deb tasavvur qila qolamiz. Zero hikoya davomida o'zim ham voqealarni batafsil yoritish maqsadida anchagina fantaziya qilishimga to'g'ri keldi.
Salom mening ismim Bekzod (boshqa ism egalari so'kish eshitmasin deya o'z ismimdan foydalandim) yoshim 26 da magistraturada o'qib ham ishlayman. Qishloqda o'sib katta bo'lganman oilam unchalik badavlat bo'lmaganligi sabab ularga og'irligim tushmasligi uchun tinimsiz mehnat qilaman. Boshida hammasi yaxshi ketayotgandi, o'qishim, ishlarim odam havas qilsa arzigulik hisobi edi. O'zim bolaligimdan sport bilan shug'ullanishni yoqtiraman. Tog'li qishloqda voyaga yetganim uchun ham ko'rinishim, yani jismoniy holatimdan ko'nglim to'q edi. Hullas ko'z tegdimi nimadir bo'lib birdaniga ishlarim orqaga keta boshladi. Qaysi ishga qo'l ursam nimadir muammo bo'lib turardi. Orada ancha muncha qarzga botib qoldim. O'qishim ham jar yoqasida turgandek edi. Qarzlarimdan qutilish uchun ko'p dars qoldirardim. Uydagilardan hech qanday yordam so'rolmasdim. Qari ota-onamni mensiz ham tashvishlari o'zlariga yetardi. Hayot har narsaga majbur qilarkan insonni, o'sha kuni men ilk marta mardikorlik qilishga chiqdim. Yigitlik or nomus, g'ururimni yengib shaxarni narigi chetidagi mardikorlar turadigan joyga bordim. Kiyinishimni kurib bir zumda atrofimni 5-6 ta o'zim tengi va yoshi kattaroq odam o'rab olishdi.
-Aka ishchi kerakmi?
-Aka nima ish qilish kerak?
-Aka nechta odam kerak?...
Biri qo'yib biri savol bera boshladi, ularga jimgina qarab sekin o'zimni chetga oldim. Bir chetda ancha vaqt ularni kuzatdim, eh odamzot tirikchilik uchun nimalar qilmaydiya. Har bir kelgan moshinani o'rab olib savdolashayotgan yigitlarga qarab xo'rligim keldi. Axir bundan roppa rosa bir oy avval meni ham shu holga tushasan desa hechkim ishonmasdi. Hozir esa turibman menga ham birov bir sum pul berarmikan deya. Shu alfozda kun qorayguncha turdim, odam ham ancha kamayib qoldi, endi men ham o'rtaroqga borib keladigan moshinalarga yaqinlashib ish so'ray boshlagandim. To'g'risi qornim juda ochiqqandi hech bo'lmasa ovqat puli ishlash uchun, lekin kech bo'lgan sari keladiganlar ham kamayib ketdi. Baxtimga oylik yo'l chiptam bor va ishlarim avjida vaqti kvartiramga 6 oylik oldindan to'lab qo'yganman pulini. Amallab uyga yetib kelib bir burda non bilan qorinni aldab uyquga ketdim. Ertasiga yana saxarlap mardikorlik qilish uchun otlandim. Bu safar eski kiyimlarimdan kiyib oldim, go'yo shunday qilsam odamlarni raxmi kelib menga ish beradigandek, lekin yana kechgacha, hechkim bilan til topisholmadim. Men qo'limdan nimalar kelishini tushintirgunimcha boshqalar chaqqonlik qilib kelgan moshinalarga o'tirib olardi. Kech tusha boshlagach bu ish menga to'g'ri kelmaskan yaxshisi ertaga boshqa ish qi,diraman deya uyga otlandim. Turgan joyimdan 20-30 metr yurgach orqadan bir moshina signal chala boshladi, avvaliga etibor qimadim, keyinchalik signal tinmagach ortimga o'girildim. Orqamda bir chet el rusumidagi moshina faralarini yoqib o'chirib ishora berardi. Bu ishora mengami yo'qmi deya atrofimga bir nazar tashlab olgach, sekin moshina tomon yaqinlashdim. Bu moshinaga kecha ham ko'zim tushgandi, tushdan keyin to kechgacha, bizdan nariroqda turgandi. Men shu yerdagi birorta korxonani raxbari moshinasini qo'yib ketgan bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Moshinaga yaqinlasharkanman, uning old oynasi ochilib ichida bir sohibjamol menga gap qotdi.
-Kechirasiz sizga ish bor edi qilasizmi?
-Qanaqa ish? - uning ko'zlariga tikilarkanman hursandchilikdan o'zimni tiyolmasdim.
-Hovlida mayda chuyda ishlar borganizda ko'rasiz rozimisiz? Bu gaplarni eshitgach narxini ham kelishmasdan hovliqib moshinaga o'tirib oldim. Biz moshinada ancha yo'l yurdik. Shaxarni turgan joyimizdan mutlaqo boshqa chetidagi mahallaga kirib, bir hashamatli hovli yonida to'xtadik. Ayol pultni bosgach darvoza ochilib biz ichkariga kirdik.
-Mana keldik tushing moshinadan. - U shunday deya menga jilmayib qo'ydi.
Uning mayin tabassumiga mahliyo bo'lib moshinadan tushayotganda boshimni eshik tepasiga urib oldim.
Bu hodisadan ikkimiz ham kulib yubordik. Moshinadan tushgach men indamay unga ergasha boshladim. U meni mehmonxonaga boshlab bordi.
-Siz yuqoriga chiqib chap tarafdagi 2-xonaga joylashib bemalol dam olavering. Ertalab qiladigan ishlarizni ko'rsataman. Oshxonaga kirsez muzlatgichda hamma narsa bor bemalol tortinmasdan uzizni o'z uyizdagidek his qilavering. Men ertalab kelaman.- Deya hayrlashib chiqib ketdi.
Hovliga chiqib uni kuzatib yuborgach. Bo'lib o'tgan ishlarni o'ylay boshladim.
-Nahotki shunday katta hovlini tanimagan, bilmagan kishisiga ishonib tashlab ketsa. Qiziq men nima ish qilarkanman bu yerda hammayoq saranjom sarishta bo'lsa.
Bir biridan murakkab savollar yog'ilib kela boshladi. Hovlida o'z hayollarimga o'zim chalkashib biroz turgach, juda ham ochiqqanim yodimga tushdi va oshxona tomon yo'l oldim. Muzlatkichdan tuxum bilan kolbasa olib qovurib maza qilib ovqatlanib olgach, ayol aytgan xonaga yo'l oldim. Honamga joylashib yumsgoq divanga cho'zilgach, ko'z oldimga meni olib kelgan ayol kela boshladi. Uning qaddu qomati go'zal chexrasi ertaklardagi malikalarni eslatardi. Hayajonda hatto ismini ham so'ramabman. Ko'rinishidan nari borsa mendan 3-4 yosh kattaga o'xshardi. Shirin hayollat bilan uxlab qolibman. Ikki kun deyarli tuz totmaganim va ovvotagarchiliklardan so'ng qattiq charchabman shekilli ertasiga tushga yaqin o'yg'ondim. Soatga qarab shosha pisha kiyimlarimni kiygancha hovliga chiqdim. Baxtimga ayol hali kelmagan ekan. Muzdek dushda mazza qilib cho'milib nonushta qildim. O'zim tushib qolgan xashamatli bu hayot menga juda yoqayotgan edi. Ovqatlanib ancha vaqt televizior qarshisida kino ko'rib o'tirdim. Nihoyat tushdan so'ng hovlida moshinani signali eshtildi. Shoshilib hovliga chiqdim, u meni qo'li bilan imlab chaqirib. Moshinani yukxonasini ochdi, u yerda 3-4 ta men hali ko'rmagan va nomini bilmaydigan daraxt nihollari turardi.
-Mana bu nihollarni yaxshilab ekish kerak. - deya u nihollarni qayerga o'rnatishim kerakligini ko'rsatdi.
-Buguncha shu ishni qiling yetadi, ertaga yana boshqa ishlarizni ko'rsataman.- U shunday deya moshina tomon yo'l oldi.
-Kechirasiz....
-Nilufar, ismimi so'ramoqchi ediz a?
-A... Ha... Haligi bu yerda yana qancha qolishim kerak?- Uning topqirligidan hayratlanib shu savolni berdim.
-Hali ancha ishlariz bor, agar boshqa ishlariz bo'lsa borib bemalol qilib kelishiz mumkin. - u shunday deya moshinadan menga bir dasta pul olib berdi.
Ehtimol boshqa payt bo'lganda men bu pullarni olmasdim, lekin hozirgi sharoitda bunday qilolmasligim aniq edi. Pulni bergach u yana chiqib ketdi, yana hayhotdek hovlida bir o'zim qoldim.
Nilufar ko'rsatgan joylarga nihollarni ekib, yana xonamga kirib o'rnimga cho'zildim.
Qiziq yana nima ishlar qilishim kerak ekan, nimaga menga bunchalik ko'p pul berdi, hali tayinli biror ish qilmagan bo'lsam, u bergan pullarga mardikorlikga chiqgan yigitlar xaftalap beton qorishga rozi bo'lardi. Afsus qancha o'ylansam ham savollarimga javob topa olmasdim.
Ertasiga voxtli turib o'z kvartiramga yo'l oldim. Kiyim kechaklarim va yana boshqa zarur narsalarimni olib, do'konga kirdim, u yerdan ham kerakli narsalarni harid qilib, oxirida bir blok piva ham oldim. Baribir qiladigan tayinli ishim yo'q bo'lsa, Nilufar esa hali beri meni qo'yib yuboradiganga o'xshamasdi. Shuning uchun bekorchilikda ichib yotaman deb hayol qildim. Qolgan pullarni bir kursdoshimni chaqirib, undan qarzimni uzdim. Ancha yengil tortdim har holda bitta bo'lsaham qarzimni uzdim. Hovliga tushga yaqin yaxshi kayfiyatda qaytdim. Eshikni ocharkanman ichkarida Nilufarni moshinasi turardi. ,,Bugun voxtli kelibdida" deb o'zimcha hayol qilib hovliga o'tdim. Hovlida hayol surib o'tirgan Nilufar menga ko'zi tushgach chexrasi yorishdi.
-Men sizni qochib ketdimi deb o'ylagandim,- u shunday deya menga mayin jilmaydi.
- A haligi... Kvartiramga kiyimlarimni olishga borgandim,- uning tabassumiga mahliyo bo'lib javob berdim.
-Menga aytmasdan yolg'iz bayram qilmoqchi bulibsizda,- u qo'limdagi pivoga ishora qildi.
-Ha bekorchilikda ozroq ermak qilmoqchiydim,- men uning jonni oladigan sehrli nigohlariga qarashga kuchim qolmagandi. -Yuring ozroq ermak qilamiz.
-Xo'p faqat boshqa safar xozir ishlarim ko'p ketishim kerak,- u shunday deya ketishga chog'landi.
-Kechirasiz... - bugun nima ish qilishim kerakligini so'ramoqchi edim u yana topqirlik qilib gapimni bo'ldi.
-Bugun bemalol dam olib, charchoqlarizni chiqaraqoling,- u yana qo'limdagi pivoga ishora qilib kulgancha, - Agar kechgacha ishlarim tugasa men ham kelaman mehmonga.
-Keling kutaman.
-Xo'p harakat qilaman,- u yana menga mayin tabassum hadya qilib moshinasiga o'tirgancha qayergadir jo'nab ketdi.
Mana yana o'zim yolg'iz qoldim, pivolarni muzlatgichga joylab, o'zim dushga tushib chiqdim. Keyin tushlikga ovqat tayyorlap pivoni ikkitasini bo'shatdim. Pivo o'z kuchini ko'rsatib tanam bo'shashib uyqum kela boshladi. Xonamga chiqmasdan zalda uxlap qolibman. Kechga yaqin darvozani ochilgan ovozidan o'yg'onib ketdim, qarasam allaqachon qorong'u tushgan va hovliga Nilufarni moshinasi kirib keldi.
Uni ko'rib o'zimni hursandligimni yashirolmay yugurib yoniga chiqdim. U menga qarab kulib qo'ydida, moshinani yukxonasini ochib, selofan paketlarda nimalarnidir ola boshladi.
-Yordam berasizmi, yoki shunaqa qarab turaverasizmi?- uning shirali ovozi eshtildi yukxona orqasidan.
-Ha mana hozir, bering menga hammasini,- uning qo'lidan paketlarni olarkanman, beixtiyor barmoqlarim uning barmoqlariga tegib ichimda olov yongandek bo'ldi.
Yuklarni olib zalga kirarkanman, u ortimdan qanaqadir kichik karobka ko'tarib kirdi. Olib kelingan narsalarni hammasi oziq ovqatlat edi, ularni birgalikda muzlatgichga joyladik.
-Bugun sizga o'zim ovqat qilib beraman, yolg'iz uziz zerikib ketgandursiz, ovqat pishguncha siz ko'chalarni aylanib keling, tayyor bo'lgach o'zim chaqiraman,- uning gaplari meni sehrlab qo'yayotgandek edi go'yo.
-Xo'p mayli sizga omad,- qayrilib ortimga yurayotgan edim hamki, orqadan uning yana o'sha shirali ovozi eshtildi.
-Ustizga kiyvoling,- u piqirlab kulvordi.
Shundagina men bitta shortikda ekanligimni angladim.
Uyatdan qizarib borib zalda yechib qo'ygan futbolkamni kiydim va ko'chaga otlandim. Ko'chaga chiqib qayerga borishni bilmay, biroz vaqt o'ylanib turdim va maxalla boshidagi ,,Kafe-Bar" ga yo'l oldim. Yonimda pulim kamligi uchun faqat pivo bilan qurt olib hayol surib ancha vaqt o'tirdim. Nihoyat telefonim jiringlab Nilufar mayin ovozda uyga chaqirgach, shoshib uyga yo'l oldim. Hovliga kirgach zalga kirgach did bilan bezatilgan stolga ko'zim tushdi. Nilufar ko'rinmasdi, oshxonadan esa ishtaxani ochadigan yoqimli hid kelardi. Men dushga kirib yuvinib chiqdim va Nilufarni oldiga bordim.
-Keldizmi, siz borib zalda o'tirib turing men hozir chiqaman.
Men indamay uning ortidan ozroq qarab turdimda zalga yo'l oldim. Stol turli noz nematlar bilan to'lgan edi. O'rtada esa har-xil qimmat ichimliklar turardi. Men bu narsalar aynan men uchun ekanligiga ishongim kelmasdi.
-Ovqat ha demay tayyor bo'ladi, -ortimdan Nilufarni yoqimli ovozi eshtildi.
U shunday deya to'g'rimdagi stulga o'tirdi.
-Siz bugun meni mexmonimsiz, kelganizdan beri ishlarim bilan bo'lib sizga tuzukroq vaqt ham ajratolmadim, - u stoldagi konyakni olib ocha boshladi.
-Hech qisi yo'q, shundoq ham menga ko'p yaxshilik qilyabsiz,- dedim uni hijolat torttirmaslik uchun. -Menga beraqoling o'zim ochaman,- deya konyakga qo'limni cho'zdim.
-Yo'q! Aytdimku bugun siz mehmonimsiz, siz bemalol o'tiravering, men xizmatizdaman bugun, -uning bu gaplari meni yanada o'ziga rom qilardi.
U konyakni ochib ryumkalarga quygach, ikkalamiz avval meni, keyin esa uning sog'ligi uchun ichdik. Avval konyak ichmagandim umuman, hidi yoqmasdi, lekin bu safar shunday chiroyli qiz taklif qilib turganiga yo'q deyolmay ichib yubordim. Qimmatbaxoligi mazasidan ham bilinib turardi, juda yoqib qoldi menga. Uch-to'rt qadaxdan ichgach u ovqatni suzishga oshxonaga yo'l oldi. Ortidan bormoqchi edim bu safar ham urushib berdi.
Uning qovoq uyushlari ham o'ziga yarashib turar, qop qora qoshlari ajib tusga kirardi jahli chiqganda. Uning husniga maxliyo bo'lib o'tirganimda, u ovqatni suzib keldi. Uning qo'lidagi kattakon laganda, bug'i chiqib turgan dimlama turardi. Men tezda stol o'rtasidan ovqat uchun joy ochdim. Keyin yana bir qadaxdan konyak ichib ovqatlanishga kirishdik. Konyak ta'siridanmi, yoki Nilufarni samimiyligi sababmi. Men ham o'zimni bemalol tutib ancha vaqt uyoq buyoqdan, har-xil mavzularda suxbatlashib ovqatlandik. Bu orada bir shisha konyak bo'shab, ikkinchisini ham oxiri ko'rinib qolay degandi. Men o'zi pivoni ham ko'p icholmasdim, lekin bu safar umuman o'zimni mast holatida sezmayotgandim.
Ovqatlanib bo'lgach, televizorda yangrayotgan mayin musiqa sadosi ostida uni raqsga taklif qildim. U mening ko'zlarimga bir past qarab turgach, indamay menga qo'lini cho'zdi. Uni o'zimga tortarkanman undan taralayotgan yoqimli ifor meni mast qila boshladi. Yiqilib tushmaslik uchun uni yanada qattiqroq bag'rimga bosib musiqa sadosi ostida sekin tebranardim. Uning ko'zlariga qararkanman, ularning qa'rida qandaydir olov yonayotganini ko'rdim. Bu otash ehtiros olovimi, yoki boshqa narsanimi bilolmasdim.
Musiqa tugagach ham biz ancha vaqt bir birimizni quchgan holda turib qoldik. Uning belida turgan qo'llarim olovni quchgandek qizib borayotgandi. Shortigim ichidagi asbobim allaqachon yorilib ketgudek holga kelgandi. Uning ko'zlariga maxliyo bo'lib beixtiyor u tarafga lablarimni cho'zdim. U han ko'zlarini yumib lablari bilan labimni qidira boshladi. Bir biriga mushtoq lablarimiz tutashishiga qandaydir millimetrlar qolganda u birdan ko'zlarini katta-katta ochdi va o'zini ortga olib quchog'imdan chiqishga harakat qildi.
-Kechirasiz, men... haligi... bunaqa qilmoqchi emasdim,- uni quchog'imda qo'yib yuborarkanman dovdirab shunday dedim.
-Hech qisi yo'q, siz hech qanday yomon ish qilmadiz. Faqat men hozir bunga tayyor emasman, aslida siz meni kechiring, - u shunday deya tez tez qadam tashlab, hovliga chiqib ketdi.
Men qilib qo'ygan ishimdan afsuslanib, nima qilishga boshim qotib, bir oz turdimda, keyin uning ortidan hovliga chiqdim.
Nilufar moshinasini ruliga boshini qo'yib olgancha yig'lab o'tirardi. Uni ovutish maqsadida moshinaning eshigini ochdim.
-Ichib olgansiz, bunaqa holatda moshina boshqarmang, bu sizni uyiz bemalol qolavering, agar mendan qo'rqayotgan bo'lsez, men kvartiramga borib yotaman,- shunday deb moshinadan tushayotgandim.
U birdaniga boshini ko'tarib menga qaradi.
-Yo'q siz ham qoling, ketmang iltimos, uzr sizni ranjitgan bo'lsam, siz uyga kiravering men hozir kiraman,- u ko'z yoshlarini arta boshladi.
Men yana ortga qaytdim, qiziq mendan unga nima kerak ekanki bunchalik men haqimda qayg'urmasa. O'ylab o'yimga yetolmasdim. Men o'zim qachonlardir orzu qilgan shoxona hayotda yashayotgan bo'lsam ham bu mavfhumlik menga yoqmayotgandi.
Noiloj xonamga borib o'zimni divanga tashladim, qancha harakat qilmay ko'zimga uyqu kelmasdi. Miyyamda minglab savollar g'ij g'ij aylanib uyquni yaqin yo'latmasdi. Ancha vaqt yotgach, sekin pastga tushdim. Hovliga chiqib moshinaga qaradim, u yerda Nilufar yo'q edi. Keyin sekin honalarni eshigini taqillatib, keyin ochib ko'rib uni qidira boshladim. U hech qayerda yo'q edi. Hayolimda taksi bilan uyiga ketgandur deb o'ylab honam tomon yo'l oldim. Ozroq yengil tortish maqsadida yo'l yo'lakay dush qabul qilmoqchi bo'lib, borib eshikni tortsam ochilmadi. Shundagina Nilufar dushda ekanligini bildim, ichkariga quloq solgandim suvni shitirlashidan boshqa narsa eshtilmadi. Borib muzlatgichdan pivo oldimda zalga kirib TV ko'rib pivo ichib o'tirdim. Oradan ko'p vaqt o'tmay zalga Nilufar kirib keldi. Uni ko'rib shortigimni oldi bir qimirlab qo'ydi.
Egnida faqat dushdan so'ng kiyiladigan kalta halat, sochlari chala quritilgan, oppoq sonlari, bo'rtib chiqgan ko'kraklari nim ochiq holatdagi bu janon, dunyodagi manaman degan seksualni honimlarni ortda qoldirardi.
-Voy yaramas menga qani pivo? - u kulgancha mendan sal nariroqdagi kresloga o'tirdi.
-Hozir olib kelaman,- men shosha pisha o'rnimdan turib oshxonaga yo'l oldim.
Muzlatgichdan pivo tezda ortga qaytdim. Pivoni bokalga quymoqchi edim, Nilufar shishasi bilan ichaman deb qo'limdan oldi.
Ikkalamiz bir birimizga qarab pivo ichib, hech narsa bo'lmagandek suxbat qurardik. Aniqrog'i u gapirar men esa uning savollariga javob berardim. Mening butkul hayolim uning husni jamolida edi. Kresloga oyoqlarini chalishtirib o'tirib olgani uchun kalta xalati yanada tepaga ko'tarilib, uning oppoq sonlarini menga ko'z ko'z qilayotgandek edi. Men qanchalik qaramaslikga harakat qilmay baribir buni uddalay olmayotgandim. Shortigim ichida yorilib ketaman deb tik turgan asbobim yoqimli og'riq berayotgandi. Uni yashirish maqsadida men ham oyoqlarimni chalkashtirib o'tirib oldim. Mendagi o'zgarishlarni sezgan Nilufar ehtirosli qarashlar qilib battar tuyg'ularimni jumbo'shga keltirardi. U pivoni ichib tugatgach men muzlatgichdan yana pivo olib keldim. Shortigimdan bo'rtib, do'mpayib turgan asbobimni bildirmaslik uchun sal egilibroq yurardim. U kulib meni kuzatib turardi. Pivoni berayotganimda yana uning qaynoq qo'llariga qo'lim tegdi, egilib unga qaraganimda xalatini ichida bo'rtib turgan ko'kraklariga ko'zim tushdi. Bir muddat ularga qarab turgach, sekin o'zimni qo'lga olib joyimga borib o'tirdim. Nilufar xalatini ichidan ichkiyimlarini kiymagan ekan buni o'sha egilgan vaqtim sezgandim. Demak u ham men xohlagan narsani xohlayabdi, lekin bu safar men unga yaqinlashishga jur'at qila olmayotgandim. Bir tarafdan birinchi martada rad qilganidan hijolatda bo'lsam, ikkinchi tarafdan bu yerga nima maqsadda kelganim haligacha sirligi sabab, ozgina qo'rquv ham bor edi. Nilufar borgan sari meni extiroslarimni extiroslarimni qitiqlardi. Endi u menga qarab kulgancha pivo shishasini uchini tili bilan aylantirib yalab so'ra boshladi. Uning extirosdan yonib turgan ko'zlari suzulib odamni ichini yoqardi. Men tishimni tishimga qo'yib ichimdagi otash bilan olishyotgandim. Nihoyat toqati toq bo'ldi shekilli, o'tirgan joyidan turib tashqariga yo'l oldi. Eshik yoniga yetgach bir oz turdida,
-Yuring siz bilan bir joyga boramiz,- deb hovliga chiqdi.
Uning bu holatda meni qayerga boshlayotgani judayam qiziqtirardi. Men indamay uning ortidan ergashdim. To'g'risi men moshinada ko'chaga chiqamiz yoki boshqa biror joyga boramiz deb o'ylagandim, lekin u hovli etagidagi honalar tomon yura boshladi. Kelganimdan beri men u taraflarga bormagandim, hatto qanaqa joy ekanligini ham bilmasdim. Nilufar honalarning birini eshigini ochib ichkariga kirdi. Uning ortidan kirarkanman ichkarisi ko'rinishidan anchagina katta yopiq basseynga ko'zim tushdi. Basseyn yonidan o'tgach yana bir eshik ochildi, u yer sauna bo'lib alohida honalardan iborat ekan. Basseyn joylashgan hona ham sauna ham juda did bilan bezatilgandi. Bunday xashamatni faqat kinolarda ko'rgandim avval. Nilufar borib qandaydir tugmalarni bosgandi sal o'tmay hona qizishni boshladi.
-Ancha vaqtdan beri ishlar bilan juda charchadim, bugun meni yaxshilab bir massaj qilib qo'ysangiz,- u menga kulib bu gaplarni aytarkan, meni ichimda yana hissiyotlar jumbo'shga kela boshladi.
-Siz mana bu honaga kirib turing men hozir kelaman,- u shunday deya menga massaj stoli bor honani ko'rsatib o'zi dushga kirib ketdi.
Dush oynasidan uning nafis badani xira shira ko'rinib turardi. Men honada yolg'iz zerikib turgandim, dushdan Nilufar egniga faqat sochiq o'ragan holda chiqib keldi. Uning bu xolatiga bardosh berishim qiyin edi. Bir hayolim tappa bosib tezroq uning vasliga yetish bo'lsa, ikkinchi tarafdan yana o'sha qo'rquv havotir meni ortga qaytarib turardi.
U yonimga yaqinlashib ko'rsatgich barmog'i bilan burnimga bir turtib qo'ydida:
-Qani boshladik unaqada,- deb o'zi burchakdagi magnitafondan mayin ashula qo'yib qo'limga