tungi.ru

Vampir bo°lishni hohlayman [ TRILLER ]

Bizning bosh qaxramonimiz Lyusi

o'zini juda yomon ko'rardi .

Chunki uning bolalik chog'lari

beg'uborlik bilan o'tmagan ,

chunki unga juda ko'p narsalar

taqiqlangandi. Esini tanigandan

buyon faqat dars faqat

o'rganadigan narsasi sexr jodu ,

dunyo ilmlari , jamiki sir sinoatlar.

Bu esa jajji qizaloqqa judayam

og'irlik qilardi. Lyusi bularni

nimaga o'rganishi kerakligiga

tushunmasdi. Bunga sabab esa

bu yosh vampir qiz u Lilitning bu

dunyodagi so'ngi avlodi edi .

Shunday taqiqlar bilan oradan

oylar va yillar bir birini quvib

o'taverdi.

Bugun Lyusining tug'ulgan kuni,

u kutgan damlar bugun . Lyusi

18 yoshga to'ladi bugun. Unga

kechalari ko'chaga chiqishga

ruxsat beriladi. Ammo Lyusi

negadir xursand emas edi .

Sababi uni do'stlari xam va na

sevgan yigiti xam yo'q edi. Bu

dunyoda bilgani faqat oyisi edi.

Lyusining xayollarini oyisi buzib

yubordi:

-Nega xayol surib qolding Lyusi?

-Oyi men ham oddiy insonlardek

xayot kechirishni xoxlayman

-Lyusi bo'lmag'ur hayollarni

kallangdan chiqarib yubor.

Tug'ilgan kuning bilan qizalog'im,

bu tumorni 18 ga to'lganingda

berishim buyurilgan. Bu tumor

avloddan avlodga o'tib keladi. Buni

asra bu seni kimligingni,

o'zligingni anglatib turadi.

Lyusi kech tushishini intizorlik

bilan kuta boshladi . Kech tushdi,

Lyusi kiyimlarini kiyib ko'chaga

otlandi. Oyisi esa yolg'iz chiqishiga

rozi bo'lmadi . Ular birgalikda

ko'chalarni aylanishdi.

-Oyijon meni parkka olib boring.

-Qizim soat tungi 2 hamma yog'

berk.

Lyusi turib oldi va parkka

borishdi. Xammasi shundan

boshlandi .Lyusi yosh bolalardek

quvonib yugurardi kutilmaganda

kimdir uzoqdan o'q uzdi . Buni

ko'rgan oyisi Lyusini itarib

yubordi va o'q Julia xonimga tegib

yerga yeqildi.

Oyisi Lyusini qo'lida jon berdi, bir

so'z aytishga ham ulgurmadi

faqat cho'ntagidan kundalik

daftarchasini olib Lyusini qo'liga

tutqazdi.

Lyusini bir zumda qandaydir

g'azab qaxr butun vujudini

egalladi u o'rnidan turdi u bilan

birga kuchli shamol ko'tarildi,

uning ko'zlari kattalashib sochlari

shamolda to'zg'ib ketdi .Xuddiki

shamol uning buyrug'ini

bajarayotgandek edi. Shamol

qotilni Lyusining yoniga olib keldi

va Lyusi uni uzun barmoqlari bilan

yuragini sug'irib olib uni o'ldirdi

va o'zi ham bexush yerga yiqildi.

Oyisi to'g'ri aytgan ekan . Lyusi

bexush yotarkan uning bo'ynidagi

tumor o'zidan nur tarata boshladi

va qayerdandir Vamperlar yetib

kelishdi. Garchi Lyusi bexush

bo'lsada unga tazim qilishda va

o'zlari bilan olib ketishdi. Lyusi 3 kun

bexush yotdi , 4-kuni ko'zlarini

ochdi , bo'lgan voqealarni esga

oldiyu qo'rqib ketdi . Yon atrofga

qaradi begonalar yana

vaxshiylasha boshladi.

-Kimsizlar?

-Lyusi tinchlan biz ham sende

vamperlarmiz . O'zini bos mening

ismim Jemes to'da boshlig'iman.

-Jeyms men vampir bo'lishni

istamayman. Tushunyapsanmi?

Men ham odamlardek yashashni

istayman bu tavqi lanat dan

qutulishim kerak , deya jazavaga

tusha boshladi va o'zi bilmagan

xolda qo'lidan o't chiqib yon

tomondagi kursi yonib ketdi.

-O'zingni bos Lyusi sen qanday

qudratga ega ekaningni xali

bilmaysan . Bashoratni amalga

oshirishing kerak.. Qanaqa bashorat nega aynan

men dib Lyusi baqirardi va

Jeymsga yolg'iz qolishni

istayotganini aytdi.

-Lyusi buni iloji yo'q o'zing ham

bilasan, ov boshlandi seni yolg'iz

qoldirolmayman.

Lyusining jaxli chiqdi va Jeymsga

qo'lini uzatib:

-Agar men xoxlasam xamma

narsa bo'ladi, - dedi.

Jeymsning nafasi qisa boshladi,

uni qandaydir kuch

bo'g'ayotgandi. Jeyms arang

tushundim deya boshini

qimirlatdi.

Lyusi qo'lini tushurdi va jilmayib

endi boraqol dedi. Jeyms xonani

tark etdi va safdoshlaridan biriga

qarab shunday dedi

- Jo'natan sen Lyusi honimga ko'z

quloq bo'l ammo ko'ziga ko'rinma

(darvoqe Jo'natan yosh bo'lishiga

qaramay safdoshlari ichida eng

kuchlilardan edi)

Jeyms qolganlar bilan to'daga

qaytish uchun yo'l oldi.

To'dadegilar Jeymsni intizorlik bilan

kutishardi nima bo'ldi va endi

nima bo'ladi deya hamma

sarosimada, nafaqat to'dadagilar

balki butun yer yuzidagi

vampirlarni shu savollar

qiziqtirardi. Chunki tumor o'sha

kun butun yer yuzini yoritgan edi

endi vampirlarni unutib

odamlarga nazar tashlaymiz

odamlar ham o'sha tun o'sha

yorug'likni ko'rgan hammada

hayrat, qiziqish uyoqdan buyog'ga

yugurub yurishibdi. Bu nima edi

metiarid tushdimi yo bironta

sayyora portladimi butun dunyo

olimlari bir yerda Jam

nimalarnidir hisob kitob qilishar

va hech nimaga tushunmas edi.

Bundan (maxfiy xizmat xodimlari)

xam mustasno emasg Qaysidir

mamlakat bo'mba portlatdimi,

yadromi sarosimada.

Ovchilar esa bu nima ekani

allaqachon payqashgan. Chunki

bular juda kuchlilardan tumor

nuri haqida ham ilm olishgan.

Jeyms to'daga yetib keldi va

oqsoqollarni va yer yuzidagi

barcha vampirlarni majlisga

to'planishini buyurdi. Ertasi kuni

barcha bir yerga jamlandi.

Jeymsni chiqishini kutishar ekan

to'da to'da vamperlar bir biriga

qarshi og'izlarini ochishib

qandaydir qo'rqinchli tovushlar

chiqarishardi.

Jeyms keldi va vamperlarga

qarab:

- bas qilinglar urushishni, biz

buyuk maqsad yo'lida

birlashishimiz kerak!. - deya gap

boshladi hamma jim bo'ldi, uning

nima deyishni kutardi

- hammangizga ma'lumki barcha

nurni ko'rdi. Ha u tayyor bashorat

amalga oshishiga oz fursat qoldi

biz buyuk maqsad yo'lida

birlashishimiz kerak. Tez orada

bizga yo'l boshchi keladi. Lyusi

honim juda buyuk afsungar bo'lib

yetishibdi. Tez orada bunga

o'zingiz guvoh bo'lasizlar.!

Odamlarni ovlamay turing ular

bizni tinch qo'ydi deb

o'ylashaversin. Biz esa hayvonlar

qonini ichib bo'lsada kuch

to'plashimiz kerak . Tez orada

inson zotini aqliga sig'maydigan

ishlar bo'ladi ovchilar ham hayron

qoladi hali,- deya Jeyms majlisni

tugatdi barcha vampirlar ura deya

qo'llarini ko'tarib hayqirardi. Lyusi xonada yolg'iz qolib yana

bo'lib o'tgan voqealarni o'ylay

boshladi va yig'lab yubordi

(aytmoqchi, sizlarda savol

tug'uladi Lyusi vamperku u qon

ichmay ovga chiqmay qanday

yashayapti. Tarixga nazar solsak

kichik vampercha qarg'alar orqali

qon ichardi. Lyusiga ham 10

yoshida sexr jodu bilan birga shu

xislat ham o'tgan edi)

Lyusi oyisining kundaligini qidirib

cho'ntagiga qo'l soldi. Kundalikni

ochib varaqlay boshladi.

Bugun 3 - yanvar Lyusini

tug'ilgan kuni. Bugun qizalog'im

10 yoshga to'ldi. Shu kungacha

sexr jodu sirlarini tamomladi.

Lyusi 2 varaqni ochdi. Bugun 3-

yanvar qizalog'im 11 ga to'ldi

yosh bo'lishiga qaramay juda

zehnli u butun koinot va tabiat

sirlarini o'rgandi.

Lyusi yana varaqlay boshladi

shunday negadir faqat tug'ilgan

kunida yozilgan so'zlar ya'ni 3

yanvarda bu xuddiki kimgadir

men haqimda ma'lumot

berayotgandek edi go'yo. Lyusi

so'ngi yozuv yozilgan betni ochdi

bugun 3 -yanvar qizalog'im 18

yoshga to'ldi. U tayyor lekin Lyusini

yuragida qandaydir o'zgacha

mehr bor uning qo'lidan

kelarmikin. Qo'rqyapman,

qo'rqyapman judayam

qo'rqyapman deya tugallangandi.

Birdan kundalik varaqlari tezlik

bilan birma bir ochila boshladi, havoga ko'tarilib aylana boshladi

va Lyusining yoniga tushdi bunda

qandaydir sehr aralashgan edi. Xa

oppoq varaqlarda so'zlar paydo

bo'la boshladi

" QIZALOG'IM SEN KUNDALIKNI

O'QIR EKANSAN MEN BU DUNYODA

YO'Q BO'LAMAN. OVCHILAR ESA SENI

IZLAYAPTI EHTIYOT BO'L

QIZALOG'IM! SEN DOIM

TUSHLARINDA VAMPIR BO'LISHNI

HOHLAMAYMAN DEB YIG'LARDIN,

TUSHLARINGDAYAM BASHORAT

SENI TINCH QO'YMASDI. QIZALOG'IM

SENGA BIR SIRNI AYTAY"

kundalikni o'qir ekan Lyusi

qandaydir tovushlarni eshitib

hayoli buzuldi uning yoniga

Jo'natan kirdi va shunday didi:

-xonim zudlik bilan bu yerni tark

etishimiz lozim

- sen kimsan

- xonim xozir bu muxim emas

zudlik bilan ketish kerak.

Lyusi yaxshi deya o'rnidan turdi

birdan maxsus ovchilar guruhi

xonaga bostirib kirishdi. Jo'natan

va Lyusi ovchilar bilan kurasha

boshlashdi 2 ta kuchli vampir

ovchilardan ancha kuchli chiqdi.

Ular ovchilarni hammasini

o'ldirishdi va bu yerni tark etishdi.. Jo'natan va Lyusi bir yerto'laga

tushib kech bo'lishini kuta

boshlashdi.

Lyusi jo'natanga yuzlandi va

shunday dedi:

- sen kimsan özi?

- mening ismim Jo'natan

Jeymsning yordamchisiman.

Jeyms sizga ko'z quloq bo'lishimni

tayinlagan.

Lyusi Jo'natanga yana savol berdi:

- Jo'natan endi qayerga boramiz

- xonim

- meni Lyusi dib chaqiraver

- Lyusi menimcha biz to'daga

qaytishimiz lozim. U yer siz uchun

xavfsiz

- Jo'natan lekin men bunga tayyor

emasman.Xali nimalarga

qodirligimni o'zim ham bilmayman.

Men biroz o'zimga kelib o'ylab

olishim kerak dedi.

Kech tushishi bilan Lyusi va Jo'natan

kechki reysda brazilyaga qarab

yo'l olishdi. U yerga yetib

kelishgach esa Lyusi bironta

mehmonhonaga joylashishlarini

aytdi. Mehmonhonaga kelib

alohida honalarga joylashishdi.

Lyusi xonaga joylashgach dush

qabul qildi

(darvoqe Lyusini ko'rgan odam

hech ham vamper deb o'ylamas edi.

Eshitsa ham ishonmasdi

chunki lyusini qo'llari juda nozik,

terisi mayin jigarrang, uzun

sochlari va uning ma'yus ko'zlari

husniga husn qo'shib turardi.

Lyusi sochlarini sochiqda

artgancha divan yoniga keldi.

Cho'ntagidan kundalikni olib

qo'lidagi sochiqni divanga

tashlab, kundalikni varaqlay

boshladi. Qancha varaqlasa ham

yozuvlarni topa olmadi. Birdan 10

yoshida oyisi o'rgatgan sehr,

yozuvni yashirish va ochishni

o'rgatgani yodiga tushdi.

Va qo'llarini ko'tarib EKSPERTIUM

FONEMIMUM MORFAMINIUM dedi.

Kundalikni varaqlari tezlik bilan

ochila boshladi va havoga

ko'tarilib muallaq aylandi. Keyin

Lyusining yoniga qaytib tushdi.

Oppoq varaqda so'zlar paydo

bo'lardi.

Lyusi kundalikni o'qiy olmagan

joyidan o'qiy boshladi

QIZALOG'IM SENGA BIR SIRNI

AYTISHIM KERAK. BUNDAN 8 YIL

MUQADDAM OLDIMGA 3 BUYUK

AFSUNGAR KELDI SENGA HECH

NIMA O'RGATMASLIGIMNI, AKS

HOLDA BUTUN DUNYO HAVFDA

QOLISHI MUMKUNLIGINI VA

O'RGATMASLIGIM EVAZIGA SENGA

ODAMLARDEK BAXTLI HAYOTNI

TUXFA QILISHNI VA'DA QILISHDI

HA QIZIM SENING ORZUING ODDIY

INSONGA AYLANISHING MUMKIN.

SENING OLDINGDA 2 YO'L BOR YO

BASHORATNI AMALGA OSHIRASAN

YOKI AFSUNGARLARNI TOPIB

INSONGA AYLANASAN ENDI, YOSH

QIZALOQ EMASSAN TANLAGAN

YO'LINGDAN BOR. O'SHA PAYTDA

ROZI BO'LGANIMDA SENI O'LDIRIB

YUBORISHARDI VAMPIRLAR.

QIZALOG'IM NIMA BO'LGANDA HAM

O'ZINGNI ASRA SENI YAXSHI

KO'RAMAN"

Lyusi o'zida yo'q xursand, joni

ichiga sig'may Jo'natan Jo'natan

deya baqirib Jo'natanning

honasiga kirdi lekin xonada

Jo'natan yo'q edi. Lyusi honaga kirganda Jo'natan

yo'q edi. Xo'sh Jo'natan qayerda ???

Ular mehmonhonaga joylashgach

Jo'natan o'zini xolsiz xis qildi va

ovga chiqishga qaror qildi. Yurib

yurib ancha xilvatda bir yigitni

chekib o'tirganini ko'rdi. Tezlik b.n

unga xujum qilib bo'g'zidan

tishladi. Undan otillib chiqayotkan

qonni ichib ancha tetiklashdi va

mehmonxonaga qaytdi. Lyusi

Jo'natanni kutar ekan asabiylasha

boshladi bu orada Jo'natan

xonaga kirib keldi.

-Qayerda eding Jo'natan?

- Ovga chiqtim xonim.

- Odam ovladingmi?! -deya Lyusi

jaxl bilan so'radi?

- xa

- Ahmoq ovchilar ta'qib

qilayotganini bilmasmiding

- Uzr honim

- Jo'natan sen 3 buyuk Afsungar

haqida eshitganmisan ?

- ha eshitganman.

- biz shularni izlab topishimiz

lozim bu juda muhim. Endi bu

bu yerni tark etish kerak.

- Qayerga

- Osiyoga boramiz

- Xonim nega Osiyoga ?

U yerda qiladigan ishlarimiz bor!

Ular xatto bir kecha ham dam

olmay yana yo'lga tushishdi.

Samalyotga o'tirib osiyoga qarab

yo'l olishdi. Ertasi kechga ular

manzilga yetib kelishdi.

-Xonim endi nima qilamiz?

- ijaraga mashina va yotish uchun

palatka sotib ol cho'lga boramiz.

- cho'lga? Bu so'z Jo'natanni

xayratlantirdi.

Ular mashinada cho'lga qarab yo'l

olishdi. Cho'lga kelishgach Jo'natan

chodir tika boshladi va Lyusiga

yuzlanib:

- Lyusi cho'l biz uchun xatarli

ekanini bilasizmi, kunduz pana joy

yo'q kuyib ketamiz bu yerda.!

- Xavotir olma Jo'natan agar men

o'ylagan ish amalga oshsa kunduz

quyoshdan qo'rqmay yashaysan.

Jo'natan yana Lyusiga savol nazari

bilan qaradi. Lyusi jilmayib hali

hursand bo'lasan, dedi.

Lyusi bir yerga o'tirib diqqatini

jamladi o'rnidan turib Jo'natan

yotgan chodir atrofiga chiziq

tortdi va Jo'natanga nima

bo'lganda ham chodirdan

chiqmaslikni buyurdi.

Lyusi sal nariroqda o'zi uchun

ham himoya chizig'ini yaratdi va

uning ichiga o'tirdi,

Lyusi bor kuchini to'plab sehr qila

boshladi. Soat tungi 20:00. U juda

uzoq nimalarnidir o'qidi. Soat

00:00 da cho'ldagi jamiyki ilonlar

uning atrofiga yig'ila boshladi.

Bu ilonlar Jo'natanni vaximaga

solardi chunki bu yerda yo'q

ilonning o'zi yo'q edi. Anakonda,

kobra, shaqildoq va umuman

qandaydir o'zgacha ilonlar

hammasi Lyusining atrofiga

yig'ilgan ammo chiziq ortiga

o'ta olmas edilar. Lyusi hamon nimalarnidir

o'qishda davom etardi. Tong ham

otay deb qoldi. Jo'natan

xavotirlana boshladi. Ammo

chodir ichida kuzatib turishdan

boshqa imkoni yo'q edi. Ilonlar

birin ketin po'st tashlay

boshladilar va ortga qaytib ko'zga

ko'rinmay ketdilar. Lyusi endi

osmonga qaradi va qo'llarini

ko'tarib baland ovozda duo o'qiy

boshladi, sahroda shamol

ko'tarildi. Ilon po'stlari shamolda

aylanma quyun tashkil qilib

aylanardi, Lyusi Jo'natanga

- buyoqqa kel. - dedi.

Bu orada tong yorishayotgan

Lyusining ko'p qismi kuyib bo'lgan

edi.

Lyusi endi Jo'natanga qaradi va

qo'rqma kelaver bu kuyish

vaqtincha dedi. Jo'natan kelib

Lyusining yoniga o'tirdi. Havoda

muallaq uchayatgan ilon po'stlari

qum zarralaridek maydalanib

ketdi. Lyusi va Jo'natan ustiga

yomg'irdek yog'ildi. Lyusi o'qishni

to'xtatdi va Jo'natanga qarab nim

tabassum qildi. Ish bitdi Jo'natan

teringa qara.

Jo'natan terisiga qaradi endi terisi

quyosh nurida kuymayatgan edi.

Jo'natan xayratda va sevinchi

ichiga sig'masdi

- Lyusi endi biz kunduzi ham

be'malol yuramizmi?

Lyusi tabassum qildi. Jo'natan bir

vaqt kimligini unutib Lyusini

ko'tarib aylantirdi, keyin esa bu

holatidan hijolat bo'lib Lyusini

yerga qo'ydi. Lyusi juda xoldan

toygandi u yana xushini yo'qotdi.

Bu orada Jeymsni odamlari Lyusini

qidirardi. Jeyms tobora

asabiylashardi Mumkinmi janob

- kiraver Xo'sh toptilaringmi deb

so'radi Jeyms.

- yo'q ular hech qayerda yo'q topa

olmayapmiz,

- jin ursin! Yerni tagidan bo'lsa

ham toplaring.

xop bo'ladi janob deya chiqib

ketishdi.

Lyusi hamon bexush yotardi.

Jo'natan esa xavotirda

Lyusi yana o'sha tushni ko'rdi.

tushida butun Jaxon urushi

Vamperlar qirg'inbarot

boshlashgan, begunoh go'daklar,

odamlar qonga belanib yotishar.

Vamperlar odamlarni qirib

yuborar, shunda dunyoni

qandaydir nur qoplab butun

vampirlarni kuydirib yubordi va

vampirlar birin ketin suyaklari

yerga to'kilib tushdi.

Lyusi VAMPER BO'LISHNI

ISTAMAYMAN deya baqirib

uyg'onib ketdi..

O‘xshash hikoyalar