tungi.ru

Orzular kechasi... (Super XIT)

Orzular kechasi...

Yoxud ziyofatning davomi...

Yaqin, yaqingacha men qizlarni ideyalidagi yigit emasdim. Boʻyim oʻrtacha, ortiqcha vaznim bor edi. Xotinimni xiyonatidan soʻng, bir muddat tushkunlik kayfiyati meni tark etmadi. Soʻng ichki bir ishonch yuzaga chiqdi. Buni qanday boʻlganini bilmayman, shunchaki koʻzgudagi aksimga qarab turib oʻzgarishim kerakligini angladim. Albatta 38 yoshda, bu oson kechmadi, ammo qatʼiyat, talabchan sport trener va usta sartarosh nafaqat tashqi koʻrinishimni balki dunyo qarashimga ham tasir oʻtqaza olishdi. Bu men uchun moʻjiza boʻldi. Yangi imij, oʻzimga boʻlgan ishonchimni oshirdi. Endi hamma, hammasi boshqacha kecha boshladi. Ishim, boshliqlar, xodimlar bilan munosabat, barchasi yuqori choʻqqida edi. Faqat oilaviy hayotimdan boshqa...

Qiziq, xotin degan maxluqni bemazasiga uchrab qolsang, shunday bezitib, uylanish haqida falsafiy fikr yuritadigan qilib qoʻyarkan. Yoshim oʻtsa oʻtib ketsin, munosibi topilguncha, kutaman yoʻqsa toq oʻtaman! Oʻzimga soʻz berdim.

Gap deb gapiraman-u, lekin erkakni jinsiy aloqalarsiz yashashim oson emas, yana kun davomida ayollar orasida boʻlsang!

Bir necha yillardan buyon oʻrtamiyona mehmonxonada koʻplab ayol xodimlar bilan ishlayman. Koʻpchilikni nazorat qilganingdan keyin, kimgadir yoqasan, kimdir yoqmaysan. Shunga qaramay, bir nechta koʻzga yaqin, yosh hamkasb qizlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatdim.

Oʻhho, bu qizlar haqida ikki ogʻiz soʻzlab oʻtaman. Yarim yil avval, bir xomkalla, maʼmurimizning allaqanday tashabbusli dasturi asosida qabul qilingan edilar. Yumshoq aytganda ular birmuncha shaddod, soʻzamol, mijozlar bilan tez muloqot oʻrnatishadi va ijtimoiyi tarmoqlarda, faol qizlar. (Qisqasi yengil tabiyat, goʻzallar kvarteti.) Bu mehmonxona manfaati uchun qilingan omadli tajriba boʻldi.

Mehmonxona manfaatidan, daromad yaxshi boʻlsada, maʼnaviy yondashuv tubanlashib borayotgani uchun, hech kim bizni tanimagani maʼqul. Yurtimizning qaysi qismida boʻlmasin biz bilan toʻqnash kelishingizni xolamagan boʻlardim. Keling shuning uchun ismlarni oʻzgartiraman. Aytaylik, mening ismim Sohib.

Bu hikoyadagi qizlardan biri, Nozanin, qisqacha Noza, 19 yoshda. Qora soch, maftunkor jigarrang koʻzlar, yoqimli yuz, biroz toʻla tana. Koʻkrak va goʻzal dumbalar 155 sm, boʻyga shunday uygʻunlashganki. Oʻxaa, aytish mumkinki, bu kichkina sohibjamol bilan tez-tez gaplashib qolganimizda, doim quchoqlab olish istagi meni bezovta qiladi.

Malika endigina 20 yoshga kirdi. Uning chiroyli yuzi, yashil koʻzlari bor. Uzun sochlarini, tez-tez boʻyatib turgani uchun aniq rangini aytolmayman, lekin ayni kunda ochiq, sariq rangga boʻlib, u allaqanday maftunkor galliyvud aktrisasiga oʻxshab ketgandi. Ayniqsa uning ajoyib shakllangan, oʻrtacha tanasida juda tarang koʻkraklar oʻrin olgan boʻlib, har qanday erkakni bir bor boʻlsada zavqlanib qarashga majbur etadi. Malika bilan yuzaki munosabatimiz yaxshi, gohida gaplashamiz, gohida meni koʻrib xursand boʻlganini his qilaman.

Bolalarcha begʻubor tarbiyatli Maftuna 22 yoshda. Yuzi yoqimli, ayniqsa tabassumi goʻzal. Sochlari va koʻzlari qora, lekin nigohlari... Ha, shu yaramas nigohlari uning begʻubor chehrasiga soya tashlab turadi. Tab tortmas nigohlarga qarab, bu qizni ichida jilovsiz shahvoniyat borligi sezish qiyin emas. U Nozadan birozgina balandroq, lekin tana tuzilishi boʻyicha, Malikaga yaqinroq. Odatda biz faqat muhim boʻlganda gaplashamiz.

Yana bir qiz, yoʻgʻe ayol bor, bu Maftunaning 24 yoshlardagi opasi Zebo. U allaqachon turmush qurib ajrashgan. Shunga qaramay eri bilan munosabatini saqlab qolgan. Uzun boʻyli va nozik, ehtimol anchayin nozik qomatga ega, chunki juda harakatchan, oʻziga eʼtiborli, chiroyini yaxshi saqlaydi. Uning kichikroq ajoyib shaklli, yumaloq koʻkraklari, beqiyos uzun oyoqlari bor. Zebo bilan yaxshi munosabatdamiz deya olmayman! Hikoya nuqtai nazaridan, shuni aytishim kifoyaki biz ilk kundanoq bir-birimizning shaxsiyatimizga chiday olmaymiz. Buni oʻziga yarasha sabablari bor. U hammani nazorat qilishni va hamma jabhada domenand boʻlishni istaydi... Ishxonada bu meni vazifam!

Yana shuni aytishim mumkin, bu qizlarni bilganimdan buyon, bir kvartirada ijarada turishadi. Yigitlarga yuzaki munosabatlari, bir-birlariga esa pana-panada teginib oʻtishlaridan, ularni "Lezbiyanka" degan gumonim bor...

***

Keling oʻsha goʻzal oqshom qanday oʻtganini soʻzlab beraman:

- 2023 yil, 15 Iyul jumadan, shanbaga oʻtar kechasi, telefonim jiringladi. Odatda uxlamoqchi boʻlganimda, bezovta qilmasliklari uchun doim ovozni oʻchirib qoʻyardim. Ayni oʻsha kuni unutibman, lekin aslida bu omadim ekan. Koʻzimni qisib, displeyga nazar tashladim. Maftuna! Boshqa vaqt boʻlganda, bu shirin zabonli oyimqiz bilan jondeb suhbatlashgan boʻlardim. Ammo uyquni buzilishi, achchiq tuygʻu uygʻotib, norozi kayfiyatda soatga qaradim, 2:20. Bir muddat taraddudlanib, soʻngi sonyalarda koʻtardim.

- Eshitaman. - lekin u gapirishimga qoʻymay bidirlaydi:

- Shhhhh! Sohib akaooo! Biz muammoga duch keldik. Yonimizga keling, biz klub oldida turibmiz! - u shoshib manzilni aytib aloqani uzdi.

Xoʻsh, bu normal holat emas-ku, xayolimdan shu fikrlar oʻtdi:

"Qiyinchilikda nega menga qoʻngʻiroq qilyabsan qizaloq? Hatto yaqin boʻlmasak, ishda ham zoʻrgʻa gaplashasan!"

Qiziquvchanligim, qoʻl siltab, uyquga yotishga imkon bermadi. Shoshmay kiyimlarimni kiyib, mashinamni olish uchun garaj eshigini ochdim. Biroz oʻylanib, yordamga muhtoj ayolga yengil qarayotganim uchun oʻzimga tanbeh berdim.

"Tezroq boʻlaqol yaramas!ʼʼ

Yoʻllarda kechki tirbandlik yoʻqligi uchun, aytilgan manzilga 10 daqiqadan kamroq vaqtda yetib keldim. Ularni tanib olarman deb klubning kirish eshigi yoni-beridagi qizlarga koʻz tashlab oldim. Kelguncha, bebosh yigitlar bilan muammo boʻlgan deb, ehtimoli mushtlashuvga oʻzimni ruhan tayyorlab kelgandim. Hayratki, men oʻylagancha boʻlmay, kichik bir guruh qizlar hayajon bilan menga qoʻl silkitdi. Bunday liboslarda ularni taniy olmaganimdan ortiqcha ajablanmay, tezlikni pasaytirdim. Ular mashina tomonga yurishdi. Avvalda aytganimday ular kiyinish tarzida, odatiy qizlarday uyatchan emas edilar. Chugʻurlashgancha orqa oʻrindiqqa oʻtgan qizlar birin-birin meni hayratlarga solib, yuzimdan oʻpib olishdi. Yonimga oʻtirgan Zebo esa, bu dunyodagi eng tabiiy narsadek, bir koʻzini qisib qoʻydi. U kumushrang, yupqa, tor koʻylak kiygan boʻlib, chap tomonidagi, tasma yelkasidan sirgʻalib tushgan, oqibatda lifchigini bir qismi koʻrinib qolgandi. U kiyimini sozlagancha, shahvoniy jilmayib qoʻydi.

Lol! Ularni bugungi menga boʻlayotgan munosabatlaridan taajjublanib, bir-bir qarab oldim. Yuzlari qizargan, lablaridan tabassum arimaydi.

- Zebo, senlar mastmisan? - soʻradim, oʻtkir atirlar iforidan, ichganmi, chekganmi bilolmay.

- Yoʻq, - yelka qisib kuldi, - Sizni tez kelishizni kutmagandik, tezkorligizdan xursandman akajon...

ʼʼIya, bu ahmoq qurugʻidan omadimi?!ʼʼ Doim jigʻimga tegadigan ayolni, akajon deyotgani bejiz emasdir.

- Xoʻsh! - oʻgirilib orqaga koʻz tashlayman, - Maftun, sizlar muammoga duch kelganingizni aytovding, vaziyat dahshatli koʻrinmaydi-yu!

- Dahshat. Biz pulsiz qoldik, naq sakkiz tanishlarimiz bizga tupurib qoʻyishdi, axir bu muammo-ku... - u hayajonda soʻzladi, - Shunda men sizni esladim, - yuzida yoqimli tabassum paydo boʻldi, - Qizlar bilan garov oʻynadim. Sohib aka, bizni singlisidek...

- Boʻldi, tushundim. - singlisidek jumlasi qonimi qaynatib, soʻzini boʻldim, - Ishonchini oqlagan boʻlsam xursandman!

- Ha, ha... - u kulib qarsak chaldi, engashib yana yuzimdan oʻpib oldi, - Sohib akaooo! Endi siz bizni chin akamizsiz!

ʼʼErtaga kayfing tarqasin, bilamiz! Kichkina tulkicha.ʼʼ koʻnglimdan oʻtqazaman. U yana bidirlab, qolganlar bilan ham aka-singil boʻlganimizni eʼlon qiladi. Ular ham, buni tasdiqlab shovqin solib, menga diqqat qaratishdi. Zebo suzilib bilagimni silab qoʻydi.

"Oʻla, sendek singillarni boʻlganidan, erkak boʻlib oʻlganim yaxshi!ʼʼ

Ichimda gʻijinib qoʻysam-da, yuzaki jilmayib soʻrayman:

- Bebosh singiljonlarim ketaveramizmi?

- Haliyam, turibmizmi?

Tusi oʻzgara boshlagan Zeboga bir muddat termilib, mashinani oʻrnidan qoʻzgʻatdim. Sal yurib, pichir-pichirlar eshitilib turgan, orqa oʻrindiqqa koʻzgu orqali qaradim. U yerda Maftuna, Malika va Noza, yana bir nomaʼlum qiz oʻtirishibdi.

Maftuna xuddi maktab qizini eslatuvchi, biroq tor, kindik qismi ochiq, kalta kofta, yupka (cha) kiyib olgan. Malika kalta yubka va, yengsiz "Men seni sevaman!ʼʼ yozuvi tushirilgan futbolkada. Aytishga hojat yoʻq, kiyimi oʻzidan kamida bir oʻlcham kichikroqligi uchun, tanasini yanada boʻrtib koʻrsatardi. Noza oddiy qora, yoqa qismi anchayin ochiq, etagi kalta koʻylakda. Ammo shu libosdayam, boʻrtib turgan yarim shar koʻkraklar ustida goʻzal koʻrinardi. Ayniqsa nomaʼlum qizning bagʻriga oʻtirgancha, baʼzan oldinga egilib, koʻkrak orasini koʻrsatib qoʻyganda... Toʻrtinchi qizni koʻzdan kechirishga, suyanchiq xalaqit berardi.

- Orqada siqilib qolmadingizmi? - luqma tashlayman.

- Yoʻq! - xorda javob qilishdi, - Bizda joy yetarli.

Kulib, musiqa ovozini biroz koʻtaraman, ular oʻta shovqin musiqa ovozidan zavqlanib tebranishadi. Mayli quvnayversin, men oʻzimga boshqa ermak topdim. Oʻrtada yaqqol koʻrinib turgan Nozaga tez-tez qarab qoʻyaman. Har qimirlaganda baliqdek tanasini silkinib, durkun siynalar aqlimni oladi. Ammo tomoshabob manzaradan chalgʻitib, Zebo hikoyasini boshladi:

- Sohib aka, bilasizmi, biz bu kun uchun qancha tayyorlandik! - muhim gap aytayotgandek, jiddiy qiyofada.

- Nima munosabat bilan? - qiziqib soʻradim.

- Shunchaki! Biz hammani jamlamoqchi edik!

- Kim u hamma?

- Yigitlarimiz bilan kun oʻtqazmoqchi edik-da...

ʼʼHali, bularni yigitlariyam bormi?ʼʼ maʼnosida qizlarga koʻz tashlab oldim. Ular ham alamzada qiyofada, qosh chimirib tinglashardi. Zebo soʻzida davom etdi:

- Tohir akam kelishga vaʼda berib, telefonini olmadi maraz. Tungi klubga Javohir bilan Umarbek kelishgandi, lekin bizga vaqt ajrata olishmadi, tezda mast boʻlib urishib qolishdi. Umarbek xafa boʻlib, uyiga ketdi?

- Yomon boʻpti... - menga qiziq boʻlmasda, qiziqqan kishi boʻlib luqma tashlab qoʻyaman. - Keyin-chi?

- Eeey, alam qilgani, biz tushdan beri koʻchadamiz, ularni deb ishdan ruxsat olgan edik. Ularni deb bugun nimalar qildik?

- Yaramas yigitlar, hech biriga ishonch yoʻq, - gʻazabda gapirgan notanish qizni, orqadagilar, qattiq quvvatlashdi:

- Ha, ha nomard ular... - shovqin solishdi.

Faqatgina Maftuna, quloq ostimda jaranglab, chaqirganida tezda kelganim uchun taqsin oʻqirdi. Qizlar endi, bir ovozda uni quvvatlashdi.

- Ertaga ham shu soʻzingda turasanmi? - Maftunaga qarab kulib qoʻyaman.

Zebo esa, menga umuman qizigʻi boʻlmagan hikoyasida davom etmoqda:

- Malikani yigiti ish tufayli shahardan ketibdi. He, bekorchini ishi chiqibdi, - u alamli kuladi, - Vey, shuncha yurib maza qilmadik, bekorga qancha pul sarflandi...

Malikaga unchayin befarq boʻlmaganim uchun, yigiti borligini eshitib rashk tuygʻusi uygʻondi. Hushim buzildi. Oʻzimga kelganimda Zebo qizlarga qarab soʻzlay boshlagandi:

- Lekin qizlar, Umarbekni xafa boʻlib qolgani yaxshi boʻlmadi. Baribiram Barno bilan ideal para edilar. Barnosha asalim, sen Umarbek bilan gaplashib olishing kerak, hoʻpmi?

- Allaqachon, Barno yigitiga qoʻngʻiroq qildi, lekin uning telefoni jiringlamadi. - oʻrniga Maftuna javob berdi.

- Haa-yaa, - Zebo birdan xitob qildi, - Sohib aka tanishing bu Barno.

- Salom Barnoxon.

- Assalom alaykum, - oʻrindiq ortidan mayin ovoz eshitildi.

- Vaalaykum assalom, kayfiyatiz zoʻrmi?

- Boʻladi...

Yuzni ovozga moslashtirishga urinib, oynaga qaradim. Ooo, haqiqatan ham chiroyli yosh qiz menga qarab jilmayib qoʻydi. Chap yuzida kichkina kulguchi, uzun kipriklari davomiga quyuq surma tortilgan. Sochlari jilovlanardi, balki qorongʻida shunday koʻringan.

- Aka, siz bizga eʼtibor bermang, - Barno ham titroq past ovozda, soʻzlay boshladi, - Hozir hamma alamzada, bizni tashlab ketgan yigitlardan xafamiz. Jahilda aytgan gapim sizga taalluqli emas, siz mart... bizni... bizdan...

Qizni qolgan soʻzlarini eshitolmay, koʻzguga qaradim. U yuzlarini kafti bilan toʻsib olgandi. Qizlar yana chugʻurlashgancha uni yupata boshladi. Zeboni iltimosi bilan mashinani chetga olib toʻxtatdim. Noza uni kaftini ochib yoshlarini artib soʻzlardi:

- Qoʻysangchi, qani boʻldi qil endi! Asalim sen bu kecha malikasisan, senga koʻzyosh yarashmaydi, - yuzidan oʻpardi.

Negadir Barnoning taʼsirchan tarbiyati, menda ijoby taassurot qoldirdi. U dugonalaridan boshqa olam ekanligini bildim. Shunda qizlar dugonasini ovutib olguncha, mashinadan tushib chekib olmoqchi boʻldim. Men bilan barobar Zebo ham tushdi va biroz nariga borib, yoʻl chetiga engashib oʻtirdi. Yoniga borib, ochiq yelkasidan ushladim.

- Zobo yaxshimisan?

- Hmmm, - boshini koʻtarib, zoʻraki jilmaydi, - Biroz oʻzimni yomon his qilyapman...

- Hozir senga suv olbkelaman, - mashina tomon yurdim, ortimdan:

- Sumkachamniyam! - deya oʻqchigan ovoz eshitildi.

Qaytganimda u allaqachon oʻrnidan turgandi. Qopqogʻini ochib, idishni uzatdim. Idishdagi suv bilan oʻzini tartibga keltirib oldi.

- Rahmat...

Sumkachasiga uzatilgan qoʻlini ushladim. U jilmayib, men esa biroz hayrat bilan qarab qoldim. Bilishimcha, ayollar yuzdagi nuqsonlarni yashirish uchun boʻyanishadi. Zebo esa nega boʻyanadi! Yuz terisi, qizlarnikidek tarang va yorqin, tugʻruq dogʻlari bordir, biroq tabiiy gʻoʻzaligi oldida sezilmay ketadi.

- Hmm? - savolomuz, qosh uchirdi.

- Yuzingda tomchi!

Barmogʻim bilan iyagida qolgan ikki tomchini sidirib, yanogʻiga yopishgan zulfini turtib qoʻydim. Bir karashma qilib, sumkachasi oldi. Upa qutisini ochib, koʻcha chirogʻi nuriga yuzini moslashtirarkan, hamon kuzatib turganimni koʻrib, boyagicha qosh uchirdi.

- Hmm, termilib qoldiz Sohib aka?

- Tabiiy chiroylisan boʻyanib nima qilasan?

Eʼtirofimda shodlanib, koʻzlari xumorlandi, biroq boʻyanishda davom etdi. Biroz chiroyiga maftun boʻlganimni koʻrib, darrovda koʻzida kibri paydo boʻldi. Shu odat sobiq xotinimdayam boʻlganidan birdan gʻashim qoʻzgʻaldi.

- Zebo aslida, tilingni pardoz qilishning kerak, edi. - dedim

Uni xafa boʻlishini, hech yoʻq gʻovoq uyishini kutgandim, lekin u shunchaki zavqlanib kuldi. Labiga pamada, surarkan:

- Eyyy, siz baribir tushunmaysiz.

Lablarini bir-biriga ishqab, chulp-chulp ovoz chiqargancha labiga ishlov berib oldi. Anjomlarini sumkachaga solib, sirli iljayib men tomon yaqinlashib keldi.

- Boʻyanish kerak...

Bir qoʻlini, koʻksimga tiragan boʻldi va kutilmaganda tez boʻynimga lab tekkizib, kulib mashina tomon qochdi. Xuddi boʻynimdan pichoq yeganday, tez kaftimni bosib, lab boʻyoq izini yashirdim. Ayni dam ikkinchi qoʻlim bilan Zeboni sumkachasidan tutib qolibman. Ikki oʻrtada sumkacha ichidagilar oyogʻimiz ostiga toʻkildi. Telefon, mayda pullar, boʻyash anjomlari, yana allanimalar... Ikkimiz ham barobar engashdik. Toʻgʻrisi kulgudan oʻzimni tiyolmadim, sumkachadan toʻkilgan basi narsalarni koʻrganimda! U shoshib, kaftiga yashirgan birinchi narsa, porno filmlarda koʻrganman, ayollar azosiga qatroq toʻlqin yuboruvchi barmoqdek keladigan qurilma edi. Yana menga juda yaxshi tanish boʻlgan, 10 dona chamasida asbobni rezina kostyumlari (privativ) va 4 dona hap dori (Viagra). Ikkimiz ham kulardik, faqat u yerga qarab olgandi. Narsalar sumkachaga tushib ketdi, rezina va dorilar qoʻlimda qoldi.

Qaytar dunyo ekan, hozirgina boʻynimda lab boʻyoq izini qoldirib mazax qilmoqchi boʻlgandi. Endi oʻzi, noqonuniy ahvolda turibdi.

- Zebo, ol bularni, - ochiqchasiga ustidan kulaman.

- Meniki emas... - uyalib, kulib qoʻyadi.

- Sumkachadan tushdi-yu! - kulaman.

- Hmmm... - xijolat boʻlib jilmayib qaraydi, - Aytaylik rosdan meniki. Siz kulmang, erim bilan ajrashganman, lekin shariyatan haliyam nikohimiz bor...

- Tushundim... - nimani nazarda tutganini angladim, lekin kulgimni tiyolmay, unga uzatdim, - Man ol, narsangni...

- Yoʻq... - u jiddiy nigohda qarab, soʻzladi, - Nomard, bugun meni koʻnglimni qoldirdi, endi bular menga kerak emas.

- Tashlab, yuboraymi? - uzoqqa otmoqchidek qoʻlimni siltadim. U afsuslanib qaraydi, lekin holatini oʻzgartirmaydi.

- Holasez tashlab yuboring, holasez oʻzizga oling.

Shu asnoda, sumkachasidan nam salfyetka oldi va boʻynimdagi pamada izini artib, indamay mashinaga borib oʻtirdi. Vo ajab, bu qizlarni, xatti-harakatlaridan lol qolib, qoʻlimdagilarni choʻntagimga soldim.

Mashinaga oʻtganimda, Zebo qizlarga qarab olgan, orqada qichiq gaplar va kulgular avjida edi. Qizlarni oʻzlari bilan oʻzlari boʻlib ketganlaridan keyin, ular sepgan atirlar aralashib dimogʻimga oʻtkirlik qila boshladi. Oynani tushirib, yuzimni shamolga, qulogʻimni orqada boʻlayotgan soʻzlarga tutdim.

- Qizlar, qayoqqa ketyapmiz?

- Uyga! - bir nechta baland ovozli javob, qildi.

- Yoʻq, biz klubga qaytamiz. Ziyofat tugamadi!

- Klubda emas, ziyofatni uyda davom ettiramiz!

- Ha, ha... - uch qiz bu qarorga qoʻshilishdi. Opa, singil va Malika. Noza bilan Barno uyga ketish tarafdori ekanlar. Barno soʻzladi:

- Men uyga ketaman. Hozir koʻnglimga hech nima sigʻmaydi, - hursinib oldi, - Umar akam bilan gaplashib olishim kerak!

- Men siz bilan boraman, - Noza erkalab, dugonasini quchoqladi, - Biz uni aldab uying-a chaqiramizda, birgalikda, kravatga bogʻlaymiz. Yigitngni koʻnglini shunday olamiz, - u kulib, hazil maʼnosida gapirayotgan boʻlsada, fantazyasini ajoyibligidan oʻsha Umarni oʻrnida boʻlgim keldi. Qizlar esa oʻz gaplaridan nasha qilib, qotib kulishadi.

- Barnosha, sen xavotir olmada, bunday dugonasi bor qizni hech bir yigit tashlab ketmaydi.

- Toʻgʻri, haaa!

Tarbiyatlari yaxshi boʻlmasada, bir-biriga shahvoniy mehrini namoyish etayotgan qizlarning soʻzlaridan, imo ishoralardan, zavqlanib kulishlaridan oʻzimam maza qilaman. Bu orada manzilga yetib keldik. Koʻp qavatli binoning zinapoyasi oldida toʻxtadim. Hamma tashqariga chiqdi, qizlar bir-birlarini quchoqlab, xoʻshlashardi. Men ham xayrlashish uchun mashinadan tushdim. Ilk imkoniyatdayoq Barnoga qaradim. U Malikadan yarim bosh baland, chiroyli qomatli edi. Oq paplin matosidan kofta, shim kiygan. Kofta ostidan, shaklli koʻkraklari boʻrtib ketgan. Oq tanasiga mos, mayda gulli oq libosda, chinakam oqshom malikasi edi. Qizlar orasida aylanarkan, uning pastki qismi juda ajoyib shakllanganini koʻrib, boyagi yigitiga borgan sari havasim keldi.

Sharpa, qattiq quchoqlab, yuzimdan oʻpib meni xayolimni chalgʻitdi. Hushimni yegʻib, Nozani yonimda koʻrdim. Olib kelganim uchun minnatdorchilik bildirayotgandi. Koʻzlaridagi samimiyat meni ham samimiy boʻlishga majbur qildi. Ismimni eshitdim va yonga qayrildim, yuzimdan yana bir oʻpichni qabul qilib, oldim. Hayron boʻlgan yagona odam emasman deb oʻylayman. Ilk tanishishdayoq Bornoning menga oʻta, doʻstona munosabatda boʻlishini hatto qizlarni oʻziyam kutmagan chogʻi, bir-birlariga ajablanib qarab qoʻyishdi.

- Biz endi doʻstmiz, shunday-mi?

- Ha, - goʻzal chehrasiga boqib, hayajon bosdi, - Doʻstmiz...

Oʻz ovozimni oʻzim tanimadim. Xuddi, tasirli epizodda, roʻl oʻynadim deb oʻyladim. U allaqanday minnatdorlik ruhiyatida, qoʻllarimni siqdi. Qattiq termilib qaradi. Kiprliklari tez silkinib, lablari qimtib qoldi. Hozir biror soʻz aytib chalgʻitmasam yegʻlab yuboradi deb oʻyladim.

- Qachon yordamim kerak boʻlsa, tortinma, - qoʻlini ohista siqdim, - yaxshi doʻsting boʻlaman...

ʼʼEey, nimalar deb valdirab yotibsan! Ertaga bu gaplarni eslamasa ham kerak. Vaziyatdan foydalanib qolmaysanmi?ʼʼ

Ichki ovozimga quloq tutib, qizni toʻlqinlanib turganidan foydalanib, asta quchogʻimga tortdim. Qarshiliksiz koʻksimga boshini qoʻydi, shu hamoni yelkalari silkindi.

- Boʻldi, doʻstim yegʻlama!

- Yegʻlash emas, xursand boʻlish kerak... Sohib aka bizni doʻstimiz...

- Qanday, yaxshi...

Barnoni doʻstona holati, boshqa qizlargayam koʻchdi, bir zumda oʻzimni beshta qiz quchogʻida koʻrdim.

ʼʼOlaaa, buyogʻi melodrama boʻlib ketdi!ʼʼ

Yaxshiyam qiyomatli akamiz boʻlasiz deyishmadi. Oʻzi, baya singilmiz deganda, qarab ham koʻnglim xijil boʻlayotgan edi. Endi esa doʻstmiz deyishyabdi. Harqalay,

Boshqa hikoyalar