tungi.ru

Zinokorlarning Dastaklari

Xiyonatkor kishilarning

aksariyati zino

najosatiga botib

qolganliklarini aslo

gunoh hisoblashmaydi

va doimo o‘zlarini

oqlaydigan dastak — sabablarni

ro‘kach qilishadi. Quyida shundaylar

orasida kuzatiladigan ayrim sabablarga

to‘xtalamiz:

1. Turmush qurmagan yoshlar va

o‘smirlar asos qilib ko‘rsatadigan

sabablar:

a) biror ziyofatda ichkilikdan sarxush

bo‘lib, bu ishga beixtiyor tarzda qo‘l

urganlik;

b) 25 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hali

uylanishga ertaligini, moliyaviy

jihatdan ota-onasiga qaramligini va

o‘tkinchi dunyoda kayf-safo ham

zarurligini ro‘kach qilish;

v) o‘rtoqlarining qistovi bilan o‘zini

sinash maqsadida fohisha xizmatidan

foydalanib ko‘rish;

g) oynai jahondagi turli axmoqona

seriallar, behayo filmlarni ko‘raverib,

dunyoqarashidagi illatlar

hukmronligida begona bilan aloqaga

qiziqish, oila-nikoh masalalarini oddiy

rasmiyatchilik deya qabul etish;

d) ayrim yengil tabiat qizlar bo‘lg‘usi

turmush o‘rtog‘i uchun iffat

pardasining saqlanishini kifoya deb

hisoblashi; (Astag‘firulloh, shu bois

boshqa barcha jirkanch ishlardan

cho‘chimay, jinsiy a’zolar vazifasini

og‘iz bo‘shlig‘i va ort teshik yordamida

uddalaydilar. Aniqrog‘i, o‘zlari g‘irt

zoniya bo‘lsalar-da, nomusli qiz bo‘lib

turmushga chiqishga harakat

qilishadi.)

e) maishat, boylikka o‘chlik hissi; (O’ta

yengiltabiat bo‘lgan bu toifa qizlar

fohishalarga xos bo‘lgan barcha fahsh

ishlardan toyishmaydi. Bundaylarning

ayrimlari keyinchalik plastik jarrohlik

uslublari bilan hattoki nomuslarini

tiklab turmushga chiqishadi. Ammo

oila qurgandan so‘ng ham xiyonat

qilishda davom etaverishadi.)

j) tobelik; (Aniqrog‘i, ayrim boshliqlar

kotibalarni, ilmiy rahbarlar

shogirdlarni, umuman, o‘ziga qaysidir

jihatdan qaram bo‘lgan kishilarni

yo‘ldan ozdirishadi.)

z) hozirgi kunda turmush qurmagan

yoshlarning o‘ta emin-erkin

bo‘lishlariga yo‘l ochilganligi;

(Mahramsiz uchrashuvlarning intihosi

ham shaksiz zinodir.)

Unutmaslik lozimki, eng asosiy

sabablar imon zaifligi, tarbiyasizlik va

e’tiqodning sustligidir.

2. Oila qurgan kishilarning

zinokorlikka dastak qilib ko‘rsatadigan

sabablari:

a) turmush o‘rtog‘ining kasal ekanligi,

hohish-istaklari muvofiq kelmasligi,

jufti to‘shakda mutlaqo "go‘l" ekanligi;

b) jinsiy nomuvofiqlik, ya’ni erkakning

mijozi sustligi yoki ayolning

sovuqqonligi;

v) bir-biridan "to‘yinish", to‘shakdagi

munosabatda ijodiy yondoshuvning

yo‘qligi sababli bir-biridan zada bo‘lib

qolishi;

g) majburan, boylikka uchib,

shoshilinch oila qurilish natijasida er-

xotinning munosabatidagi sovuqlik;

d) ko‘ngilda o‘zaro iliqlik paydo

bo‘lishi, achinish, shuningdek, o‘ch

olish xislari;

e) o‘zini ko‘rsatish, g‘arbga taqlid qilib

ketvorgan jazmanini boshqalarga ko‘z-

ko‘z qilish;

j) xizmat safarlarida ishqiy

sarguzashtlar bo‘lishini me’yoriy hol

deb hisoblash, yevropacha hayot

tarzidagidek oilasi bilishidan qat’iy

nazar, nafsni qondirish uchun zino

qilishni tabiiy deb bilish.

Astag‘firulloh, ayrim oilalar er-

xotinning zinokorligani me’yoriy hol

sifatida qabul qilishgacha yetib

borishmoqda. Ayrim "o‘ziga to‘q"

zaifalar moliyaviy rag‘batlantirish yo‘li

bilan jazman yollashayotganliklariga

guvoh bo‘layotganlar ham bor. Ba’zilar

esa qo‘shmachilikni

mehmondorchilikning ajralmas tarkibiy

qismi deya odatlanib ham

qolishayotganligiga ne deyish mumkin.

Yuqoridagalardan xulosa qilib,

shuningdek tibbiy nuqtai nazardan

kelib chiqqan holda, shartli ravishda

zoniya, fohishalarning quyidagi

turlarini tafovut qilish mumkin:

1. Ashaddiy zoniyalar. Bu toifa

buzuqilar hech narsadan toyishmaydi.

Ularning aksarisi ichkilik, bangilikka

ham berilgan bo‘ladi. Ular uchun kim

bilan, qay tarzda munosabatda

bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Deyarli

barchasida zinoiy kasalliklar uchrashi

sababli, teri-tanosil dispanserlari

shunday buzuqilar bilan to‘lib

toshgan bo‘ladi. Atrofdagilar va

jamiyat uchun birinchi galda xavfli

zinoiy kasalliklarning tashuvchisi va

manbai sifatida xatarli hisoblanadilar.

2. Muvaqat zoniyalar — yengiltaklik

tabiatida yashirin bo‘ladigan

foxishalar. Bundaylar eri xastalangan

yoki xizmat safariga ketgan davrdagina

yashirin tarzda faoliyat ko‘rsatish bilan

kifoyalanishadi. Boshqa paytlarda esa

ibratli ayol sifatida umrguzaronlik

qilsa-da, zinoga moyillik hissidan

qutula olmaydi. Bunday toifa

buzuqilar tanosil kasalligiga yo‘liqsa,

qanday bo‘lmasin erining aybdor,

bevafo ekanligini isbotlab, "suvdan

quruq chiqishadi".

3. Ishbilarmon zoniyalar — tanasini

ochiqdan ochiq pullaydiganlar.

Ularning asosiy maqsadi moliyaviy

rag‘bat hisoblanadi, shu bois tanosil

kasalliklaridan saqlanishning ayrim

uslublaridan ham biroz boxabar

bo‘lishadi.

Ayrimlari, raqqosa, ofitsiant, kotiba,

saunalarda uqalovchilik vazifalarida

faoliyat ko‘rsatipshari ham mumkin.

Tashqi ko‘rinishiga ancha ahamiyat

beradigan bu fohishalarning "tog‘"lari

mavjud bo‘ladi. O’z suyanganlarining

ayrimlarini moliyaviy rag‘batlantirib,

boshqalarining to‘shagini "gullatib",

atrofdagilardan cho‘chimay faoliyat

ko‘rsatishadi. Kasallik yuqtirishsa-da,

tanosil dispanserlariga tushib

qolmaslikka harakat qilishadi.

4. "Karerist" zoniyalar — hayotda biror

muvaffaqiyatta erishish, amal

pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun

tanasi jozibasidan, tashqi go‘zalligidan

foydalanadigan o‘ta makkor buzuqilar.

Ularning ayrimlari bo‘sh-bayov, latta

erga nomigagina tegib olishadi.

Aksarisi esa yolg‘iz yashashadi.

Ammo eri borlari ham, manfaat oldida

bir zumda oiladan kechishga hoziru

nozir. Bunday ayollar xizmat

safarlarida ko‘p bo‘lishini, ishda yoki

majlisda ushlanishini erlariga ro‘kach

qilib ko‘rsatishadi va zinokorlik

qilaverishadi. To‘shakda jazmanidan

qoniqmasa ham manfaat uchun

san’atkorona tuslanadi. Bunday

ayollarning ayrimlari katta-katta

lavozimlarni egallab, yosh qizlarga

tashqi tomonlama ibrat bo‘lib

ko‘rinishi bilan jamiyat uchun

xatarlidirlar.

5. Bemor zoniyalar. Bu toifa ayollar

patologik o‘zgarishlar natijasida

buzuqlik ko‘chasiga kirib qolishadi.

Tabobatda nimfomaniya deb ataluvchi

dardga chalingan bunday ayollar

davoga muhtoj hisoblanishadi. Bosh

miyaning yallig‘lanishi (entsefalit),

jarohatlanishi, qon tomirlarining

xastalanishi yoxud gipotalamus, limbik

miya hududlarida o‘sma paydo bo‘lishi

ham gohida ayollarning jinsiy ehtiyoji

chidab bo‘lmas darajada oshib

ketishiga sabab bo‘lishi kuzatilgan.

Keskin cho‘chish, qo‘rquv yoki xafaqon

dardi borlarda to-mirlar krizi bo‘lishi

ham ushbu dardga sabab bo‘luvchi

omil-lardan hisoblanadi. Buyrak usti

bezida o‘sma paydo bo‘lishi, yoxud

klimaks davri xam gohida bu holatga

olib kelishi mumkin. Ruhiy

xastaliklardan maniakaldepressiv

psixoz va tsirkulyar tur shizofreniyada

ham jinsiy rag‘bat o‘ta kuchayishi

mumkin. Gohida bunday ayollarda

"donjuanizm" sindromi ham uchraydi,

ya’ni ular yangidan-yangi erkaklar

ustidan jinsiy "g‘olib" chiqish

ishtiyoqida bo‘lishadi.

Yuqorida zoniya ayollarning ayrim

turlari haqida ma’lumot berdik.

Quyida esa zinoko erkaklar xususida

ikki og‘iz fikr bildirmoqchimiz.

Odamlar buzuqlik yo‘liga jinsiy quvvati

o‘ta yuqori bo‘lgan erkaklar kiradi deb

o‘ylashadi. Aslida unday emas. Jinsiy

imkon va quvvat darajasiga qarab

zinokor erkaklarning quyidagi ikki turi

tafovut qilinadi:

1. Birinchi xil erkaklar. Jinsiy quvvati

haqiqatdan ham ancha yuqori bo‘ladi.

Ularning ajdodlari, ota-bobolari bir

necha xotinli bo‘lganligi shubhasiz.

Jinsiy quvvati tug‘ma yuqori bo‘lgan

bunday erkaklar bir ayolga aslo kifoya

qilishmaydi. Agar uning nikohida

ikkinchi ayol bo‘lmasa, asosiy turmush

o‘rtog‘i kasal bo‘lganda, xomiladorlik

va hayz davrlarida chiday olmasdan

zino yo‘liga kirib ketishi mumkin.

To‘shakda ayollik vazifasini uddalay

olmaydigan rafiqalar, erlarini boshqa

nikohdan muhofaza qildim, deya kalta

o‘ylaydilar. Aslida ular erlarining

jahannamga eltuvchi zinokorlik yo‘liga

kirib ketishiga sabab bo‘lishadi.

Bunday erkaklar jinsiy xohishni

majburan tiyish erlik bezini ishdan

chiqarishini yaxshi bilishadi. Shu bois

va imon sustligi tufayli harom yo‘lga

kirib ketishadi.

2. Ikkinchi xil erkaklar. Aslida ularning

mijozlari anchagina sust bo‘ladi. O’z

rafiqasi bilan kamdan-kam jinsiy aloqa

qiladi va o‘ta tez bo‘shanganligi

uchun ayoli ham, o‘zi ham

qoniqmaydi. Moliyaviy ahvoli

yaxshiligi, maishatparastligi uni

fohishalar xizmatidan foydalanishga

undaydi. Bunday zinokor erkaklar

fohishani moddiy rag‘batlantirib,

uning yolg‘on maqtovlaridan taskin

topib, o‘zini ovutish orqali o‘zlarini

haqiqiy er his qilishadi. Astag‘firulloh,

bunday noerkak zinokorlarning

ayrimlari-da zakar taranglashishga,

qinga kirishga ham yaramaganligi

uchun fohishalarning og‘iz bo‘shlig‘i

va tillaridan jirkanch maqsadda

foydalanishadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan jahannamga

o‘tin bo‘luvchilar safiga qo‘shilib

qolishdek uqubatdan Janobi Haqning

o‘zi saqlasin!

Boshqa hikoyalar