tungi.ru

Bu yerga bu temani joylawganmi yoqmi aniq bilmadim...Bilib qoygan yaxwi...

Prezervativ — bu lateksdan

tayyorlangan uzunchoq qopcha

bo‘lib, jinsiy aloqa vaqtida erkaklar undan

foydalanadilar. Prezervativ qanday ta’sir

ko‘rsatadi? Prezervativ jinsiy aloqa vaqtida

spermaning qinga tushishiga to‘sqinlik qiladi. Shu

bilan birga prezervativlar jinsiy yo‘l orqali

yuqadigan kasalliklar, shu jumladan OITSning

tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prezervativdan kanday

foydalaniladi? Har jinsiy aloqada yangi prezervativ

ishlatish kerak. Prezervativ erkak jinsiy olatining

ereksiya holatida qo‘llaniladi. Buning uchun

prezervativ olatning boshchasiga kiygizilib,

prezervativning zihi olat asosiga qarab burab

tushiriladi. Buni jinsiy aloqa qilmasdan turib

bajarish kerak. Sperma to‘kilib ketmasligi uchun

jinsiy aloqadan so‘ng prezervativning zihini ushlab

chiqarish kerak. Usimlik yoki sun’iy moylardan

qo‘shimcha surtish uchun foydalanmang.

Prezervativlarni quruq va salqin joyda saqlang.

Agar prezervativ o‘ralgan qog‘oz yirtilgan bo‘lsa,

prezervativ qurib qolgan yoki yopishqoq bo‘lsa,

undan foydalanmaganingiz ma’qul. Tarkibida

spermitsidi, ya’ni spermatazoidlarni (erkak urug‘

hujayralarini) parchalovchi moddasi bo‘lgan

prezervativlar yana ham samaralidir. Uchrashi

mumkin bo‘lgan muammolar: Eskirgan yoki ishdan

chiqqan prezervativlar jinsiy aloqa vaqtida yirtilib

ketishi mumkin. Ba’zi juftlarda hissiyot susayishi

mumkin. Muhim ma’lumot: Butun dunyoda 40

milliondan ziyod juftlar prezervativdan

foydalanadilar. AQShda 15—44 yoshgacha bo‘lgan

ayollarning 10% homiladorlikdan saqdanish uchun

ushbu usuldan foydalanishadi. Bu usuldan to‘g‘ri

foydalanilganda homiladorlikning ro‘y berish xavfi

5% dan kam miqdorni tashkil qiladi.

Prezervativlardan foydalanilganda OITS virusining

tarqalish xavfi 70%ga kamayadi. Shu bilan birga

bu usul jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarning

tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prezervativlar

o‘smirlar va yoshlar uchun qulay usul hisoblanadi.

DMPA — infeksiya yordamida yuboriladigan

kontratseptiv modda. Inyeksion DMPA moddasi

(depo- medroksiprogesteron atsetat yoki Depo-

Provera) sun’iy gormondan tarkib toptan bo‘lib,

tabiiy gormon — progesteron xususiyatlariga

egadir. Har uch oyda bir marta yuborilgan

inyeksiya homiladorlikdan saqdanishni ta’minlaydi.

DMPA qanday ta’sir ko‘rsatadi? Inyeksion modda

tarkibidagi gormon tuxum xujayrasining yetilishiga

to‘sqinlik qiladi. DMPAdan qanday foydalaniladi?

Inyeksiyani shifokor yoki hamshira bajaradi. Bu

dori quyidagi vaqtda qilinadi: hayz boshlanishining

birinchi 7 kunida, abortdan keyin darhol, ko‘krak

suti bilan emizmasa, ko‘krak suti bilan emizish

davrida tug‘ruqdan so‘ng 6 haftadan keyin.

Afzalliklari: Yuqori samarador usul. Usulning

qo‘llanilishi jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas. Hayz

davrida ketadigan qon miqsorini kamaytiradi

(kamqonlik bilan xastalangan ayollar uchun qulay).

Tug‘ruq va abortdan keyingi davrda qo‘llansa

bo‘ladi. Emizishga salbiy ta’siri yo‘q. Endometriy

raki, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi va

bachadondan tashqari tashqari homiladorlik xavfini

kamaytiradi. Uchrashi mumkin bo‘lgan salbiy

ta’siri: Inyeksiya qilingan boshlang‘ich davrda

hayz oralig‘ida qindan qon surkalishi kuzatiladi.

Hayz kelmay qolishi mumkin. Bu holat amenoreya

deb ataladi, lekin bepushtlikka olib kelmaydi va

organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tana

vaznining oshishi kuzatilishi mumkin. Inyeksiyani

yuborish to‘xtatilganidan keyin homilador bo‘lish

xususiyati yana 6—9 oyga to‘xtashi mumkin.

Quyidagi ayollarga DMPAni qo‘llab bulmaydi:

Homiladorman, deb gumonsiraganlarga. Avval va

ayni vaqtda sut bezlarining xavfli o‘sma

kasalliklari (rak) aniklangan bo‘lsa. Qindan sababi

aniklanmagan qon ketishi kuzatilsa. Virusli gepatit

va jigar o‘simtalari bo‘lsa. Qandli diabetning og‘ir

formalari. Keyingi tibbiy nazorat: Har uch oyda

shifokor huzuriga qatnab, navbatdagi inyeksiyani

qildirish kerak. Quyidagi hollarda shifokorga

murojaat qiling: Ko‘rish va gapirish qobiliyatining

susayishi bilan kechuvchi bosh og‘rig‘i paydo

bo‘lsa. Qindan odatdagidan ko‘p qon ketsa.

Qorinda qattiq og‘riqlar paydo bo‘lsa. Inyeksiya

qilingan joyda shish, og‘riq bo‘lsa va bu

yallig‘lanish tarqalib ketsa. Muhim ma’lumot:

DMPA yuqori samarali usul hisoblanadi. Bu usulni

qo‘llaganda homilador bo‘lish xavfi faqat 1%

hollarda kuzatiladi.

Boshqa hikoyalar