tungi.ru

Gusul qilish haqida yigitlar uchu

Savol: Hammamiz g‘usl qilish

zarurligini bilamiz, ammo

ko‘plarimiz

uning shartlari, tartiblari va

odoblaridan bexabarmiz. Shu

haqda to‘laroq ma'lumot bersangiz.

Javob: G'uslning uch farzi bor:

1. Og‘izni halqumgacha

chayish;

2. Burunni achitib chayish;

3. Butun badanni yuvish. G'usl tartibi quyidagicha:

badanga

maniy tekkan bo‘lsa, avval

yuvib

ketkaziladi. So‘ngra suv bilan

istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar

yuviladi va

tahorat qilinadi. Yuvinadigan

joyda suv

to‘planadigan yoki oyoq loy

bo‘ladigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar

yuvilmaydi,

g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin

boshdan

uch bor suv quyiladi. Bosh uch

bor yuvilgach, o‘ng va chap

yelkalardan

ham uch martadan suv quyilib,

butun

a'zoi badan yuviladi. G'uslda

badandagi biror tukning ham ostiga suv

yetmay

qolmasligi kerak. Birinchi suv

quyganda

badanni ishqalash sunnatdir.

Qo‘shilish payti ayollarning sochi

o‘rilgan bo‘lsa,

yuvinayotganida uni

tarqatish shart emas.

Sochlarining

tagiga suv yetkazilsa kifoya. Ammo

sochlari o‘rilmagan holatda

qo‘shilishsa,

erkaklar kabi sochlarini ham

to‘la

yuvishlari lozim. Ayollar g‘usl paytida

quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi

uzuklarini qimirlatib, ular

o‘rniga suv

yetkazishlari zarur.

Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv

yetkazishga mone'lik qiluvchi

bo‘yoq

kabi narsalar surilgan bo‘lsa,

g‘usldan

oldin ularni ketkazish shart, aks holda

g‘usl o‘rniga o‘tmaydi.

Shuningdek,

tishlar orasidagi ovqat

qoldiqlarini ham

tozalash kerak. Kindik kovagiga suv

yetkazishni esdan

chiqarmaslik zarur.

G'uslda qiblaga yuzlanib

yuvinish

sunnatga xilofdir. G'usl asnosida

gapirish odobsizlikdir. Avrat

yopilib

g‘usl qilinadi.

G'usl vojib bo‘lgan kishilar

Qur'oni karim tilovat qilishlari,

oyatlarini

yozishlari va masjidga

kirishlari mumkin

emas.

Boshqa hikoyalar