tungi.ru

Жинсий Алокадан Биз Кандай Фойда Оламиз?

G'arb

olimlarining tadqiqotlariga

ko‘ra,

erkaklarning uzoq umr

kechirishi

jinsiy hayotdan oladigan

lazzatlanish miqdori bilan uzviy

bog‘liq emish.. Mutaxassislar

buning sababini inzol paytida

qonga lazzat gormonlari -

endorfinlarning ko‘proq

miqdorda tushishi bilan

bog‘laydilar. Boshqa jismoniy

faol

harakatlar kabi me'yoriy jinsiy

munosabat ham ziqlikni

bartaraf

etib, asab-ruhiy tizim va boshqa

a'zolar faoliyatiga ijobiy ta'sir

etadi. Albatta, ushbu o‘rinda

erkak kishiningo‘z xasmi haloli-

rafiqasi bilan bo‘lgan

munosabati

nazarda tutilmoqda. Zino esa,

aksincha erlik kushandasi

ekanligi shubhasiz.

Agar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy

munosabat ikkovlarini ham

to‘laqonli qanoatlantiradigan

darajada bir maromda, rejali

tarzda muttasil amalga

oshirilsa,

uning quyidagi shifobaxsh

jihatlaridan bahramand bo‘lish

mumkin:

Birinchidan, jinsiy munosabat

faol jismoniy harakat bo‘lganligi

bois, kishi bir marotabalik intim

yaqinlik davomida sportchining

yarim soat shug‘ullanganiga

teng

miqdordagi energiyani

yo‘qotadi.

Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni

bartaraf etib, asr tahdidi

bo‘lgan

semizlikning oldini oladi.

Ikkinchidan, yaqinlik paytidagi

tananing faol harakatlari son,

dumba, bel va tos mushaklari

faoliyatini keskin kuchaytirib,

undagi qon aylanishi, modda

almashinuvi kabi ko‘plab

jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi.

Uchinchidan, jinsiy yaqinlik

uchun zaruriy biofaol modda-

testosteron moddasining ishlab

chiqilishining kuchayishi bois,

inson suyak-mushak tizimi

mustahkamlanadi.

To‘rtinchidan, boshqa jismoniy

faollik talab etuvchi sport

turlari

kabi jinsiy munosabat ham

qondagi immunoglobulin

moddasi miqdorining

ko‘payishiga sabab bo‘lar ekan.

Shu tufayli ham bu toifa

kishilarda turli yallig‘lanish

kasalliklari kamroq uchrashi

kuzatilar ekan.

Beshinchidan, muntazam jinsiy

munosabatni tark etmaslik ichki

jinsiy a'zolar-prostata bezi,

urug‘

pufakchalari, moyaklar

kabilarda

dimlanish holatining ro‘y

bermasligini ta'minlaydi.

Natijada,

orxit, prostatit, epididimit,

vezikulit kabi noxush

xastaliklarning oldini olib,

bo‘lg‘usi jinsiy zaiflikka yo‘l

ochilmaydi.

Oltinchidan, to‘laqonli jinsiy

munosabat peshob qopchasi

jom

mushaklari mustahkamligini

ta'minlaydi. Bu esa, qovuq

bo‘shligi kabi noxush

holatlarning oldini oladi.

Yettinchidan, rejali, maromida

olib borilgan jinsiy munosabat

(agar o‘ta zo‘riqishga yo‘l

qo‘yilmasa) yurak-qon tomir

tizimiga sezilarli ijobiy ta'sir

etadi.

Sakkizinchidan, boshqa jismoniy

harakatlar kabi jinsiy aloqa

ham

tanadagi quvvatning

yo‘qotilishiga olib keladi.Bu hol[dan olingdi]

esa, ishtaha kuchayib,

oshqozon-

ichak tizimidagi hazm

jarayonlarining ham

me'yorlashuviga olib kelishi

bilan

benazirdir.

To‘qqizinchidan, muntazam

tarzda, rejali jinsiy hayot

kechiruvchilarda barvaqt

qartayish-klimaks holatining

yengil o‘tishi kuzatiladi. Goho

esa,

erkaklarda bu noxush davrning

mutloq ro‘y bermasligi aynan

jinsiy faoliyatning maromida

olib

borilishi bilan bog‘liq bo‘lishi

mumkin.

O'ninchidan, me'yoriy jinsiy

munosabatda yashovchi er-

xotinlarda o‘sma (saraton)

kasalliklarining keskin kam

uchrashi ko‘plab ilmiy

manbalarda keltirilgan.

Yuqoridagilarni keltirishdan

muddao jinsiy munosabatga

harismandlikni aslo

rag‘batlantirish emas. Chunki,

har

bir insonga Janobi Haq

tomonidan faqat o‘ziga xos

bo‘lgan me'yor va imkon ato

etilgan. Zero, jinsiy aloqaga

behad ruju qo‘yishning salbiy

jihatlari haqida keyingi

maqolalarda to‘xtalish

niyatidamiz. Misol uchun, ayrim

g‘arb olimlari ayoliga xiyonat

qilishga odatlangan

erkaklarning

ak-sariyati go‘yoki kuchli jinsiy

quvvatga ega bo‘lishlarini iddao

etishadi. Zero, aynan o‘sha

zinokor toifalarda infarkt va

insultdan vafot etish xavfi

boshqalarga nisbatan 3-3,5

marotaba yuqoriligi allaqachon

o‘z ilmiy isbotini topgan.

Boshqa hikoyalar