asadbek1996
Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir
özgacha bir sevgini kutardi.
Yuragining tub- tubidan uning kelishini ham his etib turardi.
Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip- qizil
atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot gözal..." Negadir
qizning lablarida tabassum
uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip- qizil atirgul va doimgi bir
xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam
qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan
uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan özgacha
hayajonlanib ketdi. Röparadagi
dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib
yurak shakli chizilgan, uning ichiga
qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga
ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi.
Odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim
öychan yuradigan qiz endi kulib,
jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador körsatardi.
Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni qöliga
olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam gözal körinardi.
Bahor tonglarining birida velosipedda
sayrga chiqqan qiz musaffo havo va xiyobondagi yashil
gözallikdan zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi. -
Balki yordamim kerakdir? Qiz yoniga kelib
töxtagan velosipedli yigitga qaradi. - Yöq, özim... - Mana bunday
qilish kerak, - yigit qizning velosipedi
zanjirini örniga qöydi, - Ana böldi. - Rahmat! Qiz yigitga e'tibor
bilan qaradi. Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz
velosipediga ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz
esa uning ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar kela
boshlaganiga bir oydan oshgandi.
Lekin, qiz haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan ushlanib,
judayam kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq,
kuchli momaqaldiroq bölayotgandi.
Qiz taksi ushlash maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham
qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech
kim yöq, osmonni qoplagan qop- qora bulutlar atrofni yanada
qorong'u körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir? Bu ösha tongdagi velosipedli yigit
edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha yigitni yana körganligi uchunmi
yoki
boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini
aytmadi: - Yöq, özim ... Yigit
ham jilmaydi: - Yomg'ir hali-beri tinmaydi. - Nima, meni
mashinangizda uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu, zumda qaytib keldi: - Xösh, qalay?
Qiz
yigitning qölidagi oq va pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish zavqli,-
dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har biriga emas ...
hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda qiziqayotgandi. Muyulishda
yigit qizning uyi taraf burilgach, qiz sevindi. "Bu ösha yigit", -
öylardi - Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam
tög'ri ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek javob berdi yigit. -
Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, -
aytingchi, hayotni qanday ta'riflaysiz? - Menimcha bunaqa
sharoit va vaqt uchun noörin savol,- kuldi yigit. Ular qizning
uyiga yaqinlashishgandi. - Buyog'iga özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola
qolsin, menga oq ranglisi köproq yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan
ötkazardi qiz, - mening pushti
rangni yoqtirishimni ham bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit ortga ön
qadamlar tashlagach qiz uni
töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha yoqimli tabassumida jilmaydi va baland
ovozda
baqirdi: - Hayot gözal! Qizning yuragi juda- juda tez va baland
urardi. Qiz ayni damda baland musiqa
eshitayotgandek öz yuragining dukurini eshitib turardi. U
hayajonlanganidan yomg'irni ham ilg'amasdi. U tanish yoqimli
musiqani xushtak qilib chalib
ketayotgan yigitning ortidan qarab qoldi... Ertasi kundan boshlab
qizga negadir gul kelmay qöydi. Qiz endi
juda ham öychan bölib qoldi. U yigit haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi hozir balki yordamim kerakdir, deb paydo böladigandek
tuyulardi. Lekin yigitdan ham atirgullardan ham darak bölmasdi.
Shu bir- necha kun ichida qiz özi
bilmagan holda yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz sevib qolgandi.
Lekin buni hali özi bilmasdi.
Nihoyat bir kuni ösha kutilgan ovozni eshitdi: - Salom! - Salom, -
javob berdi qiz. - Biroz aylanib
kelmaymizmi? - Bahor oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish
ham zavqlimi? - Albatta. Ular
birinchi marta körishishgan xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga bir dona
qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu uning bandiga köz
yugurtirdi. Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida yigitga qaradi. Yigit har doimgidek kulib turardi. - Mana
u, - yigit qöllarini yozdi. Uning kaftiga
böyoq bilan ösha dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..." Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi
tez ötardi. Qiz yigit sevgi izhor qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan
ular u-n hayot judayam chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda ham chiroyli muhabbat edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz suratiga qaradi. Judayam nafis
va chiroyli chizilgandi. - Nega meni
bulutlar orasida turibman? Söradi qiz. - Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit. Har bir kuni gözal edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz hali özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning nimadandir xafaligini payqadi. Yigit
odatdagidek jilmayardi, lekin bu tabassum ortida juda ham
özgacha
mahzunlik sezilardi. - Nima böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam. Shuncha vaqtdan
beri atiga yarim daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa demadi. Keyingi kunlarda ular yana
odatdagidek vaqtlarini xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq
vaqt birga bölishga urinardi. Soatlab yonma-yon ötirardilar... Bir
kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu vaqtda uzoqdan yigit
körindi. - Salom, - dedi yaqin kelgach. - Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin, velosipeddan yiqildim.
Ular odatdagidek örindiqqa ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar... Ösha ondayoq qizning yuragi nimadandir öta
g'ash edi.
Balki, ösha kuni qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini sezgandir... Ertasiga qiz yigitning
shifoxonada ekanligini eshitganida, karaxt bölib qoldi. Ming
xavotir ila tezda yetib keldi. Uni yigitning yoniga qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan. Kechagi kun tongda kasali xuruj
qilgan va kasalxonaga keltirishgan ekan. - Unga yurish mumkin
emasligini aytgandik. Lekin u kechroq kasalxonadan qochib
ketibdi. Mana oqibati. U oyoqlarini
his qilmaydi. Shol... Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib kelayotgan
köz yoshlarini töxtata olmasdi. Xamshiraning sönggi gaplari öta
dahshatli ovoz bölib, qizning quloqlari ostida jaranglardi: U
oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach qiz uning
yoniga kirdi.
Yigitning ahvolini körib, battar siqildi. U yig'lardi, yigit közlarini
shiftga tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz tin olgach davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara, baribir peshonaga yozgani bölarkan... -
Bas qiling! Qiz köz yoshlariga erk berdi. Juda ham ezilib yig'lardi.
- Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha shunday dedi: - Qachon hayotda
nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlaringni
mana bunday qilib sidirib tashla, - yigit barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki hayot gözal... Qiz shu kuni
tongga qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar sevishini
tushundi. "Men baribir umrbod u bilan qolaman",- qaror qildi qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni
tongda Germaniyaga olib ketishganligini aytishdi. Qiz holsiz
devorga suyanib qoldi. Uning boshida
million xil hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu mahalda unga
bir xamshira qip- qizil atirgul keltirib berdi. Qiz yigit bergan
sönggi gul bandidagi qog'ozchani titragan qöllari bilan arang
ochdi. Unda shunday yozilgandi: " Bilasanmi,
doktorlar mening tirik qolishimga deyarli umid yöq deyishdi.
Insult xavfi kundan-kun oshib borarkan. Sen meni baribir tashlab
ketmasding. Men esa sening judayam baxtli bölishingni
istayman... Men juda uzoqqa ketyapman. Bilasan-a, seni
judayam sevaman. Agar sen ham meni zarracha sevsang,
ötinaman, men uchun ham baxtli hayot kechir. Sira ham
yig'lama. Yig'laganingda meni yuragim og'riyotgan böladi.
Kelishdikmi? Men uchun esa baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga
uyqudan uyg'onmasman, lekin hayotim juda gözal. Chunki
unda sen borsan..." Qiz maktubni quchganicha juda uzoq
yig'ladi... Qiz ikki yil yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit
aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga turmushga
chiqdi. Ammo uning hayollari tubida hamon eski xotiralar
hukmronlik qilardi.
Har lahzada uni yod qilib yashardi. Ög'illik bölganida, unga
yigitning ismini qöydi... Taqdir qizga hali ancha sinovlarni
tayyorlab qöygan ekan. Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan köz yumdi. Qiz tag'in
köz yoshlari tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt ötib ketdi. Endi qizning
hayotdagi bori ög'li va xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib
qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv joyi bo'lgan
xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi. "Hayot gözal"
deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini köz oldiga keltirdi.
Oradan shuncha 8 yil ötgan bölsada, uning muhabbati bir qatra
bölsin, kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi sog'inchdan
boshqacha urayotganligini his qildi va özi "shirin xotiralar" deb
ataydigan qutini ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma- hammasini bir-bir körib chiqdi. Uyga kirib
kelgan ög'il oyisining yig'layotganini kördi. U sekin oyisining
yoniga keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir
siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz yoshlarni mana bunday
sidirib tashlang... Qiz köz yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat
bilan tikilib qoldi. - Buni kim... kim aytdi? - Bir amaki oyingni sira
ham yig'latma dedilar, rasm chizishni
ham örgatdilar. Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli
kechada "Hayot gözal" deganidagi kabi zarbli urardi. "Nahotki u
tirik bölsa?" Qiz tonggacha mijja qoqmadi. Allohdan umidlari
puch bölib chiqmasligini söradi. Ertasi kun bog'chaga borib,
rasm murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib qöyishdi.
Xonaga
kirgan qiz burchakda turgan yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda uyg'onganida
dökoncha devoriga chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam
hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir? G'alati ovoz, qiz 8 yil
kutgan ovoz eshitildi. Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi
tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3 yil davomida
davolashgan, keyin 2 yilga yaqin nogironlik aravachasida
yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha
vaqt bir- birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil oldingidek
chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador tabassumiga
qarshi turardi. Qiz shu yillar ichida ilk marta sevinganidan
yig'lardi. Yigit qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni mana bunday
sidirib tashla... Keyingi jumlani ular baravariga aytishdi: - CHUNKI
HAYOT GÖZAL...