tungi.ru

Laylo, shunday qismatga loyiqmidi ? (Bitiruv oqshomida!!!)

Maktab vaqtlari, Laylo ismli

sinfdoshini sevib qolgan

Bahrom, uncha-munchaga sir-boy

bermasdi. Sevishini

ham, pinhona yuragida

asrardi. Laylo ham,

Bahromga befarq emas edi.

9-sinf ... Bitiruv o'quv yili.

25-mayda qo'ng'iroq chalingach,

bitiruv

imtihonlari boshlanib ketdi.

Laylo, imtihon varaqalarida

Bahromga ko'maklashib

turardi. U, juda chiroyli qiz

bo'lgani uchun, ko'plab yigitlar unga

oshiq edi.

Bahrom va Layloni birga

ko'rishsa, Layloni rashk

qilishib, yo'q joydan Bahrom

bilan janjal chiqarishardi va

u bilan urushishardi. Ulardan ham

oshib

tushadigan bir bezori,

aniqroq aytganda, sinfning

eng passiv va tarbiyasiz

o'quvchisi Bekzod ismli bir

bola bo'lar edi. Qiladigan ishi yo'q-ki

birov ozor

chekmasa. Har bir ishida

ko'ngil xiralik... Imtihon

paytlarida, Layloni Bahrom

bilan fikr-mulohaza

almashayotganini ko'rgan Bekzod,

alamidan Bahromni

yanchib tashlagudek

g'azablandi. Chunki u ham

sinfdoshi Layloni sevardi...

17-iyun, kechki soat 20:10

lar... Bitiruvchilar uchun so'ngi

manzil kuni. Bitiruv

oqshomini tashkil etgan

sinfdoshlar shu kuni

yig'ilishib, bir umrga

muhrlanib qoladigan onlarni

tantana qilishardi. - Ooo Laylo,

ochilib

ketibsanmi ? Shundog'am

go'zalliginga tan berardim.

Hozir umuman tan berdim-

ey... - dedi Bekzod, Layloni

yo'lini to'sib. Laylo esa, hechnarsa

demay, o'tib

ketmoqchi bo'ldi. Ammo

yo'lini to'sib turganini

ko'rib, - Qoch yo'limdan ! -

deb buyurdi. Garchi

sinfdosh bo'lishsa-da, Laylo uni

qanaqa inson ekanligini

bilardi.

- Ha Laylo-xon, namuncha

nervinnisan ? A-bugun

bayram bo'lsa. Rahmat ham

demading. Atak maqtash ham emas,

to'g'risini

aytuvdim. Ha mayli. Agar

vaqting bo'lsa, senga

ozmuncha gaplarim bor

edi...

- Yo'q ! Vaqtim yo'q ! O'tkazib yubor

meni !

- O'tkazmasam nima

bo'ladi ? Anavi so'tak

Bahromga aytasanmi ?

Ozgina meni eshit. Keyin

ketaverasan. - Og'zinga qarab gapir !

Bahrom akamga til

tegkizma !

- Voy-yyey, "Bahrom

akam" mish. Zo'r eshitilar

ekan-a ? "Bah-rom a-kam".

Vuhahahahaha. Qo'rqitib

yubording-ku. Qayerdagi

so'takni akam deyapsanmi

Laylo ? Mana men senga

akadan ham yaqinroq

bo'laman-da. Bugun ikkimizni

kunimiz.

- Senga hali mazah

bo'ldimmi ? Sen,

o'zingdaqalarga yaqinsan,

tushundingmi ? - Laylo shu

so'zlarni aytar ekan, uni durtib o'tib

ketdi. Bu orada

ro'paradan Bahrom kelib

qoldi. Layloni Bekzod

tomondan yig'lab

kelayotganini ko'rib, - Nima

bo'ldi Laylo ? Kim xafa qildi ? - deb

so'radi. Ammo

Laylo gapirmay,

darvozadan yig'lab chiqib

ketdi. G'azablangan

Bahrom, u tomon

yaqinlasha boshladi. - Layloga nima

deding

pastkash ?

- Tushunmadim ? Senga

nima tentak ?! E, karochi

surgin buyerdan so'tak.

Ooo, qofiyani ham o'xshatib urdim-u,

hahahahaha...

Bu gapga chiday olmagan

Bahrom, unga kuchli musht

tushurdi.

- Odammisan o'zing ?

Bugun qanaqa kun ekanini bilasan-

ku ! Hech bo'lmasa

shu kun birovni dilini xira

qilmasang bo'lardi. Shu

kungacha indamay keldim.

Aql kirar senga ham, har

holda sinfdoshmiz deb o'ylagandim.

Yo'q, sen

unday bo'lmading. Bilib qo'y,

men Layloni sevaman !

O'quv paytlari bo'lgani

uchun, buni hechkimga

bildirmas edim. Endi hamma bilsa

ham mayli. Menga

qara, agar unga yana bir

bor yaqinlashganingni

ko'rsam yoki eshitsam,

manashu ikki oyog'ingni

urib sindiraman ! Shu kungacha

ko'pchilikni

ko'nglini qoldirib kelding.

Sendaqalarga bitiruv

oqshomida qatnashishni o'zi

hayf ! - deb, Bahrom uni

urishda davom etdi. To'z- to'polonni

ko'rib, boshqalar

yetib kelishdi va Bahromni

ushlab qolishdi.

- Bahrom ! Tinchlan o'rto !

Esingni yedingmi ? Hozir

o'ldirib qo'yasan-ku ! Bugun

bayramimiz bo'lsa. Qo'y,

buni a'zaga aylantirma !

O'zingni bos, - deb

Bahromni o'rtog'lari

tinchlantirishga urunishdi.

- Qo'yvoringlar meni ! Esimni

yeganim yo'q. Lekin

manabu pastkashga bu ham

kam ! Laylo qani ? Hozir

bu, hammaning oldida

Laylodan kechirim so'raydi !

Laylo, shuyerdamisan ? Laylo ?

- Bahrom, Laylo buyerda

yo'q, ichkarida ham yo'q.

Biz shuyerdadir deb

o'ylagandik, - dedi

sinfdoshlardan biri. Bahrom, oxirgi

bor Layloni

darvozadan tashqariga

chiqib ketganida ko'rganini

esladi va xavotirlanib

o'qdek xonadan chiqib

ketdi. Asvalt yo'lga chiqib, uni qidira

boshladi... Biroz

oldinroq yurib, yo'l

chekkasida odamlar

gavjumligini ko'rdi va o'sha

tomon yaqinlasha boshladi.

Atrofta, bir mashinaning ayrim yerlari

zararlangani,

militsiya, odamlarning g'ala-

g'ovuri... Tobora ularga

yaqinlashar ekan,

Bahromning yuragi tez ura

boshladi. - Kechirasiz, tinchlikmi ?

Buyerda nima bo'ldi ? -

gavjumlashgan odamlarning

biridan so'radi Bahrom.

- Eh so'ramang, to'qnashuv

yuz berdi. Anavi Neksiya haydovchisi,

bir yoshgina

qizni urib yubordi. Xayolga

tolibmi bilmadim, mashina

yo'liga chiqib qoldi. Essiz,

yoshgina qiz edi...

- Ki-ki-kiyimlari qanaqa rangda

ekanini ee-eslay

olasizmi ? - qo'rquvga

tushgan Bahrom, zo'rg'a tili

aylanib gapirdi.

- Kiyimlari, och-qizil

ranglardan iborat edi-yov. Nafasi

ortga tortgan

Bahrom, u qiz Laylo

ekaniga amin bo'ldi. Chunki,

Laylo och-qizil rangni

yoqtirardi. Bitiruv

kechasiga ham, aynan shu rangli

kiyimda kelgan edi.

Avtohalokat bo'lganini

bilgan zahot, "ilohim Laylo

bo'lmasin-da" deb qo'rqib

turgan Bahrom, bu

gaplardan so'ng, o'zini butunlay

yo'qotdi.

- K-k-kechirasiz, qaysi k-

kasalxonaga olib ketishgani

bilmay-siz-mi ?

- Unisini bilmadim ukam.

Shu tomonga ketishganiga

qaraganda, birinchi rangli

chiroq oldidagi kasalhonaga

olib ketishdi menimcha.

- Rah-mat sizga, - Bahrom

o'sha tomonga qarab

yugurib ketdi. Yo'lda ketar ekan,

Layloni o'ylab

ko'zlariga yosh keldi.

"Layloyim, meni kechir. Seni

himoya qilolmadim. Agar

senga bir gap bo'lsa,

o'zimni kechirmayman. Anavi

pastkash Bekzodni esa,

o'ldiraman !". - Bahrom

yo'lda ketayotib, birinchi

rangli chiroq ro'parasidagi

kasalhonaga kirdi.

- Salom. Kechirasiz, biron daqiqalar

oldin bu yerga,

bir qizni tez yordam

mashinasida olib

kelishmadimi ? - hovliqib

so'radi Bahrom, eshik

oldida turgan hamshiralardan.

- Vaaleykum salom. Endi,

aniq siz aytgan kishimi

bilmadim-u, bir og'ir

ahvolda bemor olib

kelishgandi, sal oldinroq. Bu siz

aytgan kishi bo'lsa

kerak, agar kasalhonada

adashmagan bo'lsangiz.

Chunki undan oldingi bemor

kelgani, kunduzi vaqti edi.

Oxirgisi esa, salgina avval keldi. Balki

o'shadur...

- Ha rahmat. Qayerga

borishim kerak ? Iltimos,

shuni tushuntiring menga.

Iltimos, faqat tezroq.

- Ha, shu zal bilan to'g'ri borib,

yo'lakni eng oxiridan

chapga burulasiz.

To'g'ridagi yigirma uchinchi

eshik, jonlantirish bo'limi.

Uyerda doktorlar bor,

so'rasangiz aniqlab berishadi. Ha

aytgancha,

ikkinchi bo'limlarga o'tish

uchun, ruxsatnoma olishiz

kerak. O'sha yerga boring,

o'zlari aytishadi.

- Xo'p. Rahmat sizga. Bahrom

shosha-pisha o'sha

tomonga yugurdi. Bo'limga

kiraverishda,

tekshiruvchilar uni

ichkariga kirishiga ruhsat

berishmadi. Bahrom ulardan, sal

oldinroq olib

kelingan bemorni ahvoli

qanday ekanini so'ray

boshladi... - Tinchlaning ! U bemorni

kimi bo'lasiz ? - A ? ... Ha, u qiz ... U

qiz

meni borlig'im, yomon

kunlarimda ham, ba'zi

hollarda yonimda bo'lmasa-

da, yonimdadek menga

dalda bo'lib, chin mehrni bera olgan

qadirli inson...

- Men sizga kimi bo'lasiz

dedim. U sizga qanday

ahamiyatli deb so'ramadim

shekilli. Akasimisiz,

ukasimisiz, qarindoshi yoki

do'stimisiz shuni

so'rayapman.

- Ha kechirasiz, u meni

sinfdoshim. Ismi Laylo. Ya'ni

Laylo bilan sinfdoshmiz.

Uning ahvoli yaxshimi ?! Iltimos,

menga aniq

ma'lumot ayting. Yoki uni

ko'rishimga ruhsat bering !

- Yaxshi yigit, oldin bizga

Layloning ota-onasi yoki

biron-bir qarindoshlarini chaqirib

bering. Hozir

qilinishi kerak bo'lgan eng

muhim ish shu.

- Xo'p. Faqat uni ahvoli

yaxshimi ? Menga shuni

ayting bo'ldi. Yaxshi ekanini

eshitmasam,

tinchlanolmayman. Ayting

Doktor, Laylo yashaydimi ?

- Ismingiz nima ?

- Ismim, Bahrom ...

- Bahrom, avvalo tinchlanib oling.

Ahvoli yaxshi. Faqat

ko'p qon yo'qotgan. Endi

darhol, uning Ota-onasini

buyerga chaqiring.

- Xo'p-xo'p, Xudoga

shukur, ahvoli yaxshi bo'lsa-bo'ldi.

Hozir

chaqiraman.

Bahrom, darhol Layloning

uy telefoniga qo'ng'iroq

qilib, ota-onasini

kasalhonaga chaqirdi. Baxtsiz

hodisani eshitgan

Layloning ota-onasi, tezda

Bahrom aytgan manzilga

yetib kelishdi. Layloning

onasi yig'lab, Bahromdan

nimaga bunday bo'lganini so'ray

boshladi. Bahrom

esa, qattiq hayajonlangani

va qo'rqganidan, ularga

hechnarsa deya olmadi.

Doktorlar, Layloni ota-

onasini yolg'iz gaplashib olish uchun

ikkariga

chaqirishdi. Bahrom, nima

gapligini bilmay, zalda kutib

turdi. Bir payt,

"Yo'o'o'o'o'o'q, qizalog'im,

qizalog'im, bunday bo'lishi mumkin

emas" degan

Layloning onasini baqirgan

tovushi eshitildi. Buni

eshitgan Bahrom,

yugurgancha palataga kirdi.

- Nima bo'ldi ? Laylo ? Laylo qani ? -

jon holatda

gapirdi Bahrom.

- Bir pas chiqib turing siz.

Halal bermang, - xafa

holda doktor. Bu xomush

gapirishlar, Layloning onasini dod

solib yig'lashi,

yaxshilik alomati emas

ekanligini Bahrom sezardi.

- Layloni nima qildinglar ?

Javob beringlar ! Laylo

qayerda ?! Layloooooooo ?!! - Bahrom

jahl bilan gapirar ekan,

ko'zlari namlandi.

- Bahromjon, o'g'lim,

Laylodan ayrilib qoldik... -

ko'zlarida yosh bilan, Layloning otasi

Erkin aka

mungli so'z boshladi.

- Niii-maa ??? Yolg'on,

yolg'oooon ! Bu-bu... Bu

bo'lishi mumkin emas !

Qanaqasiga axir ? Laylooo ?

Layloooooooo ?!!!

- esankirab qolgan Bahrom,

jon holatda gapirishidan

ovozi bo'g'ilib.

- Tinchlaning Bahrom.

Bunday alamli kechinmalar,

hammamizning boshimizda

bor. Allohni irodasi ekan,

sabr bersin. O'zingizni

qo'lga oling, - dalda berib

doktor.

- O'zingizni qo'lga oling ? Bunday

vaziyatda

tinchlanib bo'ladimi ? Bir

farishtadek qiz, bu dunyoni

tark etadi-yu, men

tinchlana olamanmi ?

Sizlarga o'ldi-ketdi ekanda-a ?

- Bu nima deganingiz ?

Layloni kasalhonaga olib

kelishganda, afsuski joni

uzulib bo'lgan ekan... Biz

qo'limizdan kelganicha harakat

qildik, ammo...

- Bundan chiqdi "Layloning

ahvoli yaxshi" deb, meni

aldagan ekansizlarda ? Hali

bu ishlaringiz uchun javob

berasiz ! Topib beringlar menga

Layloni !!! U bunday

qismatga loyiq emas. Nima

uchun axiiiiir, nima uchun ?

- jahl bilan gapirar ekan,

Bahromning ko'zlari alam

yoshlariga to'ldi. - Ey Ollohim, bizdan

qanday

gunoh o'tdi-ki, yuragimizni

bir parchasidan ayirding ?!

Qizalog'imni qaytarib ber,

yalinaman. Hali o'n gulidan

bir guli ham ochilmagandi qizimni, -

Layloning onasi

kuchli bosim va ayriliq

azobiga chiday olmay, shu

so'zlarni aytib hushidan

ketdi. Farzandini o'lganini

eshitgan har qanday onaizor, bunga

bardosh

berolmasligi tabiiy...

- Sabohat ? Sabohat ?!

Ko'zingni och ! Sabohaat ?!!

- Erkin aka, xotini

Sabohatga yuzlanib. Yuragi

parchalangandek bo'lib,

o'zini yo'qotgan Erkin aka

ham, ko'z yoshlarini

yashira olmadi. Qanday ham

yashirsin ? Yakka-yu

yagona, birovga zarracha ozori

yetmagan, qalbi

pokiza qizi, bu yolg'onchi

dunyoni erta tark etadi-

yu, yig'lamay olarmidi ? Eh,

bu hayotda, inson

nechog'lik ayanchli qismatlarni

ko'rmas ekan

deysiz. Eshik chekkasida

shokdan o'ziga kelib

ulgurmagan Bahrom,

o'rnidan ko'tarildi va jahl

bilan eshikni durtib chiqib ketdi.

Yo'lda mashina

saqladi va bitiruv oqshomi

o'tkazilayotgan sinfdoshini

manzilini aytib, o'sha

tomonga yurishini ta'kidladi.

Bahromning ko'zlari, bamisoli qonga

to'lgandi.

Layloning o'lganiga ishongisi

kelmasa-da, baribir

haqiqatni tan olishini

bilardi. U, Layloning o'limida

sinfdoshi Bekzodni aybdor deb

hisobladi va qalbini

unga nisbatdan nafratga

to'ldirdi. Bitiruv kechasi

o'tkazilayotgan uyga

yaqinlashar ekan,

haydovchiga shuyerda to'xtatishini

aytdi.

Mashinadan tushgan

Bahrom, darvoza oldida

sigareta tutatib turgan

Bekzod ko'rib, yanada

g'azablandi. Daraxt ortidan asta-

sekin yashirinib

borishni ma'qul ko'rdi.

Keyin, birdan kelib uni

og'zini qo'li bilan berkitdi-

da, chetroqga sudrab

tortdi. Uzoqroq joyga oborib, yerga

itarib

yubordi...

- Pastkash Bekzod,

o'ldiraman sen betarbiyani !

Nimalar qilib qo'yganingni

bilasanmi ? - O' mishqi, bu nima

qilganing ?! Nimalar deb

g'inshiyapsan o'zi ?

- Bir farishtani ko'nglini

og'ritib, bu hayotda

yashashidan mahrum qilding. Seni

o'ldiraman !

Ming lanat senga ! -

Bahrom ayamay uni ura

ketdi. Shu qadar jahl bilan

urardi-ki, Bekzodni

hammayog'i ezg'ilanib, qonga

bulg'andi. Atrof qop-

qorong'u bo'lgani uchun,

jarayon qanday

kechayotgani bilinmasdi.

Oyning bulutlar orasidan

ozgina ko'rinib turishi, biroz bo'lsa-

da atrofni

kuzatishga zamin bo'lardi.

Qarshilik ko'rsatishga

ulgurolmagan Bekzod,

yerda qimir etmay yotardi.

Bahrom, qattiq g'azablanganidan,

uni

urishdan to'xtamasdi. Bir

pasda oyog'ini osti suvdek

qonga belandi. Tobora

urishdan sekinlashayotgan

Bahrom, to'xtadi va ortiga qaytdi.

Bunchalik

shavqatsizlik bo'lishini

kutmagan Bahrom,

sinfdoshlari oldiga bormay,

to'g'ri uyiga ketdi. Soat

ham, allamahal bo'lib qolgandi.

Charchab holi

qolmagani bois, xonasiga

kiriboq, holini yo'qotdi.

Ko'zini ochganda esa, tong

otgan edi. Birdan cho'chib

uyg'ongan Bahrom, kechqurun bo'lib

o'tgan

voqealarni eslay boshladi.

"Tushummidi yoki o'ngim ?"

- shu savolni o'ziga berar

ekan, kiyimlarida qon

dog'larini ko'rgach, o'ngida

bo'lganiga ishondi. Layloni

yo'qotgani yodiga kelib,

ko'z yoshlarini yashira

olmadi... Bir payt telefoni

musiqa chala boshladi.

- Alo ? - Alo, Bahrom ?

Qayerdasan ? Shu

kechqurun qayerda eding ?

Necha marotaba telefon

qildim, ko'tarmading, -

sinfdosh o'rtog'i so'roqga tutib.

- Uzr, ayrim sabablarga

ko'ra ko'tarolmadim. Nima

gap ?

- Tez San'at (bitiruv

kechasi o'tkazilgan uy egasi)

larnikiga yetib kel.

Ahvol jiddiy. Anavi Bekzod...

Haligi... O'sha, shu

kechqurun vafot etibdi.

Aniqrog'i uni o'ldirib

ketishibdi... - Nima ??? Qachon ??!

Qanaqasiga ?!

- Bilmadim. Boshiga qattiq

jism tekgan va ezilib

ketgan deyishayapti.

O'ntaga yaqin militsiya kelgan. Hammani

yig'ishyapti. Sen kecha

Bekzod bilan

janjallashganding. Mabodo

bu ishga aralashganing

yo'qmi ? Alo ? Eshityapsanmi ?

Bahrom ?!

Alo ?! ...

Bahrom, Bekzodning boshi

qanday ezg'ilanganini keyin

tushundi. Uni urayotgan

yer maydonida, tosh va shag'allar

ko'p edi... Bahrom

nimalar bo'layotganini

ko'rib, yurak bag'ri tilka-

pora bo'ldi. "Jahl chiqsa -

aql ketadi" deganlaridek,

jahl ustida odam o'ldirib qo'yganiga

va Laylodan

ayrilganiga chiday olmadi...

(Oradan uch soat o'tdi)

- Bahromjon, ha ana

chiqarsan xonangdan deb

kutdik, mana chiqarsan deb kutdik,

lekin chiqmading. A-

tushlik bo'lib ketdi-ku ...

O'g'lim shuyerdamisan ? -

dedi Bahromning onasi

xonaga sinchikovlik bilan

qarab. Hechkim yo'qligini ko'rgach,

endi chiqib

ketmoqchi edi-hamki, stol

ustida turgan bir dona oq

qog'ozni ko'rib, unga

yaqinlasha boshladi.

Qog'ozda Bahromning quyidagi

so'zlari yozilgan

edi...

- Oyijon, baxtiqaro

o'g'lingizni kechiring. Men

sizlarni yuzingizni yerga

qaratdim. Bilib-bilmay tubanlikga

bordim. Odamlar,

"Buni o'g'li qotil" deb gap-

so'z qilib, sizni qoralaganini

eshitganingizdan ko'ra.......

Oyijon, iltimos yig'lamang !

Men, bir tomchi ko'z yoshingizga

ham

arzimayman. O'zini o'ldirish,

kechirilmas gunoh ekanini

bilaman. Lekin, men

shundog'am kechirilmas

gunohga qo'l urdim. Bunga jazo

olish uchun ham,

sizlarni tark etyapman.

Menga doim haq yo'ldan

borishlikni, yaxshilik qilib

yashash kerakligini

uqtirardiz. Kechiring, men qaytanga

"Qotil" degan

tamg'ani o'zimga ortirdim.

Meni hayotim, bir kunda

butkul izidan chiqib ketdi.

Oyijon, kechiring meni.

Dadam va opamga ham uzurimni

yetkazing... -

Bahrom shu joyida uchta

nuqta qo'yib, gapini

tugatibdi. Bahromning onasi

nimadir demoqchi bo'lardi-

yu, qo'rquvdan tili ham aylanmay

qoldi. Nafas olishi

qiyinlashgandek, chuqur-

chuqur nafas ola boshladi

va yig'lab yubordi...

Bahrom, Layloni ko'rish

orzusida, Laylo avtohalokatga

uchragan

joyda, o'zini qarama-qarshi

kelayotgan mashina oldiga

tashlagandi. Allohni

irodasini qarang-ki, bu

voqeadan bir kun o'tib, Bahromning

uyiga Bahrom

kasalhonada ekani va

ahvoli yaxshi ekani haqida

xabar keldi. Balki Alloh uni

yashashini xohlagandur.

Balki Laylo uni yashashini

xohlagandur... Oradan uch

haftalar o'tib, Bahrom

kasalhonadan chiqdi.

Militsiya hodimlari undan

ko'rsatma olishga

kirishishdi. Bahrom, bo'lib o'tgan

barcha voqealarni

birma-bir gapirib berdi.

Ozmuncha vaqt o'tib,

davlat organlari, Bahromni

aybsiz deb oqladi.

Bekzodning ota-onasi ham, sud da'vo

arizasidan voz

kechdi. Hammasi iziga

tushayotgandek muhitni his

qilgan Bahrom, Layloning

uyiga bordi va uning

xonasiga kirib, maktab davrida

hamda boshqa

estalik uchun tushgan

rasmlarini sog'inch ila

tomosha qildi. Har bir

tushgan suratida o'zgacha

olam, o'zgacha samimiylik... -

Bahromjon, bezovta

qilmadimmi ? - eshik oldida

Layloning onasi sekin so'z

boshlab.

- Keling oyijon, bemalol.

Nega bezovta bo'lar ekanman ?

Kiravering,

bemalol. Men, haligi,

Layloning rasmlarini

tomosha qilayotgandim.

Qarab turib, biroz xayolga

tolibman... - Rahmat o'g'lim. Laylo

ketgandan beri, xonasi

huvillab qoldi... Shu xonaga

har kirganimda, qizim xuddi

manashu stolda o'tirib,

kitob o'qib turgandek tuyulaveradi...

(Yig'lab)

- Oyijon, meni kechiring.

Layloning a'zasiga

kelolmadim. Sizga qanchalik

og'ir bo'lganini bilaman.

Dalda bo'lolmaganimdan

afsusdaman...

- Unaqa demang o'g'lim. Bir

kam dunyo ekan. O'zingizni

aybdor his qilmang. Siz

yaxshi insonsiz. Qizim, siz

haqingizda ko'p bor quvonib

gapirardi. "Bahrom

akam bilan bugun

birgalikda, hamma darslarni

a'lo bahoda yakunladik,

Bahrom akam menga

ko'pincha ko'maklashadilar" deb.

"Hechkim xafa

qilmayaptimi seni Laylo

qizim" deb, dadasi

so'raganlarida ham, "Yo'q,

Bahrom akam har doim

meni himoya qiladilar" deb javob

berardi. Maktabni

tamomlagach,

rassomshunoslik o'quv

markazlariga topshirmoqchi

edi... Lekin nasib qilmagan

ekan... - ko'zlaridan yoshni to'xtata

olmay, Layloning

onasi dard bilan gapirardi.

- Hatto sizni suratingizni

ham chizgandi. Har kuni

o'qishdan qaytganida, unga

tikilgancha uxlab qolardi. Xonasiga

birdan kirib

qolsam, shartda rasmni

bekitishga urunardi...

- Shunaqa deng... - Bu

so'zlarni eshitgach,

Bahromning ko'zlari, alam yoshlariga

to'ldi. Ko'z

yoshini yashirish

maqsadida, Laylo chizgan

suratga tikilib turardi. -

Juda ham o'xshatib chizgan

ekan... - Qariyb o'n kun davomida

chizgandi. Har bir yerini

mohirona chizishga e'tibor

qaratgandi. Nihoyat buni

uddasidan chidi ham. Shu

rasmni chizib bo'lgan kuni, quvonchi

ichiga sig'masdi.

O'shanda anglagandim-ki,

qizim ilk bor sevib qolibdi.

Sizni ota-onangizni yaxshi

taniyman. Juda ham ajoyib

insonlar. Quda bo'lishimiz

mumkinligi haqida o'ylab,

o'shanda men ham

quvongandim. Qizimni har

doim shunday baxtli

ko'rsam bo'ldi derdim. Endi

esa ... (Yig'lab) - Oyijon, siqilmang.

Bu balki

Ollohni bizga bergan

sinovidur. Yig'lamang, hali

hammasi iziga tushadi.

Siqilishingizni Laylo ham

xohlamagan bo'lardi. O'zingizni

asrang. Buyog'iga

uning haqqiga duo

qilmog'imiz lozim. Shunda

ruhi shod bo'ladi... Endi men

ham sizlarni

farzandingizman, Laylo abadiy

qalbimizda... - deb,

Bahrom tasalli berdi...

Boshqa hikoyalar