tungi.ru

Onalardan maslahat FAQAT QIZLAR U.N

Ona qizim! Allohga beadad shukr, bo‘y yetib,

erta-indin bir xonadonning sutokli kelini

bo‘lasiz. Yangi hayotingiz haqida ko‘p

eshitganingiz, ko‘p o‘qiganingiz bordir. Men

bu xususda ozgina qo‘shimcha qilmoqchiman.

Toki, duch kelgan kishilardan turli gap-larni

eshitib, gangib, kalovlanib yurmang.

Ayol zoti bu dunyoga xudoning inoyati bilan

avlodlar zanjiri-ni ulagani, farzandlarini

iymonli qilib tarbiyalagani, bir xonadonni va

uning kishilarini yashnatgani kelishiga, ming

shukr, idrokingiz yetib turibdi. O‘sha siz keyin

joningizni ham berishga tayyor bo‘ladigan

farzandlar eru xotin muhabbatidan, nozik

munosabatidan dunyoga kelishini ham bilasiz.

Shunday ekan, jinsiy munosabat asl muhabbat

cho‘qqisi ekanligini unutmang va qovushish

uchun faqt kuyov mas’ul deb o‘ylamang.

Bu kecha haqida har kimlar turli vahimali

so‘zlarni aytishadi. Go‘yo qizlik pardasi

olinishida dahshatli og‘riq bo‘larmish. To‘g‘ri,

qizlikdan juvonlikka o‘tishda bir oz og‘riq

bo‘lishi mumkin. Agar gavdani bo‘sh

tutmasangiz,noto‘g‘ri xatti-harakatlar bilan

kuyovga qattiq qarshilik kilsangiz, qin

muskullari qisqarishi qiyin-lashadi, ana

shunda og‘riq bo‘ladi. Ona qizim,

qarshingizda turgan odam begona emas, bir

umrlik yo‘ldoshingiz, ishonsangiz, suyan-

sangiz arziydigan odam ekanini, ota-onangiz

sizni unga ishonib topshirganini eslab

o‘zingizni to‘g‘ri tutsangiz, bu nozik muno­

sabat sizga lazzat olib keladi. Keyingi

uchrashuvlarni hayajon bilan kutadigan

bo‘lasiz. Aksincha, xudoning taqdiriga-yu,

kuyovning talabiga haddan ortiq qarshilik

qilish bilan o‘zingizga ko‘p tashvish orttiri-

shingiz mumkin. Avvalo kuyovda allaqanday

shubhalar paydo bo‘la-di, ishtiyoqi so‘nadi.

Xudo asrasin-u, bu hol uni bora-bora ruhiy

jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkinligini ham

unutmang.

Erlar maqsadga erishmasa, juda qattiqiztirob

chekadilar.

O‘xshash hikoyalar