tungi.ru

orgazm 24

Последнее изменение этой страницы: 16:06, 13 июня 2014.

К этой странице обращались 11 858 раза.

Ilmiy dalillarga ko‘ra, oilaviy hayotning dastlabki uch oyida ayollarning 22 foizi,

birinchi yilning oxiriga kelib 42,5 foizi, yil davomida 72 foizi, 10 yil yashaganda

ayollarning 89 foizi orgazmni his etadi. Ba’zi ayollar tug‘ma frigid, ya’ni jinsiy

sovuq bo‘ladilar. Bunday ayollar orgazmni his eta olmaydilar.

Frigidlik ko‘p hollarda jinsiy yaqinlikka va oilaviy hayotga, bola ko‘rishga mutlaqo

ta’sir qilmaydi. Biroq erkak tez-tez jinsiy yaqinlik qilib turishni istasa, orgazm

nimaligini tushunmaydigan ayol jinsiy yaqinlikka birmuncha befarq qaraydi va

ko‘pincha uni istamaydi. Bu, o‘z navbatida, er-xotin o‘rtasiga sovuqlik solishi

mumkin. Ba’zi ayollar o‘zining frigidliklarini tan olmasdan, bunda erlarini aybdor

deb hisoblashadi. Bunday noto‘g‘ri fikr ba’zi (maxsus adabiyotlarii ko‘p uqib,

orgazmni his etishni nihoyatda istagan) ayollarning o‘zga erkak bilan jinsiy yaqinlik

qilib ko‘rishiga, eriga xiyonat qilishiga sabab bo‘lishi oilaniig buzilib ketishiga olib

kelishi mumkin.

Lekin ko‘pincha uzoq yillar surunkali jinsiy hayot kechirib yurishiga qaramay, bir

necha yildan so‘ng ham ayol orgazmni his qilmaydigan bo‘lsa, bu endi erkakning

o‘z jufti haloliga yetarlicha mehr-muhabbat kursatmayotganligini bildirgan bo‘ladi.

Ba’zi erkaklar uz jufti halolini jinsiy yaqinlikka yetarlicha tayyorlamasdan turib iloji

boricha tezroq hirslarini qondirishga intiladilar. Bunday erkaklar faqat o‘zlarini

uylashadi, xolos. Bu, albatta, yaxshi emas. Ayol esa shahvoniy tuyg‘ulari endigina

quzg‘alganicha qolib ketaveradi. Bunday ahvol doimiy ravishda davom

etaveradigan bo‘lsa, ayolda nevrozlar kelib chiqishi yoki, yuqorida aytganimizdek,

uni eriga hiyonat qilishgacha olib borishi mumkin. Shu sababli, mutaxassislar

iborasi bilan aytganda, frigid ayollar sonini sun’iy ravishda oshiradigailar - jinsiy

savodsiz, uta xudbin erkaklardir.

Ba’zi erkaklar: «Jufti halolimda mayl bo‘lganidan keyin u ham lazzatlanadi», - deb

uylaydilar. Ayol organizmining o‘ziga xosligi ularni mutlaqo qiziqtirmaydi, bu haqda

uylab ham ko’rishmaydi. Shu bois ayol uz jufti halolining og‘ushidan istagan eng

lazzatli his-tuyg‘ulardan mahrum buladi. Erkaklarning deyarli hammasida orgazm

bo‘ladi, ular uchun ayollar kabi ma’lum vaqt va maxsus tayyorgarlik shart emas.

Orgazm jinsiga (ayollar va erkaklar orgazmi), joyiga (klitor, qin), turiga (bir marta,

ko‘p marta, qisqa muddatli, uzoq muddatli, tulqinsimon), jadalligi va

ekspressivligiga (kuchsiz, o‘rta, kuchli), bosqichlariga ko‘ra (I bosqich, II bosqich,

III bosqich) bo‘lishi mumkin. Ayol orgazmi bosqichlari.

Jinsiga ko‘ra ayollar va erkaklar orgazmiga bo‘linishi va ularning alohida ko‘rib

chiqilishi bejiz emas, chunki erkak va ayollar orgazmi bir-biridan birmuncha farq

qilib, ular uziga xos xususiyatlari bilan kechadi. Ayollar orgazmi uch bosqichdan

iboratdir. I bosqichda ayol qornining quyi qismida «vaznsizlik» tuyg‘ulari paydo

bo’lib, bu tuyg’ular klitorga va jinsiy a’zolarning boshqa qismlariga tarqaladi. Bu

bosqich bir zumda yuzaga kelib, asli guyo o‘z sezgisini yuqotgandek bo‘ladi,

o‘zidan suyuqlik ketgandek his qiladi. Bu hol ayollar eyakulyatsiyasi borligidan

dalolat beradi. II bosqichda ayol avval tananing toz qismida, keyin butun jinsiy

a’zolari bo‘ylab yoqimli va hayotbaxsh issiqlikni his etadi; bu issiqlik shu onda

butun badanga tarqaladi. Bu bosqichning oxirida o‘ziga xos turtki his etiladi va bu

turtkidan so‘ng faqat jinsiy a’zolar emas, balki atrofdagi a’zolarda ixtiyorsiz

ravishda muskullarning qisqarishi boshlanadi. Tug‘ruqni boshidan kechirgan ayollar

bu hislarni tug‘ruqdan oldingi tulg‘oqqa uxshatadilar.

Yuzaga kelgai issiqlik III bosqichda qin, bachadon, dumba muskullarining kuchli va

ritmik qisqarishi bilan almashinadi. Bunday ritmik qisqarish, tibbiyot tili bilan

aytganda, toz pulsatsiyasi deyiladi. Bu bosqichda ayol hayotida biror his-tuyg‘u

bilan solishtirishi qiyin bo‘lgan eng kuchli va lazzatli organik hislarni sezadi.

Orgazm o’z intihosiga yetadi. Toz pulsatsiyasining soniga (bitta orgazmdagi) qarab

ayollar orgazmining jadalligi darajasini - kuchini aniqlash mumkin. Toz pulsatsiyasi

3-5 tagacha yetsa kuchsiz orgazm hisoblanadi, 5-8 tagacha yetsa urtacha -

me’yoriy orgazm, agar toz pulsatsiyasining soni 8-12 tagacha yetsa jadal (intensiv)

orgazm hisoblapadi, undan ortiq bulishi kamdan-kam uchraydi va u uta jadal

orgazm hisoblanadi. Yuqoridagi bosqichlar turli obyektiv va subyektiv sabablarga

ko’ra har bir ayolda turlicha bo‘lishi va bir ayolning o’zida ham har galgi jinsiy

yaqinlikda bu bosqichlar bir-biridan birmuncha farqli kechishi mumkin. Masalan,

ma’lum vaqt ayriliq natijasida jinsiy hayot bilan yashamagan ayol uchun yuqoridagi

bosqichlar yaqqol ifodalangan shaklda o’tsa, aksincha' odatdagi jinsiy hayot bilan

yashayotgan xotin uchun erining mayli bilan bo’layotgan navbatdagi jinsiy

yaqinlikda bu bosqichlar nihoyatda tez utishi va chuqur his etilmasligi, tashqaridan

yetarli ravishda sezilmasligi mumkin. Yoki nihoyatda ehtirosli, jinsiy ekspressiv ayol

o‘zicha «odobdan emas» deb hissiyotining tashqi ifodalanishini ushlab -

«tormozlab» turishi, o’zini erkin his etmasligi va natijada orgazm hislarini yetarlicha

his eta olmasligi mumkin va, aksincha, o’rta ehtirosli ayol orgazm hislari bilan

birga kechadigan tabiiy hislarning eriga kuchli ta’sir etishini, uning emotsional

idrok kuchini oshirishini bilgan holda o’zini nihoyatda erkin tutishi natijasida eriga

va o’ziga yoqimli hislarni taqdim etishi mumkin. Shuning uchun jinsiy hayotda ayol

kishining eridan uyalmasligi, zini erkin tutishi, tuyg‘ulariii bemalol ifodalashi zi

uchun ham, turmush o‘rtog‘i uchun ham faqat foydalidir. Ayniqsa, o‘ziga

birmuncha ishonmaydigan, uzining jinsiy imkoniyatlarini o‘zgalardan kam deb

hisoblaydigan ba’zi erkaklarga ayolning jinsiy yaqinlik chog‘idagi tuyg‘ularini ochiq

va yetarli ravishda sezdirishi ijobiy ta’sir qilib, ularning zini tlaqonli erkak kishi

sifatida idrok qilishiga, uz shaxsini tasdiqlashiga, o‘zini birmuncha mustaqil va

erkin his etishiga yordam beradi. Buni ayollar yaxshi bilishlari va oilaviy hayotda,

albatta, hisobga olishlari lozim. Ayolni ayol sifatida shakllantiruvchi erkak kishi

bo‘lsa, uz navbatida, ba’zi erkaklarni haqiqiy erkak qiladigan yoki haqiqiy erkakni

(jinsiy imkoniyatlar nuqtai nazaridan) o‘ziga ishonmaydigan, o‘zidan

gumonsiraydigan, bushang erkakka aylantiradigan ayoldir.

Orgazm tugagandan so‘ng ham ayol organizmi ma’lum vaqt nihoyatda quzg‘algan

holatda bo‘ladi. Shuning uchun orgazmni his etib bo‘lgan ayolni erkalash, unga

mehr tuyg‘ularini samimiy yo‘sinda yetkazish, uning nozikligi va go‘zalligidan

samimiy xushlanish ayolda tabiiy xush-kayfiyat holatining yanada chuzilishiga

(ba’zan esa hech qanday takroriy friksion harakatlarsiz orgazm hislarining

takrorlanishiga) olib keladi. Buni erkak kishi bilmasa, vaziyati kelganda jufti

haloliga anglata bilish, «qulog‘iga shivirlab quyish» ham ayol kishining o‘z qulidadir.

Ayollarning ko‘pchiligi bitta orgazm bilan qoniqmaydilar va yana bir necha

orgazmni his etish ehtiyojida bo‘ladilar. Shuning uchun ayol jinsiy qoniqmasdan

turib erkak kishining tuxtab qolishi ko‘p hollarda ayolning ham holatiga soya soladi.

Yo‘q, bundan kayfiyatingiz tushmasin, bu holatdan ham ustalik bilan chiqish

mumkin. Erkak kechinmalarini ham anglamoq kerak. Erkak kishi o‘z orgazmidan

so‘ng ma’lum vaqt «jinsiy tanaffus» qilishga ehtiyoj sezadi. Tanaffus qilmagan

taqdirda ham qinning me’yoridan ortiq namlanishi va olatning ilgarigi

(orgazmgacha) taranglik holatining kamayishi erkak kishining ham, ayol kishining

ham lokal hislar samarasini pasaytiradi, bu esa, o‘z navbatida, ayol kishi

tomonidan his etiladigan orgazm sifatiga ta’sir qiladi, hissiyotning o‘tkirligini

pasaytiradi. Shu bois ayol kishi bunday paytlarda yana ham nazokatli bo‘lishi,

pinhoniy tuyg‘ularini samimiy va erkin yuzaga chiqarishi, shu tuyg‘ularni jufti

haloliga o‘tkaza olishi lozim. Shunda ular yana jufti halolining lazzatli og‘ushida

bo‘ladilar.

Boshqa hikoyalar