tungi.ru

ota va bola (doyimiyhamroh)

Shahar chetidagi

mahallalarning

birida shinamgina hovli bo'lib,

unda kichkina bir oila

yashardi:

er-xotin va ularning ön yoshli

og'illari. Yigit ö'z uyining

yerto'lasida ustachilik bilan

shug'ullanardi. U qöli gul

hunarmand bölib, eshik va

romlar

yasashda unga yetadigani yöq

edi. Kunlarning birida u har

doimgidek öz ishini

qilayotganida

chiroq öchib qoldi. Usta bir

qancha muddat kutdi, lekin

chiroq yonmadi, aksiga olgandek

shu kuni bitirishi kerak bölgan

buyurtmasi bor edi. U

afsuslangancha, biroz dam

olish

uchun uyga kirayotganida elektr

yoqib-öchirgichga közi tushdi.

Kimdir atay elektrni öchirib

qöygandir deb öyladi.

Darhaqiqat,

dastakchalarni tepaga kötargan

edi ustaxona chirog'i yondi.

Usta

biroz asabiylashdi, "Kim qildi

bu

bema'ni ishni?", - öylardi u.

Yertölaga tushib endi

boshlagan

ham ediki, chiroq yana öchib

qoldi. Ammo bu safar u

elekrtni

kim öchirganligini aniq kördi.

Ustaning ög'li sekin chiroqni

öchirib, narvonda pastga

tushganida, ortida otasi unga

jahl

bilan qarab turardi. Usta endi

ön yoshga tölgan ög'lining bu

qilgan

ishini kechira olmadi, jahl bilan

butun ishni kechiktirgan

ög'lining yuziga shapaloq

tortdi. "Endi esi kiradi, bir marta

öchirgan bölsa ham mayli edi".

Bolakayning yuzi qizarib

ketgan,

labidan qon sizardi. Lekin,

azbaroyi g'azab otiga mingan

usta ög'lining köz yoshlariga

e'tibor ham qilmay uyga kirib

ketdi va xotiniga baqirdi:

"Bu bolaning maktabda kimlar

bilan aralashib yurganligini

bilishimiz kerak. Shundayligicha

qöyib qöysak boshimizga balo

böladi!"

Охiri eng oson yöli topdi.

Ög'lining qölidan hech

qöymaydigan kundaligini öqiydi

va uning nima ishlar qilib

yurganligini bilib oladi.

Хоtinining

qarshiliklariga qaramasdan

ög'lining kundaligini ochib öqiy

boshladi. Bolakay sönggi

sahifaga

shu sözlarni yozgandi:

"Bugun yomon tush kördim.

Tushimda ustaxonada

ishlayotgan dadamni tok

uribdi.

Ey, Xudo, dadamni özing asra.

Dadam dunyodagi eng

mehribon

odam. Men ham qölimdan

kelganini qilaman....."

O‘xshash hikoyalar