tungi.ru

Yagzonwox

AFSUS.

(Mistik hikoya)

Qishning sovuq kunlarining birida

betoblanib qoldim. Ahvolim

og'irlashib borar, tuzalishimga

umid yöqday edi.

Kasalxonaga

borishni istamay uyda

davolanaman derdim. Tunlari

uxlolmay chiqardim. Bir kuni

kechasi... (eslasam qölim tugul

tizzalarim qaltirab ketayapti).

Isitma qilib nafas yetishmay

qoldi. Yonimda TV körib ötirgan

otamni chaqiray desam ovozim

chiqmadi. Bög'zimga nimadir

tiqilib nafas kirib-chiqmay

azoblana boshladim.

Butun tanam

mixlab qöyilganday

qimirlamayotgani meni

qiynayotgandi. (Axir boyagina

özim qöllarim bilan kompot

ichgandimda). Nafas yetmay

közim xira torta boshlaganda

tipirchilab qoldim. Men

ölayotgandim. Odamzod

shunchalik ojiz bölishini tan

oldim... Meni qaltirayotganimni

körgan otam shoshib örnidan

turganini kördim-u közim

yumildi...

_ _ _

Oradan biror soat

ötdi shekilli og'riq töxtadi. Sekin

kötarilib yengil ucha boshladim.

Bu hol meni ajablantirmadi.

Derazaga yaqin borib ochmasdan

suzib ötdim. G'alati hissiyot! Men

ruhman! Hovlimizda uchib

yurgandim shamol boshlanib

qoldi. Muvozanatni saqlolmay

dodlab havoda ömbaloq oshib

uchib ketaverdim.

Uchib borib daraxt shoxiga

ilinib

qoldim. Biroz pastlab parvozni

davom ettirdim. Yurolmasdim,

chunki qadam tashlash

qobiliyatini yöqotib qöyibman.

Shamol ancha pasayganda

bemalol özim istagan joylarga

bordim.

Uzoq-uzoq

dalalarni, baland tog'larni körib

zavqlandim. Endi tirik emasligimni

yaxshi tushunardim. Men uchun

vaqt ahamiyati yöqday edi.

Kunlar ötayaptimi soatlarmi,

bilolmadim. Ortimga qaytganimda

hechkim meni eslamayotganini

kördim...

Har kim öz ishi bilan ovora,

ular

uchun men hech qachon mavjud

bölmagandayman... Dilim

g'ashlandi. Nimalardandir afsus

qilayotgandim.

Hayotda hech kimga yomonlik

qilmaganman, lekin yaxshilik ham

qilmabman...

Ana otam yer chopayapti. Men

vaqtida otamga yordam

bermaganman. Qölimdan kelsada

"keyinroq qilarman" qabilida

yurgan ekanman. Kechiring ota...

Onam xamir qilmoqda. Eh onajon,

bemehr ög'lingizni bir bor eslang?

Aka-ukalarim

tirikchilik tashvishi bilan yurganini

körib yaqin bordim. Hech biri meni

sezmadi...

Nimadir qidirib parvoz qilib

borarkanman jim yig'lardim.

Ajabki közlarimdan yosh

chiqmasdi...

Tentirab uchib yurganimda ötgan

yili vafot etgan döstimni

uchratdim!

U bitiruv kechasiga

borayotganday yasanib olgan,

mamnun qiyofada nimalardir

dedi, lekin gapini yaxshi

tushunmadim... Shunda "yana

ozroq yashasam bölarmidi?"

degan xayolga bordim. Chunki

xatolarimni tög'rilashga

ulgurardim. Afsus, buni endi iloji

yöq... Yurib-yurib zerikib

"uycha"mga kirib yotdim. Tavba,

atrof kaftdagiday körinib

turibdi...! Faqat bir tomon,

köchadan ötib-qaytayotganlarni

kuzata olaman.

Oradan bir necha kun ötib

siqila boshladim. Naq burnimni

oldida örgimchak tör töqib

tashlagan, men ularni sidirib

tashlolmasdim. Ta'riflab bölmas

ökinch bilan köchaga termulib

yotganimda ötayotgan ukamni

körib bir zumga kelishini shunaqa

istadimki... U yaqin kelib

chökkalab qöli bilan burnim

oldidagi va yon-verimdagi

pöpanaklarni tozalab tashladi.

Ukam tikilib turganimni sezmadi...

"Rahmat ukajon" deya dilim

yorishdi. Juda xursand böldim.

Ukam esa örnidan turib öz ishiga

ketdi. Endi yana parvoz qilolaman!

Sekin uchib atrofni tomosha

qildim. Keyin hayotdan rozi bölib

jimgina allaqayerga keta

boshladim. Yölimda yana ösha

vafot etgan döstimni uchratdim.

Bu safar u dona-dona qilib "hali

sizga erta" dedi. U tirikligidayam

shunaqa kamgap edi.

Baribirmasmi deya yölimda

davom etdim.

- Ota...? dedi kimdir. Aniq meni

chaqirdi. Lekin hali

böydoqmanku?

- Ota-ov. deb jajjigina qöl meni

qölimni silay boshladi.

Axir bu shirintoy

Alisherku??? Birdaniga tirik

paytimda tonglari uyqudan

uyg'onishga erinib yotganimdagi

holatga tushdim. Közimni ochay

desam ocholmayman...

- Ota ota. deb Alisher qölimni

silkiy boshladi. "Eh shirintoyim,

qachon aka deyishni örganasan

a?" Jajji qöl nihoyat közimni

ochishga majbur etdi.

Mashaqqat bilan közimni

ochganimda kasalxonada

ekanimni kördim. Garchi a'zoyi-

badanim og'riyotgan bölsada

yana nafas olayotganimdan

mamnun böldim! Koridorda

shovqin bölib xonamga hamshira

bilan kelinoyim kirib keldi.

Kelinoyim ög'lini kötarib olib

menga qarab baqirib yubordi.

Keyin shoshib chiqib ketdi.

Hamshira esa menga igna

sanchdi...

Men hayotga qaytdim! Endi

hammasi boshqacha böladi! Toki

tirik ekanman, afsus qilgulik ish

qilmayman endi. Barcha

xatolarimni tög'rilayman...

Nafas olayotganim uchun Ollohga

ming qatla shukur!

Boshqa hikoyalar