tungi.ru

Totli Onlar (Turnirga) (2-bet)

aytsangiz sizning qon guruhingizni anqilayd, ha etgancha bu yigitcha sizga kim bo`ladi?

Bu savoldan qiz ilon chaqqandek seskanib ketdi,

-bu! Bu yigit… haligi… hech…

- mayli mayli dedi doctor qizni hijolatga solmaslik uchun siz o`zingizga kelvoling avval

Bir ozdan keyin bir hamshira kelib qizni maxsus xonaga boshladi u yerdan qizdan qon olishdi baxtga qarshi qizning qoni yigitninkiga mos kelmadi, nima qilishni bilmay qolgan qiz o`zini qo`yarga joy topa olmay qoldi. “nahotki? Nahotki endi u? yo`q. yo`q bunday bo`lishi mukin emas, u o`lishi mumkin emas” derdi u tinmasdan o`ziga o`zi. Bu vaqt ichida Dilshodning ota-onasi ham bu mudhish voqeadan habar topib kaslaxonaga yetib kelgan otasi uning axvolidan habar topib unga o`zi qon bergandi.

Eshik oldida tinmasdan ko`z yosh to`kib o`tirgan, qovoqlari yeg`layverganidan bo`lsa kerak shishib ketgan bu qizni ko`rib dastalb yigitning ota-onasi “Dilshodning sevgan qizi bo`lsa kerak” deb o`yladi. Uni ovutish un Maqsudaxonim (yigitning onasi) -qizim boring endi Dilshodbekning axvoli ancha yaxshi, yaqinda palataga olar emish ertalabdan beri tuz ham totmabsiz, bu yerda o`tirishdan foyda yo`q, ko`rgilik ekanda endi nima ham qila olardik, hayriyat hech operatsiyadan yaxshi chiqbdi, boring endi siz ham ozroq dam oling uyingnizdagilar ham xavotir olishyotgandirlar ularni ham havotirga qo`ymang. Dedi onalarcha mehribon va samimiy ohangda qiz ham hech narsa demasdan o`rnidan turdi, turdiyu hamma narsa aylana boshladi bir necha qadam yurib oyoqlaridan mador ketdi, o`z tanasi o`ziga og`rlik qilib yerga yiqildi. Qayerdandir bir chapdast yigit yetib keldi qizni ko`tarib unga yordam ko`rsatish un maxsus xonaga olib kirdi. Bir nechta tinchlantiruvchi ukollardan so`ng qiz o`ziga keldi, Keldi-yu birinchi so`ragan narsasi yigitning axvoli bo`ldi, hamshira unga Dilshodning axvoli yaxshilgini, barcha xavf xatar ortda qolganini aytib qizni tinchlantirdi. Bir necha xaftalik muolajardan so`ng Yigitcha ham ancha o`ziga kelib qoldi, biroq shu bir necha xafta tortgan azoblarini u dushmaniga ham ravo ko`rmasa kerak, endilikda u butunlay o`zgargandi, “Zino” eng yomon narsa ekanligini u endi tushunib yetgandi. Endi u umuman bunday bemani ish qilmaslikka o`ziga o`zi vada berdi, shu bir necha xafta ichida qanday og`riqlaru azoblarga duchor bo`lgan bo`lsa hammasi shu kasofat nafsni orqasidan kelganini Dilshod endi tushunib yetdi, bu orada u o`zini urib yuborgan qiz “Shaxlo” bn ham yaqindan tanishib oldi.

Manimcha Muqimiy aytganlaridek “So`zni Muqiymiy qilmoq etmak tamom, Mazasi o`lmas uzun ersa kalom”deganlaridek qisqaroq qilganimiz ma`qul hikoyamizga xozircha shu yerda yakun yasaymiz, qolgan voqealar rivojini nasib qilsa keying bosqichda davom etiramiz  (Axir yaxshi niyat yarim mol deyishadi-ku ) Siz aziz o`quvchilarga esa rahmatlar aytib qolamiz, doim omadlar yor bo`lsin. Agar hikoyamiz sizga ozgina estetik zavq bag`ishlay olgan bo`lsa bunda biz o`zimizni nihoyatda bahtiyor sanagan bo`lardik.Hikoyaga nisbatan fikr-mulohazalaringizni biz bilan baham ko`rasiz degan umiddamiz, hamisha omad siz va bizni also tak etmasin, Chuqur huramat va ehtirom ila DoMiNo

Boshqa hikoyalar