Unutilmas Lahzalar (Tanlovga) (3-bet)
stol ustida oq qog'oz, uning ustida esa o'zi sovg'a qilgan telefon turardi. Ichi zil ketdi, yuragi urishdan to'xtagandek bo'ldi, oyoqlaridan mador qolmasdan, gandiraklaganicha devorga suyanib qoldi. Ko'z oldi bir zumga qorong'ulashdiyu boshidagi og'riq yana xuruj qila boshladi.
Quloqlari eshitishdan to'xtab qolgandek bo'ldi, jondan aziz ko'radigan insoni uni tashlab ketsaya. Aslida hammasiga o'zi aybdor. Ichmasligi kerak edi, shunda ham Durdona tashlab ketmasdi, ham bir ayolni eriga xiyonat qilishiga yo'l qo'ymagan bo'lardi. Nima qilarini bilmay qolgan Shoxrux tashqariga chiqdi, mashinasiga o'tirdi-da Durdonani uyi tomon shoshildi. Pastqam ko'chalardan yurib borarkan Shoxruxni xayoli faqat Durdonada edi. Uni qanday qilib ortga qaytarish mumkin? Undan qanday qilib kechirim so'rash mumkin? Nima deb boradi? U kechiradimi? Javobsiz savollar Shoxruxni miyasida tinmasdan aylanardi. Nihoyat u kutilgan manzilga yetib keldi, biroq nima deb chaqirishni bilmasdi. Xayriyatki yigitning baxtiga qizning ota-onasi uyda yo'q bo'lmasa Shoxruxni oldiga solib quvib qolarmidi? Nima qilishni bilmasdan ichkariga bir so'z demasdan kirib boraverdi, kengina xovli, nisbatan pastroq xonalar, xovli kotta bo'lishiga qaramasdan xamma yoq top-toza, xovli etagida turli-xil mevali daraxtlar...
Durdona deb chaqirdi Shoxrux titroq ohangda, hech kim javob bermagach bir-necha bor chaqirishga majbur bo'ldi. Nihoyat xovli etagidan o'sha qo'ng'iroqdek jarangli ovoz eshitildi.
-xoov, kim u?
Shoxrux nima deyishni bilmay qoldi, nima deydi, menman deydimi? Qaysi yuz bn?
-kim u? Kelavering
birin ketin qadamlar bn ovoz kelgan tarafga qarab yo'l oldi.
Ovoz Molxona tarafdan kelgan edi. Durdona oddiy oila qizi bo'lgani un otasi ro'zg'orni u bu kam-ko'stiga yarab qolar, yoki qizimizni mebeliga xarna yordam degan maqsadda bir-nechta sigir va buqalar boqardi...
Albatta boy xonadondan chiqqan yigit un bu xol erish tuyulardi. Molxonani xidiga uncha-muncha odam chiday olmadi, endi umrida bunday xolatga tushmagan yigitning xolini tasavvur qilib ko'ring...
Shoxrux ichkariga kirdi, kirdi-yu ko'ngli ag'darilib tushayozdi, bu xolatni payqagan qiz qoshlarini chimirib, kesatiq ohangda gap boshladi.
-iya, Assalomalekum, o'xxo', kimsan Shoxrux Mirzayevichni o'zlari, bizday g'aribning kulbasiga tashrif buyuribdilarda-a? Bu yoqqa kelishingizga nima majbur qildi? Ariza yozdim, telizi tashab keldim, eha, esim qursin zaryadnigi esdan chiqibdi-yu, hoz olib chiqib beraman.
-qanaqa zaryadnik, nima ustimdan kulvosanmi?
-nega ustidan kulaman?
-nega ketib qolding? Shunchalar osonmi? Bir og'iz xayr deb ketib qolurasanmi?
-man sizga etganman, yana bir marta ichsangiz qaytib qoramni ham ko'rmis diganman, siz ham shunga ko'ngansiz. Siz vadezda turolmadiz lekin men vadamda turaman. Agar gapingiz tugagan bo'lsa, iltimos, keting xoz oyim bn adamlar kelib qoladi, ungacha man bularga qarab qo'yishim kerak. Siz bn gaplashib, torishgani esa ortiqcha vaqtim yo'q.
-xo'p, boshqa umuman ichmiman, chin so'zim, ahir sansiz yashay olmasligimni, sani qanchalar sevishimni bilasn-ku, to'g'rimi?
-buni vaqtliroq o'ylash kerak edi, qoching divoman sizga.
-yo'q, mayli unday bo'lsa senga qarashganim bo'lsin nima qilish kerak, qayerni tozalash kerak? Qiz bolaga yarashmidi mol tagini tozalab yurish dedi-yu molxona ichkarisiga kirib nimadir qilmoqchi bo'lgandek yengini shimara boshladi. Bu xolatdan Durdona kulib yubordi, uning kulgusi shu qadar samimiy ediki uni ko'rgan Shoxrux shunday qizni xafa qilib qo'yganidan o'zini yomon ko'rib keta boshlagandi.
-eee, boringe, siz eplolmisiz bunaqa ishlarni, bu sizga stolga o'tirib olib xujjat titkilash emas. - dedi Durdona yasama jiddiylik bn.
-iye, mani kim deb o'ylavossan, bilsen mani bobomni bobosi cho'pon bo'lgan ekan, chundingmi?
-ajab bo'pti, hayriyat bobongizni bobosi ekan
-nima qilish kerak aytaver
-mayli o'zingizdan ko'ring unda, mana bu go'nglarni anavi zambarg'altakka solingda xuv anavi bog'dagi daraxtlar tagiga og'darib chiqas, zora shunda aqlingiz kirib qolsa.
Gapni kotta gapirishga gapirib qo'ydi-yu bu yog'iga nima qilishni o'ylayotgan Shoxrux ishni nimadan boshlashni bilmay qoldi, balki bu sevgi sinovidir deb o'ylab qoldi ichida, nima bo'lsa bo'ldi dedi-da ishga kirishdi. Ishlaganda ham zo'r hafsala bn chin yurakdan ishladi. Kunning qoq o'rtasi tashqarida quyosh qizdirib turibdi. Bir necha soat og'ir mehnatdan so'ng ishni yakunlagan Shoxrux holsizlanganicha devor panisiga o'tirib oldi.
Shu payt oldida bankada choy ko'targanicha Durdona paydo bo'ldiyu barcha charchoqlar unut bo'lgandek bo'ldi.
Yana o'sha shirali ovozi bn sekin gap boshladi.
-charchab qolmadingizmi?
O'zi oyoqda zo'rg'a turgan bo'lishiga qaramay sir boy bergisi kelmagan Shoxrux qo'lidagi mushaklarga ishora qilib so'z qotdi:
-heh, shuyam ish bo'ptimi? Mushaklarni ko'rvosanmi? Bundan xam og'ir ish qilaverganidan shunaqa shishib ketgan, bir necha zambar narsani tashish menga cho't emasku.
-haaa, unda yaxshi, men sizni charchab qoldingizmikan depman, unday bo'lsa men xozir ketmon olib kelaman, kecha adamlar mana shu yerni chopib chiqishim kerak deyotgan edilar, ularni ishi yengillashadigan bo'ldi.
Bu gaplardan so'ng Shoxruxni ko'zlari kosasidan chiqib ketadigandek kottalashib ketdi. Yuziga yasama tabassum yugurtirib o'zini so'ka boshladi...
O'sha kuni Shoxrux rosa ishladi, qizning oldida aybini yuvmoqlik un chin dildan ishladi. Bu orada qizning ota-onasi ham yetib kelishdi. Bog'da mehnat qilayotgan yigitni ko'rib hayron bo'lgan Karimjon aka sekin asta uning oldiga keldi. Unga obdan razm soldi. Oyog'ida dastlab oppoq bo'lgan biroq ish qilaverganidan tuproqqa qorishib ketib rangi ham loyqa ranga bo'yalib ketgan krasofka, ustida terdan suv bo'lib ketgan futbolka, ko'rinishidan mardikorga o'xshamasdi, tuppa tuzuk yigit.
-xormang o'g'lim, charchamayapsizmi? -dedi Karimjon aka og'zidagi nosini daraxt tagiga tuflab
-iye, assalomalekum, salomat bo'ling amaki, yaxshimisiz?
-yaxshi rahmat, bu tanimayroq turibmanda o'g'lim, kimsiz? Ko'rinishingizdan mardikorlik qilib yurgan bolaga o'xshamaysizov!
-ha, manmi? Man Durdonaxonning ishxonadagi Boshliqlari bo'laman, bugun ishga chiqishmaganiga nima bo'ldi ekan deb xabar olgani kelsam javlon urib mehnat qilayotgan ekanlar, shunga man ham o'z hissamni qo'shib qo'yey deb ishga kirishib ketaverdimda deb o'ta samimiylik bn gapirar ekan Shoxruxni yuzida kulgu o'ynardi.
Yigitning gapini oxirigacha eshitdimi, yo'qmi, biroq Durdonani boshlig'iman degan gapdan keyin Karimjon akani ko'zlar yaraqlab ochilib ketdi, nodon qizini koyib Shoxrux qo'lidagi ketmonga yopishdi.
-iye, Shoxruxjon sizmisiz? Voy o'g'lim nega bunaqa ketmon ishlab yuribsiz? Ex nodon qiz-a, qandoq bo'ldi bu yog'i, yuring-yuring bu yoqqa, o'zimam etima bunaqa bashang kiyingan yigit nima qilib agarotda ketmon chopib yuribdi deb...
Bunday xijolatli vaziyatdan boshi aylanib qolgan Karimjon aka nima qilarini bilmay qoldi, bunday hijolatli vaziyatdan qanday qilib chiqishga o'ylanib qoldi. Shoxruxni yerdan chiqarib yuz qo'lini yuvdirib ketaman deyishiga qaramasdan kechki ovqatga olib qoldi...
Bu orada Manzuraxonim ham kelib qoldi, u dastlab yigitni tanimadi.
Kechkiqurunga Karimjon akani topshirig'i bn ajoyib osh qilindi.
-bu kishini tanidingmi? Deb savol nigohi bn qaradi Karimjon aka Xotiniga.
Manzuraxonim esa umrida birinchi marta ko'rib turishiga qaramay, sir boy bergisi kelmadi:
-bu kishi, Shoxruxbek, Durdonani xo'jayini, o'sha kotta Restoranni egasi.
Manzuraxon ichib turgan qaynoqqina choyiga tiqildi va qattiq-qattiq yo'talib oldi, tanimaganidan xijolat tortib biroz uyaldi ham.
-voy, voy o'lmasam, tanimaganimni qarang-a, o'zi yaxshimisiz o'g'lim, ota-onayiz yaxshimilar?
-ha rahmat, bugun Durdonaxon ishga chiqmagan edilar shunga bir habar olay degandimda. Dedi Shoxrux yonginasida o'tirgan Durdonaga ko'z qirini tashlab.
-bugun singlim o'g'lini uylagan edi shunga to'yga ketgan edik, uyda hech kim yo'q mol-xollarga qarab turar deb Durdonani qorovul qilib qoldirgan edik-da, javob so'ragin didiyu. Voy sizni ham ovora qilib qo'yibdi-da dedi biroz hijolat bo'lgancha qizining yelkasiga ohista mushtlab.
Ovora qilish ham gapmi? Dedi Karimboy aka jiddiy ohangda.
Qizingni nima qilganidan habaring bormi?
-voy o'lmasam yana nima qilipti bu qiz tushmagur deya qiziga yuzlandi Manzuraxon
-bugun qizing ishga chiqmagan ekan, baraka topgur Shoxruxjon nega ishga chiqmaganini sababini so'ragani kelgan ekan, bu Shoxruxjonni agarotga kirgazib yer choptiribdi.
-voy, sho'riiim, ha Durdonaya, Durdona bu nima qilganing boshing toshdan bo'lgur! Deb qizining yelkasidan chimdim oldi, Durdona esa bir silkindi- yu ko'zlarini suzib, uzun kipriklarini pirpiratib gap boshladi.
-voy men nima qilibman, man etim voy qo'yuring unaqa ishlar sizga yarashmidi didim o'zlari qo'yarda qo'ymay ishga kirishib ketdilar, boshlig'imiz shunaqa mehnatkash insonlarda, deb Shoxruxga kulib qarab qo'ydi. Uning bu qarashi yigitni jodulab qo'ygandek bo'ldi.
Yanachi dedi qiz erkalik bn so'zida davom etarkan molxonadagi xamma go'ngni bog'dagi daraxtlar tagiga zambarg'altakda tashib chiqdilar.
Bo'ldi Manzuraxon va Karimjon aka karaxt xolatga tushib qoldi, qiziga nima deyishni ham, Shoxruxdan qanday qilib bu ishlar un uzr so'rashni bilmay qoldi. Ikkovlari ham goh Hijolat bo'lib jimgina o'tirgan Yigitga, goh erkalanib, o'zgacha zavq bn gapirayotgan bu shaddod qizga qarashardi. O'rtaga sukunat cho'kdi, bir qancha vaqt hech kim qaysi mavzuda gapirishni bilmay qoldi. Manzuraxon oshdan xabar olgani turdi. Osh keldi, hamma oshpazni maqtab-maqtab ovqatni yedilar. Bo'lgan ish un Karimjon aka Shoxruxdan yana bir bor uzr so'rashdi...
Shoxrux esa juda xursand edi, to'g'ri bugun u umrida qilmagan ishlarini qildi, molga qaradi, uni tagini tozaladi, yer chopti, juda ham charchadi biroq bugun u un o'zgacha kun. Anchadan beri tanishishni orzu qilgan odamlari bn tanishdi, ilk bor jonidan-da aziz ko'rib uni xurmat qiladigan Durdonani qo'lidan ovqat yedi. Endi tushundi qiz uni tashlab ketmaydi yo'qsa boya ishxonada ariza bn tashlab kelgan telefonini qaytarib berganda olmasdi. Uning yuragi xayojanga liq to'la edi, ko'ziga hamma narsa boshqacha ko'rinardi, soatiga qaradi kech soat 21:15 yo'l-yo'lakay ishxonaga birrovga o'tdi-yu hamma narsa joyida ekanligiga ishonch xosil qilgach uyi tomon oshiqdi.
Uyiga keldi-yu oyisi bn salomlashib xonasiga kirib ketdi. Soat 22:20 bugungi og'ir mehnatdan keyin ko'zini uyqu elay boshladi, biroq uxlolmasdi, ko'z o'ngidan qizni go'zal siymosi ketmasdi, kipriklarini pirpiratib, ko'zlarini suzib gapirishlari-yu, noz ila qarashlari hamma-hammasi Shoxruxni butunlay aqldan ozdirgandek edi. Ahir shunday chiroyli qiz ko'z oldingdan ketmagandan keyin uyqu qayoqda deysiz!
O'z navbatida qiz ham to'lg'onib u yonboshdan bu yonboshga ag'nab uxlashga harakat qilardi lekin u ham uxlashni uddasidan chiqa olmayotgan edi. Telefonini oldida Shoxruxga telefon qila boshladi. Tersammikan termasammikan? Deb o'ylanib ham qoldi. Nima bo'lsa bo'ldi, mayli beandishalik bo'lsa ham axvol so'rab qo'yay dediyu qo'llari o'ziga bo'ysunmay raqamlarni bosa boshladi.
+998944417636...
Tuuuut... Tuuuut...
-alooo, deb javob berdi Shoxrux nihoyatda xorg'in ohangda.
-alo, assalomalekum, yaxshi yetib oldingizmi?
-voalekum assalom, ha sersalom, bir kunda necha marta salom berasan?
-ajab bo'pti, endi salom berib bo'pman...
-xa xo'p, mani uyqudan uyg'otishinga birorta bahonen bordir dedi Shoxrux xuddi o'zini uyqudan uyg'ongan boladek tutib, yolg'ondan kerishib ham qo'ydi.
-i-i-i, uyg'otib yubordimmi? Shunchaki bir axvolizni so'rab qo'yay didimda.
-axvolim yaxshi, ayniqsa ajoyib va xushbo'y xidlar kevoti mandan sizi sharofatiz bn, atir sepsam ham ketmayapti, 2 marta hammom ham qildim baribir bo'mayapti.
-hamma ayb o'zingizda, avvalo ichmang edi, agar ichmaganingizda buncha mashaqqat yo'q edi. Aslida bugun javob so'ragani borudim ishga chiqmabsiz ekan, yordamchizi etishicha kecha zo'rg'a uyga eltib qo'yibdi, shunga jaxlim chiqib ketdida.
-voy jaxlingiz chiqanida bir yuzingni ko'rmapman-da, rosayam chiroyli bo'lib ketsen kerak-a? BEEDANA
-birinchidan jaxlim chiqqanda yonimda turmaganingiz maqul,
ikkinchidan Bedana emas ismim Durdona,
uchinchidan siz Alisher Uzoqov bo'lolmisiz.
-vayuuu, bo'pti xazilashdimda shunga shunchami? Undan ko'ra tunov kungidaqa haligi ajoyib gapingni yana qaytar?
-i-i-i, yoq u gapni hadeb qaytaraversa qadrsiz bo'lib qoladi.
-nega endi qadrsiz bo'ladi, men har kuni aytamanu "MEN SENI SEVAMAN" deb.
-chunki siz o'g'il bolasiz, sizga yarashaveradi, men esa qiz bolaman, xayo-andisha degan narsalar ham bordaaa.
-iltimos, bugun ham bir marta ayt
-yo'q, ayt-mi-man, vavava, alam qisin.
-5 gacha saneman agar aytmasang telefoni o'chirib qo'yaman.
-mayli xoxishiz agar suhbatlashishi xolamasez o'chiravering.
-yo'q baribir aytasan... biiiir
-biiir dedi Durdona qiqirlab kulib.
-ikkkiiiii
-himm, ikki.
-uuuuch
-ha uuuch
-to'ooo'rt
-iyi darov to'rtga yetib keldingizmi?
-to'o'rt, deyapman man sanga xazilashganim yo'q qara lekin o'zinga.
-himm, mana qaraaab o'tiriman o'zimga.
-to'o'o'rt,
-to'rt deb necha marta aytas nima maktabda hafaqat 4 gacha o'rgatishganmi?
-ha faqat 4 gacha sanashni bilaman xolos, matematikadan juda ham yomon o'qirdim bo'ldimi?
Shoxrux gapini tugatdimi yo'qmi bilmay qoldi, o'sha jarangdor ovoz yangradi.
-MEN SIZNI SEVAMAN.
Shunday dedi-yu uyalganidanmi telefoni o'chirib qo'ydi. Shodlikdan terisiga sig'mayotgan Shoxrux ovozini boricha baqirgisi kelardi.
"sevarkan, tashlab ketmabdi sevarkan"deb takrorlardi va quydagi ajoyib she'rni jo'natishga qaror qildi.
Sevgilim Sir Saqlab Sevardim Sizni,
Sog'inch Sinovida Sinardim Sizni.
Sevgim Sababini So'ylayin Sizga,
Sevgingiz Sovg'adir Sevgilingizga.
Sms qizga yetib borishi bn sherni o'qib u ham ajoyib-u g'aroyib hisiyotlar qurshovida qoldi, ikki yosh sevgining totli sharobidan to'yib-to'yib simirmoqda edilar. Qiz ham o'z navbatida javob yozdi.
Baxtliman Baxtimga Baxtli Bo'lolsang,
Baxt Bisot Bo'ladi Ba'zida Bilsang.
Borligim Baxtingdur Borliging Baxtim,
Baxtimga Bir Bora Baxtdoshim Bo'lsang.
Qizdan bunday javob kelishini kutmagan Shoxrux dovdirab qoldi nima yozishni ham bilmay qoldi...
Bunday Sms lar odatiy xol edi ular un, ular bir-birlarini chindan ham sevishardi, bir-birini yer-u ko'kka ishonmasdan rashk qilib qizg'anardi. Bu sevgi rishtasi tobora mustahkamlanib boraverdi. Endi qizni ham uyi sovchilardan bo'shamay qoldi, Durdonani kelin qilish ishtiyoqida uzoq-yaqindan sovchilar kela boshlashdi. Bundan habar topgan Shoxrux uydagilarga maqsadini aytdi. O'sha qizni sevishini va unga uylanmoqchi ekanini bildirdi, Durdonaga uylanishiga Mirzaboy ham akalari ham qarshilik qilishmadi faqat onasi unga uylanmaysan oilasi bizga to'g'ri kelmaydi deb turib oldi. Shunday tekis ko'chayotgan ishga Lolaxonim aralashdiyu sovchilik ishlari orqaga cho'zila boshladi. Lolaxonim mahalladagi eng boobro' ayollaridan edi. Shuning un o'rta xol oila bn quda-anda bo'lish unga isnoddek tuyuldi. Hadeganda qizni kambag'al ekanini, agar ular bn quda bo'lsa el-yurt oldida sharmanda bo'lishini takidlayverdi. U yoqda esa Qizning uyidan sovchilar keti uzilmasdan qizni olib ketish dardida. Ikki yosh esa nima qilishni bilmaydi, qiz yurak yutib sovchi jo'nating deyolmaydi. Chunki unga bunaqa tarbiya berishmagan. Durdona sovchi jo'nating demasa ham Shoxrux nima qilish kerak ekanligini his qilardi. Qizga qanchalik qiyinligini tushunardi biroq qo'lidan hech narsa kelmay qoldi. Hayotdan ko'ngli soviy boshladi, ishxonaga ham deyarli bormay qo'ydi, hamma ishni akasi Sanjarga topshirdi Restoranni ham, tungi klublarni ham. Ovqatlangisi ham kelmasdan 1 haftada Sherday yigit Chumoliday bo'lib qoldi. Bu xolatdan hamma qo'rqib ketdi, ayniqsa Mirzaboy. Chunki eng kenja o'g'li qiynalib yotsa bir qizni deb, bu yoqda hamma ishlarni akasiga tashlab qo'ysa bunday vaziyatga hech bir ota jim qarab tura olmaydi manimcha. Shunday kunlarning birida masalini uzil kesil xal qilish un butun oilani to'plagan Mirzaboy kelinlariga ruhsat berdi. Demak oilaviy masala degan xulosaga kelgan ovsinlar ham ortiqcha qarshiliksiz jimgina xonadan chiqib ketdi. Xonada faqat Shoxrux, uning ikki akasi va ota-onasi qolgan edi.
-nima endi mol dunyo matoxni deb o'g'lingni umrini xazon qilmoqchimisan dedi Mirzaboy jiddiy lekin o'ta bosiqlik bn.
-men nima qilib xazon qilibman? Aybim zoti pas qizni olib bermayman deganimmi?
-he o'sha zot surishtirgan sani...
Zotiga nima qilibdi-a? O'g'lingni qara shunday bolani kasalmand qilib qo'yding. Necha oydan beri ostona xaklab ko'chaga chiqmidi, ishga bormidi, o'zini qara ketmon sopni orqasiga o'tsa ko'rinmay qoladi, Sanjarni qara o'zi shuncha ishi kammidi? Ukasini axvolini ko'rib restorani yopmasdan boshqaryapti, o'zini ishi ham yetib ortadi unga restoran ishi ortiqcha unga.
-man baribir u qizni kelin qilmiman, el-yurt oldida kim degan odam bo'lamiz? Kimsan Mirzaboy qayoqda yo'q zoti pasga quda bo'libdi degan gapga qandoq chidaysiz, ahir odamlar...
Lolaxonim gapini oxirigacha yetkaza olmadi, Mirzaboy stolga qars etib urdi-da gapni cho'rt kesib qo'yaqoldi.
-bundan 20 yil oldin ishlarim orqaga ketib ko'chada qolganimizda, 1000 so'm pulga zor bo'lib hammadan qars so'rab yurganimda qayoqda edi o'sha gapiradigan odamlaring-a? Qayoqda edi? Nega o'shanda qiynalib qolibsan, ma 5000 ming topganingda qaytararsan degan mard topilmagan edi-ku o'shanda, endi meni gapiradigan bo'lib qolibdimi o'sha odamlar? O'zing kimi bolasisan? Otang kosib onang uyda savat to'qib o'tirgan, men seni zotingni surishtirdimmi-a? Surishtirdimmi? gapir! Nima og'zinga talqon solib olganmisan? Xullas gap shu ertaga Latofat sovchilikka boradi, to'y kunini ham belgilab keladi iloji bo'lsa, agar qudalardan or qilsang to'yga bormay ham qo'yaqol, agar kelinni uyda ko'rishni istamasang ana 4 xonali kvartira bor ikki kishiga bemalol yetadi, agar o'g'lingni baxti senga kerak bo'lmasa mana menga kerak- dedi-yu Mirzaboy og'ir qadamlar bn xonadan chiqib ketdi. Shoxrux ham bir so'z demasdan xonasiga yo'l oldi, Sanjar va Doniyor esa Lolaxonimga turli xil shirin gaplarni gapirib uni yupatishga va sovchilikka rozi bo'lishga ko'ndirdi. Ancha uzoq ayriliqdan keyin ikki yoshni birga bo'lishiga hatto Lolaxonim ham qarshilik qila olmadi. U sovchilikka borishga majbur bo'ldi. Bo'lajak qudalarini qanchalar sodda va sofdil ekanini ko'rgach esa shunday odamlar bn quda bo'lishni istamagani un o'zini yomon ko'rib ketdi.
Mana nihoyat to'y kuni ham belgilandi, bu habar butun restoranga tarqadi, Shoxrux ham minnatdorchilik ramzi sifatida butun xodimlarga ziyofat uyushtirib berdi.
Quvonchi ichiga sig'may ketayotgan yigitcha juda ham xursand edi. Ziyofat tugadi hamma xursand. Ziyofatda Shaxnoza juda ham ehtirosli qarashlar qilgan va buni payqagan Shoxrux maxsus xonada dam olarkan Shaxnoza bn o'tkazgan o'sha ajoyib kechani yana yodga oldi. Hissiyotlarga to'lgan kecha. U shu xayollar bn qizga tel qilib chaqirtirdi, Shaxnoza ham aynan shuni kutib turgan edi. U ham erkak taftini sog'ingan, jismu joni allaqanday latif va yoqimli hislar og'ushida edi. U xonaga kirdi, Shoxrux kresloga chalqancha yotgancha telefon titkilab nimalardir qidiryapti, Shahnozaning istehzoli tomoq qirishidan so'ngina u qiz tarafga qaradi, qaradi-yu qo'lidagi telefoni tushib ketdi. Qizning go'zalligi uni aqlini shoshirib qo'ydi. O'rnidan turarkan qizdan ko'zini usmasdi, eshik oldida turgan Shaxnozani ichkariga taklif qilib joy ko'rsatdi. Keyin eshikni qulfladi. Ana endi hech kim xalaqit bermaydi dedi ichida. Xonani muattar xid taratayotgan xushbo'y atir xidi tutib ketdi. Bugun ziyofat bo'lgani un qiz ish emas, ziyofat kiyimida bu esa uni yanayam go'zal va latofatli qilib yuborgan edi. Qizning uzun qizil, etagi burama ko'ylagi, tunni eslatib yuboradigan tim qora uzun sochlari, bir-biridan uzun-uzun kipriklar, bir qarashda yurakni o'rtaydigan shaxlo ko'zlar exx bu go'zallikni tariflayversangiz oxiriga yetib bo'lmaydigandek go'yo, ayniqsa unga o'zgacha xusn berib turgan kichikroq