tungi.ru

Xayotga Muhabbat by DoMiNo yakunlovchi qism (tanlovga)

Birinchi qor... Yuraklarni orziqtirib yuboruvchi laylak qor... Qalblarni junbushga keltiruvchi o'ynoqi qor. Yorishib kelayotgan osmondan uchqunlar kim o'zarga g'ujg'on o'ynar edi. Negadir birinchi qor yog'ishi uzoq kasal bo'lib yotgan odamning jon taslim qilishiga o'xshaydi. Bemor to'shagiga yopishib inqillab yota-yota omonatini topshiradi-yu bu dunyoning azob uqubatlaridan qutulganiga shukr qilgandek tinchib, chehrasi yorishadi. Bir haftadan beri yomg'ir azobidan ezilib ketgan yer, nihoyat oppoq kafanga o'ralib, tinchidi. Hammayoq jimjit. Faqat baland- baland chinorlar ustida qarg'alar shodon qag'illaydi. Qilichini qayrab kelayotgan qishga peshvoz chiqib, qaxraton sovuq boshlanganidan darak beradi, tantana qiladi... Yulduz birinchi qor munosabati bn umidga "QORXAT" Yozdi. Yana o'sha sehirli raqamlarga qizning qo'li o'ziga bo'ysunmasdan yugirib ketdi. 998903616265 (avvalari shunaqa edi, birinchi qor munosabati bn yigitlar, yoki qizlar o'z sevganlariga yoki do'stlariga qorxat yozardi. Xozir hamma QorSMS Yozvoti, yulduz ham sms yozgandi) Yigitcha ham javob yozdi. Birinchi qor bn tabriklab yulduz tel qildi va "uchrashuvga taklif qilmaysanmi axmoq bola" degandek piching gaplar qila boshladi.

-umidjon, bilasmi qor yog'ib shaxar ko'chalari, xiyobonlar juda ham chiroyli bo'lib ketibdida.

Yigitcha ham qizning nima demoqchi bo'lganini sezgandi, lekin o'zini bilmaslikka olib kalovlana boshladi.

-ha, nimasini etas, ayniqsa bog'lar juda ham chiroyli.

-bilasmi? Sevishganlar qor yog'ishini orziqib kutisharkan.

-nega? Orziqib kutisharkan? Nima qordan energiya olishadimikan?

-ha yo'g'a, Romantikadeeee...

-Romantika? Nima u? Yesa bo'ladimi?

-ha qovurib, ustiga ketchup surtib, qaymoqqa botirib mazza qilib yesa bo'ladi.

-namuncha ajoyib ovqat. Uni buni qo'ying, sizni sog'indim, uchrashelu, ko'rgim kevoti disez bo'lmidi gapni aylantirib, Qor, Romantika dimasdan!

Bu gaplarni eshitib qiz uyalib ketdi, uyalganidan qulog'igacha shaptoliday qizarib ketdi.

-i-i-i men qachon unaqa didim? Hechamda! Anu... Lekin... Anaqa...

-uyolmen endi, nima qilas uyalib?

-ajab bo'pti, alam qilsa burnizi tishlen.

-demak men to'g'ri topdim-a?

-yo'q

-mayli unda yaxshi dam oling. Deya yigit telni o'chirmoqchi bo'lganda, telefoni yorib yuborgudek ovoz eshitildi.

-eeeeeee, to'xteeen,

-shu yerdamanku, hech qayoqa ketganim yo'q.

-nima endi qiz bola boshim bn men uchrashuvga chaqiremi? Xo'p sog'indim, shunga nima qilibdi? Sizi ko'rgim kelyapti, chunki men jiniman, endi tushundizmi? Deya piqillab yig'lab yubordi, balki aytgan gaplaridan uyalib yig'lavorgandir, balki sog'inganidan, balki...

-iya, ana jinivoyim, darov yig'lab ham yuboradi.

-ha men shunaqa yig'loqman. Ajab busin, yig'lamaydiganidan topvoling, ahr kolejda nechtasi boru...

-lekin ular senga o'xshamidida jinivoy

-iya, senladizmi? Nahotki?

-ha, nima qipti? Yoki yoqmadimi?

-yo'q, nega endi aksincha...

-nima aksincha?

-nimaga doim g'alati savollar berib mani uyaltiruras? Axir sog'indim, ko'rgim kelyapti degan gaplarni man qanaqib etaman? Qiz bola uyaladida bunaqa gaplarni gapirgani.

-nega uyalasan? Nima men begonamanmi? Yoki aytishga arzimimanmi?

-yo'q nega endi, ahir siz... Siz... Men...

-ha, ha, men, sen keyinchi, keyin nima bo'ldi, to'xtama qani...

-eee yo'q borine, jinni

-hada men jinni, sen jinni, agar men jini bo'lmaganimda sen jinnini sevib qolarmidim?

-ajab bo'pti, xo'p bo'pti.

-yulduzzz, (u bu so'zni shunaqangi erkalab aytidiki, qizning yuragi xapqirib, tez urganidan yorilib ketayozdi)

-ho'o'

-sizni sevaman degin bir marta!

-hooo, yoqmi qosin.

-aytmisanmi?

-yo'q, aytmiman, alam qisin.

-aniq aytmisan-a?

-uyalaman, ahir

-aytaqol, aytmaganinga qo'ymiman...

-men... Men... Siz... E yo'q aytmiman.

-yo'q etasan.

-men... Siz... Men sizni...

Siz... Men sizni sevaman

-uraaaa, rostan sevasanmi? Aldamayapsanmi?

-nima? ishonmayapsizmi? Qasam ichaymi?

-yo'q, nega endi ishonaman, hattoki o'zimdan ham ko'proq ishonaman.

-aldoqchi, shunaqa disizu, kolejda atedan boshqa qizlarga gap otaveras, ichimi yondirib.

-battar bo'l, alam qilsa burnini uchini tishla.

-ajab bo'pti, o'zimi gapimi o'zimga qaytarmen.

-xo'p, uchrashamizmi?

-xech qo'ymadiz, qo'ymadizda, mayli shunchalik sog'inganizi hisobga olib uchrashuvga rad javobini bersam yaxshi ish bo'lmas.

Bu gapdan ikalalari ham kulib yubordi. Uchrashuv belgilandi. Tashqarida qor gupullab yog'yapti, lekin bu sevishgan qalb un to'siq emasdi. Uchrashuv joyiga qiz allaqachon kelib bo'lgan va yigitni orziqib kutmoqda edi. Nihoyat uzoqdan o'sha o'ktam qadamlar bn qo'lida bir dona gul tutib olgan yigit kelayotganini ko'rgan qiz o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi, yuragi allanechuk g'alati xislar og'ushida sarmast bo'la boshladi, oyoqlarida quvat qolmagan odamga o'xshab tik oyoqda zo'rg'a qaltirab tura boshladi...

-assalomalekum, yaxshi keldizmi?

-voalekum, assalom raxmat o'zingchi?

-charchab qolmadizmi?

Ular bir qancha vaqt suxbat qurgandan so'ng yigit qizga razm sola boshladi.Qiz nihoyatda go'zal edi, kulchadek yuzlari sovuqdan qip-qizil ranga kirib qolgan, qoshlari xilol oyga o'xshab nur sochib turganga o'xshardi. Yigitning qarab turganini sezgan qiz xijolatomuz gap boshladi.

-ha nima? Yuzimga biror narsa bo'libdimi?

-yo'q aksincha, bugun juda ham ochilib ketibsan.

-i-i-i, yana uyaltirishi boshladizmi?

-yo'q, uyalma, rostan xam go'zalsan.

-iya qo'llarizga nima qildi, o'xo' sovuqdan qizarib ketibdiku keling isitib qo'yaman.

U shunday deya yigitning qo'llarini kuh-kuh lab isita boshladi. Ular birinchi bor bir-biriga yaqin kelishdi. Yigit qizdan taralayotgan yoqmli va rohatbaxsh iforga sarxush bo'la boshladi, undan taralayotgan g'alati lekin yurakni o'ynatib yuboruvchi atir xidi, uning qo'ng'iroqdek ovozi yigitni tamomila rom etib qo'ygandi.

Yigitcha bemani xayollarga berilmaslik un ikki qo'li bn qizning yanoqlaridan oxista tortib "voy o'zimning mehribonimdan" deb, burnini uchini chimdim qo'ydi. O'z navbatida qiz ham yigitga o'zini topshirgisi, uni bag'riga o'zinii otgisi, maxkam quchib uni sevishini olmga jar solgisi kelardi, biroq uyaladi, xijolat bo'ladi.

Umid qizni oxistalik bn bag'riga bosdi, seni sevaman yulduz, seni hech kimga bermiman o'zimi jinivoyim deya qulog'iga pichirladi. Qiz ham yigitning bag'rida o'zini yo'qotib qo'ydi, u nima qilayotganini bilmasdi, atrofda ko'rganlar nima didi deb ham o'ylamasdi. U yigitning aytayotgan gaplaridan mast edi, uning gaplari sevgi izhor emas xuddi allaga o'xshab jaranglar, qo'yib bersa yigitning bag'riga boshini qo'yib uyquga ketsa...

Ular bir oz shu axvolda turdi, umid uni sekin qo'yib yubordi, qizcha orqasiga tisarila boshlaganda nogoh yigitning ko'zlariga to'qnash kelib qoldi. Uning ko'zlaridan ko'zini olib qochishga harchand urinmasin eplay olmadi. Umid sekin qizning labiga labini bosdi, cho'g' misol qaynoq lablar, ular hamma narsani unutishgandi, qalblari buyurgan ishni bajarayotgan edi. Qizning Olovli nafas yigitni esini og'dirib qo'ygandek edi go'yo. Qiz ham umuman qarshilik ko'rsatmasdi... Bir ozdan so'ng qiz xijolat bo'lib uyalganidan olmadek yuzlari qizil tusga kira boshladi. Uning bag'ridan chiqib mashinasi tomon otildi. U mashinasini eshigini qanday qilib ochib, ichkariga qanday qilib o'tirib olganini ham sezmay qoldi. Bir zumda o'tgan ishni esladi, ox qanday rohatbaxsh damlar. Birinchi qor... Birinchi uchrashuv... Birinchi bo'sa... U shu narsalarni birdam o'ylab turdida umid esiga tushib tashqariga qaradi. Yigitcha ayb ish qo'ygandek, lablari titrab, yerga qarab turardi. Bu xolatni ko'rib qizni yuragi orziqib ketdi, va signal chalib "o'tiring mashinaga" degan imo qildi. Lekin yigit turgan joyidan qimir etmasdi, tashqarida laylak qor yog'yapti, uning ko'ziga endi tabiat boshqacha ko'rina boshladi, Qizning butun vujudini shirin titroq bosdi, derazaning bug'lanib qolgan oynasini yengi bn artib tashqariga qaradi, qor degan narsa shunaqa pokiza bo'lishini, qish degan narsa shunaqa issiq bo'lishini birinchi marta xis qilib turardi. "qor ham shunaqa tiniq, beg'ubor bo'ladimi?" deb o'yladi. Qizning ko'ziga hamma narsa olamjahon bo'lib ko'rina boshlagandi. Ortiq sabr qilib tura olmadi, mashinadan tushib yigitning yoniga yaqinlashdi, va sekin uni belidan quchib oldi. Xayollar og'ushida cho'milayotgan umid dastlab qizning kelganini sezmadi ham lekin qizdan kelayotgan yana o'sha esdan og'diruvchi ifordan birdan sergaklandi. U bu safar qizni qattiqroq quchib oldi, va osmonga qarab gap boshladi.

-bilasanmi, yulduz, osmon nima un musaffo? Nima un undan pokiza narsalar yog'iladi? Undan oppoq qor yo'g'adi?

-yo'q, bilmas ekanman, siz bilasmi?

-chunki u yerda odamzot yashamaydida.

-ha to'g'ri aytas, aytishlaricha kaba ichidagi tosh ham dastlab oppoq bo'lgan ekan, lekin odamlarni qilgan gunohi uni qoraytirib yuborgan ekan.

-ketamizmi?

-ha ketamiz.

Ular mashina tomon oshiqishdi. Mashinaga o'tirgandan keyin umid lablariga mayin tabassum yugurtirib gap boshladi.

-heh, romantikasidan o'rgildim, sovuq urib ketdi.

-sovuqotingizmi?

-ha, qo'llarimga qara, sovuqdan qotib qoldi.

-keling isitib qo'yaman.

-yo'q, raxmat pechka yaxshi isitadi, undan ko'ra pechkani yoq.

-ajab bo'pti,

kunlar sekin asta o'ta boshladi. Qish xam qilichini tashlab taslim bo'lganday o'z o'rnini bahorga bo'shatib berdi. Bahor... Asirlikda yotgan dov daraxatlarni, qurt qumursqalarni qishning zulmidan ozod bo'lganini e'lon qilib quyosh nurlarini ayamasdi. "7-mart" umid ertangi kunga nima sovg'a qilishni o'ylardi. Qimatroq narsa olib beray desa sharoit yo'q. Nima qilishni bilmasdan kechka payt qizga qo'ng'iroq qildi.

-allo, asalomalekum

-voalekum assalom.

-qalesiz yaxshimisiz?

-raxmat, o'zingchi?

-xudoga shukr yuripmiz.

-bita gap etmoqchidim, haligi... Xullas ertaga bayram bilasan-a? Lekin nima sovg'a qilishni bilmayapman. To'g'risi boshim qotgan, qimatroq narsa olishga sharoit o'zinga ma'lum. O'shanga xafa bumisan, lekin o'z yo'limni topib olsam senga eng zo'r sovg'alarni hadya etaman, so'z beraman.-men sizga biror nima olib bering didimmi? Menga hech narsa kerak emas o'zingiz sog' bo'lsangiz bas.

-endi shunchaki...

-nahotki meni shunaqa sovg'aga o'ch deb o'ylasangiz?

-yo'q, yo'q, nega unaqa disan? Har ehtimolga qarshi etdimada.

-mayli, aybizi yuvishingizga imkon beraman.

-qanaqa imkon ekan?

-ertangi kuningizni menga bag'ishles. Birga bog' aylanamiz, sayr qilamiz.

-xoz, o'ylab ko'rechi!... Xo'o'sh... Xo'p mayli roziman.

Ertasi kuni ertalab turib umid yuz qo'lini yuvgancha kechagi olgan sovg'asini avaylab oshxonaga chiqdi.

-assalomalekum oyijon bayramingiz bn, u shunday dedida qo'lidagi sovg'ani onasiga berib yuzlaridan o'pib qo'ydi.

-iyyy, oyi nima yig'layapsizmi?

-yo'q, bolam nega yeg'layman? Bu shunchaki sevinch ko'z yoshlari. Ha etgancha yulduzxonga ham biror narsa berdingmi?

-yo'q.

-ha bolasi tushmagura, nega hech narsa bermisan? Ahir qancha yordam berdi bizga?

-ha berarman oyijon, qornim ochdi nima qilyapsiz?

-senga emas, yulduzxon qizimga ajoyib pirog pishirib qo'ydim, hali zamon o'zi ham kelib qoladi.

-nimalar deyapsiz? Yulduz? Biznikigaya!

-ha nega xayron bo'lasan? U bilsang, sen uyg'onmasdan 1 yarim soat avval telefon qilib tabriklagan.

-yo'g'e,

oradan hech qancha vaqt o'tmasdan eshik qo'ng'irog'i jiringladi, zaynab xola quvnganidan eshik tomon yugurdi. Bir ozdan so'ng yulduz qo'lida ajoyib sovg'alar bn kirib keldi, orqasidan hansirgancha zaynab xola kirdi.

-voy, qizime, ha ovora bo'lib nima qilardingiz-a? Shuncha narsa olibsiz. Deya umidga qaradi, u o'g'liga shunday qaradiki, "tur o'rningdan qizga joy ber, nima balo o'tirgan joyinga yopishib qolanmisan?" degan manoni bilish qiyin emas edi. Buni sezgan umid darxol turib qizga joy berdi. Hammalari birgalashib choy ichishdi. Suxbat qizigandan qizidi, ularning suxbatini eshikning qo'ng'irog'i buzdi. Umid borib eshikni ochganda davron va begzod qo'lida gul bn kutib turardi. Davron zaharxanda ohangda.

-nima balo qulog'ing tom bitdimi deb kinoya ham qilishga ulgurdi, lekin gapini begzod ilib ketdi.

-mana bu gullar senga o'rtoq bayraming bn.

-ax-ax-ax, rahmat o'rtoq o'zingni ham, afsus man gul olmapmanda.

Ular xazil xuzl bn ichkari tomonga kirib borishdi. Zaynab xolani tabriklab bo'lgach begzod gap boshladi.

-ha bu nimaga eshitmaydi desam kelin bola shu yerda ekanda-a?

Hamalari kulib yuborishdi, yulduz uyalganidan qizarib ketdi.

Ular ancha vaqtgacha gaplashib o'tirishdi, zaynabxonim va yulduz osh damlashdi, yigitlar ularga yordam berishdi, bayram rejasi ham ajoyib o'tdi.

Umid do'stlarini kuzata turib 20 martni hech kim eslatmasin, o'zi shundoq ham bugun juda ko'p sovg'a salom olib kelibdi oyimga unga hech narsa berolmadim, o'zim xijolat bo'lib qoldim, tug'ulgan kunim ekanligini bilsa yana bir nimalar olib keladi, agar aytsalaring hafalashamiz, o'zimiz uyda kichkinagina ziyofat qilamiz deya tayinlab junatib yubordi. Biroq 19 mart kuni kechqurun zaynab xonim yulduzxonni tug'ulgan kunga taklif qilish un unga telefon qildi

-allo, qizim

-voy, assalomalekum, xolajon yaxshimisiz?

-ha, raxmat, o'ziz yaxshimisiz? Oyizlar, adayizlar yaxshi yurishiptimi?

-raxmat xolajon, salom etishyapti.

-salomat bo'lsinlar, ha qizim ertaga Umidjonni tug'ulgan kuni bilasiz-a? Shunga kelasayiz juda ham xursand bo'lardik. Agar vaqtliroq kelsez birgalashib tort ham qilamiz.

-xa albatta boraman, lekin o'zlari bu haqda indamadi, tug'ulgan kuniz qachon disam kuzda o'tib ketgan deydilar doim.

-yo'g'e shunaqami? Vay yaramase... Mayli o'zim yaxshilab urushib qo'yaman.

-xo'p xolajon yaxshi dam oling, ertaga ertalab yetib boraman.

-xo'p qizim kutaman.

Bu gaplardan bexabar umid ishdan kelib ovqatini yedi-da biroz telivizor ko'rib xonasiga yo'l oldi. Soatga qarasa hali o'n ham bo'lgani yo'q, telefonini zaryadkadan olib qaradi, o'tkazib yuborilgan chaqiruvlar yo'q, hayron bo'ldi, na sms bor na "vizov", yulduzga telefon qila boshladi lekin u javob bermadi, bi echa marta telefon qildi baribir ko'tarmadi, sms yozdi javob ham kelmadi uning hayoliga g'alati hayollar kela boshladi. Dastlab achchiqlandi, keyin xavotirga tusha boshladi, allamaxalgacha ko'ziga uyqu kelmadi. Telefon qo'ng'irog'ini kuta-kuta uxlab qolganini ham sezmay qoldi. Ertalab 10 gacha dong qotib uxladi, bugun tug'ulgan kuniligichi un ishxonadan javob ham olgan edi, o'rnidan turiboq telefonini qo'liga oldi, biroq hech narsa yo'q na na sms na...

U qaytib o'rniga yotmoqchidi tashqarida kimningdir baland- baland ovozlari eshitila boshladi, ovoz xuddi yulduznikiga o'xshidikan deb o'yladi dastlab keyin menga shunaqa tuyulyapti deb o'yladi, oxiri o'rnidan turishga majbur bo'ldi, tashqariga chiqdi, yuz qo'lini yuvib oshxonaga kirdi va dong qotib qoldi. U yerda zaynabxonim va yulduz bir nimalarni pishirayotgan edi, Zaynabxonim o'g'lini turganini ko'rib uni tabriklashga tushib ketdi.

-voy bolam turdingmi? Baqir chaqir qilib uyg'otib yubordikmi? Kecha yulduzxoni yordamga chaqiruvdim, axmoq bola nega tug'ulgan kunim kuzda o'tib ketgan deb aldading?

U o'g'liga goh tanbeh berib goh yaxshi gapiribZaynabxonim o'g'liga goh tanbeh berdi, goh mayin gapirib tug'ulgan kuni bn tabriklab bag'riga bosib xonadan chiqib ketdi. Umid nima bo'layotganiga hamon aqli yetmasdi, u qizga nima deyishni bilmasdi!..

-mana aytmasangiz ham kelaveramiz tug'ulgan kuningizga deya qoshlarini chimirib yuziga soxta jiddiylikni yugurtirdi.

Yigitcha esa nima deyishga hayron bo'lib ozgina kalovlanib qoldi, o'zini biroz qo'lga olib olgach xijolatlik ish qilib qo'ygan aybdor kimsadek, ovozlari titrab, yerdan ko'zini uzmasdan past ohangda gap boshladi.

-aytmoqchidim... Haligi

-qachon aytmoqchidiz? Kelasi yilimi? Yoki o'tib ketgandan keyinmi?

-yo'q, ertaga aytmoqchidim o'zim.

-nima hammadan keyin tabriklashimi xolumidiz yoki arzimizda-a? Biz bir og'iz gapga arzimimiz!

U arazlagan yosh boladek labini cho'chaytirib teskari qarab oldi. Buni sezgan umid yoniga sekin yaqinlashdi yelkasiga qo'lini biroz uyalibroq qo'ydi.

-bo'ldi endi arazlamagin, aytsam darov bir narsalarni rejalashtirarding, meni hijolat qilib qo'yasan dip qo'rqdim.

-nega xijolat qilaman ekan. Xo'p agar yana bir marta mendan biror narsani yashirsangiz o'ldiraman. Tug'ulgan kuningiz bn deya usti yaltiroq qog'oz bn bezatilgan karobka uzatdi va yigitning yuzidan o'pib unga uzoq umr tiladi. Shu orada tomoq qirib zaynabxonim kirib keldi qiz bechora uyalganidan qayoqa qochishni bilmay qoldi, umid ham bir narsani bahona qilib tashqariga otildi. Qaynona kelin iye yo'g'e uzr zaynabxonim va yulduz birgalashib xar xil pishiriqlar pishirib dasturxon bezatdi. Umid xonasiga kirib sovg'ani ochdi, ichidan Galaxy S5 va tabrik xati chiqdi. Yigitcha mana shuning un ham tug'ulgan kunini sir tutgandi. Shunday qimatbaxo sovg'ani qaytarish ham borda ahir. Dasturxon ajoyib bezatilgan umidni yaqin dostlari kelishdi, oshpazlarni maqtab- maqtab taomlardan tanavul qilishdi. Ikki yoshni bir biriga bo'lgan muhabbati shu qadar kuchli ediki so'z bn tariflashga ojizsan kishi.

.. Kunlar kunlarga ulanib haftalar oylar o'taverdi. Hash pash deguncha ular 2 kursni ham tamomlab qo'yishdi. Bu orada yulduz umidni oila a'zolari bn tanishtirdi. Qizning otasi ham dastlab oddiy oiladan chiqani un boy bo'lishiga qaramasdan oyog'i yerda edi. Shuning un yigitcha Salim akaga ham yoqib qoldi. Umidni tez-tez uyiga chaqiradigan hatto bir safar chet el safariga birga borib ham keldi. Yigitning oqko'ngilligi, rostgo'yligi, mehnatsevarligi eng asosiysi birovni chind dildan seva olish qobilyatiga ega ekanligi unda katta tasurot qoldirishga ulgurgandi.

Bir kuni umidni telefoniga kelgan sovuq sms dan u o'zini yo'qotib qo'ydi. Smsda oyisini tez yordam mashinasi olib ketganligini telefon qilib tusha olmaganligi un sms yozgan ekan. Bu qo'shnisi edi. Umid ishxonadan yugurganicha chiqib ketdi, darxol markaziy shifoxonaga jo'nadi, zaynabxonimni yana eski dardlari bezovta qilib qolgan edi, bu safar ancha jiddiy. Doktor umidga "har narsaga tayyor tururing, bu yog'i xudodan" degan gapni aytgandan keyin yigitcha o'zini yo'qotib qo'yayozdi. Oyoqlari o'zlariga bo'ysunmay qoldi, tizzalari titray boshladi, bexosdan cho'kka tushib qoldi. Tomog'iga nimadir tiqildi lekin chiqarib yubora olmasdi, ich-ichidan allaqanday narsa xuruj qilib ko'zlarini namlardi. Ko'zlaridan marjondek bo'lib yosh tizila boshladi. U shu axvolda qancha qolganini bilmaydi kimdir uni ko'tarib chetroqa olib o'tib suv ichirganidan so'ng u salgina o'ziga keldi. Boyatan beri jiringlayotgan telefoniga endi etibor berdi.

-allo

-asalomalekum,

-vo, voalekum deya piqillab yeg'lab yubordi.

-nima bo'ldi tinchlikmi? Nega yeg'layapsiz? Xolam yaxshimilar?

-xa yaxshilar, xoz kasalxonadalar eski kasalari bezovta qilibdi.

-xoz, xoz yetib boraman.

Zum o'tmasdan yulduz ham yetib keldi, uning ham ko'zlari jiqqa yosh. Keliboq so'roqqa tutib ketdi "qani? O'zlari qani? Nega tashqaridasiz? O'zi nima bo'libdi?" tinmasdan savol berardi. Umid esa lom-mim demasdan yerga qaragancha o'tirardi.

Bir ozdan so'ng ko'z yoshini yengi bn arta-arta gap boshladi.

-axvolarini og'ir dedi, xoz xushsiz yotibdilar, o'zlariga kelsa chaqirishadi ekan. U shu gaplarni zo'rg'a gapira oldi xolos, ichidan xuruj qilib kelayotgan alam ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi, "ahir nega? Nima un bunday bo'ldi? Ertalab ketayotganimda ham yaxshi edilarku, lekin ko'zlarida mayuslik bor edi, menga uzoooq termulib turdilarda Bugun vaqtliroq qayt Bolam dedilarku ertalab" yeg'i aralash tinmasdan gapira boshladi. Yulduz unga na tasalli bera olardi na ko'nglini ko'taruvchi birorta so'zni topib gapira olardi. Bir qancha vaqtdan keyin zaynabxonim o'zlariga kelib bolalarni chaqirdi, u juda ham past, mungli ohangda umidni yoniga chaqirdi.

-umidjon, bolam! Mendan rozi

Boshqa hikoyalar