tungi.ru

..:: JALLODLAR ::.. [-MAJNUN-]

..:: JALLODLAR ::..

(Voqea real, ismlar o`zgartirilgan)

7-Mart kechga yaqin, Shirinani onasi uyimizga chiqdi. Man uy ichida edim, kelnoyim chaqirib qoldilar. Chiqsam bo`lajak qaynonam, salom berib oldilariga bordim. Ming hijolatda gap boshladilar:

- O`g`lim ertaga voqtiyz bormi?

- Albatta, tinchlikmidi?

- Qizim kelarmikin degandim, kelmayman deb qoldi. Shuni uchun bazi narsalarni tashlab kelish kerag edi!

- Bey hijolat qachon desayz o`shanda olib borib kelaman!

- Ertaga... Lekin o`g`lim meni sirayam voqtim yo`q!

- Mayli o`zim borib kelaqolaman! -dedim.

- Manabu 100 ming pul, yarim kg go'sh, qolganiga piraduhta oladi, ertaga 10 ta non tugub beraman, kiyimlariniham olib borib berish kerak! -deb qo`limga bir pocha pul berdilar. Yonimda turgan kelnoyim:

- Qudahola necha kunda keladilar Shirin!

- 15 kun!

- Qudahola bu puliz, qizbola uchun urpog`am bo`lmaydiyu? -dedilar kelnoyim. Qaynonam yana hijolat bo`lib:

- Dadamiz shu pulni berishdi! -dedilar. Kelnoyim yana gapirmoqchi edilar, sal ishora qilib yuborgan edim mani tushunib indamay qo`yaqoldilar. Ularniham tushunish kerak, uyida keladigan daromadi yo`q, shunga qaramay Shirinani qimmat Ripititiriga pul topib beryabdi. Hudoga shukur pulim bor, ammo pulingiz kerakmas deb qaytarib bergimham kelmadi. Yana halitdan kuyovim bo`lmay, bizni nazarga ilmayabdimi deb o`ylamasinlar dedim...

Qaynonam chiqib ketganlaridan keyin, tezda Hatam qassobga telifon qildim, yaxshiyam hali do`konini yopib ulgurmagan ekan. Tezda chiqib ikki kg go`sht olib keldim. Yo`l yo`lakam Magazendan guruch, kalbasa yana mayda chudalar olib kelib qo`ydim. Hammasi tez bo`lganidan hursadmanu, ammo yana bir narsa o`ylantirib qo`ydi. 8 mart qadrli, xotin qizlar kuni. Albatta har bir qiz, sovg`a kutadi. Onam, kelnoyim, singlim uchun qanday sovg`a olishni bilaman olibham qo`yganman. Ammo Shirina, ko`p o`yladim, qimmat sovg`a manmanli bo`lib ketmasmikin. Nihoyat singlimdan maslahat so`radim.

- Singlim, dugonangga qanday sovg`a olay? -dedim. Qisqa va lo`nda javob.

- Akajon, gul va mehir! -dedi...

Ertalab, bo`lajak qaynonam aytgan narsalarini olib chiqibdilar. Eridan yashirib 15 ming pul olib chiqibdilar. Rosti qizbola pulga muhtoj bo`lmasligi kerak, qaynonamga indamadim ammo uydan 200 mingcha pul olvoldim...

Gul do`konidan gul olib chiqgandim, sal narida ikkita ayol turgan ekan. Bayram boxona bir xojatlarini chiqaray dedimda oldilariga to`xtadim.

- Qayoqqa olib borib qo`yay! -dedim. Salomlashgach kalasxona manzilini aytdi. Ikkoviham orqa o`rindiqqa o`tirdi. Bittasi tanish bir paytlar 6-sinf paytimda bizga Ingiliz tilidan dars bergan, ammo keyinchalik foxishalik yo`liga kirib ketgan Gulshan. Sal to`lishib qolibdi, lekin ko`zlari haliham chaqmoqday. Ikkinchisi 18-20 yoshdagi qiz!

- Bayramlar muborak bo`lsin! -dedi.

- Rahmat, rahmat! -deyishdiyu ammo chehralari ochilmadi. Qiz juda havotirli, tushkun xolatda. Ayol bo`lsa qandaydur sirli ko`zlari jovdirab turadi. 500 metirlar yurgan edik. Qizni gapi qulog`imcha chalindi, ''Qaytaqolaylik, qo`rqyabman!'' dedi. Qaytaring deydimikin deb tez tez oynacha orqali qizga qarab qo`yardim. Ammo aytmadi, aksincha past ovozda ayol bilan nimalarnidur gaplashardi. Magnitafonni ovozini biroz pastlatdim. Ayol nimagadur majburlayabdi, ''abort'' so`zini bir nechabor eshitganimdan keyin magnitfonni o`chirib qo`ydim. Yo alhazar... Ayol qizga qornidagi bolasi oldirib tashlashni uqtiryabdi. Man nima deyishim mumkun, ammo o`zim ularni manziliga olib borish bilan gunohiga sherik bo`layotganimdan havotirga tusha boshladim. Kasalxonaga yaqinlashganimizsayin gunohkorlik hissi kuchayib borayotganini sezdim. Shartta mashinani chetga olib to`xtatdim.

- Yetmadik shekili! -dedi Gulshan jalap tirjayib.

- Abort qildirgani ketyabsizlarmi? -qizga savol berdim.

- Ishingni qilsangchi, burovni ishiga burningni suqmay! -dedi Gulshan jalap.

- Sanga gapirmadim! -dedim. Bir g`ijinib olaydi:

- Tush mashinadan! -deb qizni qo`lini ushladi. Epchillik qilib to`rtala eshikniham qulflashga ulgurdim.

- Och eshikni! -dedi.

- Hee qiz, san bu shaytonni gapiga kirma! -dedim.

- Kim shayton? -dedi do`p urib.

- Buni kimligini bilasanmi, bu foxisha! -dedim. Qiz ayolga bir qarab qo`ydi. Ayol ochiqchasiga gudurlab so`kdi mani. To`g`risi uni gapiga etib bermadim.

- Bu katta gunoh! -dedim.

- Voy-voy-voy! -dedida tirjayib ustimdan kulgan bo`ldi Gulshan jalap. Qizni qo`liga qaradim, barmog`lari to`la uzuk, xoynaxoy eri bo`lsa kerak deb o`yladim.

- Ering bolasini o`ldirganingni bilsa... -dedim.

- Nimalar deyabsan ho`v! -dedi Gulshan. Juda jahlim chiqib ketdi. Eshikni qulflarini ochdim.

- Tush shayton... -dedim. O`zim qizni yo`lini to`stim.

- Uyinga qaytib olib borib qo`yaymi? -dedim. Birdan o`tirgan joyida yig`lab yubordi.

- Dadam bilasa mani o`ldiradi, endi nima qilamiz hola... -dedi allaqachon mashinadan tushib bo`lgan ayolga qarab.

- Sani holangmi bu shayton?

- Him! -qiz bosh chayqab tastiqladi.

- Haqorat qilaverma, boshqa chorasi yo`q! -dedi. So`ng qizga duq urib. - Tush mashinadan tez! -dedi. Qiz mashinadan tushib ketdi. Anchaga kuzatib turdim, u shayton baribir qizni ko`ndirib olib ketdi. Bir narsadan afsuslandim, yaxshilik qilaman deb ozmi ko`pmi gunohiga sherik bo`lib qoldim. Ii yaxshi kayfiyatim tushib ketdi. Borib Shirinani ko`rib, narsalarni tashlab keldim. Lekin o`sha qiz nima qildikin degan savol 3, 4 kungacha hayolimdan ketmadi...

...JALLODLAR...

Ona keldi imillab,

Jallod do`ktor qoshiga.

Qutqaring deb boladan,

Turib oldi boshiga.

Jallodlar xomilani,

Nasibasin tiydilar.

Tug`ulmagan murg`akka,

Qora kafan berdilar.

Sizda ham mehir bormi,

Ey shavqatsiz jallodlar?

Yopinchigi oq xalat,

Do`ktor atalgan zotlar.

Parchalab bu go`dakni,

Ahlatlarga tashlaysiz.

Qilib shuncha gunohlar,

Ayting qanday yashaysiz?

Shunday gunohkorlarga,

Kimki kasbin sotadi.

Jahannamda ikkisi,

Shayton bilan yotadi.

Tug`ulmagan go`dakka,

Shuncha qaxr qayerdan?

Ona aybimmm ne degan,

Ovoz kelar qabirdan.

Siz odamzot naslidan,

Yetti yot begonasiz.

Bolasin parchalatgan,

Jirkanch maxluq onasiz.

Yonboshingiz xuvillab,

Qandayin uyg`onasiz?

Ko`zlari so`qir nodon,

Siz qandayin onasiz?

Xayvon ham yaxshi sizdan,

O`z bolasin silaydi.

Yalab yulqab sut berib,

Uzoq umr tilaydi.

Ey bag`ri tosh onalar.

Xayolingiz bozorda.

Farishtalar erkalar,

Bolangizni mozorda.

Baxtiyor ataysizmi,

O`zingizni PULZORDA?

Sayr aylaysiz kim bilan,

Xiyobon yo gulzorda?

Endi qaydan topasiz,

Bunday shirin pallani?

Qabirdagi go`dakka,

Kim aytadi ALLANI?

Aybingizni oqlaysiz,

Ahtarib baxonalar.

Siz ona degan nomga,

Noloyiq devonalar.

Qilgan bu aybingizchun,

Jahannamda yonasiz.

Dayus emassizlarku,

Axir sizlar onasiz.

O`ldirib bolangizni,

Bo`lmgang yomon onalar.

Iltimos gunoh qilmgang,

Musulmon qiz, lolalar!!!

Shaytonga bo`yin egmang,

Hayotni qilmang bozor.

Bu dunyoda kim qancha,

Onalar tirnoqqa zor...

[TAMOM] [TAMOM]

Muallif: -MAJNUN-

Sh`er Muallifi: ???

Boshqa hikoyalar