tungi.ru

Seni Xech Qachon Unutaolmayman! Sevgi tufayli tortgan azoblarim. 8-qism {Silvestr Slay}

Shu zayilda oradan oylar ötib bahorning ilk oyi ham öz yakuniga yetib bormoqda. Vaqt qanday tez ötib ketganini özim ham sezmay qoldim. Nilufar bilan shunchalik yaqin bölib ketdikki, bizni chetdan kuzatganlar döstlar deb öylashmasdi, hamma bizni sevishganlar deb öylashardi, haqiqatdan biz bir birimizni rashk qilardik, bir-birimiz töğrimizda qayğurardik, yana juda juda köp narsalar, sevishganlarda qanday muomila bölsa ösha munosabatda edik, ammo, sevishganlar emas edik, hamon ösha döstlar edik, hattoki ba'zida özim ham ishonmasdim döstligimizga, bizni sevishganlar bölishimizdan Nilufarning ikki oğiz "biz döstmiz" degan sözigina ajratib turardi.

-onoo sizda gapim bor...!

-xa bolam gapiraver, bu paytga kelib onam uylanish töğrisida umuman söz ochmay qöygandilar.

-.....nima desam ekan haligi......anavi.....

-haa nima demoqchisan buncha chaynalasana?

-haligi....sov....chilikga borishingiz...

-nima xop bolam qayerga? Onam sözlarimni oxiriga yetkazmasimdan savollarga kömib tashladilar.

-nilufarnikiga, ovozim past chiqdiyu ammo onam eshitdilar.

-qayerda turadi sen ayt ertaga, yöq bugunoq boraman, voy bolamey, deb ona kulib boshimdan silab qöydilar.

-qayerda turadi ösha sen bilan körgan qizmi? Uyalma bolam aytaver.!

-ösha qiz, kökchada turadi, juda yaxshi qiz..

-xop bolam boraman shu sözlaringni qachondan beri kutyabmanku bolam. Onam bu sözlarimdan juda ham sevinib ketdilar.

-aloo nilufar

-assalomalekum Otabek aka yaxshimisz?

-yaxshi özingchi?

-siz söragandan beri a'loo, deya nilufar har doimgi muloyimlik va samimiylik bilan sözlardi.

-senga bir sovğa tayyorlab qöydim.

-vay qanaqa?

-yöq ertaga bilasan.

-yöq ayting iltimos sabr qilolmayman..

-yöq unda qiziği qolmaydi. Ertaga uyingda böl sovğam uyinga boradi özi?

-ii jinnimisz uyda oyim borlar nima deyman ularga yöq kerak emas.

-sen xop degin oying urishmaydilar.

-.......yöq qöying aytganmanku sizga ortiqcha gap söz kerak emas.

-ertaga körasan...

-xop mayli faqat iltimos meni..

-qörqma hech nima bölmaydi, deya uni gaplarini böldim.

-xop..... U juda past gapirdi sözlarini zörğa eshitdim.

Ertasiga öqishda vaqt ötishi juda qiyin bölib qoldi.

Öqishdan chiqdimuu uyga oshiqdim bu payt onam ammam bilan meni kutishmoqda edi. Kechki soat 16:00. Nilufarning raqamini terib qönğiroq qila boshladim. Biroz chaqiruvdan söng oldi.

-assalomalekum..

-valekum nilush

-xov..

-hazir uying yonidaman.

-nega nima qilyabsiz? Men uyda emasman öqishdaman.

-nima qivosan?

-endi chiqyabmiz biroz dam olaylik deb öqish boğida ötrimman durdona bilan.

-men senga uyda bölgin degandimkuu nilush...

-vay otabek aka qöshimcham borku bugun bilasizku.

-sovğam xozr uyinga kirib ketidikuu.

-vay nima qildiz uydamasmankuu oyimga nima deyman, u havotirlanib gapirardi, huddi biror narsadan qörqayotgandek.

-qörqmayee namuncha qörqasan?

-vay jinnimisz oyimga nima diman?

-böldi..

-xop özi nima edi?

-men..

-siz???

-senga sovchi qöydim! Bu sözlarimdan hursand edim.

-ni....nima? Uning sözlari titroq bilan chiqdi. Nimaga nima haqingiz bor? Mendan bir oğiz söradizmi?

-axir men..

-siz bilan nima ishim bor biz faqat döstmiz deganman szga nega nega bunday qildingiz meni sevadi deb öylaganmidingiz? Adashibsiz biz shunchaki döst edik, sz bölsangiz bu döstlikni sevgiga yöyibsiz. Axir vada bergandingizku!? Siz.. Siz döstlikga ham noloyiq ekansiz.

-nilu.....nilufar nima deyabsan otabe... Durdonaning gaplari eshitildi lekn, nilufar telifonni öchirib qöydi.

Asabiylashib ketdim. Tinimsiz qönğiroqlar qildim, lek, javob yöq telefon öchirilgan. Durdonaga qildim u ham javob bermadi. Fiğonim falakga yetdi. Nima qilishimni bilmay ham qoldim. Bu orada onam va ammam uydan qaytib chiqishdi. Tez qaytib chiqishganiga biroz havotirladim "ey xudo faqat yöq deyishmagan bölishsinda".

-nima nima böldi nima deyishdi? Shoshilganimdan ular mashinaga ötirib ulgurmaslaridan ularni savolga tutdim.

-shoshma biroz, ammam mashinaga ötirib bir menga qarab oldilar.

-uyda gaplashamiz, uyda mashinamiz bölsada döstimning mashinasida kelgandik. Uyga yetib borguncha bölarim böldi. Portlab ketay den ketardim. Ularning yuz ifodalaridan yaxshi javob eshitishdan umidimni uza boshlagandim. Mashinadan tushib döstim bilan hayrlashib uyga shoshilib kirdim.

-xösh nima deyishdi?

-yöq deyishdi bolam, ammam hafahol oxangda söz boshladilar.

-hali qizimiz yosh 3-4yil ichida uzatmaymiz deyishdi.

-nima?

-ha yana dadasi bilan bir maslahatlashib köraylik deyishdi. Bu sözlardan kayfiyatim battar tushib ketdi, buni körgan ammam:-hafa bölma biz yana boramiz köndirmaguncha qöymaymiz bolam. Bu gapardan biroz könglim yorishdi.

Kech tushdi nilufarga tinmsiz qönğiroq qilardim ammo öchirilgan. Ertaga öqishiga boraman deya arang közlarim uyquga ketdi.

Ertasiga öqishga bormasdan töğri litseyga bordim durdonaga telefon qildim axiri oldi hayriyat.

-alo durdona

-asalomalekum.

-durdona qayerdasiz?

-öqishda

-nilufar oldingizdami?

-yöq u kelmadi. Kechagi gaplar.. Uni töğri tushining faqat!

-nimasini tushinaman özi xech nimaga tushinmayapman.

-u... U sizni sevmaydi, shunchaki döst edi xalos.

-axir u..

-yöq siz uni munosabatlarini notöğri tushingansz. Uzr men darsga kirishm kerak mayli hayr..

Telefon öchdi. Birpasda mart ham tugap aprel kirib keldi. Uyimdagilar bir necha bor sovchilikga borishdi. Ammo ösha javob bilan qaytishdi. Öqishiga ham bir necha marotaba bordim ammo körisha olmadim.

Oxiri Nilufarning uyiga özim borishga qaror qildim. Bir ikki uy qönğiroğini chalganimdan söng ukasi Akmal eshikni ochdi.

-assalomalekum keling sizga kim kerak?

-a....Ravshan aka uydalarmi?

-xa uydalar kelin kiring. U meni mehmonxona tomon boshladi. Uyga kirar ekanman atrofga qarardim Nilufarni körish ilinjida ammo, afsus uni körmadim.

-dada sizni sörab kelishibdi keling marhamat, deya Akmal yöl berib özi ortiga qaytdi.

-keling mehmon..

-assalomu alekum Ravshan aka.

-valekum asalom keling marhamat ötiring, Akmal öğlim choy damlab kel öğlim, deya tashqarida turgan akmalga buyurdi u xop degancha ketdi.

-yaxshimisz yaxshi keldingizmi? Uydagilar hammaligi yaxshimi mehmon!

-yaxshi raxmat Allohga shukr.

-aybga buyrmaysiz tanimayroq turibman. Bu mahallaga köchib kelganimizga köp bölmadi shunga yaxshi tanimayman.

-yöq men bu mahallada turmayman. Men otabek qizingiz Nilufarga sovchi qöygan yigitman. Ravshan akaning savlati bosardi meni.

-ha böldi tanidim öğlim..

-özingiz bilasiz uydagilar bir necha marta kelishdi lekin, rad javobini beribsizlar shunga özim kelishga majbur böldim.

-otabek töğri yöq javobini berdik, buni töğri tushining, oilangiz ham juda bamani ziyoli oila ekan, özingiz ham juda yaxshi odobli aqlli yaxshi yigit ekansz. Ammo men qizimni rayiga qarayman, bizni ham töğri tushining, Ravshan aka shunaqangi sokinlik samimiylik bilan sözlar ediki, Nilufar shirin sözlik yaxsji muomilani qayerdan örganganini endi tushindim.

-men.... Jin ursin bemavrud jiringlagan telefonim sözimi bölib qöydi,-kechirasiz.

-yöq bemalol behijolat.

-raxmat, alooo eshitaman

-ha taniman

-nima yöq....... Telefonda eshitgan habarimdan yuragim zirillab ketdi. Közlarimdan asta yosh sizb chiqdi?

-tinchlikmi öğlim

-....uzr, deya örnimdan turib chiqib ketdim, katta yöl tomon yugirardimu hayolimda hamon ösha sözlar. Kechirasiz siz shu raqam eganini taniysizmi u avto halokatga uchardi xozr 16-shifohonada axvoli oğir tezda yaqinlariga habar berib yetib keling...

Közlarimdan yosh tinmasdi. Axir yaqinda Nilufarni uyiga kelmasimdan oldin gaplashgan edimku akbar döstim ey xudo iltimos meni döstimdan ayirma...

Qanday shifoxonaga yetb kelganimni özim ham bilmayman.

-kechirasiz ikki soat aval avto halokatga uchragan yigitni olib kelishdimi?

-ha siz kim bölsiz?

-döstiman

-ha u hozir ryanimatsiyada siz bosh shifokorga uchrashing, bosh shifokor ikkinchi qavat 112-xonada, i ana bosh shifokor.

-raxmat deya hamshira körsatgan kishining oldiga keldim.

-asalomalekum kechirasz men yaqinda olib kelingan yigitning döstiman.

-tölaganov akbarnimi?

-xa xa tölaganov akbar döktr unig axvoli yaxshimi?

-xozr ryanimatsiyada unga qon quyish zarur, ammo uning qong grupasidagi qon juda kamyob topish onson emas, bazadagi qonni ham bir oğiz axvoldagi bemorga quyishibdi. Shu payt Akbar bilan qon guruhimiz bir ekanligi yodimga tushdi.

-men...men beraman u bilan qon guruhimiz bir qancha kerak bölsa oling, men men roziman faqat döstim yashasa böldi.

-xop xop hamshira bu yigitni qon guruhin tekshiring, deya yonidagi hamshiraga buyurdi. Meni qon guruhim töğri keldi va akbarga qon quyishdi, qon quyib bölishgan köyi döstimni köraman deb hamshiralarning söziga parvo qilmay örnimdan turdim, qon olishganiga boshim aylanib bir necha qadamdan söng hushimni yöqtdim. Qancha yotdim bilmayman, közimni ochsam tepamda onam va dadam ötirishibdi.

-özinga keldingmi bolam yaxshimisan, deya suyinib yuz közlarimdan öpa ketdilar, deraza oldidagi dadam ham men tomon tez yurb keldilar.

-akbar akbar yaxshimi?..

-özingni öylasanchi bolam..

-akbar ono akbar yaxshim? Bazör yana shu savolimni takrorladim.

-ha bolam yaxshi bir soatcha böldi palataga olishdi, sen.. Sen tufayli kömadan chiqdi öğlim deya onam közlaridagi yoshni yashirmay yeğlab yubordilar. Uning axvoli yaxshiligini eshitib ancha hotirjam böldim. Örnimdan turishga harakat qila boshlagandim, onam-qayoqa yot hali holsizsan.

-yöq uni körishim zarur ono qochin.

-xozr seni kiritishmaydi biroz damingni ol keyn borasan.

-qancha yotdim onoo?

-bir kuncha hamishira köproq qon olib yuboribdi, shuning uchun özingga kelishin qiyin böldi.

Bu payt onamning biror sözlari quloğimga kirmas, fikru hayolim Akbarda edi. Bir kundan söng yoniga kirishga ruxsat berishdi. Ichkariga kirar ekanman daxshatdan qotib qoldim uning oyoqlari singan yuzining soğ joyi qolmagan qöllari ham singan, böyni lat yegan ekan. Palataga olishgan lekn hali yaxshi öziga kelmagan dorilar tasirida uyquda ekan. Keyiroq bilsam u Malika bilan köngil hushlik qilib qaytayotgandan avto halokatga uchrabdi, anavi qanjiqga hech nima qilmabdi, u iflos Akbar soğliğida sevaman ölaman deb yurgan edi shifoxonaga körgani ham kelmadi j...b. Akbar bilan bölin Nilufar ham yodimdan kötarilibdi. Bir necha kundan söng uyiga yana bir ikki marta bordim ammo hech kim chiqmadi. Öqishiga ham bordim lek, Nilufar yöq. Uni chiqib qoar deya kutib turardim, shu payt Durdonaga közim tushdi.

-durdona töxtang, u meni körim biroz özgardi.

-asalomalekum

-valekum yaxshimisz?

-ha raxmat.. U oldingidan emas edi.

-men bir necha bor Nilufarni uyiga bordim ammo hech kim chiqmadi, öqishga ham kelmayapti.

-ular vodiyga toğasini uyiga töyga ketishgan qachon qaytishlarini bilmayman, deya söviq javob qaytardi.

-u qaysi raqamda u bilan gaplashishm zarur,

-bilmayman meni tinch qöying iltimos deya ketib qoldi. Nima qilarimni bilmay ham qoldim.

Oradan ikki haftacha vaqt ötdi bu orada Akbar bilan ovora bölib Nilufar biroz yodimdan kötarildi. Bugun 18-aprel Akbarning tuğilgan kuni, shanba bölgani uchun unga sovğa olgani bozorga tushish uchun barvaqt turdim. Uy ishlariga yordamlashib 9lardan oshganda bozorga borish uchun kiyim mashtirgani honamga kirdim. Endi bölgan edim hamki telefonim jiringladi. Qarasam durdona.

-alo durdona

-alo otabek aka, durdonaning ovozlari boshqacha eshitildi yeayotganini bilib qolish qiyin emas edi...

Davomi bor...

{Silvestr Slay}

O‘xshash hikoyalar