tungi.ru

Umri tugab borayotgan qiz nomidan. (LIONUZ)

Faqatgina sevmayman dema!!!

(Ziyoda Ziyo nomidan.)

Bugun tongacha sen haqingda

o'yladim. Qo'ng'iroqlaringa javob

berishim mumkun edi, biroq... Biroq,

nima deyman senga? Bir necha kun

umrim qolganini aytamanmi? Meni

unutishingni so'raymanmi? Bu meni

qo'limdan kelmaydi! Faqatgina shu

she'rni yozish qo'limdan keldi. Balki bu

dunyoni tark etganimdan so'ng, senga

ushbu satrlarni eltib berishar... Yana

bilmadim, buyog'i taqdirdan.

Men tunlari seni o'ylayman,

Tongga qadar ko'zlarimda nam...

Ne bo'lishin endi bilmayman,

Endi kimni atarsan "erkam"

Sen unutgin, totli onlarni,

Eslamagin mayus chexramni.

Yuragimda sizgan qonlarni,

Sen ko'rmading, ko'zdagi g'amni.

Yulduzlarga qo'llarim cho'zib,

So'ragandim har kecha yog'du.

Bas! Ketaman umidim uzib,

Yuragimni poralar qayg'u.

Hiyobonni eslasam agar,

O'zgacha bir hayajon aro.

Yodga tushsa o'sha on har gal,

Bu jonimga kirardi oro...

Muhabbatni Tangridan so'rab,

Sira meni sen yo'qlab kelma!

Sevmasang ham ko'zimga qarab,

Faqatgina sevmayman dema.

Men ko'p yozdim, tanqid, adolat...

Sen esa olmanman yodga,

Taqdir menga qildi jaholat,

Sig'dirmadi shu keng hayotga.

Lek roziman, boriga shukur,

Umrim shuncha ekan netaman?

Muhabbatga yetsa gar putur,

O'zim bilan olib ketaman.

Shamol bo'lib esaman gohi,

Shivirlayman yaproqlar bo'lib.

Ha... O'shanda sening nigohing,

Yoshlanmasin, o'kinchga to'lib.

Men tunlari seni o'ylayman,

Tongga qadar ko'zlarimda nam,

Ne bo'lishin endi bilmayman,

Endi kimni atarsan erkam...

Boshqa hikoyalar