tungi.ru

ich 5600605

(Singlisidan ayrilgan opa maktubi) ....

yil 14 aprel kun bo’yi ko’nglim

nimandandir notinch bo’lib, qo’lim ishga ham

bormadi. Ish vaqti tugagach, uyga keldimda

kechki ovaqatni tayyorlashga kirishdim. Oradan

xech qancha vaqt o’tmagan edi. Telefon jiringladi.

Men oshxonada ovqat tayyorlayotganim uchun

go’shakni xo’jayinim ko’tardilar. Keyin oshxonaga

meni oldimga kirdilar. - Ha dadasi kim ekan

qo’ng’roq qilgan? - Jiyanin Asadbek. - Tichlik

ekanmi o’zi? - Maxliyo o’girlashib qolibdi.

Kasalxonaga olib ketishibdi. - Axir do’xtirlar…. Olti

oy boridiyu… Kasalxona tomon ketyapmanu

boshimda ming xil hayol… Xudoyim o’zing

singlimni umrini uzoq qilgin deya iltijo qilaman...

Ona men o’laman qishloqning o’sha, Xilvat

to’shagidan qazishsin qabr. Jasadim kuyadi

qabrim ustiga, Qo’yilgan toshlarga tilayman

sabr… Maxliyoni joylashtirishga xona oldiga

kelganimda bechora singlimning hasta ovozda

onamga aytayot so’larini eshittim: - Onajon jonim

uzilgandan keying meni qishloqdagi qabristonga

ko’minglar. Uyerda rahmatli dadam qabrlari bor

…. - Sen xali xudo xoxlasa ko’p yashaysan. O’lim

haqida o’ylamagin jon bolam. – onam singlimga

dalda bera boshladilar Shu onda nimalarni his

qilganimni bilsangiz edi… Singlim ko’z oldimizda

shamday so’nayapti … Bizni qo’limizdan esa

ehhh…. Xatto onamga vaziyat qilmoqda … . Ona

men o’laman yeg’lama axir, Kurashib yashadim

bir inson qadar. O’lgan jasadimdir men esa tirik,

Bosh o’lib ketadi ruhim darbadar - Onajon man

hammasini bilaman. Umrim oxiriga yetayoyganini

his qilyapman. Onajon, men o’lganimdan keyin

yeg’lamang xo’p. Axir kasal bo’lib qolsangiz

ukalarim opam nima qilishadi. Axir bu dunyoda

sizdan boshqa suyanadigan insonimiz yo’qku… -

Jon qizim bunaqa gaplarni gapirma sen xali uzoq

yashaysan - So’z berasiz-a onajon iltimos menga

ayting? Sen o’lganingdan keyin yeg’lamayman

deb… Ko’zlarim yoshlarni artib, xonaga kirdim.

Onamni menga ko’zlari tushdiyu singlimga qarab:

- Ana opang ham keldi… Sizlar opa singil

gaplashib turinglar. Men do’xtirni oldiga chiqib

kelaman.- dedilarda tashqariga chiqib ketdilar.

Bechora onam xozir tashqarida devorga suyanib

yum yum yeg’layotgan bo’lsalar kerak… - Opajon

Sizdan bir narsa so’ramoqchiman faqat rostini

ayting ? - Xo’p singlim rostini aytaman.-

jilmayishga harakat qildim biroq ichimda o’lim

xaqida gapirmasligini xudodan so’rardim - Axmad

akamlarni ishxonangizda ko’rib turipsizmi? O’zlari

yaxshimi ? Oilari tinchmi ? Eh singiljonima

shuncha ishdan keyin ham Axmadjonni haliyam

sevarkansanda U bo’lsa…. Iblislar, shaytonlar bir

hovuch harom Mening etagimga bog’lashdi

dog’lar Menig telba dilim, yo’lg’iz dilimga

Bardoshni o’rgatti hazonrez bog’lar Axmadjon

singlimni sobiq turmush o’rtog’i. m en ishaydigan

korxonada bo’lim boshlig’i. Ular sevishib turmush

qurishgan edi. 4 yil birga bahtli hayot kechirishdi

biroq farzandli bo’lishmagandi. Bir kuni Maxliyo

uyida xushidan ketib yeqildi. Do’xtirga olib

borishdi. Yaxshi habar umidi ila bosh vrach

xuzuriga kirgan Axmadjonga Maxliyoni Saratonga

chalingani va uzog’i 1 yil umri qo’lgani aytishdi…

Shundan so’ng barcha muaamolar boshlandi

quda tomon kasal kelinni bizga keragi yo’q deb

ularni ajrashtishiddi. Lekin bir oy o’tar o’tmas

Axmadjon uylandi. Bir yog’da umri tugayotganini

bilish bi yogda esa sevgan yorini boshqaga

uylanishi singlim bularga qanday bardosh

berdikin xaligacha anglolmayman. - Ahmadjon

yaxshi. Har kuni seni so’rab turadi. Oilasi yaxshi.

Yaqinda ota bo’ladi. Gar bitta ishxona ishlasakda

meni umuman tanimaganga olib yuradi o’zini.

Xatto salomlashmay. Shunchalik ham ham diydasi

qattiqki Mayliyoni bir marta ham habar olmadi…

Yana bir paytlar sevgan eh mayli o’zi insof bersin

- Singlim endi biroz uxlagin xo’p. Do’xtirlar ko’p

gapirish mumkin emas deyishgandi. - Xo’p opa

faqat yonimdan ketmang – deb u sekin ko’zlarini

yumdi... O’laman belanchak osilgan o’sha Tutning

daraxtidan qilishsin tobut Toki dardim bo’lib

faryodlar cheksin Mening bo’lagim kulayotgan tut

Oradan bir ikki soat vaqt o’tdi. Maxliyo bir

nimadan qo’rqandek cho’chib uyg’ondi. Suv

so’radi. Men bir piyolani suvni olib singlimni

boshini ko’tarib ichiga ko’maklashdim bir qultum

ichdi halos… keyin esa: - Opa ga’lati tush ko’rdim

bolaligimizda qishloqdagi uyimizda Ichi katta

go’vak tut bor edi. O’sha tutni shohiga ilingan

belanchak bo’lardi… Tushimda belanchakda

uchayotgan ekanman. Birdan arqon uzilib ketdi.

Men uchib borib tuting g’ovagiga kirib qoldim

xarchan urinmay u yerdan chiqolmadim. Shunda

g’vok ichidan "Bu g’ovak endi seni tobutin” degan

ovoz eshitala boshladi qo’rqib uyg’onib kettim -

Bu tush jon qizim sen o’lim haqida ko’p

o’yladinda shunga tushlaring ham shunaqa. Bo’ldi

o’lim haqida gapirsang seni qizim demayman –

xonaga kirib kelgan onamni payqamagan

ekanmiz. Ona ertaklaring bor edi g’o’zal Menga

ber ularni olib ketaman Parilar sochidek uzun

yo’llarni So’ngida bearmon kunga yetaman -

Onajon bolalagimizda bizni uzun sochli pari

haqidagi ertagingizni aytib uxlatardiz. Hozir o’sha

ertagingizni aytib bering. Eshitgim kelyapti…

Onam Maxliyoni oldiga keldilarda uni qo’lladidan

ushlab, bizga qadrdon ertakni boshladilar Bir bor

ekan bir yo’q ekan. Chekkiz ummondagi bir

orolda sochlari uzun pari qiz bo’lgan ekan.

Shunda singlim ko'zlari ochiq xolda jon taslim

qildi.....:'(:'(:'(

Boshqa hikoyalar