tungi.ru

Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan eng xavfli kasalliklar! TOP-11 (by Probel)

O‘tgan 20-asrning 70 yillarida

ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy

aloqa orqali yuqadigan kasallik

ma’lum edi. Bizning

davrimizga kelib esa, ularning

soni 25tadan oshgan. Ularning

ba’zilari butunlay bedavo

hisoblanib, tibbiyotchilar

haligacha ularga qarshi

samarali da’voni yarata

olishmadi. Barchaga ma’lumu

mashhur orttirilgan immun

tanqisligi sindromi (OIV) va

genital gerpes virusi shular

jumlasidan.

Qizig‘i shundaki, inson

papilloma virusi, sifilis va

genital gerpes xastaliklari

faqatgina teri orqali yuqib, bu

holda maxsus himoya

vositalari (prezervativlar) hech

qanday yordam bera olmaydi.

Eng yomoni, bu kabi

xastaliklarga chalingan har

uch bemorning ikki nafari hali

25 yoshga to‘lib

ulgurmaganlardir. Dunyo

bo‘ylab har 15 soniyada bir

kishi ana shunday

xastaliklarga chalinadi.

Odamlar ko‘ngilxushlik qilish

istagining shu qadar

kuchliligidan oldida qanday

ayanchli va og‘ir musibatlar

kutayotganiga shunchaki ko‘z

yumishadi. Bu tabiiy hol

albatta. Vujud istak-

xohishlardan o‘t bo‘lib yonsa,

yurak qaynoq, o‘tli

muhabbatni tusab tursa,

fojeali qismat haqida qanday

bosh qotirish mumkin?!

E’tiboringizga havola etishni

istagan quyidagi ma’lumotlar

yoshlarni tizginsiz nafs ortidan

ketsa ularni qanday natijalar

kutishidan ogohlantiradi, bu

yo‘ldan qaytaradi, degan

niyatdamiz.

1. OIV-OITS

OIV – inson immuniteti

yetishmasligi virusi bo‘lib,

orttirilgan immun tanqisligi

sindromining so‘nggi bosqichi

sanaladi. Bunda odam

organizmida ko‘p sonli xavfli

o‘smalar paydo bo‘ladi,

infeksiya, turli virus, bakteriya,

zamburug‘lar keltirib

chiqaruvchi infeksiyalar avj

oladi. Odatda sog‘lom kishilar

organizmi ularga qarshi

yetarlicha kurasha oluvchi

immun tizimiga ega bo‘ladi.

OIV holatidan esa oddiygina

shamollash virusi ham inson

organizmini adoyi tamom qila

oladi. Unutmaslik lozimki,

OITSni davolash imkonsiz, uni

qimmatbaho dori vositalari

yordamida bir muncha vaqt

ushlab turish mumkin xolos.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra

bugun dunyoda 42 million

nafardan ziyod OITSga

chalingan bemorlar ro‘yxatga

olingan (Yana millionlab

bemorlar o‘zining kasal

ekanini bilmaydi yoki buni

barchadan sir tutadi). Ular soni

har kuni kamida 14

mingtadan oshib bormoqda.

OITSning yuqish yo‘llari: qon

orqali — jinsiy aloqa, shprits,

ba’zida homilador ayoldan

go‘dagiga.

2. Sifilis

Jinsiy aloqa vaqtida yuquvchi

kasallikni treponem

mikroorganizmlar keltirib

chiqaradi. Dastlab xastalik bir

oy muddat inkubatsion

rejimda yashirin kechadi.

Shundan so‘ng teri, shilliq

qavatlar, ichki organlar,

suyaklar va asab tizimini

shikastlaydi. Kasallik uzoq

muddat, juda murakkab va

anchagina qimmatga

tushuvchi davolanishni taqozo

etadi.

3. Xlamidioz

Klinik xaritasi: teri-tanosil

kasalliklari ichida «lider». Har

yili bu kasallikka o‘rtacha 100

million kishi chalinadi. Bu

dunyodagi jinsiy faol bo‘lgan

erkak va ayollarning 5-15 foizi

demakdir.

Kasallikni xlamidioza –

Chlamidia trachomatis keltirib

chiqaradi va siydik yo’li

kasalliklari, erektil

funksiyaning sustlashuvi

hamda bepushtlikka olib

keladi.

Shuningdek, xlamidioz

ateroskleroza, suyaklar

zaiflashuvi, qon tomir

kasalliklari, hattoki, qandli

diabetning rivojlanishiga ham

sabab bo‘ladi. Uning ko‘rlika

olib kelgan holatlari ham qayd

etilgan. Xlamidioz muntazam

ravishda immun tizimini

zaiflashtirib, organizmning o‘z-

o‘zini himoya qilish kuchidan

mahrum etadi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

bemor onadan homilaga.

4. Gonoreya

Mazkur infeksion xastalikni

gonokokklar keltirib chiqaradi.

Ular siydik chiqarish yo‘llari,

ko‘z, og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri

ichakning shilik qavatini

shikastlaydi. Uning dastlabki

alomatlari peshob qilish

vaqtidagi og‘riq va siqishlar,

turli ajratmalar bilan ko‘zga

tashlanadi. Bu paytda

shifokorga murojaat qilinsa,

xastalikni arzonroq, osonroq

va tezroq davolash mumkin.

Aks holda asoratlari

og‘irlashib, surankali tarzga

o‘tadi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

shaxsiy gigiyena vositalari —

ichk kiyim, mochalka,

sochiqlar.

5. Trixomoniaz

Eng keng tarqalgan siydik yo‘li

kasalliklaridan. Yer yuzi

aholisining taxminan 10 foizi

ushbu xastalikka yo‘liqqan.

Uning tarqatuvchisi bir

hujayrali sodda trixomonad

parazitidir. Mazkur kasallik

og‘ir oqibatlarga olib kelishi

mumkin, hattoki erkak va

ayollar bepushtligiga sabab

bo‘ladi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

unitazga o‘tirish.

6. Mikoplazmoz

Mikoplazmoz – urogenital

zonalarning infeksion-

yallig‘lanish jarayoni bo‘lib,

mikroorganizmlarning

Mycoplasma turiga mansub

mikroblar keltirib chiqaradi.

Ular jonli organizmdagi

hujayralarda parazitlik qilib,

mustaqil yashashga layoqatli

emas. Mazkur turdagi

mikroblar yetarlicha tadqiq

etilmagan.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

homilador onadan go‘dakka.

7. Ureplazmoz

Ushbu teri-tanosil xastaligini

ureaplazma deb nomlangan

mikroorganizmlar keltirib

chiqaradi. Statistik

ma’lumotlarga qaraganda, 70

foiz ayollar ularning

tarqatuvchisi hisoblanadi. Eng

xavfli jihati, kasalliklikning

alomatlari yashirin tarzda

kechadi. Odatda ureaplazma

unchalik faol bo‘lmaydi. Biroq

stress va immun tizimini

susaytiruvchi boshqa hollarda

ular kuchayadi. Ilmiy

tadqiqotlarda ureaplazmalar

spermatozoidlar faolligini

yo‘qotib, ularni butkul yo‘q

qilishi isbotlangan.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

homilador onadan go‘dakka.

8. Genetal gerpes

Genital gerpes yoki ikkinchi

darajali gerpes lablarda paydo

bo‘luvchi uchuqni keltirib

chiqaradigan gerpes

virusining (uchuq)

“qarindoshi” sanaladi. Bunda

butun organizmga zarar

yetadi. Jumladan, gerpes jinsiy

a’zolar, teri, ko‘z, immunitet

kuchsizlangan taqdirda, jigar,

oshqozon va bosh miyani

shikastlaydi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

tananing shikastlangan

qismlari bilan aloqa — qo‘l, lab

va boshqalar.

9. Pedikulez (qov

biti)

Ushbu xastalik 20-asrning

o‘rtalaridan keng tarqala

boshladi. Asosiy alomatlari

qattiq qichishish, kulrang-

ko‘kimtir dog‘lar, yaralar,

sochda sirkalarning paydo

bo‘lishi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,

buyumlar orqali (choyshab,

kiyimlar va boshqalar).

10. Inson

papillomavirusi

Inson papillomavirusi eng

zamonaviy xastaliklardan biri.

Turli manbalarda reproduktiv

yoshdagi 70-95 foiz

insonlarda u qaysidir darajada

rivojlangani qayd etilgan. Ayni

paytda kasallikning yuzdan

ziyod turi aniqlangan. Ularning

faqatgina 40 turi o‘ta salbiy

ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga

ega. Qolganlari bezarar yoki

yorqin alomatga ega emas.

Bachadon bo‘yni saratoni

xastaligining rivojlanishiga

ham ushbu kasallik sabab

bo‘lishi mumkin. Bunda inson

papillomavirusi avvalo jinsiy

aloqa yo‘li bilan yuqadi va

keyinchalik saratonning avj

olishiga sabab bo‘ladi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa

11. Gepatit V

Gepatit V (HBV) dunyo bo‘ylab

keng tarqalgan va o‘ta yuqumli

xastalik. Har yili o‘rtacha 4

million kishi mazkur

kasallikning og‘ir turiga

chalinadi. Bu xastalik virusi

qonda uzoq muddat saqlanib

turishi va ilk alomatlarini yilla o‘tganidan so‘ng namoyon

etishi mumkin. Gepatit V virusi

tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli.

Qurigan qon tomchisi, ustara

(lezviye) yoki igna uchida bir

haftagacha jon saqlashi

mumkin. Boshqa insonlar

terisi yoki shilliq qavatiga

tushishi bilanoq kasallik

rivojlanishi boshlanadi.

Ilk alomatlari shamollashga

o‘xshaydi. Bir necha haftadan

so‘ng esa ishtahaning keskin

tushib ketishi, o‘ng qovurg‘a

osti qismida og‘riq, qayd qilish

boshlanadi, peshob rangi

quyuqlashadi, axlat

rangsizlanadi. Immunitet

kuchli bo‘lgan taqdirda,

kasallik 90 foizga yo‘qoladi.

Biroq kasallik surunkali tusga

kirsa jigar hujayralariga

shikast yeta boshlaydi va

saraton avj olishi mumkin.

Gepatita Vning yuqish yo‘llari:

jinsiy aloqa, bemor qoni

tekkan buyumlarga teginish,

homilador ayoldan go‘dakka.

Bugun ko‘pchilik sayoq

yurishni hush ko‘ruvchilar

“xavfsiz jinsiy aloqa”

mavjudligiga o‘zlarini qattiq

ishontirishgan. Ular o‘ylab

ko‘rmaydilarki, bunday

vositalar samara keltirayotgan

bo‘lsa, teri-tanosil kasalliklari

qanday qilib bu darajada avj

olib ketayapti? Ishonch bilan

aytish mumkinki, himoya

vositalari (prezervativlar)ning

ishonchliligiga hech kim hech

qanday kafolat bera olmaydi!

Unutmang! Jinsiy aloqada

turli kasalliklardan

saqlanishning 100 foizlik

kafolati, bu — ikki butkul

sog‘lom erkak va ayol

o‘rtasidagi jinsiy aloqadir.

O‘xshash hikoyalar