tungi.ru

Tsyurix voqealari. Turnir uchun. 2-qism

Shijoatning mashaqqatli yo`li.

Erta tong. G`ira-shira tong yorug’ida xo`rozlarning qichqiriq ovozi ewitiladi. Musaffo havodan to`yib simirib uxlayotgan Po`latni rafiqasining qulog`I ostida shivirlab “ tura qoling begim. Hozir hamma uyg`onib qoladi” degan nozli ovozi uyg`otdi. Po`lat suyuklisining belidan asta quchib labidan bo`sa olgancha: “ nimaga hijolat bo`lamiz axir hech bir yomon ish qilmayapmizku” deya javob berdi. Kelinchak esa: “e suyuq bo`ldi endi tura qoling ewik supuriwim kerak, hozir oyijon uyg`onib qoladilar”. Hali uyqusi to`la yozilmagan yigit esa: “ bor supuraver. Mani uyg`otiwing wartmi?”. Qizaloq beozorgina turtib: “har doim shunday deysiz. Turing qo`rqaman axir. Man og`ir chelakda suv opchiqib sepishimni istaysizmi. Har kuni shunaqa qilasiz” deya arazladi. Po`lat erinibgina o`rnida qo`zg`alib yorining burnidan beozor chimchilab “obbo burnichezi uchida turadi a? nima bo`ri yermidi?”

Ikki baxtiyor yoshlar tashqariga chiqishdi. Kelinchak supurishni boshlagunch Po`lat shlangni ulab tayyor qilib, ko`chada hech kim yo`qligini ko`rgach stulga o`tirib mizg`iy boshladi. Qulog`I ostida esa supugini shitir shitiri eshitilib turardi. Birdan yuziga sochilgan muzdak suvdan cho`chib ketti. Ro`parasida ayoli nozli va ayyorona jilmayib turardi. “Rosa sizga ishonadigan ekanku a uyquchi, bo`ling shlangni opchiqqaniz nimasi? Shlangda sepasiz”. Po`lat etibor bermasdan suv sepa boshladi. Yarmigacha sepganida kelinchak: “Man nonushta tayyorlay qole” deya burilganda Po`latning shijoati jo`sh urib shlangdagi suvni xotiniga to`g’rilab suv sepib qasdini ola boshladi. Kelini va o`g`lining quvnoq qiy-chuvini eshitib tashqariga chiqqan qaynonasini ko`rib ikkalasi ham noqulay ahvolga tushib qolishdi kelinni atlas ko`ylagi ustiga chippa yopishib turardi. Qaynonasini ko`rib uyalganicha xonasiga yugurib kirip ketdi. Onasi o`g`liga qarab: “ha esi yo`g`a, hech yosh bolaligin qolmadida. Qo`shnilar nima deb o`ylaydi? Bular yosh kelin-kuyov saharlabda jiqqamusht bo`lishyapti demaydimi? He ahmaq..”. Po`lat uyalganidan avval yerga qarab, keyin ortiga o`girilib ishini davom ettirdi.

Nonushta doimgidek davom etdi. Oila jamuljam bo`lib kelinning qo`lidan choy ichib beg`ubor suhbatlar ila ovqatlanib hamma ish-ishiga otlandi. Kelin va singlisi yozgi ta`til vaqti bo`lgani uchun uyda qolishdi. Ota-onasini kuzatgan Po`lat ham uyda zerikib mashinasini yurgazdi. Singlisi erkalanib: “ akoooooo abedga kelasmi? Nima ovqat qilelik?”. Darvozani yopib mashinasiga o`tirgan Po`lat esa: “kutmanglar. Uyda borini yeb tugatilar avval. Keyin Ko`ngillarin tusagan narsani qilib yeyaveringlar” deya gazni bosib yo`lga tushdi.

Ofis. Uni Mirji kutib turardi.

- Bek yigitlar yo`q? kecha uylariga borishmapti

- Kecha ruxsat bergandimku, yotishgandir biron pana pastqamda. San nimaga bormadin?

- Mani borgim kelmadi. Baha ikkalamiz uy-uyimizga ketganmiz.

- Sani tuzoqqa tushirgan qanjiqni deb butun odamzotdan ko`ngling qolganini bilaman. lekin, borganingda ular ancha bexavotir bo`lishardi. Hech bo`lmasa san doim hushyor turardin.

- Ruxsat berib bekor qildingizda. Biron baloga yo`liqqan bo`lishsachi. Hozir ehtiyot bo`lish har doimgidan muhim

- Man dam olinglar dedim, ehtiyotkorlikni qo`ldan boy beringlar demadim. Vahima qilmasdan qo`ng`iroq qil. Hali zamon kep qolishar

- Qildm, o`chiq hammasiniki.

- Kecha rosaaa bo`liwipti wekilli, -- deya istehzoli jilmaydi

Suhbatni playstationni yurgizayotgan Asilbek buzdi.

- sizni kimdur so`rayapti…

- kim?

- Bilmadim. Toshkentdan keptimish. Shuni o`zi yetarmish u bilan ko`rishishingiz uchun

Mirji tutaqib ketdi

- e manga qara so`tak, toshkentdan keldi deb it bo`sayam bit bo`sayam kelib suyunchilayverasanmi?

- Uni kirgiz, -- Po`lat shunday deya a’yoniga sinchkov tikildi, - ko`nglim g`ashlikni sezyapti, Toshkentdan bekordan bekorga to`g`ri eshikni taqillatib kemedi

Xonaga baquvvat, olifta kiyingan, qo`lida braslet, bo`ynida zanjir, zanjirda esa bosh suyagi shaklidagi kulon taqqan, ko`zlari o`ynoqi labini bir chekkaga irshaytirgan bir kimsa allaqanday qog`oz(lar)ni buklab olgancha kirib keldi. Iltifotsiz tarzda stulga salom yo`q alik yo`q oyog’ini chalmashtirib o`tirdida gap boshladi.

 JonPo`lat deganlari senmisan? Rosa ta’rifingni keltirishganiga rosa qo`rqinchli, hech narsadan tap tortmas kimsa bo`lsa kerak deb o`ylagandim.

 Unaqa odamni man ko`rib turipman. Istasang oynaga qara, -- deya mazah qildi Po`lat.

 JonPo`latmish he o`rgildim, lanati kino chiqtiyu hamma mishiqilar JonPo`lat e lattalar.

Bundan Mirji asabiylasha boshladi.

- manga qara e olifta gapni qisqa qil. Po`lat u kinogacha ham Po`lat edi bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi, -- degancha bitta bitta chertgancha 5 ta ignani kostyumiga taqib qo`ydi.

Bu kimsa og`riqdan biroz rangi o`zgargancha haddidan oshganini sezib, bular bilan hazillawiw yaxwilikka olib kelmasligini sezib asta ignalarni sug`urvoldida tirjaydi.

- karoche JonPo`lat san Jenevaga bormesan. Manavi laychang bo`lsa biz uchun bittasini o`ldirib beradi

Po`lat ko`zi bilan Mirjiga asabiylashmaslik ishorasini qilib,

- Agar borsamchi? Qolaversa bu do`stim killer emas. Buyurtmaga odam o`ldiradiganlarni bosha joydan top. Qani sur tezda

- Yaxshi ketaman, faqat anavi uchala “do`sting” ham qulog`ini ushlab ketadi. Bitta odamdi san siz ham o`ldiriw mumkin lekin, o`lganlarni tiriltirib bo`medi.. Jenevaga kelsak u yerda senga nima bor? U Yerdagi davlatlar ichida biz yo`qmiz. Katta odamlar turganda sanga yo`l bo`lsin. San bo`yingdan baland ishlarga aralashyapsan. Buning badali og`ir bo`ladi

- Yaxshi do`stlarimni qo`yib yubor Jenevaga bormiman. Anavi odam ham o`ladi. Vaqt kerak

- Vaqt yo`q u bugunoq o`lishi kerak. Mana bu faylda u haqda batafsil. Jenevaga borish esa ogohlantiruv. Aylangani borseng ham jim yur

Shunday deya bu kimsa salom aliksiz qanday kirgan bo`lsa shunda xayr-ma`zurni nasiya qilgancha chiqib ketti. Po`lat ilojsiz holatda boshini ushlagancha o`ylanib o`tirardi. Birdan boshini ko`tardida,

- Bahaga ayt har qanaqasiga bo`lsa ham yigitlarni zudlik bilan topsin. San bo`lsa anavi o`lishi kerak bo`lgan odamni tez berkit. Na tirigini na o`ligini topishalmasin. Mani qiladigan ishlarim bor.

- Bir o`zing yurmaganing ma`qul

- Xavotir olma

Shahar tashqarisidagi tog`asining tashqaridan judayam odmi ko`ringan lekin ichkarisi judayam xashamatli saroyi oldida mashinadan tushdida xavf yo`qligini bila turib odatiga ko`ra atrofga sinchkov tikildi. Uyda yangasi kutib oldi. Tog`angiz ichkari xonadalar.

 assalom alekum. Yaxshiyam uyda ekansiz

 kel nima gap? Uyindagilar tinchmi?

 Tepadan xabar keldi. Jenevaga bormasligimni tayinlashdi. Do`stlarim asirga olindi…

 O`zbeksanda jiyan. Mayliga odamlaringni bahridan o`t.

 Agar shunday qilsam ertaga navbat manga, oilamga keladi.

 Hech kim sanga bu ishga kirsen orden beramiz demagandi. Chidaysan. Oilangga kelsak xavsizligi mani bo`ynimda. Ro`paranga yangi ko`chib kelgan qo`shnilaringni ko`rdingmi? Xech narsadan xavotir olma.

 Lekin tog’a…?

 Ilohi omin, sanga ruxsat… odamlaringni Toshloqdagi bazadan topasan

 Rahmat

 Ehtiyot bo`l. Faqat tezroq ularni qutqar. Aks holda 3 ta qabr qazishingga to`gri keladi.

Shoshilib yo`lga tushdi. Telefoni asabiy kuy taratdi.

- alyo

- Yigitlar qochishipti Bek. Hozir ularni uyimga tashlab, sani aytgan ishingni yakunlashim kerak.

- Yaxshi. Hozir yetib boraman.

Yo`l-yo`lakay ularga qanday muomala qilishni o`ylab ketdi. Uy ichiga kirganda esa yigitlar ust-boshi dabdala, ayovsiz kaltaklangan o`lar holatda turishardi. Mashinada ularni xususiy klinikaga olib bordi.

- Bek yigitlarga qoyil, 20 kishini qo`lidan 3 tasini o`ldirib qocha olishipti

- Qanaqasiga bunday osonlik bilan?

- Oson emas ahvollarini ko`rdinku. Hozir ular shaharda ittek izg`izshyapti.

- Ehtiyot bo`l. Boyagi odamni ular topmasidan san top.

- Xo`p

Yigitlarni ahvoli yaxshi emas edi. Ayniqsa Boyni ayovsiz kaltaklashgani sezilib turardi. Boy bo`ysunmas, gap ko`tara olmasligi uchun ham vahshiylar qattiq jazolashgani aniq edi. Bonji va Dag`al kamroq kaltak yeyishni va amallab qochishni ilojini qilishgan, o`zlari og`ir ahvolda bo`lishsada, do`stlari Boyni ko`tarib bo`lsada, olib ketishgan ochig`ini aytganda ularning bu jasoratlari tahsinga loyiq edi. Klinika xususiy, glavvrachga Po`latlar oilasining ko`p foydasi tekkan edi. Yigitlarga darhol tibbiy yordam ko`rsata boshlandi. Boyni reanimatsiyaga olishgan edi. Bu orada yigitlarning oila a’zolari va ota-onalari yetib kelishdi, qiy-chuv, yig`i-sig`I avjiga chiqdi. Hamma Shijoatdan nima bo`lishini bilishga urinardi. U bechora qayerdan ham bilsin? Axir uyiga ketgan, qanday tuzoqqa tushishgan, nima bo`lgan tahmin qilib tursada bu haqdagi fikrlarni ro`parasida ilinj bilan tikilib turgan odamlarga qanday tushuntiradi? Shuning uchun ichib, kimlar bilandir mushtlashishgani haqidagi gap bilangina cheklanardi.

Po`lat va Baha suhbati:

- boy bilan bitta o`qishda o`qiysiz. Dadasi ham qarab turmedi. Lekin u endigina birinchi kurs. O`tgan sessiyasi nechchiga yopilgan bo`lsa bu semestrni ham huddi shunga yopsin. Necha pul so`rashsa tiqamiz. Qanaqa yo`li bo`lsa hammasini ishga solin o`rtoq

- Bo`ldi Bek, harakat qilaman.

- Harakat qmen, bu bizi burchimiz. Bunga majburmiz. Man boirb gaplashsam ham bo`ladi, lekin domlalarini tanimiman. Kimsan, u-bu deyishsa to`g`ri kemedi bilas-ku

- Axa, xo`p dedim-ku

Po`lat va Boyning otasi Muhsin tog`a suhbati.

- nima bo`libti o`zi? (yuz-ko`zidan yolg`iz o`g`lining bu ahvolga tushganidan g`azab aralash qayg`uda ekanligi sezilib turardi)

- bilmiman tog`a. Man ular bilan soat 7-8 largacha birga playstationda o`tirgandik. Keyin shom bo`lguncha uyga kire dib xayrlashib ketgan edim. Rostanam ular qayerga borishgan, nima qilishgan, kim bilan mushtlashishgan, o`rtada nima gap qochgan bilmiman. Ertalab aylanib ko`chaga chiqib Mirji bilan telefon qilsek o`chiq. Oxiri Bonji bitta nomerda tel qilib taksidamiz deb aytdi. Ularni topganimizda shu ahvolda edi ular.

- O`zlariga kelishsa aytib berishar. Toshkentdan professor doktorlar kelishyapti. Yaxshi bo`lib ketishadi xudo xohlasa.

- Rahmat tog`a yaxshiyam siz borsiz. Nima ish bo`lsa, xizmat bo`lsa aytavering.

- Yo`q. O`g`lim.

- Man ularni topaman. Agar biron yordam kerak bo`lsa

- Bemalol agar qo`limdan kelsa

- Rahmat. Man bora qole

- Mayli uyizdegilarga salom ayting.

- Xo`p mayli

Po`lat va Mirji suhbati:

- biz kech qoldik. U odam o`lipti

- exh. Ulgurmadik. O`ldirip ketishiptimi?

- Moshina urvoripti

- Kxe… moshina urvoripti. Mayli u odamdi tirigiyam, o`ligiyam bizga keremasidi. Prosta anavilarga halaqit qmoqchidim. Sanam ehtiyot bo`lgin man ketdim.

Shu payt Po`latning dadasi voqealardan xabar topib klinikaga kirib keldi. Yigitlarning ota-onalari bilan salomlashib, o`g’lini glavrach xonasiga boshladi. Kirishib quyuq salomlashib yigitlarning ahvoli bilan tanishdida doktorni “Ko`nglini ko`tarib” qo`ydi. Ota-bola tinch joyga o`tib suhbatlasha boshlashdi. Po`lat anchayin tushkun ahvolda edi.

- Bo`ldi siqilo`rma. Duxtir aytdiku yaxshi bo`p ketishadi

- …

- Kim qilgan?

- …

- Bowini ko`tarib javob ber

Po`lat noiloj hammasini batafsil aytib berdi. Tog`asi bilan uchrashganini ham qistirib o`tdi.

- ha… san Jenevaga o`ynagani bormoqchimisan? Nega tayyorgarlik ko`rmayapsan?

- Dada bormiman

- Qo`rqdinmi?

- Biz bilan hazillashishmayapti. Bir falokat bo`ladi. Sizi aloqalarizam, tog`am ham hammamiz balolarga qop ketamiz

- Bu yerda qolsen balolarga qop ketasan. Endigina tug`ilgan harakatni beshikdayoq tuproqqa qo`yishmoqchi. Qo`rqma hammasi yaxshi bo`ladi.

- E sizlarga gapirish oson. Siz bilan tog`am sahna ortida ko`rinmesilar. Szlarni nima rejalarin bor nima qilmoqchisizlar hech kim bilmedi. Anavi yigitlarni onalarini qarang. Ularda nima gunoh? Yaxshi ham ular kasalxonada yeg`lab turishipti, tobut tepasida emas. Ularning tepasida onam ham bo`lishi mumkin edi.

- San hali o`z jonindan qo`rqayapsanmi? Shunday hayot kechirginki o`lganingdan keyin ikki tomchi ko`z yosh to`kishimizga arzigin. Bu yigitlarni oosongina qo`yib yuborishmas edi. Agar istaganlarida o`ldirishardi. Bu bilan sani qo`rqitmoqchi bo`lishgan. San bo`lsa ularning nog`orasiga o`ynayapsan.

- Dada tushunmadiz…

- Sani shu qo`rqoqligini deb millionlab odamlarni ahvoli o`zgarishsiz qolaveradi. Buyuk rejalar kichik qadamlardan boshlanadi. Urush qurbonsiz bo`medi. Hamma ham bir kun o`ladi. Hech kim sanga bu ishga kirayotganinda Lyuks va oson, shohona hayot va’da qilmagan. Birinchi mag`lubiyatdanoq ortga chekinasan deb o`ylamagandim. Behbudiyni gapi esingdami? “haq olinadi! Berilmaydi”.

Po`lat uzoooooq o`ylanib qoladi. Teskari o`girilib uzoqlarga tikilganicha bir narsalarni hayol qila boshlaydi. Bilmagan odam robot zaryadi tugab qotip qopti derdi. Sababi hatto kiprik ham qoqmas edi… birdan ilkis o`girildida past ovozda gap boshladi:

- Hamma ham o`ladi… faqat bugun emas. Dada bu yigitlar manga kerak. Ular o`lmasligi kerak

- Doktorlar xudo emas

- Dada…

- Qo`ldan keladigan hamma ish qilinadi xavotir olma. Bor san tayyorgarligini ko`r.

Oradan bir hafta o`tdi. Po`lat yolg`iz Tsyurixga uchadigan bo`ldi. Tarjimon qiz Madina uni Toshkentda kutayotgandi. Mashina katta tezlikda Fergana-Toshkent yo`lida ketib borardi. Birdan yo`ldan gai chiqib to`xtatdida mashinani parkovkaga, odamlarni so`roq qilgani melisaxonaga opketti. Qiziq na pul oldi na jarima soldi van a dalolatnoma tuzdi… bunaqasi xecham bo`lmagandi. Melisaxonaga nega opketyapti? Nega milisalar bunchalik ko`p? nimalar bo`lyapti? Voqealarning bunday ro`y berishidan ko`ngli yomonlikni sezgan Po`lat adashmagan edi. Mashinadagi yo`lovchilarni nari-beri so`roq qilib qo`yib yuborishdi. Po`latni na so`roq qilishar na biron narsani tushuntirishardi. Telefonini olib qo`yishgan. Hech qanday ma’lumot berishmas qattiq qo`riqlashar edi. U bilan hech kim muomala qilmas edi. Taxminan 10 soatlardan keyin yelim bitta qotgan bulochka va yelim idishda suv berishdi. Shundoq ham tomog`idan qil ham o`tmayotgan yigit kamera nihoyatda dimligi uchungina suvdan bir xo`pladi…

Ko`zi kuchli yorug`dan qamashar, ko`zini ocha olmas edi. Chiroqni yo`nalishini o`zgartirishdi shekili sal ko`zini ochdi. Qayerdaligini idrok qila olmas, tor, zax xona stolni u o`tirgan tarafi o`ta darajada yoritilgan narigi tarafida esa nim qorong`uligi uchun ko`rinmas edi. Birdan g’alati ovoz keldi

- qahramonimiz ko`z ochdilar, yengil kulgu sezildi, - Ha yigit o`zinga keldingmi?

Qo`lini qimirlatmoqchi edi boylab qo`yilganini sezdi. Nima bilan boylashganini bila olmadi. Shunday bo`lsada sir boy bermay o`zini tutishga urinar. Bularga egilmaslik, past ketmaslik, tilga ehtiyot bo`lish kerakligini o`ylardi.

- man Qahramon emasman.

- Haaa Po`latjon. JonPo`lat

- Ha

- O`zingcha unga o`xshab qahramon bo`lmoqchisanku e so`tak

Bazi belgilardan uni taxminan 3 kishi so`roq qilayotganini bilib oldi. Po`lat g`ashi kelganini sezdirish uchun chap qoshini hiyol tepaga ko`tarib javob berdi.

- u nari borsa 6 yildan beri Polatdir. Man 19 yildan beri JonPo`latman. U manga o`xshasin.

- O`o`o`o` bu gapin manga yoqdi., shunday deya sigaret tutatdi notanish kimsa. - Endi javob ber qayerga ketayotgandi JonPo`lat?

- Magazinga nonga chiqgandim., - istehzoli tirjaydi.

- Yaxshi. Nima Farg`onada non defitsitmidiki 100 km joygacha non izlab kepsan?

- Nimaga sizlarga javob berishim kerak? Kimsizlar?

- Tergovchi.

- Qani hujjat? Guvohnomalaringni ko`rsatinglar

- Sani bu yerda turishingni o`zi hujjat. Savol berayotganimiz hujjat

- Qonunga ko`ra advokatim huzurida so`roq qilishlaring kerak. O`zlaringni tanishtirishlaring kerak…

- Man qonunman. Bu yerda man savol beraman. Agar javob bermasen advokat tugul arxeologlar ham sani topalmedi. E mishiqi.

- Ustingizdan tegishli joylarga arz qilinadi. Hali mani qidirish harakatiga ham tushib qolishadi. Ana o`shanda yaxshilik kutmelar.

- Sani qidirishmedi. Sani moshinen halokatga uchrab o`lgansan. majaqlanib ketgansan. Bugun sani ko`mishyapti. Agar ovozini o`chirmasen, aqllilik qilaversen rostanam ko`mib qo`yamiz. Oila azolaringga ham yomon bo`ladi.

Demak davom etamiz…

- Malaysiaga nega borganding?

- Sayohatga…

- Yangi kuyov? Kelinni ovoganinda iwonardim asal oyiga ketishipti db

- Pulim yetmadi, - g`alati iljaydi Po`lat

- Hali buni aniqlemiz. Hozircha esa U yerda xalqaro terrorchilar bilan uchrashgan deb protokolga yozib qo`yamiz

- Man bunaqa demadim

- Jenevaga nega ketyapsan?

- Ishxonamdan otpuskaga chiqqanim uchun dunyo bo`ylab sayohatga chiqqandim. Yevropaga ham borib aylanib kelmoqchi edim

- Buni aniqlemiz. Hozircha esa teraktlar uyushtirish uchun deb yozib turamiz.

JonPo`lat asabiylasha boshladi. Lekin buni sezdirmaslikka urinardi. Agar bilib qolishsa bularning g’alabasi edi, yanada siquvga olishardi. So`roq qilayotganlar tinimsiz biri olib biri qo`yib sigaret chekishardi. Xonani tamaki hidi tutib ketgan. Huddi tumandek qalin tutun suzib yurardi.

Davom etamiz…

- demak, sani bo`yninga bemalol 159 ni ilsek bo`laveradi.

Po`lat sir boy bermaslikka urinardi. Asta kulib javob berdi

- o`lgan odamgaya? Jenevada jinoyat kodeksida 159-modda mamlakatda senzura taqiqlanishi haqida.

Endi tergovchilar asabiylasha boshlashdi. Bu ahmoqlar Shveytsariya qonunlari haqida nimani ham bilishardi? Ular hatto o`zimizning qonunlarni ham mukammal bilmaydigan ongsiz mavjudot edilar. Vazifalari faqat aybni bo`yniga ilish edi.

- xohlasek tiriltirip ham olamiz. Agar kerak bo`lsang

Tergov 3 kecha-kunduz tinimsiz davom etardi. Tergovchilar almashib turar, Po`latjonga esa uyqu, dam bermay siquvga olishardi. Nihoyat 3-kunda Po`latjonning irodasi tugab charchoq ustunlik qilib ko`ziga projector yoqilganiga ham qaramay yo uyquga ketdi yo hushidan. Ustidan bir chelak suv sepib o`ziga keltirishdida so`roqni davom ettirisha boshlashdi. Muttasil bedorlikdan burnidan qon keta boshladi. Qo`pollik bilan paxta tiqib qo`yib davom ettirishardi. Lekin Po`lat ularni har savolda mag’lub qilar, xato qilmaslikka urinar bu esa tergovchilarni qattiq asabiylashtirib quturtirib yuborardi. Eng qizig’I JonPo`lat ularning nima xohlashayotganiga unchalik tushunmas edi.

- san uyushgan jinoiy guruh tuzib kimlarga tahdid qilgan edin

- agar eson-omon chiqib ketsam, san aytgancha bo`laqolsin. Shunday guruh tuzib birinchi bo`lib sanga tahdid qilaman…

Shu gap ortiqcha bo`ldi. Tumshug`iga tushgan mushtdan shundoq ham boshqa darmoni qolmagan Po`lat yerga uchib tushdi…

Ko`zini ochganda tor, zax va qorong’u holatda betonda bukchayib yotardi. Hech narsani idrok qila olmas edi…

Qancha yotdi bilmaydi

Eshik ochilib bir tutam nur tushdi va ovoz keldi.

-Po`lat Abdullayev chiqing ozodsiz.

Bu so`zlar tushidami yo o`ngida? Buni anglaydigan ahvolda emasdi… yana o`zidan ketdi.

O`ziga kelganda qandaydir yo`l chekkasida yotardi. Qorong’u, nazarida yarim tun edi. Amallab o`rnidan turdi. Katta yo`lga chiqdi. Farg`ona ko`chasiga o`xshar, lekin aynan qayerda ekanligini bilmasdi. Mashinalar unga to`xtamas. Dabdala kiyimi, abjag`I chiqqan basharasidan uni alkash deb o`ylashayotgan bo`lsa ajab emas. Ilojsiz tarzda bir taksini yo`liga tikka chiqib bordi. O`rta yoshlardagi kishi arang to`xtatib, tushib o`dag`aylay boshladi… Po`lat unga manziliga olib borib qo`ysa katta pul vada qilib ko`ndirdi. Mashina hovlisiga to`xtagan vaqtda tong yorisha boshlagan, mahalladagi xo`rozlar qichqira boshlagan. Hamma sahargi shirin uyquda edi. Toki Po`lat sudralib darvoza oldiga borguncha eshik ochilib do`ppi kiygan jiyanlari stullarni ko`tarib chiqa boshlashdi. Bir ahvolda turgan akalarini ko`rib bir zum qotib turishdida xolaaaaa deb uyga otilishdi. Yigit bularni idrok qila olmas, ongsiz tarzda ichkariga qadam bosar edi. Birdan qiy-chuv hamma yugurgilab chiqib uni o`rab olishgan onasi esa quchoqlab yum-yum ko`z yosh to`kardi. Hech kimni hayoliga taksist kelmasdi. Sodir bo`layotgan voqealarni tushunmasada bu oilaga katta quvonch hadya etganini tushunib indamasdan gazni bosib yo`liga ravona bo`lib ketdi.

Po’latning dadasi mashinani shoshilinch yurgazdida o`g`lini ko`targanicha oldi o`rindiqqa joyladi. Hamma shok holatda edi. Kechagina ko`mib kelishgan o`g`illari bugun sog` salomat bo`lmasada oldilarida tirik turar edi. Yo`lda o`ziga sal

O‘xshash hikoyalar