tungi.ru

Lola... Bolalar uyining bolasining dardlari...

Uning ko'zlari judayam chiroyli.

Tabassumiku xuddi menikiday.

Xavo qanday bo'lmasin, temir darvoza oldida kutib, qoram ko'rinishi bilan baqirib qoravul cholni o'takasini yoradi.

- Oyijon, oyijon kelyaptilar. Uraaa... Yugurib kelib bo'ynimga osilgach to'yib hidlaydi. Cho'lpillatib yuz-ko'zimdan o'pib, yelkamdagi sumkani yelkasiga ilgachgina ichkariga boshlar ekan hafta davomida yig'ilib qolgan hasratlarini yog'dirib tashlaydi.

- Nega kechikdingiz? Endi hafa bo'lmoqchi edim...

Unga har doimgidek kutilmagan ishim chiqib qolganini aytib, o'zimni oqlaganday bo'laman.

- O'qishlaring, sog'lig'laring yaxshimi?

- Yaxshi... Anuchi, bu hafta hech kimni olib ketishmadi. Xamma joyida. Komillarning guruhidagi Asalni esa qaytarib olib kelishdi. Yangi adasi yoqmagan emish. Yo'q, u adasiga yoqmabdi.

Bunday holatlardan xabarim bo'lgani uchun ham Lolaning holatini ko'z o'ngimga keltirib, eshitilar eshitilmas so'z qotaman.

- O'zi aytib berdimi?

- Yo'q, u hech kim bilan gaplashmayaptiku. Kechqurun uyqisirab yig'lagan ekan. O'shanda eshitishib qolishibdi.

- Xa, - deyman, bo'gzimga qadalgan tosh bilan arang ikki dona harfni bir-biriga qo'shilib

- Yana qanday yangiliklar?

- Qolganlarni darvoza oldiga chiqarmay qo'ydilar Ra'no opa. Ruxsat yo'q. Qochib ketishadi deb o'ylashsa kerak. Qayerga ham borardik.

- Ruxsat berishmasa, sen qanday chiqyapsan?

- Yo'lini topyapman... Sojida opaning ko'zlarini shamg'alat qilib yuguraman. Faqat, kelmay qolgan kunlariz yomonda. Kayfiyatim tushib ketadi.

Lolaning jingalak sochlarini silar ekanman, aybdorona xo'rsinaman;

- Meni ham ishlarim ko'pda bolam. Ba'zan kela olmagan kunlarim o'zimni yomon ko'rib ketaman.

- Nima uchun? O'zingiz aytgandingizku, yomon kayfiyat yomon kasallikni chaqiradi deb. Siz esa kasal bo'lmang, bizga keraksiz. Menga ham... Xa, aytgancha "Koptokcham" degan sher yozdim...

- Qani aytib berchi. Yoddan bilasanmi?

- Bo'lmasamchi!

Yarmi qizil loladay

Yuguraman ortidan.

Go'yoki yosh boladay...

- Nega endi "go'yoki yosh boladay". Atigi to'qqizga kirgansanku, yana keksa odamday yozibsan. Oxirgi satrini o'zgartiramiz...

- Yo'q, - deydi Lola qatiy bosh chayqab. Shundayligicha qolsin. Chunki men allaqachon yosh bola emasman.

Uning katta dardini his qilsamda bo'g'zimdagi titroqni arang bosib ko'nglini topishga harakat qilaman.

- Bu nima deganing qizim? Sen oppoqqina, shiringina qizaloqsan. Qolaversa judayam aqllisan.

- Aldamang, agar oppoqqina, shiringina bo'lganimda allaqachon meni bu yerlardan olib ketgan bo'lar edingiz. Agar aqlli bo'lganimda tuqqan onam tashlab ketmasdi... Men...men Lolani mahkam quchoqlab yuragim tub-tubidan otilib chiqqan faryodimni bosa olmay, yuz-ko'zidan o'par ekanman aybdorona shivirlayman.

- Qizim, sizlar ko'pchiliksiz, bir seni olib ketsam qolganlar hafa bo'lishadiku. Sardor, Munira, Nigor, Jamshid... Ular sendan ham kichkina. Axir sizlar bir oilasiz. Aka-opalaring, uka-singillaringni tashlab ketishsa ko'zing qiyadimi? Qani endi kattakon uyim bo'lsaku, hammangizni olib ketsam... Bunaqa sher yozaversang boshqa kelmayman...

Oybek, Alisher sherlarichi. Ayniqsa Yuliyaniki! O'zingiz eshitib yig'lab yuborgandingizku... Patila sochlari sap-sariq, quralay ko'zlari shaxlo qizchaning sheridan rostdan ham ta'sirlangan edim

Мама словно чуда, ангел

Но не видела ее''...

Но надеясь встречу с нею

Только пишу про нее''

Мьi конечно - дар от Бога,

Свет в окошка в дом родной

Не живи тьi одинока

Мама забери с собой...

O'shanda shaharning qaysidir puchmog'ida axlat quti ichidan topilib olib kelingan tashlandiq Yulyaning taqdiridan hali bexabar edim. 15 yoshli shogirdimning otasi o'zbek ekanligini bilgach esa bir lahzalik aysh-ishrat quli bo'lgan millatdoshimni la'natladim....

Davomi bor....

Odnodan olindi, bir tanishimni hikoyasi...

E'tiborlariz uchun rahmat!!!

Adminga alohida rahmat!!!

O‘xshash hikoyalar