tungi.ru

Sensizlikdan charchadim...

Sensizlikdan charchadim...

- Sevgi nima! Bu o`zi qanday tuyg`u?

Sog`inchchi? - uning eskirib ketgan suratiga termuldim. - Bu tuyg`ular senga begona. Eshityabsanmi meni? - u kulib turaverardi.

``Sensizlik.`` Bu so`z qishning izg`irinidek, naqadar sovuq eshitilmasa. Bag`ritosh muhabbat neyligin bilarmidi.

- Sendan nafratlanaman. - zora alamimni bossa deb suratini to`rga bo`lib tashladim...

Ahlatchelak tepasida qo`l cho`zgancha, qo`limdagi bo`laklangan suratlarga nursiz tikilaman. Eng qammatli narsasini yo`qatayotganday, toqatsizlanaman. Tashlab yuborishga ko`zim qiymadi. Fikrimdan aynib poltoyimni ichki cho`ntagiga solib qo`ydim surat bo`laklarini. Bo`laklaganimdan qattiq afsusdaman...

Ko`chaga chiqdim qor yo`ib tuyrib, havo sovuq. Sovuqqa qaramay ko`chada odam ko`p. Hammalari shoshilishgan bazilar o`qishga, bazilar ishga, yana kimlar oyla tashvishlari bilan. Hammalari nima qilishlari-yu, qayerga borishlarini aniq bilshadi. Faqatgina men, ketyabman-u, qayerga nima uchun borayotganimni anglamayman. Tongi nonushtada oyim dadamning aytgan so`zlari qattiq tasir qildi. Ayniqsa dadamning jahil ustida, ``Sog`lig`ing joyidami o`zi?`` degan so`zlari suyak-suyagimdan o`tib ketdi...

Bu tushkun xolatda mashinada biror korholga uchramay deya chetga olib to`xtatdim. Birdan qo`lida guldasta ko`targan yigit old o`rindiqqa o`tirdi. Avvaliga, hech nimaga tushunmadim.

- Yaxshimisiz. - salomlashib qo`l uzatdi. - Talabalar shaharchasiga...

Tezda a`qliy foalyatim, ishga tushib ketdi. Nazarimda shu yigit boyagina qo`l ko`tarib taksi to`xtatayotgandi. Meni to`xtaganimni ko`rib taksis deb o`yladi chog`i. Sovuq bo`lishiga qaramay, yuzuda bahoriy kayfiyat, shunday qishli-qirovli kunda guldasta olvolgan, o`ziga qaragan, og`zi qulog`ida. Tushirib yuborib, shu yigitni ham kayfiyatini buzmayin degan hayol bilan, mashinani asta joyidan qo`zg`atdim...

- Aka narhini kelishmadik-ku?

- Ot bilan tuya bo`larmidi!

Balki shu kayfiyati ko`tarinki yigitga suhbatdosh bo`lsam, zora chalg`ib o`zimni qiynayotgan keraksiz o`y fikrlardan halos bo`larman degan o`yda yigitga gap qotdim.

- Bugun biror bayrammi?

- Yo`q shunchaki... -dedi, gapimga e`tiborsiz eski telifonini soatiga qarar ekan.

Gaplashgisi yo`q yoki u ham o`z olamida uchib yuribdi...

Talabalar shaharchasiga yetib ketdik. Yigit cho`ntaklarini titib tipirchilab qoldi. Nigohlari esa bizdan bir necha mertlar narida kutib turgan chiroylikkina qizda.

- Aka bizdan qancha? -menga gapiryabdi-yu, hayolan qizni oldiga yetib borib bo`ldi.

- Oshiqlarga tekinga hizmat qilamiz.

- Aaaaa! - yigit menga qaradi.

- Taksis emasman boraver ukam...

- Rahmat... - uzatib turgan, mayda pullarini cho`ntagiga qaytib soldi. - Rahmat aka! - qiz tomonga oshiqdi.

- Ho`y ukam... - mashinada qolib ketgan guldastani qo`limga oldim.

Bir necha qadam tashlab ulgurgan yigit ortiga qaytdi. Sal qolsa unitayozgan gullarini olarekan, hayajonini yashirib, iljaygancha yelka qisib qo`ydi...

Ketishga shoshilmadim. Qish kunida berilgan gullar, nozik qalb egalari uchun ajoyib sovg`a. Yettinchi osmonda uchib yurgan bu ikki yoshni ko`rib, hayolan bir necha yil o`tmishga qaytganday bo`ldim. Bir paytlar men ham huddi shu yigit kabi, sovuqni-sovuq, issiqni-issiq demay o`z dildorim oldiga shoshardim. Soatlab qizlar yotoqxonasi yonida kutishdan charchamas edim. ``Talaba ochdan o`lmaydi!`` degan shiyor bilan, uning birgina tabassumi uchun, stependiyamni so`ngi tiyinigacha sarflashdan tab tortmasdim. Ishq dardida telba edim...

Orqadan kelgan mashina signali, hushimni o`zimga keltirdi. Soatimga qaradim, ish vahti boshlangan. Ortga qaytib ishxonaga shoshildim. Ishga ko`milib o`zimni chalg`itishga urundim...

Abet vaqti xonada faqat o`zim qoldim. Ertalabgi nonushta sababli, ishtaham yo`q. Bir bo`lak qog`ozga yelim surib, o`zim bo`laklagan suratni butlash bilan ovoraman. Hayolan esa tongi nonushta vaqtidaman...

Har kungidek ishga shoshilardim. Stulga o`tirishim bilan onam oldimga bir xovich mayiz, qant-qurs qo`ydilar.

- Ol o`g`lim, Jimilani fotihasidan.

- Yangilik-ku baxtli bo`lsin, - deya mayizdan og`zimga soldim. - Jamilaxonam qishda turmushga chiqaman deb kutib yurgan ekanda. Baxtli bo`lsin nasib qilsa to`yida xizmat qilamiz...

- Ilohim senga ham yaxshi joylardan keln qilaylik... -onam yengilgina hursunib yuzlari burdilar. - Jamilayam turmushga chiqyabdi. Shu qizni kelin qilaman degandim...

Jamila qo`shnimizni qizi, juda yaxshi qiz. Onam ``Seni o`zim kelin qilaman!`` der edilar. Shuni uchun Jamila bir necha yil o`g`zimni poylab yurdi.

- Kecha ammang bilan bir yerga borib keldik...

- Bekor qilibsiz...

- Ahir senam uylanishing kerak-ku!

- Baribir mendan bir og`iz so`rashiz kerak edi.

- Senga qolsa, soqoling silkillab chol bo`lganingda ham uylanmaysan. Sen tengilarni bolalari maktabga bordi...

- Oyi shoshilmang. Hammasini o`z vaqti bor!

- Qachon? Yoshing ham o`ttizga chiqdi o`g`lim..!

- O`ttiz demang, endigina yigirma sakkiz, yarimdaman-u!

- Men bilmayman, o`sha qizga uylanasan!

- Dada duo qiling, - qo`l soatimga qaradim. - Ishga kech qolyabman...

Dadam shoshmay, piyoladagi choyni ho`pladilar.

- Ish qochib ketmaydi. Hozir sen menga ayt, qachon uylanasan?

- Eee dada. Siz ham oyimga qo`shildizmi?

- Yoqtirganing bo`lsa ayt. Oying, ammalaring bilan borib keladi...

- Yoqtirganim yo`q... - soatimga qarab-qarab qo`ydim.

Dadam qovog`larini solib, piyolani stol ustiga urdilar.

- Iloho omin, tan sihatlik, tinchlik omonligini bersin... -deya uzundan-uzun duo qilib yuzlariga fotiha tortdilar.

- Ishga ketyabman... -deya o`rnimdan turdim.

Dadam stolga bir musht tushirdilar.

- Sog`lig`ing joyidami o`zi? -dedilar g`azabno ohongda...

Dadamning bu so`zlari dilimni qattiq og`ritdi. Lekin o`ylab qaralsa, ularni ham tushunsa bo`ladi. Bitta o`g`il bo`lsam, faqat men uchun qayg`urishyabdi-ku. Oyim sho`rlik har gal to`y marosimlarga borib kelgandan so`ng homush tortib qoladilar. Ko`ngillaridan nimalar o`tishi ayon...

Taqdirimga tavakkal. Qo`l telifonimni oldim. Uyga qo`ng`iroq qildim.

- A`loo...

- Assalom a`laykum oyi men Odil...

- Ha... O`g`lim...

- Oyi men rozi, siz tanlagan qizga uylanaman...

Telifondan oyimning ovozlari eshitilmay qoldi. Bildim quvonganlaridan yig`layabdilar.

- Oyi qolgan gapni uyda gaplashamiz!

- Ho`p, o`g`lim... -dedilar titragan ovozda.

Telifon go`shagini qo`ydilar.

Qo`limdagi uning butlangan suratiga tikilaman. Labida tabassum, huddi meni shu kuyga solib qo`yib ustidan kulayotganday.

- Kul. Kulib qol! -hayolan u bilan gaplashaman. - Sen allaqachon ikki bolani onasi bo`lgandursan. Mana ko`rasan, men ham o`sha qizni dunyodagi eng baxtli qizga aylantiraman...

- Odil aka kim bilan gaplashyabsiz? -dedi abetdan qaytgan hamkasbim Umida.

- Jinlarim bilan... -deb suratni cho`ntagimga solib qo`ydim.

- Abetga chiqmadiz?

- Qornim to`q edi, -bu sersavol qizni savollaridan o`zimni olib qochib, tashqariga chiqdim...

Shomga yaqin ishdan uyga qaytim. Oyim hamma ishni pishitib qo`yibdilar.

- O`g`lim dam olish kuni uchrashuvga chiqasan!

- Ertagami?

- Ha bolam ertaga...

- Shartmasdi. Sizga yoqdimi bo`ldi...

- Senga ham albatta yoqadi. Hushfelgina, jucha chiroyli, sochlari uzun, muloyim jilmayib turadi o`zi o`qtuvchi maktabda ishlaydi, -oyim qizni tariflay ketdilar. - O`z yo`lini topib olgan qiz ekan, menga juda yoqdi. Huddi orzuyimdagidek kelin...

- Ho`p oyi. Uchrashuv bo`lsa uchrashuvda...

Rosti ko`nglimning bir chetida, afsus bor. Ammo o`zimni ovutaman. O`z orzuyimdagi qizni topa olmadim. Mayli oyim orzu qilganiga uylanib baxtli bo`lishga harakat qilaman...

Tun bo`yi shu o`y hayollarda yotib tonga yaqin uhlab qolibman.

Tush ko`rayotgan ekanman. Kattagina Supermarket uzundan-uzun navbatda turgan emishman. Meni navbatim keldi...

Sotuvchi o`rta yoshli ayol kishi.

- Qanaqasidan kerak?

- Nimalar bor? - nima sotilyabdi bilmayman-u, hozirjavoblik qilaman. - Eng bozori chaqqonlardan ko`rsating...

- Hozirda, mana-bu eng haridorgir...

- Nima ekan-bu?

- Hiyonat...

- Nima dediz?

- Hiyonat...

- Nahot shu jirkanch narsani olishyabdi!

- Ha-da... Hozirda nafaqat yoshlar baliki kattalar orasida ham ommalashgan. Erkak ayol jins tanlamayabdi, hamma bop olasizmi?

- Yo`g`e bunday tuyg`uga muhtoj emasman... - hursunib sotuvchiga qarayman. - Muhabbat, sadoqat yo`qmi?

- Bor... Qayerdadur bor edi, -aylanib qidira ketdi. - Ha mana topdim... Birnechta qolibdi, shular ham dars ketgan...

- Butuni qolmabdimi?

- Qurg`ur jaaa mo`rt bo`larkanda. Salga sinib qoladi. Sinovlarda toblanmagan-da...

- Afsus! - yana atrofga qarayman.

- O`zi nima izlayabsiz?

- Bevafolik dastidan yaralangan qalb uchun, malham...

Kastuymimni ichki cho`ntagida, bir parcha etni kaftimga oldim. Bazo`r qimirlayabdi, tirnalib hamma yeri yara bo`lib ketgan...

- O`ooo tilka pora bo`lib ketibdi-yu! -sotuvchi achinib bosh qimirlatib qo`ydi. Kaftimdagini avaylabgina joyiga soldimda ortga qaytdim.

- To`xtab turing, sizga kerakli narsa qayerdadur bor edi...

Sotuvchi meni allaqanday beytartib bo`lib yotgan, omborga boshlab kirdi. Narsalarni u-yoqdan-bu yoqqa ag`darib, ancha vaqt izlab nihoyat topdi.

- Mana-bu, menimcha sizga shu yordam bera oladi. Qachondur bir qiz ko`zida yosh bilan qoldirib ketgan-di. Sababini so`raganimda ``Muhabbatim yo`lida!`` degandi! - sotuvchi qo`limga tutqazdi. - Mana oling!

Bir bo`lak varoq, orqasini o`girdim. O`zim bo`laklab so`ng yelimlab butlagan surat...

Uyg`onib ketdim. Tongda ko`rgan tushimning tabiri nima ekan? O`yga toldim.

Bu tush hayolan bo`lsada bir lahzaga meni o`tmishga olib ketdi. Qaytarib bo`lmas o`sha onlar, alamli lahzalar yana ko`z o`ngimda jonlanib, yuragimni g`ussaga to`ldirdi...

U ko`zga yaqin qiz bo`lgani uchun raqiblarim ham talaygina edi. Shulardan eng ashaddisi Alisher. U bilan juda ko`p, to`qnashar edik. To`qnashuvlar ko`pincha mushtlashuvgacha borardi. O`sha kuni, bitiruv oqshomi edi. Yana Alisher bilan tortishib qoldik. Muammoni hal qilish uchun tashqariga chiqdik. Mushtlashuvga tayor turgandim. U oramizga tushdi.

- Nimaga men uchun mushtlashmoqchisiz?

- Seni sevganim uchun!

- Men sizni sevmayman, bas qiling!

Ular bitiruv oqshomiga kirib ketishdi, men g`amni quchoqlagancha ortimga qaytdim. Birgina savol qiynardi. Nahot hammasi yolg`on bo`lsa...

- O`g`lim nima qilib yotibsan, turmaysanmi? - oyimning ovozlari bir siltab qo`ydi.

- Hozir oyi mana turdim...

- Kiyimlaring dazmollab qo`ydim... Bugun uchrashuvga chiqasan yodingdami o`g`lim? -oyim meni qaysirlik qilmasin deya muloyim ohangda so`radilar.

- Yodimda... - istamaygina bosh ko`tardim. Oyim yana mendan ko`z uzmay turib qoldilar. - Chiqaman oyi, tashvishlanmang!

* * * * *

Soat 14:00 aytilgan, onalarimiz kelishib qo`yishgan joyga shirinlik olib bordim. Biroq uchrashuvga kelishi kerak bo`lgan qizdan darak yo`q...

To`g`ri tushunsa bo`ladi. Ahir u nozik jins vakili, kuttirishi kerakda... Uni kech qolganini o`zimcha oqlagan bo`ldim.

Skameka ustidagi qorni sidirib tashlab, o`rnashib oldim. Ohirgi yillarda, judayam hayolparas, o`zim bilan gaplashadigan bo`lib qolgandim. Tasovurim juda boy, hayolot ummoniga o`z qayig`imda sayirga chiqsam butun ongim tashqi olamdan uzulib qoladi. Biror turtki bo`lmasa qarshimdagi insonni ham sezmayman...

Sovuqqata boshlagan qo`llarimni cho`ntagimga soldim. U kelsa nima deyman! Qanday gaplashaman! O`zimcha u bilan bo`ladigan suhbatga tayorlana boshladim. Unga qanday murojat qilaman? Jin ursin ismini ham so`ramabman. Oyim ham tarifini keltirdilar-u, ismini aytmadilar. Balki aytgandurlar, o`zim parishonhotirligim tufayli eshitmay qolgandurman. U qanday qiz ekan-a? Oyim aytishgan tariflar asosida qizni tasvirini tasavurimda shakillantirishga harakat qildim...

Uydan chiqayotganimda o`tmishdagi sevgilimni suratini olvolgandim. O`sha o`zim bo`laklab, so`ng yelmlab butlagan, hatto tushlarimga ham kirib chiqayotgan suratni. Bir eshik ochilsa albatta ikkinchisi yopiladi. Agar uchrashuvga keladigan qiz bilan, taqdirimiz bir bo`lsa, o`tmishimni qalbim tubiga tashlab unga qulf osaman. Bir necha yil yonimda saqlaganim, har qaraganimda bevafoni eslatuvchi manashu suratdan ham qutilaman degan o`yda olvolgan edim. Uning suratiga tikilaman, u har doyimgidek kulib turibdi. Yaqindagina tasavurimda yaratgan qiz bilan uning suratini taqqoslayman...

- Assalom a`laykum...

Yoqimli ovoz, biroq juda tanish ovoz. Bu ovoz hayolarimni hazon barglarideb to`zg`atib yubordi.

Yoo rabbim. Kutayotganim o`rniga kutmaganim kelibdi. Ammo aynidamda bir necha yil, kutganim kutulmagan vaqtda, qarshimda hayrat to`la ko`zlarini tikib turardi. Suratdan jonlanib chiqib qolganday...

- Nigora sen... -undan nafratlanganim uchun, nicha yillar uning ismini aytishni istamaganman. Eslaganimda doyim ``U`` der edim. Nigorani jamolini ko`rdimu o`z-o`zidan uning ismi tillarimda jarangladi. Tan olishim qiyim ammo Nigorani ko`rib ich-ichimdan quvonib ketdim. Yuragim orziqib tipirchilab ketdi.

- Va`alaykum Nigora yaxshimisan?

- Yaxshi rahmat... -ko`zlarini yerga qadadi.

Men ham zimdan unga qarardim. Haliham avvalgidek o`sha lablar, o`sha ko`zlar, o`sh chiroy o`sha latofat. Oradan 7, 8 yil o`tgan bo`lsada, unga yillar tasir o`tqazmaganday. Ko`zlarimga ishonmay unga qarab-qarab qo`yaman. U ham ko`z tashlab qo`yyabdi. Nazarimda skunat uzoq cho`zilib ketdi.

- Ko`rishmaganizga ham ancha bo`ldi!

- Ha ancha vaqt o`tdi...

Har lahza men uchrashishim kerak bo`lgan qiz kelib qolishi mumkun. U meni Nigora bilan ko`rishini istamayman. A`qlim Nigorani ketishini, qalbim qolishini istaydi. Alanglab atrofga, so`ngra soatimga qarayman.

- Yo`l bo`lsin Nigora?

Avvaliga kiprik ostidan o`ycham qarab oldida, so`ng ko`zlarini yerga qadadi.

- Shu yerda bir kishi bilan uchrashishimiz kerak edi! - yana menga bir ikki qarab oldi. - Nazarimda o`sha inson sizsiz!

Yuragimni qishning sovuq izg`irini, bir qamchi urgandek bo`ldi.

- O`sha senmiding? Kutmagandim...

Ikkimiz ham skunat olamiga g`arq bo`lib ketdik.

- Turishimiz qara, kel o`tiraylik, - uni skamekaga taklif qildim. - Ha-ya bu senga!

Shirinlikni qo`liga berdim.

U minnaddorchilik bildirdida skamekaga o`tirdi. Issiqqina kafe, restaranga boshlab kiraymikin degan o`y ko`nglimda bor. Ammo bizni yuragimizni kuydirayotgan tuyg`ular taftini, qishning izg`irini olmasa boshqasi ololmaydi...

- Nigora nimalar qilyabsan? -bekor so`ppayib o`tiravermay degan o`yda gapga qotdim.

- O`zim orzu qilganday o`qtuvchiman.

- Yaxshi...

Qurg`ur gapirishga gap topilmaydi. Yana bir muddat jim o`tirdik.

- Sovug` emasmi?

- Sovqatganim yo`q! -javob qildi salgina jilmayib.

- Tozza havo foydali... -og`zimga kelganini valdiray boshladim. - Sovuqda yurib huzur qilaman... - o`zimcha kulaman.

- Ha... -u tabassum qildi.

Tabassumi bilan yana o`ziga asir chilmoqchidek.

- Demak turmushga chiqmabsan-da?

Yuzidagi tabassum g`oyib bo`ldi. Iyagini ko`tarib, viqor bilan ko`zimga qaradi.

- Ha...

- Nega turmushga chiqmading? Ahir Alisherni sevarding!

- Uni hech qachon sevmaganman! Ko`nglimdagi inson u emasdi...

Gaplaridan, qarashlaridan Nigora meni nazarda tutayobdi sezib turibman.

- Unda nega o`sh ko`nglingdagiga turmushga chiqmading?... -alamdan tishlarim g`ichirladi.

- Negaligini o`ziz bilmaysizmi? -lablari titradi, ko`zlari kattalashdi. - Nega o`z haligacha uylanmadingiz?

Yengilgina hursunib uning tez-tez pir-pirayotgan ko`zlariga qaradim.

- Sendey qiz boshqa uchuramadi!

So`zlarim isboti tariqasida, suratni o`ziga qaytardim.

- Bugun taqdirimga tavakkal qilib uchrashuvga chiqqan edim. Hattoki o`sha qizni ismini bilmasdim ham. Afsus u sen bo`lib chiqding...

Suratni qo`liga olarekan, lablari titrab yig`lab yubormaslik uchun kafni lablari ustiga qo`yib oldi.

- Shunaqa... Sevib o`zimni qiynadim. Manabu yerga o`rnashib olding! - ko`ksimga mushtladim. - Qancha urunmay, chiqara olmadim. A`qlimga sig`dira olmayabman. Beyfarq emasdik bir-birimizga. Lekin meni rat etding, ammo nega turmushga chiqmadim? Mayli sababing bordur, biroq bugun nega uchrashuvga kelding?...

Ichimda qancha-qancha savollar bor edi. Ammo uning ko`zlaridagi yoshni ko`rib, o`zimni to`xtatdim. Bey ehtiyor o`rnimdan turib ketdim...

Biroz ko`zyosh to`kib, so`ng o`zini tutib oldi.

- Sovchi bo`lib kelgan ayol onangiz ekanliklarini bilmagandim. Uchrashuvga esa oyimning qistovlari bilan chiqdim... Alisher bilan esa oramizda hech narsa yo`q...

- O`sha kuni ``Sizni sevmayman!`` deb aytganding. Hammasi yodimda so`ng Alisher bilan kirib ketganding...

Ovozi chiqib yig`lay boshladi. O`zini arang tutib, ko`z yoshlarini aytdi.

- Qizbolaman, qanday sevaman deb aytishim mumkun... Meni sevibsiz-u! Ko`zlarimdagi muhabbatimni ko`rmadingizmi?

Nima deyishimni bilmasdim. Na uni ko`z yoshini artishim, yoki alvido deya ketishimni.

- O`sha kuni, ikkingiz ham g`azabda edingiz, chinakamiga telba edilaring! Muhabbat tufayli ko`zlariz hiralashgan edi. Siz hatto Alisher yengida berkitib olgan tig`ni ko`rmadiz ham... Ko`zingizga tik qarab aytgan so`zlarim asli, sizni emas o`sha nomardni aldash uchun edi...

Bu so`zlarni eshiddimu, nafasim bo`g`zimga tiqildi.

- Nega menga vaqt o`tqazmay, bundan vohib qilmading?

- Siz shunchalar ishondiz-ki, hatto meni eshitishni ham istamadiz, necha bor yo`lizni poyladim. Hargan o`zizni olib qochaverdiz...

Ichimda yorishgan nur qilbimni, tub-tubigacha yorishtirib yubordi.

Asta uni yoniga o`tirdim, ko`zlaridagi yoshni sidirdim.

- Sensizlikdan charchadim...

Barmoqlaridan ohista tutdim.

Labiga tabassum yugurdi, ko`zlaridan yanada ko`p yosh oqa boshladi. Quvonch yoshlari. Yelkasini yelkamga suyab boshini ohista yelkamga qo`ydi...

Bir yanglishmovchilik tufayli muhabbat yo`llarimiz ayro ketgandi. Muhabbatimiz chin ekan, yillar o`tgan bo`lsada taqdirni o`zi yana birlashtirdi...

Tamom...

Muallif: -MAJNUN-

Boshqa hikoyalar