tungi.ru

Parilar OROLI... [ 10 - Qism...]

Parilar Oroli...

RASM

Avvalgi 1 -2 -3 -4 -5 -6 -7 -

8 -9 -Qismlar...

Biroz oradagi skunatdan so`ng Barde:

- Mehmon bizni to`g`ri tushundiz deb o`ylayman. Hafagarchilik o`rin yo`g`a-a-a? -dedi.

- Ha, ihtiyor o`zizda... -biroz skutdan so`ng, vazmin ohangda so`zimni davom ettirdim. - Har ne bo`lganda ham biribir sizlardan minadorman.

Bardeni yuzida sovuq bo`lsaham tabassum zohir bo`ldi.

Bu orada kemadagi jabrdida ( Ismlarini bilmaganim uchun shunday atashga o`rganib qoldim. ) U bir patnisda taom ko`tarib keldi.

- Mehmon bu hashamatli xonani sizni ihtiyorizga topshiraman. Sizga mazur keladi degan umiddaman!

Ustimdan kulayotganday kinoyali qilib gapirdi. Ammo bunday xonani orzu qilib ham bo`lmaydi. Buni ustiga uncha buncha kesatiqlarga etibor beradigan ahvolda emasdim.

- Rahamat... -dedim muloyimlik bilan bu shohona ehtiromni mannunlik bilan qilib.

TUSHUMMI O`NGIM...

Ular xonada meni yolg`iz qoldirib chiqib ketishdi. Nazarimda u eshikni tashqaridan berkitib, meni qamab qo`ydi. Mayli shunisi ham men uchun maqul.

Oramkursiga joylashib jabirdidani olib kelgan tamomiga qo`l urdim. Kanservalangan go`sht va jo`xori, quritilgan non. Shu oddiy mahsulotlarni ko`katlar va mevalar bilan bezab chiroyli, yeyishli tamom tayorlabdi. Bir luqma og`zimga soldim. Mazasi ham yomonmas.

Derazadan tashqariga qarab, go`zal bog` manzarasidan baxra olib ishtaxa bilan tamomni tanovul qildim.

Ayvon sayasida yurgan go`zallar e`tiborimni tortdi. Bog` oralarida ham 4, 5 tasi ko`ringanday bo`ldi. Unda bunda turli yigitlar uchraydi. Tavba hammasi bir-biridan go`zal. Huddi Liboslar ko`rgazmasida qatnashgani kelgan modelyer qiz-yigitlarga o`xshashadi.

Lekin bir narsa g`alati, hammalari qizil suyuqlik chiqadigan favvoradan idishchaga to`ldirib ichib ketishadi.

``Vanpirlar inson qonini icharmidi?`` o`yladim. ``Nahotki favvoradan chiqayotgan suyuqlik inson qoni bo`lsa?!``

Orolda o`tayotgan har soatim, g`ayritabiy voqealarni taqdim etmoqda.

Ancha o`tirdim chamamda tush vaqtidan o`tib qolgandi. Bazi chalkash savollar hanuz tepamda charh urardi. Barde kelib qolar deb kutdim. Undan darak yo`q ko`rinmaydi. Negadur Aona ham arvohday yo`q bo`lib ketdi. Yolg`izlikdagi 4, 5 soat ham uzoq cho`zilib zeriktirib qo`ydi. O`rnimdan turib yana xonani aylandim.

Uzumga o`xshash mevasi bor, tuvakdagi butani tomosha qilayotgan edim. Surot ortidagi eshik ochildi.

Aona. Negadur uni ko`rib sevinib ketdim.

Sochlarini tepaga turmaklab, oq matoga o`rab olgan. Egnida ham shunday matodan tanasiga yopishib turuvchi uzun libos. Huddi musulmon arab ayollariday butun badani matoga o`rab olgan. Hatto brmoqlari uchigacha. Eshikdan bir qadam chiqdi. Qandaydur kayfiyati alo, ko`zlari zavq shavq to`lib turardi.

- King-Barde qani?

Hamma yerga ko`z tashlab oldi.

- Chiqib ketgandi?

- Yaxshi... - o`sha damda endi uzumga o`xshash mevani bir donasini uzmoqchi bo`lib turgandim, - Tega unga... U juda kamyab... Beri kel! -dedi.

- Tinchlimi?

- Yuroqo tezroq...

Qo`limdan tutib zinadan yuqoriga boshladi.

Ko`nglimga anaqa o`ylar kela boshladi.

``Ishqilib birga bo`lishga undamasmikin?``

Zina ohirida, uchta, bo`yiga ham eniga ham taxminan uch metrli kattakon eshiklar qarshimizdan chiqdi. Ikkita titandan. Yana biri to`g`ridagi eshik qalin oynadan.

Aona oynali eshik tomon ishora qildi.

- Kiymlaringni shu yerda qoldir, -dedi.

Huddi o`ylaganimday.

- Nega?

- Kiyimlaring to`la bakterya! - jiddiy tikildi, - Tez-tez bo`l, senga bir narsa ko`rsataman!

Asta kiyimlardan halos bo`la boshladim. Bir zumda onadan tug`ulganday halatda bo`ldim.

Aona devordagi sensir ekrandagi tugmani bosdi. Oyna yuqoriga ko`tarib ochildi. Aona tirjayib qitmirona nazar tashlab qo`yardi. Undan biroz uyalib, avratimni kaftim bilan to`sgancha bo`lmachagi kirdim. Kivadirat shaklidagi bo`lmacha. Teppa, past, o`ng, chap devorlariga, un elagidek mayda teshikchalari bor qoplama qoplangan. Qarshimizda yana bir oyna. Tushungan bo`lsam buyerda mikroblardan xolos bo`lamiz. Demak ichkarida labaratorya bor.

- Ko`zingni yumma, qo`llaringni oldinga cho`z...

Uni aytganini qildim. Bir necha sonyadan so`ng, chiyildoq yoqimsiz ovoz eshitildi. Zarg`aldoq tusli mayda zarracha. Atrofimizdan purkalib bo`lmacha ichi tumanday changib ketdi. Burin, quloq teshiglarigacha kirib ketdi. Hatto ko`zlarimni qoplab oldi. Kukun quruq, ammo tanaga tekkanda vijillab badanda tozalardi. Ko`zlarim pardasiga qo`ngan kukun vijillab yo`q bo`lib ketdi. Achishtirmadi ham, qaytanga ko`zim ancha ravshanlashganday tuyuldi.

Eshik ochildi meni esa og`zim ochilib qoldi. Rivojlangan davlatni mahfiy labaratoryasiga kirib qolganday edim. Labaratoryadagi anjomlarni o`ta zamonaviy diyishdan ko`ra, kelajak uskunalari deyish maqulroq.

Bir so`z bilan aytganda labaratoryada uchraydigan har qanday allambalolar bor edi.

Yana huddi Aonaday o`ranib olda 7, 8 kishilar ham bor. Qaddi qomatidan 3, 4 tasi erkak, qolgani ayollar. Ulardan biri menga ham mahsus kiyim keltirib berdi. Yalang`och bo`lganim uchun, g`alati cho`ziluvcha matodan tikilgan kiymni tezgina kiyib oldim.

Aona ninjalarnikiga o`xshash og`iz-burinni to`sib turuvchi niqob berdi. Yuzimga taqib oldim.

Hamma o`z ishi bilan band.

Aona meni xona markazidagi mikraskop tomon boshladi. Qon ustida allaqanday tajribalar o`tqazilardi. Ko`ziga ko`zoynak taqqan qiz kolbalarda qandaydur suyuqliklar ustida ishlardi. Tanish ko`rinayotgan qizga tikildim. U ham birdam diqqatini buzib men tomonga qarab qo`ydi. Ahir bu o`sha kemadagi jingalaksoch qiz-ku!

Tushungan bo`lsam hammasini o`z vazifalari bor. Barde ish yurutuvchi yoki orolni nazorat qiluvchi kishi. Jabirdida oshpaz. Demak bu jingalaksoch tibbiyotdan xabardor.

Bazi narsalar yodimga tushdi. Kemada ham aynan shu jingalaksoch mendan qon olgandi. Ko`ngilni sezgirligini qarang. Mikraskop oldiga yetganimizda aynan meni qonim tekshiralayotganini tushundim. Aona mikraskop ostidagi, bir tomchi qonga qarab meni hayratga solgan gaplarni aytdi.

Avvaliga bazi sirlarimni gapirdi. Qayoqdan bilgan tushunolmadi. U esa qonimga qarab aniqlagani aytdi. Ishonish qiyin...

Keyingi gaplari yanaham g`alati. O`n daqiqa shunaqangi bidrladi-ki, boshim yorilib ketay dedi. Qisqagina aytganda, insonda qandaydir kuchmiye yoki boshqa o`lchovi bo`lar ekan! Oroldagilarni ko`rsatkichi 380, 410 gacha. Aaa meni 902 emish. Juda ko`p gapirganidan, ko`p gaplariga tushunmadim.

Bir burchakdagi shiysha idishlarga solib qo`yilgan, insonni bosh miyalari diqqatimni tortdi. Bu biroz yurakka vahima soladi. Aona esa endi umuman a`qilga sig`maydigan narsalar haqida gapira boshladi. Abadiy Hayot haqida. Gapni qisqasi hamma narsa inson miyasida emish. Miyani ochib, ayrim tizimlarga tasir o`tqazish orqali. Inson tanasini muzlatib qo`yish mumkun ekan. Yani qarish jarayoni batomon to`xtatilar va inson mangu yoshlikda qolar. Yana ayrim nuqlar orqali inson ko`rinishidagi o`zgarishlarni amalga oshirish, yani istarasi issiq go`zl ayol, kelshgan yigitga aylanish. Yana jismoniy kuchni oshirish yoki inson aqliy fayolyati 100 % o`stirish bir so`z bilan aytganda haqiqiy super odamzotni shakillantirish mumkun ekan.

Gapni ochig`i bu gaplardan ensam qotib, labaratoryadan chiqib ketishga izin so`radim.

Aona ishonmaganimni tushunib miyg`ida jilmayib qo`ydi.

Hullas labaratoryada bo`lgan, 20 daqiqali sayoxatga nuqta qo`yib ortga qaytdik.

Endi Aona chiqishimizda chap tomndagi titan eshik tomon yo`l soldi.

- Farruh bu yerga yur...

Titan eshik sensirdagi raqamli kodlar terish orqali ochilar ekan. Eshik ochilganda ichkariga kirdim. Bu yer hazinaxona edi. Shuncha ko`p boylik tushga ham ko`rishi amrimahol.

Mustaxkam qalin oyna ichidagi, ko`kimtir tusli odam boshiday keladiga narsa diqqatimni tortdi.

- Aona nazarimda men bu narsani bilaman... -dedim hayrat bilan.

- ....duz

Aona allambalo nom bilan atadi.

Men bu narsa haqida ilmiy ko`rsatuvda ko`rgan edim. Adashmasam nomi ``Antimodda!`` edi.

Yerdagi eng qimmat substanciya (doim xarakatlanib, o'zgarib, rivojlanib turadigan materiya, butun borliqning birlamchi asosi). O`shanda eshitganim ros bo`lsa bu moddani, milligramm pozitronlarni ishlab chiqarish juda qimmatga 25 mln. dollarga tushgan ekan.

Yana Antimoddani kelajakda fazoviy kemalar uchun yoqilg`i sifatida qo`llash mumkinligini aytishgandi. Biroq, atigi bir grammni yaratish uchun, butun dunyo aholisi naqt bir yil davomida to`htovsiz ishlashi lozim emish. Antimoddaning bir grammi 62 trlyon. dollar turishini ham eshitgandim. Meni qarshimda esa kallamday kattalikdagisi turardi.

- Farruh ko`rdingmi menda qanday noyob narsalar bor?

- Haaaa, haqiqatdan noyob... Aaaaaaona...

Duduqlanib nima deyotganimni bilmasdim. Lekin o`ylab aytmoqchi bo`lgan gapim: ``Aona siz sayyoramizdagi eng boy kishisiz!`` demoqchi edim.

- Ko`rib turganlaringni hammasi seniki...

Bu gapdan keyin tilimni yutib yuborganday bo`ldim.

- Nima-a-a?

Aonani esi og`ib qolganday gapira ketdi. Biz birga bo`lishimiz kerakligini, farzandlarimiz orolda hukmron bo`lishi... Hullas shunga o`xshash allambalo gaplar, tildagi bazi muammolar sabab Aona ehtirosga to`lib aytayotgan ko`pgina so`zlarga tushuna olmasdim...

Orqamdan o`tkir jisim bilan zarba kerishdi. Hanjarmi yoki qilich, qovurgalarim orasidan yorib o`tdi, tig` uchini ko`rdim.

Oldiniga Aonani qichqirig`i, ortimga o`g`rilganimda Bardeni g`azabga to`lgan ko`zlarini. Yana g`alati gaplarni eshitdim. Eslaganim ohirgi eshitgan so`zim, Barde Aonaga ``Ona!`` deb murjat qilgani edi.

Uyg`onib ketdim. Oramkursida o`tirib uxlab qolibman.

``Hayryat tushum ekan!``

- Yaxshi dam oldingmi?

Deraza yonida Aona turardi. Biroz narisida Barde.

Qattiq luqqulab og`riyotgan boshimni ushlab, o`rnimdan qo`zg`aldim. Go`yo 10 kun qimirlamay uhlagan insonday suyaklarim qisirlab ketdi. Tomog`im esa qaqrab ketgandi.

- Daxshatli tush ko`ribman!... -dedim.

Barde sarosimada. Aona esa havotirda bir-biriga qarab qo`ydi. Bo`lgan voqealar rostdan bo`lganday tuyulib shosha-pisha jarohat joyini ushladim. Soppa sog`, rostan tushum ekan. Ammo har qancha o`ylashga urunmay qachon bu oramkursiga yotib uxlab qolganimni eslay olmadim.

Boshimdagi og`riq ham o`ylashga qo`ymasdi. Boshimni ushlab g`inshilladim. Bir narsa malum, men bilan qandaydur voqea sodir bo`lgan...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar