tungi.ru

Iffat Pardasi 1

Mashhur ginekolog professor

shunday hikoya qilib bergan

edi: «Tug'ruqxonada ilk

farzand ko'rayotgan ayolning

tug'ishiga nimadir xalal

berardi. Qarasak, chaqaloqning boshi qalin qizlik pardasiga

taqalib turgan ekan.

Shu pardani qirqqanimizdan

so'nggina bola bemalol

tug'ildi. Bu holni ayolning

eriga aytib berganimda, u ilk oqshomdan buyon rafiqasini

qiz chiqmagan — nomussiz,

deya o'ylab hanuzgacha

iztirobda yurganligi ma`lum

bo'ldi».

Fikrimizni davom etishdan oldin yana bir maktubni

ko'zdan kechirsak: «23 yoshga

to'ldim. Mendan katta akamni

ikki marta uylantirishdi.

Ikkovlari ham, afsuski, qiz

chiqmadi. Endi meni uylantirishmoqchi, ammo men

qizlarga mutloq

ishonmayman. Chunki

orzularim akamnikiga o'xshab

chippakka chiqishidan

cho'chiyman. Yaqin bir do'stim uylanishni rejalashtirayotgan

qizi bilan to'ygacha qovushib,

ko'nglini xotirjam etmoqchi.

Ovro'po mamlakatlarida ham

yoshlar to'ygacha bir necha

yillar davomida o'zlarini

sinashadilar-ku?! Men ham

shunday yo'l tutaymi? Qizlik

pardasidan mosuvo bo'lgan

ayrim buzuqilar nomus

belgisini ba`zi do'xtirlar yordamida tiklab olishlari

rostmi?»

Boshqa hikoyalar