tungi.ru

YIGITLAR UCHUN

O'z qizini zo'rlaga vaxshiy ota [VIDEO]> Bosh sahifa / Главная » 2014 » Март » 7YIGITLAR UCHUN.!! Har bir yigitning kayfiyati,

o'zini tutishi va qilmoqchi

bo'gan ishlari juda juda ko'p

hollarda sevgan qiziga bog'liq bo'ladi. Ikki sevishgan insonning hayoti

deyarli har doim bir-biriga bog'liq bo'ladi.

Bu esa munosabatlarning imkon qadar

yaxshi va iliq bo'lishi shart ekanligini

anglatadi.

Har yerda muvozanat bor. Sevishganlar munosabatining davomiy bo'lishida juda

ko'p narsalarning o'zaro munosabati o'ta

muhim rol o'ynaydi. Shu jumladan, ikki

kishi o'rtasidagi sir ham (garchi shu ikki

kishi bir-birlariga qanchalik yaqin

bo'lishmasin) munosabatning qay yo'sinda davom etishiga ta'sir ko'rsatadi.

Qizlarning o'z sirlari bor. Bu sirlar

keragidan ortiq darajada ko'p deyish ham

to'g'ri bo'ladi. Shu qatorda, yigitlarda ham

o'z sevgan insonlaridan sir saqlashalari

kerak bo'lgan ba'zi narsalar bo'lishi kerak. Quyida har bir yigit o'z sevgan qizidan

har doim sir saqlashi kerak bo'lgan 10 ta

eng muhim narsalar ro'yxatini keltirib

o'taman. Ro'yxatni oddiydan eng

muhimigacha, ya'ni10-darajali sirdan 1-

darajali sirgacha keltirib o'taman: 10. Boshqa qizlarga e'tibor.

To'g'ri, Siz o'z sevgilingizga sodiqsiz,

undan boshqasiga qayrilib ham

qaramaysiz. Lekin bu gaplar faqat sevgan

qizingizga aytiladi, holos. Birinchidan,

agar rostdan ham Siz kimnidir sevsangiz, boshqasiga e'tibor qilmaysiz. Ikkinchidan,

agar e'tibor qilgudek bo'lsangiz ham bu

narsani sevgan qizingiz hech qachon

sezmasligi kerak. U bilan yurganingizda u

o'zini Sizning e'tiboringiz tufayli shu

ko'chada yoki hiyobonda yurgan bitta-yu bitta qiz deb tasavvur qilsin. Bilib qo'ying,

qanday e'tibor ko'rsatsangiz, shunga

yarasha javob olasiz! 9. Pulingiz qayerga sarflanayapti.

Pul hech qachon sevgi bilan

aralashtirilmasligi kerak. Shunday ekan,

sevgan qizingiz hech qachon Sizning

xarajatlaringiz, pulingiz nimalarga

sarflanayotganligi, xarajat va foydangiz haqida bilmasligi kerak. Bunaqa xavfli

axborotning sevgan qizingiz ongida

joylashishi kelajakda o'zingizga

qiyinchilik olib kelishi mumkin. Chunki

pulingiz ko'p bo'lgan vaqtda ko'p sarf-

xarajat bo'lishi yoki aksincha, puldan qiynalib turgan paytda noqulay

vaziyatga tushib qolmasligingiz uchun

sevgan qizingiz cho'ntagingiz ahvoli

haqida bilmagani ma'qul. 8. Ota-onangiz moddiy yordamiga

suyanishingiz.

Yigit kishi har doim mustaqil bo'lgani

yaxshi. To'g'ri ota-onalarimiz bizga

yordam berishadi. Ularning yordam

berishi biz o'sha narsani o'zimiz qila olmasligimiz uchun emas, shunchaki ular

o'z farzandlariga g'amxo'rlik qilishni

istashlaridandir. Shuning uchun kuni kelib

Siz ota-onangizdan qandaydir moddiy

yordam yoki biror narsa olishingiz

mumkin. Bu narsani sevgan qizingiz hech qachon bilmasligi kerak. Agar bilib qolsa,

Sizning yigitlik obro'ingizga ham, uning

Siz haqingizdagi ishonchiga ham putur

yetishi mumkin. 7. Ojizligingiz va qo'rquvlaringiz.

Sevgan qizingiz hech qachon Sizning ojiz,

kuchsiz tomoningizdan xabardor

bo'lmasligi kerak. Hech qachon sevgan

qizingizga nimalardan qo'rqishingiz,

nimalarni qila olmasligingiz va qaysi holatlarda oqsashingiz haqida gapirmang. 6. Qo'pol so'zlaringiz, so'kinishlaringiz.

6-o'rindagi muhim bu sirga ta'rif

yozmasam ham bo'ladi. Qo'pol so'zlar

nafaqat sevgan qizingizni, balki

boshqalarni ham Sizdan tez sovutadi,

ularning yaxshi munosabatlarini yomonlashtiradi. Bilamiz, Siz zo'rsiz, Siz

o'ta qo'pol so'zlarni ishlata olasiz, Siz juda

ko'p so'kinish so'zlar bilasiz. Lekin bu

qobiliyatingizni sevgan qizingiz oldida

namoish etmang! Agar, u qiz oldada

xurmatin yo'qolmasin desangiz, albatta... 5. Do'stlaringiz va tanishlaringizning

yomon odatlari.

Siz ko'chada ko'p vaqtingizni do'stlaringiz,

tanishlaringiz, hamkasblaringiz davrasida

o'tkazasiz - buni axmoq ham biladi.

Ularning yomon odatlarini Siz ham ular bilan birga bo'lgan paytda qilishingiz

hech gap emas. Shuning uchun do'st-

tanishlaringizning yomon odatlari haqida

sevgan qizingiz bilmasligi kerak. Agar

qizingiz Siz birga ishlaydigan kishilar

tushlik payti sigaret chekib o'tirishi, aroq ichishi, yomon mashg'ulotlar bilan

shug'ullanishini bilib qolsa, demak Siz

ham ular bilan birga bo'lgan

paytlaringizda huddi shu ishlar bilan

shug'ullanishingiz mumkin, degan

shubhaga boradi. 4. Sevgan qizingizning oila a'zolari haqida

yomon shubha yoki fikrlaringiz.

Dunyoda mukammal inson yo'q. Hamma

ham xato qiladi, hammada ham kamchilik

bor. Agar Sizga sevgan qizingiz oila

a'zolaridan biror kishi yoki shu kishining qilayotgan ishi yoqmasa, imkon qadar bu

haqda sevgan qizingizga gapirmang.

Unutmang, Sizga yoqmayotgan kishi

sevgan qizingizning eng yaxshi ko'rgan

kishisi bo'lishi mumkin! 3. O'tmishdagi ma'shuqalaringiz.

Sevgan qizingiz yoningizda. U Sizning

yagona muhabbatingiz! Lekin uni

topguncha bo'lgan vaqtda Siz boshqa

qizlar bilan tanishgan, ular bilan ishqiy

munosabatda bo'lgan bo'lishingiz mumkin. Agar Sizga yoningizdagi sevgan

qizingiz mehri kerak bo'lsa, o'tmishdagi

birga yurgan, yoki Siz yoqtirgan

qizlaringiz haqida unga gapirmang! 2. Sevgan qizingizdan avval yoqtirib

yurgan, yoki birga bo'lgan qizingizdan

esdalik buyum.

Hech qachon sevgan qizingiz o'zidan

avvalgi Sizning hayotingizda bo'lgan

qizlardan Siz uchun qolgan esdaliklar haqida bilmasligi kerak. Balki avval

yoqtirgan qizingir Sizga biror esdalik;

kitob, chiroyli kiyim, taqinchoq, ramziy

surat yoki biror idish sovg'a qilgandir.

Uning sovg'asini hali ham saqlab

yurganingizni sevgan qizingiz bilib qolsa, u hali ham o'sha qizni qumsayotgan ekan,

degan fikrga borishi mumkin. 1. Sevgan qizingizdan avvalgi

hayotingizda bo'lgan qizlar haqida xotira.

Bir qozonda ikki qo'chqorning boshi

qaynamaydi. To'g'ri, qo'chqorlar haqidagi

maqolni qizlarga nisbatan ishlatish yaxshi

emas, lekin bu vaziyatda aynan mana shu maqol juda mos keladi. Sevgan qizingizda

avvalgi qiz bola tanishlaringzi ismlari,

ularning odatlari, ular bilan qilishga

odatlangan ishlaringiz... bulaning birortasi

ham sevgan qizingizga yoqib tushmaydi.

Shuning uchun bu turdagi narsalarni sevgan qizingizda sir tutishingiz kerak! Yuqoridagi ro'yxatdan qaysi bo'limlarni

o'zingizga yaqin olishingiz - Sizning

ishingiz! Ammo, bu o'nlik har doim

esingizda bo'lishi kerak!

Boshqa hikoyalar