tungi.ru

Parilar OROLI... [ 6 - Qism...]

Parilar Oroli...

RASM

Avvalgi 1 -2 -3 -4 -5 -Qismlar...

Bu manzara ro`yomi yoki tush, balki o`lgandurman!..

O`lmaganimni his qilyabman. Ro`yo ham emas. Tush desam shahvoniy tushlar ko`radigan yoshdan o`tganman...

O`rnimdan qo`zg`alishga urundim. Qo`llarim bog`liq, buni ustida hali hamon quvvatim kam. Ayol esa beyhayolarcha tikilib turardi.

Uning yoshi 25-28 yoshlar orasida. Uzun sochlari oppoq, qosh ko`zlari qop-qora, nigohlari anchayin sovuq va sirli. Uning qolgan azolariga ko`z tashlagan bo`lsamda, tikilib turishlikni o`zimga ep ko`rmadim. Og`irlashib borayotgan ko`zlarimni yumdim. Ayol ohista qo`llarimni bo`shata boshladi. Qo`limda erkinlik sezdim. U esa yonimga engashdi. Tepada turgan ayolni o`tli nafasini his qilardim. Huddi birinchi bor, erkakni ko`rib turganday, yuzlarim, sochlarimni siladi. So`ng lablarim ustiga uning lablarini teyganin sezdim.

- Nima qilgang bu? -deya hirilab bazo`r gapirdim, ko`zlarimni ocharkanman, - Kimsiz o`zi?

Uning ko`zlarida hayrat bor edi. O`zbek tilida gapirganim uchun u meni tushunmadi. So`ng, turli tillarda qisqa-qisqa gapira boshladi. Tushungan bo`lsam, bu tillar O`rta yer dengizi atrofida yashaydigan millatlar tillari edi. Italyan tilida gapirganida uni tushundim.

- Sen qaysi qita valilisan? -deyotgan ekan. Italyan tilida javob berdim.

- Orta osiyo... Men O`zbekman...

Italyan tilida muloqot o`rnatdik.

- O`zbek!!!

- Ha o`ziz kimsiz? Nega men bu yerdaman? -ayol hayratda edi, u men O`zbek bo`lganim uchunmi! Yoki Italyan tilini bilganimgami! Uni tushunishim mushkul edi, - Ustizga birornasa tashlab olsayz yaxshi bo`lardi! -dedim.

Ayol allaqanday tushunarsiz tilda bir nima deb balant ovozda eshik tomon baqirdi...

Avval baquvat, yigit uni ortidan jingalaksoch hurluqo qiz kirib keldi. Ayolning buyrug`i bilan, yigit yelkalarimdan bosib mahkam ushlab oldi. Unga qarshilik ko`rsatishga quvvatim yetmasdi. Bo`lgan taqdirda ham, kuchim yetmagan bo`lardi, u juda kuchli edi. Qiz esa burnimni berkitib, og`zimga allaqanday, huddi ko`z olmasiga o`xshash yoqimsiz bir narsa soldi. Yutub yuborishga majbur bo`ldim. Hiloraformday juda tez tasir qildi, o`zimni boshqarish qobilyatimdan mahrum bo`ldim. Faqat xushimni yo`qotishdan avval, jingalaksoch, biroz qorachadan kelgan hurluqo qiz, qo`limdan maxsus maslamadan foydalanib qon olayotgani elas-elas eslardim.

Shundan so`ng, yana boyagi ayol qiyofasi, nima deganini eslolmayman, ko`zlari qizg`ich meni yelkasiga ortib olgan baquvat yigit, unga buyruq berayotgan ayol ovozi, hullas uzuq-yuluq xotiralar...

Burnimga tutilgan tutantiriqni, o`tkir isidan o`zimga keldim.

Ko`zimni ochib atrofga alanglab qaradim. Tushunishimcha kema kayutasida yotardim. Kayuta juda shiam, devordagi turli qurollar kalleksiyasiga qarab, bu xarbiy kema va bu kapetaning shaxsiy kayutasi bo`lsa kerak degan taxminga bordim. Balki ayolning o`zi kema kapitanidur!

Tepamda boyagi ayol o`tirardi, oppoq sochlarini tepaga yeg`ib, ajabtovur turmaklab olgan. Sochlarida qimmatbaxo toshlar qadalgan tojga o`xshash taqinchoq. Ko`kragi yarim ochiq, egniga shoyi jimjimador halatga o`xshash libos kiygan, bo`ynida birilyanttoshlar qadalgan taqinchoq. Bir so`z bilan uni o`rta asir qirolichalariga o`xshatdim.

Yumshoq harakat bilan qo`limni silardi. Jimgina bir-birimizga, bir on tiklib qoldik. Men jinlik saqlashimga sabab, xanuzgacha nima bo`layotgani tushunolmaganim edi. Uni esa, tim qora ko`zlarida hayrat. Yuzida esa tushunib bo`lmas mano, mujasam edi. Hayolimdan birgina o`y, bu sohibjamol kim o`zi?!

Yon tomondagi xonadan juda jirkanch, shahvoniy ovozlar kelardi. Birozgina o`sha tomonga quloq tutgan ayol, ayyorona ko`zlari suzilib jilmaydi.

- Bu yer, qanday joy? -dedim tomog`im qirib, pichirlagancha.

- Ahvoling qanday? -so`radi, u.

- Qanday foxishaxona, bu yer?

- Xo`sh tuzukmisan?

Nazarimda u meni eshitmayabdi, yoki atayin javobdan qochyabdi.

Qo`llarini yana yuzimga tomon cho`zdi. O`sib ketgan soqoldor yuzimda qo`llari, nozik, mayin harakatlanardi.

- Yoqimtoy, kimsan o`zing? -o`pmoqchi bo`lib labini cho`zdi, uni o`zimdan nari tutish uchun qo`limni ko`tardim, - Sen juda kuchlisan...

Qo`limni bazo`r ko`tarishga kuch topyabman. U qanday kuch haqida gapirganiga tushunaolmadim.

- Qanday kuchni aytyabsiz?

- Darvozadan o`tganlar orasida, sendaylar sanoqli edi...

Ayolni bu so`zlari, manosiga hanuz yeta olmasdim.

Ichkaridagi xonada bo`layotgan, ovozlar to`xtab yarim kiyingan kema ishchilaridan bir chiqib ketdi. Negadur u bizga e`tibor ham bermadi. Huddi qattiq gipnos xolatidagi maniyakka o`xshardi. Uni ortidan o`sha jingalaksoch hurluqo chiqib keldi. Naqadar go`zal hilqat, ammo ko`zimga jirkanch foxisha bo`lib ko`rinardi xolos...

Ayol jingalaksoch hurluqoga qarab, o`sha tushunarsiz tilda bir nima dedi. Menimcha bizni yolg`iz qoldirishni buyurdi. Jingalaksoch esa, huddi cho`riday itoatkorona harakat bilan tazim qildi va kayutadan chiqib ketdi.

Ayol ushlab olgan qo`limni ko`kragiga bosdi. Bir on uning yumshoq ko`kraklarini his qildim. So`ng kuch bilan qo`limni tortib oldi. U esa bu ishidan mamnun jilmaydi...

- Qayerdaman?! -dedim negadur tomog`im qahrab borayotgani uchun ovozim o`zimga ham eshitilmadi.

Ayol yuzimdagi ifodadan nima deganimni tushunib olganday tilga kirdi.

- Darvozadan o`tgan ekansan, juda behol o`lar holatda eding. Seni men topdim, - dedi u, - Ha endi mendan qazdorsan! Shuni uchun qayig`ingni o`zimga olaman...

Uning boshqa so`zlari qulog`imga kirmadi. Butun xayolimni bu kemaga tushub qolganimga qadar bo`lgan voqealar bant etgandi...

Tashnalik, ochlik, dengiz kasalligidan azob chekkanim va hanuz ichaklarimdagi og`riqdan tanam qaqshayotganini o`ylardim. Be ehtiyor qornimni ushladim. Judayam ozib ketibman. Tomog`im qurib, tupugimni yutushga urundim...

- Manabuni ichib ol, -dedi ayol tugmachaday, tarvuz urug`iga o`xshash dorini sharbat to`la idishchaga solib men tomon uzatarkan, qo`shib qo`ydi. - Senga shifo bo`ladi...

Limon sharbatiday nordon tamli ichimlikni ichib, salgina o`zimga kelgan bo`ldim.

- Omading bor ekan, - dedi u, - Men bo`lmaganimda, xozir u dunyoda bo`larding...

Unga qanday minnadorchilik bildirsam ekan deya o`ylagancha unga tikilib qoldim.

- Rahmat sizga xonim... - biroz nafas roslab, qaddimi ko`tardim, - Bu qanday kema? -deb so`radim.

U ikkilangan kuyi, bir necha sonya tikildi va asta jilmaygancha past ovozda gapirdi:

- Talonchi qaroqchilar kemasi, - kayutaga bir ko`z tashlab qo`ydi, - Ispanlardan o`g`irlangan kichikroq xarbiy kema!

- Siz kemaga egalik qilasizmi? -deb so`radim.

- Yo`q, men ham yo`lovchi, Germanyadan kelyabman...

U diqqat bilan yuzimga tikilardi. Yuqoridan allaqanday hayqirib, qiy-chuv ovozlar kelib turardi. Ayol yana yordam ko`rsatish uchun, yoki boshqa istak bilan menga yaqinlashdi. Ko`zlari o`ynoqi, huddi yoqtirib qolganday tikilardi.

- Sen boshqachasan...

Ayolni tobora menga yaqinlashishidan, niyitida nima ekanligini tushunmay o`zimni nari olish uchun qo`llarimga tayanib o`rnimdan turushga urundim. Qo`limda og`riq sezildi, qo`limda qolgan igna o`rniga qarab, hushimni yo`qatayotganimda jingalaksoch qon olgani yodimga tushdi. Ayolga savolomus tikildim...

- Sendan qon oldim... Sal og`rishi mumkun, bu zarurat tufayli!

- Siz do`ktirmisiz?

- Ha... Lekin kimligimni tasavuringa ham keltira olmaysan! Men...

Ayolni gaplari yana qulog`imga kirmay qoldi. Aqliy, fikrlash salohiyatlar nihoyatda sust ishlardi. Yuqoridagi shovqin, ayolni shahvoniy nigohlari, devordagi turli qurollar qayoqqa qaramay fikralarim to`zg`ab ketaverardi...

- Qornim judayam och...

- Hozir...

Ayol eshik tomon qarab ``JA!``mi yoki ``JU!``mi degandi. Eshekdan boyagi baquvat yigit kirib keldi. Ayol yana tushunarsiz tilda birnima dedi. Itoatkorona bosh eggan yigit chiqib ketdi.

- Biroz kut, sen uchun baliqli shifobaxsh taom buyurdim...

Baliqni so`zini eshitib negadur ko`nglim ozgudek bo`ldi, ammo ilojim qancha, nima olib kelsa ham yeb olishim kerak, yuqsa o`lib qolaman, deb o`ylardim...

Xuddi meni fikrlarimni o`qib olganday, jilmayganch gaprdi:

- Mendan minnador bo`lishing kerak! Bu kemadagi yagona do`sting menman...

- Minnadorman... - unga tiklildim, - Iloji bo`lsa aytolmasizmi, qayoqqa suzib ketyabmiz?

- Hech qayoqqa suzmayabmiz, kutyabmiz!

- Kimni? Nimani?

- Biz darvoza o`rtasida turibmiz, kemaning yarida u yoqda, yarmi bu yoqda...

- Tushunmadim!

- Keyin o`zim tushintirib beraman! Hozir sen qayig`inda, qanday bu yerga kelganingni so`ylab ber!

- Mumkun bo`lsa xonim, biror nima ichib olsam...

U ko`zachaga o`xshash, yaltiroq metaldan yasalgan idishdan sharbat quyib uzatdi. Yuzimga achinib qaraganday biroz tikildi.

Eshik tomon qarab yana allanima deb o`sha tushunarsiz tilda baqirdi. Xuddiki kimnidur sukkanday tuyuldi menga. Yuqoridan javob bo`lmagach, ayol battar g`azablandi.

So`ng tuyqus sharta o`rnidan turib, biroz naridagi kursinning tutquchida iluqli turgan, kumush dastakli, qamchisi ham kumush iplardan o`rilgan, uzunligi ikki quloch keladigan kumush qamchini oldi. Havoda bir charsillatib silkidida, kayutadan otilib yuqoriga chiqib ketdi...

Ayolning g`azabno baqirishi, undan keyin qamchining charsillashi va kimningdur azobdan dodlagan ovozi eshitildi...

Biroz o`tib, ayol qamchisini qo`lida o`ynatgancha eshik hatlab ichkariga kirdi. Bunday manzarani, Rim Imperyasi haqidagi tarixiy kino filmlarda ko`rgan edim. O`z qullari, cho`rilarini jazolab viqor bilan qaytayotgan bekaning o`zginasi.

Hech narsa bo`lmaganday, qamchini boyagi joyiga tashlab yonimga kelib o`tirakan:

- Eng yaxshi usul jismoniy jazo! -dedi.

- Bunga qo`shilmayman... Ahir ularham inson-ku?

Ayolga etiroz bildirishga jazm etdim.

Etirozim unga yoqmaganini, aftidan bilishim mumkun edi. Ammo o`zini spo tutib jilmayishga harakat qildi.

- Sen ularni inson deb o`ylayabsanmi? - qiq-qiq qilib kuldi, - Ular inson emas, bilmay gapirma!

- Qul degani, bu uni inson toyifasidan chiqarish degani masku!

- Hech nimani bilmay gapirma. Boshqa bu mavzuda gapirma, undan kura! - suyulib, yuzimni silash uchun qo`l cho`zdi, - O`zing haqingda gapir! Isming nima? Menga hozir shu qiziqroq...

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar