tungi.ru

Seni baribir topaman.(mistika)

Soat tungi 23.59.

Telefon jiringladi. Go`shakni ko`tardim. -

Alo... Hech kim javob bermaydi. - Alo. Tun

yarmida uyg`otdiz. Endi bu nimasi?! Nega

javob bermaysiz? Go`shakni joyiga ildim.

Kirib uxladim. 5 daqiqa o`tar o`tmas yana

telefon jiringladi. Ko`tarmadim. telefon

jiringlashni to`xtaganiga 2 soniya bo`lib

eshik taqilladi. Hayron qoldim. Ammo

ochmadim. Eshik jiringlashdan to`xtab

taqillay bpshladi. Borgan sari qattiq

taqillatar edi. Qo`rqib kettim. Shkaf ichiga

yashirinib oldim. Kimdir eshikni buzar

darajada taqillatar edi. Bir qancha vaqtdan

keyin polning g`ijirlagani eshitildi.

Xonamning eshigi ochildi. Shkaf ichidan

qo`rquv aralash qarab o`tirardim. Shkaf

eshigiga og`irlik qilib ag`anab tushdim.

Qo`rqib ketdim. Tushim ekan. Xayriyat.

Qarasam soat 23.59. Xuddi tushimdagidek

telefon jiringladi. Ko`tardim hech kim javob

bermas edi. Go`shakni joyiga ilib

qo`shnimnikiga chiqib uxladim. Ertalab

xonamga kirib qarasam hamma narsalarim

har yerda ag`anab yotar edi. Devorda esa "

Baribir seni topaman " degan yozuv turar

edi. Nima u? Mendan nima istaydi?

Muallif: αιηємɹα.

Boshqa hikoyalar