tungi.ru

O, Dilbar... ( T - T tanlovi uchun.)

O, Dilbar...

- Jonim ayt bugun nima yeymiz? -dedi Zafar. Dilbar taomlar ro'yhatiga bir ko'z yugurtirib oldi.

- Har doyimgiday!

- Afetsanttt...! -dedi Zafar barmoqlarini shaqqillatib.

Darov yetib kelgan afetsant yigit Dilbarga o'zgacha nigoh bilan jilmayib qaradi va usti berkitilgan idishni qo'ydi. So'ng Zafarni ishorasi bilan naroqqa ketdi. Dilbar jilmayib qarab turgan Zafarga bir qarob oldida. Idishni qopqog'ini ochdi, judayam bejirim quticha. Yuragi qafasdagi qushchaday tipirchilab ketti. Hayajonlanganidan qo'llari titrradi.

- Voyy... Hudoyim... Zafaraka! -dedida hayajonini yashira olmadi. Ilgariham tilla uzuklar, sirg'alar olgandi. Ammo bu safargisi judayam qimmabaho zanjir edi. Agar Dilbar atrofdagilar qarab turganini ko'rmaganda edi. O'rnidan turib Zafarni quchoqlab olgan bo'lardi. Atrofga bir qarab olgan Dilbar hayajonini bosdi.

- Jonim judayam chiroyli. Rosa qimmat bo'lsa kerak-aa! -dedi. Zafar o'rnidan turib tilla zanjirni oldida Dilbarni bo'yniga taqayotganda. Dilbar atrofga qaradi. Bazi istoldagi ayol qizlar unga havasi kelia qarab turgani ko'rib o'zini dunyodagi eng baxtli ayolday his qildi.

- Jonim san bundan ko'pigaham loyiqsan! -dedida Zafar joyiga o'tirdi.

- Rahmat Zafar aka! -deb yana atrofga qarab qo'ydi. Man mani ko'rilar deganday, barmoqlari bilan tilla zanjirlarini siladi...

Yaxshigina ramantik kecha bo'ldi. Zafar yana davom ettirgisi keldi.

- Jonim tanla mehmonxonami, kvartira qayerda qolishni hohlaysan?

- Mehmonhona! -dedi Dilbar. Bugun yana Zafar bilan bo'lishini o'ylab suyundi. 17 yoshidan buyon uchrashib yurishadi. Haftada bir, ikki uchrashib birga bo'ladilar. Zafar oilali, shunday bo'lsaham Dilbarni umidlari katta. Agar hammasi o'zi o'ylaganday bo'lsa shu yili Zafar xotini bilan ajralishadi va bir umurga o'ziniki bo'ladi. Unga bu maslahatni Manzura bergan edi. Man o'shangaham 3 yil bo'libdi. 3 yildan buyon Zafarni o'ziniki qilish uchun u bilan yotadi. Zafargaham Dilbar bilan bo'lish yoqadi. Dilbar to'shakda ajayib juftlik u bilan bo'lganda har doyim jinsiy aloqadan lazzat oladi...

Ular mehmonaga keldilar, bant qilinga honaga sabirsizlik bilan kirdilar.

- Jonim! -deb Dilbar Zafarni bo'yniga osildi.

- Go'zalim, farishtaginam! -deb erkalab Dilarni lablaridan o'pdi va asta quchoqladi. Ular hislariga erk berdilar. Shirin tuyg'ullar, bo'salar, kiyimlar ehtiyotkorlik bilan yechila boshladi. Ohista va yoqimli harakatlar. Zafar shunday nozik harakat qilardiki... Dilbar esa bu borada tengi yo'q, Zafarni nima istagda ekanini oldindan biladi. Shu qadar to'lg'onadiki, tariflashga til ojiz. Zafar Dilbarni og'iushida bo'lganda, dunyoni unutadi. Dillarni larzaga soluvchi, qalblarni haroratini oshiruvchi totli nafaslari. Dilbar shunday yoqimli ovozlar chiqaradiki. Zafarga kuch berganday, quvvati oshiradi. Qaynoq harorat, ikkovlariniham tanalari qizdiradi. Nihoyat manzilga yetib keladilar. Hamma-hammaasi yoqimli va yana bir unitilmas kecha. Shubxasiz bu kecha hammasidan o'zgacha...

Keyin ikkisiham yuvinib chiqishdi, tun bo'yi bir-birlarini diydoriga toyishdi...

Erta tong timmay qayta-qayta jiringlayotgan telifon ovozidan ikkovlariham uyg'onib ketishdi. Zafar erinibgina telifonni ko'tardi.

- Nima! Nega menga telifon qilmading... Bo'ldi-bo'ldi yig'lama Aziza... Yig'lama boraman yetib boraman! -dedida telifonni o'chirdi. Nima qilarini bilmay biroz esankirab turib qoldi.

- Nima bo'ldi sizga jonim! -Dilbar halatini bog'ichini bog'lab Zafarga yaqinlashdi.

- Tinch qo'y yopishmay tur? -dedida Dilbarni o'zidan nari surdi.

- Nima bo'ldi o'zi sizga?

- Qizim yana kasalxonada ekan. Ikki kundan buyon xabarsiz qolibman! -deb ko'ksiga mushladi.

- Namuncha, bir nogiron qiz uchun kuyinmasez. Hali sizga polvon o'g'ilar tug'ub beraman! -dedida labini burdi. Zafar xoxolab zardali kuldida:

- Ikki marta abortdan keyin yana bola ko'raman deyabsanmi?

- Bu nima deganiz do'ktir aytgan umid bor deb!

- Bo'lganda shu paytgacha bo'lardi! Keyin manga xaromi bola keraymas! -dedi.

- Zafar aka, qanaqa xaromi ahir siz manga...

- Sanga uylanaman deganmidim? -dedi. Dilbar dovdirab qoldi rostdanham Zafar uylanaman demagan edi. Bu savolni berganida doyimo "O'YLAB KO'RAMAN'' derdi.

- Yo'q... Lekin Manzura opam!

- Manzura opang sanga nima degan! Mani ishim yo'q man unga haqqini to'laganman! -dedi. Dilbar esankirab qolgandi. Haliham o'ziga, ko'zlariga, quloqlariga ishonmasdi. Ha, Zafarni asil basharasi asli manashu edi.

Birozdan so'ng o'ziga kelgan Dilbar tutab ketti.

- Sizni haqqiz yo'q, sizga noumisimi o'zimni bag'shladim. Siz sizni haqqiz yo'q?

- Minnat qilyabsanmi? Man obergan sovg'alar, bajarilgan istaklaring man minnat qilmadim-ku, yo qildimmi? -dedi. Bu javob Dilbarga tarsakiday tegdi.

- Man ketaman! -dedida kiyina boshladi, u Zafardan buni kutmagan edi barcha orzu umidlari havoga uchdi.

- Lash vushlaringniham ol! -dedida yerda yotgan kalkotkasini olib Dilbarga otti. Dilbar ko'zida yosh bilan chiqib ketti. Mehmonxonadan chiqib yo'l bo'yida turaverdi. Mayin shamol sochlarini to'zg'atadi. Yuziga urulgan shamol xotiralarni uyg'otadi. ''Ahror aka'' deb pichirladi bey ehtiyor.

- Taksi kerak emasmi? -dedi yoniga to'xtaga mashinadagi yoshi katta odam. Dilbar bazo'r salom bergach, mashinaga o'tirdi. Mashina 10 metirlar yurgach:

- Qizim qayoqqa?

- Aaa... To'g'riga amaki! -dedi. Biroz yurishgach Dilbarni ko'zi 3 yil avval ishlagan idish-tovoq ishlab chiqariladigan kulolchiki sexini ko'rdi...

O'sha kuni ular Madina, Dilbar, Manzura ishxonadan chiqishgan edi. Ahror ularni ortidan chiqdi.

- To'xteylar? -dedi. Uchchovlariham to'xtashdi.

- Dilbar oshig'ing kelyabdi, xozir sanga sevgi isxor qiladi, bir boplaymi? -deb kuldi Manzura.

- Manzura! -deb jaxli chiqgani bildirdi Madina.

- Ha, Manzura opa jonga tegdi. Ahror akaham rosa surbet!

- Dilbar u sani sevadi! -dedi Madina. Bu orada Ahror yetib keldi.

- Dilbar gaplashib olaylik! -dedi.

- Dilbarni bizdan yashiradigan siri yo'q! -deb kuldi Manzura.

- Ha, Gapiravering! -dedi Dilbar Manzurani so'zlarini tastiqlab. Ahror bir lahzab o'ylanib oldi.

- Man sani sevaman, sanga uylanmoqchiman!

- Ahror aka o'sha gap! -dedi, Dilbar.

- Dilbar ayt nima qilay?

- Tiz cho'nging! -dedi gapga aralashib Manzur. Hammalari Manzuraga qaradi.

- Ha! -dedi Dilbarham chunki atrofda odam ko'p qo'lidan kelmaydi deb o'yladi. Ahror jim qoldi. Madina bo'lsa ''yo'q-yo'q'' deganday mayus qarab turardi.

- Ha, buni nimasi yomon. Zamonaviy yigitlar hozir qizni qo'lini shunday so'rayabdi! -deb yana kuldi Manzura. Ahror Dilbarga bir qarab oldida dasrumolchasini olib Dilbarni oyog'i ostiga tashladi. So'zng rumolchani olish uchun tiz cho'kdi, Dilbarni ko'zlariga qarab:

- Sani sevaman Dilbar! -dedi. Dilbar tan bergandi. Shu payt Manzura chinqirib kulvordi, atrofdagilarni o'ziga qaratdi. Madina ko'zidagi tomchi yoshini bildirmay artib oldi so'ng qayrib yo'lida davom etti. Ahror ortiga qaytib ketti. Dilbar va Manzura pichirlashib orqada borishar edi. - Dilbar, shunday yigitni qadirga yetmasang hor bo'lasan? -dedi Madina ortiga o'grilib Dilbarga qarab.

- O'ziz sevasiz-ku! Nega doyim mani... -Dilbar hafa bo'lganini yashirib o'tirmadi.

- Bo'pti, Dilbar kechqurin ko'rishamiz! Madina hayer! -dedida Manzura yo'lni u yuziga o'tib ketti. Madina Manzuraga nafratini yashirmay ortidan qarab qoldi va:

- Dilbar man Ahror akani yoqdiraman. Ammo u sani sevadi... Yana bilib qo'y Manzuradan uzoqroq yur u yaxshi ayol emas... Singlim sanga opalarcha maslahatim! -dedi Dilbarni ortida qoldirib tez-tez yurib ketti. Dilbar sekin ketar ekan Ahrorni o'ylardi. U kelishgan har tomonlami munosib hamma qizlarga yoqadi, ammo bir kamchiligi o'rtaxol ekani. Lekin Zafar boshqa 3 kun avval Manzura bilan bir tug'ulgan kunga borganda ularni Manzura tanishtirib qo'ygangan edi. O'shanda Manzura:

- Agar shu yigitni o'zingga rom qilib, xotinidan ajratib olsang bir umir malikalarday yashaysan! Bu go'zalliging bilan haq qanday erkakni esdan og'dirasan! -degandi...

Hozir Dilbar orqa o'rindiqda o'tirib, shularni o'ylab ketayotgan edi.

- Qizim qayoqqa, yuray? -dedi taksist. Dilbar biroz o'ylani, hammasi aybdor Manzura iflos mani yo'ldan urgan o'sh...

Shu payt taksist yana bir bor so'radi.

- Amaki muyilishdan o'nga qayrilib to'xtang! -dedi. Birozdan keyin manziliga yetti. Uyog'iga piyoda ketti. Manzurani uyiga borgach chaqirdi.

- San mani aldading, Zafarni asil maqsadi boshqa ekan nega manga aytmading? -deb Manzurga yoqasidan oldi.

- Man sanga uni to'shagida yot demaganman. Ayib o'zingda man faqat og'dirib ol degandim. Endi manga nimaga davo qilasan? -deb baqirib yubordi va Dilbarni siltab tashladi. Ko'chada sharmanda bo'lishdan cho'chigan Dilbar ortiga qaytdi...

Bekatda ancha o'tirdi, buyog'i nima bo'ladi. Endi odamlar nima deydi. Birdan telifoni titkilay boshladi. So'ng Madinaga qo'ng'iroq qildi. Ohirgi marta gaplashganigaham bir yarim yildan oshgan o'shanda Madina to'yga taklif qilgandi. Ahrorga tegayotgani bilgach to'yga bormagan edi.

Go'shak ko'tarildi...

- A'lo a'lo gapring kim bu? -Dilbar nima deyishni bilmay jim turardi.

- Opajon man Dilbar...

- Voy Dilbar qalaysan?

- O'ziz yaxshimisiz, o'g'liz, Ahror akam yaxshimilar! -dedi.

- Nima bo'ldi Dilbar tinchlikmi? -Madina Dilbarni ovozidagi titroqni sezdi.

- Opa faqat aytgandimku demang... O'shanda gapizga quloqsolsam bo'larekan! -deb yig'lab yubordi.

- O, Dilbar singlim!

Dilbar telifonni o'chirib qo'ydi...

Muallif: -MAJNUN-

Boshqa hikoyalar