Seni Xech Qachon Unutaolmayman! Sevgi tufayli tortgan azoblarim. Yakun... {Silvestr Slay}
-......... U yiğidan özini tuta olmasdi.
-gapir gapir deya baqirdim, qörqib ketdim. Tashqariga otildim guvohnomam bölsada mashina haydamas edim. Dadamni mashinasini uchirtirib haydam chiqib ketdim, qanday tezlikda ketayotganimni özim ham bilmasdim. Yuragim qörqardi Nilufarga bir nima böldimi deya havotirda edim. Mana kökchaga ham yetib keldim. Yöl tirbantligi uchun yetib kelgunimcha bir soatdan köp vaqt ötib ketdi. Mashinani köcha boshida töxtatdim. Nilufarning uyi besh oltita uy narida edi. U yerda esa odamlar gavjum. Havotirim yanada osha boshadi. Mashinadan tushar ekanman oyoqlarim qaltiray boshladi. Shu payt uy ichidan töp töp odamlar chiqa boshlashdi. Ularning qölida tobut bor edi. Joyimda qotib qoldim, nima qilarimni bilmasdim. Tobut boshida Ravshan aka va akmal bel boğlashgan ular ham özlarini yoshdan töxta olishmasdi. Oyoqlarim ishlamay joyimda qotib qoldim. Ular men tarafga kelishardi. Yurak yutib "ey xudo özing asra"deya ular tarafga qadam tashladim. Ravshan akaga yaqin kelganimda meni körib bağrilariga bosib battar yeğlay boshladilar. Ularning lablari asta titrardi-ni...nilufar qizim. Yuragim adoyi tamom böldi. Tiz köchib ötirb qoldim. Közlarimdan tirqirab yosh oqardi. Ungsiz yeğlardim. Qörqganlarim böldi, u u hurliqo meni bir umrga tark etdi..;(;(;(.. Ravshan aka asta yelkamdan tutib turğazdilar. Tobutga qöl chözar ekanman qöllarim titray boshladi, lablarim past ovozda titroqda pichirlardi-nilu nilufar kechir, kechir meni kechir, iloyo joying jannatda bölsin, allox rozi bölsin sendan mendan rozi böl, kechir.... Özimni yeğidan töxtata olmasdim. Qabristonga kirib kelar ekanmiz hamon tobutdan qölimni ololmasdim. U uchun kavlanga görga yaqinlashardik. Közlarimdan oqgan yoshlar yuzlarimni yuvardi. Qani endi faryod cheksam edi. Ammo, ungsiz yeğlardim köz öngimdan u bilan ötgan ösha qisqa bölsada baxtli onlar huddi kino lenta kabi ötardi. Nima bölayotganin anglay olmasdim. Ravshan aka qölimdan tutib gör ichiga tushimni aytganda biroz özimga keldim u yerga Akmal va men tushdim. Uni tobutdan olib qölimizga asta uzatishdi. Bu holatda adoyi tamom bölgandim. Uning jasadin kötargan shu qöllarimni titroqdan qaltirar edi. Hamon ösha sözlar labimdan titroq aralash chiqardi:-meni kechir....
Qabr ichiga kirib kafanning uchlarini asta yecha boshladim yeğlardimu dimoğimga ösha muattar xid urildi. Qabr ichida mush hidi anqirdi. Söngi bosh tarafdagi boğichni yechib yuzini qiblaga qaratar ekanman:-hayr allox sendan rozi bölsin, qiyomatgacham alvido!...... Hur bölib kelding hur bölib ketmoqdasan, shu payt uning sevimli she'ri yodimga tushdi:
Esingdami, aytchi, sen tuğilgan on,
Hamma handonu, sen esa giryon.
Shunday yashaginki, ketar choğingda,
Hamma qolsin giryonu, sen borgil handon!
Ha u shu she'rdagidek yashadi ketar choğida öz tabassumi bilan barchani yeğlatib ketdi.
Hayr...
Qabr ustiga tuproq tortardik. Tuproq shunchalik mayin ediki. Bir paytlar raxmatli buvijonim:-jannati yaxshi insonlarning tuproği yengil va mayin chiqadi inshaallox degan sözlari yodimga tushidi. Bu sözlar biroz bölsada özimga tasalli böldi. Tuproqni tortib asta qabr yoniga tiz köchalab ötirdim bu vaqt imom mayit haqiga tilovat qilib duo qilayotgan edi. Özimni xech tuta olmasdim. Dod faryod chekib baqirib yeğlagim kelar, ammo qölimdan kelmas edi. Sekin asta hamma tarqay boshladi. Qabr yoniga asta tiz chökikalab ötirdim. Tilovat qilish niyatida oğiz juftladim, ammo, xech nimani bilasligim pand berdi. Shunda yonimda bir mayin yoqimli tilovat tarala boshladi. Yonimga qardim bir bola közlarida yosh bilan tilovat qilar, atrofda esa xech kim qolmagan barcha tarqab ketgan edi. Duoqilgach u bola asta yelkamdan tutib turishimga yordamlashdi.
-böldi yeğlamang bu yaxshi emas deya öz közlaridagi yoshni artib mendan uzoqlash boshladi. Ketar choğida bir bir ortiga ögirilib Nilufarning qabriga qarab qöyar. Nilufarning uyiga keldim. U yerda Ravshan aka belimga belboğ boğladilar. Hali jam Nilufarga nima bölganidan nima sababdan bu yoruğ olamni tark etganidan behabar edim. Yurak yutib sörashga botina olmas edim. Bu muthish voqeadan habar topgan ota-onam ham taziyaga kelib ketishdi. Kech kirdi barcha tarqay boshladi.
-öğlim endi siz ham uyingizga boring, ota-onangiz havotir olishmasin, ravshan aka kuyinchaklik bilan sözlardi, biroz bölsada öziga kelgani bilinib turardi,-endi nima ham qilardik xudoning irodasi ekan!
Nilufar nima sababdan vafot etganin sörash uchun oğiz juftladimu ammo, jur'atim yetmadi.
-yöq ketolmayman.
-unda yuring sizga joy tayyorlab beray damingizni oling siz ham charchadingiz!
-özingizchi?
-e bolam közlarimga uyqu kelarmikan? Özlarini zörğa yeğlab yuborishdan tutdilar.
-unda siz bilan suxbatlashib ötirsam maylim?
-dam olmaysizmi axir charchadingiz!?
-yöq...
Alla mahalgacham Ravshan aka bilan suxbatlashib ötirdik. Lekin söray olmadim özlari ham hech nima aytmadilar.
Mana bugun uchinchi kun ham poyoniga yetmoqda. Shu uch kun ham köz ochib yumguncha ötib ketdi. Ha hayot shu ekan, kim qachon ketishin bilmas ekansan. Kimdur erta kimdur esa kech. Ertasi kuni peshin mahali qabristonga yöl oldim. Qabriston oralab ösha tanish qabr yoniga kelib töxtadim. Sal nariroqda turgan uzunroq stulni olib kelib qabr yoniga qöyib ötirdim. Qölimdan kelgancha tilovat qildim.
-salom Nilufar, yaxshimisan, közlarimdan yana yosh oqa boshladi.
-yöq yöq yeğlayotganim yöq, seni soğindim judayam soğindim, bilsang edi qanchalar soğinganimni? Shu kungacham seni jonimdan ham ortiq sevdim ammo, ammo, bir marotaba bölsa ham seni sevaman deyolmadim. Özim sevishga sevdimu seni köngling haqida öylamadim. Men hudbin faqat özimni öylabman. Sening samimiy munosabatingni sevgiga yöyibman, sen menga ishongan eding, ammo, ishonchingni oqlay olmadim. Sevib qolmasligimni söragan edim, lek, lekn, nima qilay bu telba yuragim seni birinchi bor körganda devonalarcha sevib qolgan bölsa ayt nima qilay? Bu yuragim seni deb ursa ayt men nima qilay? Quloğimga qadam tovushlari eshitildi. Özmini önglab atrofga qaradim. Qabristonga bir töp bolalar va qizlar kirib kelishardi. Öquv formasidaligiga ularning Nilufarning kursdoshlari ekanligini bilish qiyin emas edi. Barchamiz qabr atrofida terilib ötirdim. Bir bola tilovat qila boshladi. Juda tanish ovoz, qaradim ösha kungi bola ekan. Uzoq tilovat qilardi. Bu oradi kelganlarning barchasini yuziga birma bir qarab chiqdim barchasining yuzida mungli qarashlar namoyon. Darhaqiqat Nilufarning ölimi barchani qayğular girdobiga tashlaganini anglash qiyin emas edi. Bu payt yana ösha törtlik yodimga tushdi. Ha u özi öylagan niyatlariga yetdi. Barchani yeğlatgan köyi özi ösha shirin tabassumi bilan bu yoruğ olamni tark etdi. Shu 18yillik umrida uni tanigan bilgan insonlarini könglidan mangu joy oldi. Duo tugam sekin asta barcha örnidan qözğaldi yigitlar bilan sörashib hayrlashdim. Oxirida ösha yigit yonimga keldi. U ham hayrlashish köyi meni bağriga bosdi. Uni qandaydur azob uqubat qiynayotganin sezdim ammo tushinmadim, uning juvudida menikidan ham köproq dard qaynardi.
-allox sabr bersin sizga. Uning ölimi barchamizga oğir böldi. Sevgingiz pokligiga amin böldim. Afsus, sizlarga visol nasib qilmagan ekan, afsus...
-raxmat derdimu uning sözlari quloğimda jaranglardi. Bu bola shunchaki kursdosh sifatida bu sözlarni aytayotganiga hech ishona olmasdim. U men bilan hayrlashib bizdan uzoqlasha boshladi. Dimda faqat Durdona qoldi stul ustiga asta ötirib biroz kim turdik.
Bu sukunatni Durdona buzdi.
-otabek aka
-xa durdona?
U sumkasini ochib bir kanverta kundalik olib menga uzatdi.
-bu sizga Nilufar agarda menga biron nima bölsa buni sizga berishimni aytgan edi.
-nima tushinmadim? Bu nima deganing?
-u u ölishi mumkinligin bilardi, uning ovozi juda past titrab chiqdi. Nilufarning yuragi hasta edi. U yuragida hastalik bilan tuğilgan. Bu unga onasidan ötgan. Onasi Nilufarni dunyoga keltirib ösha hastalik tufayli olamdan ötgan.
-axir onasi borku uni? Hayratim yanada oshib borardi.
-yöq u ögay. Nilufar kichikligi uchun otasi qayta uylangan. Lekn nilufarni öz qiziday tarbiya qilgan. Ösha kuni siz sovchi jönatgan kuni uning oldida edim.
-ha bilaman ovozingni eshitdim.
-bor haqiqatni sizga aytishim zarur. Nilufar telefonni öchirgandan söng.
-ey nilu nega unday deding, axir sevasanku... Niluar yeğlay boshladi.
-ha ha sevaman ularni jonimdan ortiq sevaman, ammo, nima qilay ularni özidanda kuchliroq sevuvchi bu yurak menga pand berayotgan bölsa nima qilay ayt? Bu hasta yurak urishdan asta töxtayotgan bölsa nima qilay ayt? Otabek akamni men tufayli azobda qolishlarini mendan keyin qiynalishlarini xoxlamayman.
-bu nima deganing? Axir yaqinda opiratsiya qilishadi umid bor degandinku?
-xa degandim ammo yaqinda dadam shifokor bilan suxbatashganlarini eshitib qoldim. Bu hastalik tuğma bölgani uchun operatsiya foyda berishi juda qiyin ekan, hatto tirik chiqmasligim mumkin ekan.
-yöq unday dema, ular ham oddiy banda xudo emas. Hali hammasi yaxshi böldi. Hali otabek akang bilan baxtli hayot kechirasizlar shirindan shakar farzandlaringizni tarbiya qilib qariysizlar.
-qani qaniydi shunday bölsa...
Shu payt Shohjahon ismili kursdoshimiz yonimizga kelib qoldi. U ham nilufarni sevardi ammo shu paytgacham oshlor qilmagan edi.
-nilu nega yeğlayapsan? Kim hafa qildi? Yo anavi tashlab ketdimi seni ayt!?
-yöq shox hech nima bölmadi iltimos keting! Nilufar undan yuzini burib oldi.
-shox xech nima bölmadi shunchaki dardlashib ötiribmiz keting, uni ketkazish urindim ammo ketmadi.
-ayt ösha ösha seni hafa qildimi abjağini chiqaraman u nomartni.
-yöq shox ularning aloqasi yöq iltimos...
-nega yeğlayabsan unda? Shoxjahon asta yonimizga tiz chökib Niluraning yoshlarini qöli bilan artdi.
-shox xech nima bölmadi, ularning zarracha aloqasi yöq bu yerda. Iltimos meni ozgina bölsada hurmatim bölsa bu körganlariz töğrisida ularga xech qachon xech nima demang!
-.............xop unda köz yoshlaringni art!
-xop nilufar köz yoshlarini artib-mana endi iltimos yöq demasangiz bizni holi qoldiring!
-xop deya shoxjahon bizdan uzoqlasha boshladi, ketib borar ekan biz tarafga bir bir qarab qöyardi.
-haligi shoxjahon deganiz men bilan oxirida hayrlashgan yigit emasmi? Deya durdonani sözlarini bölib qöydim. U ha degancha sözlarida davom etdi.
-nilu axir bu qilgan ishingdan köngillari ozor chekmaydimi?
-agarda men bu yoruğ olamni tark etsam bundanda oğir bölishi mumkin. Durdon söz ber menga xech qachon ularga sevishimni aytmaysan, hech qachon.
-..........xop majburlikdan xop dedim. Ammo mana sizga borini aytdim.
Söngra Nilufarni dadasi Hindistonga operatsiya uchun olib ketdi. Sizga xech nima demasligimni aytdi. Shuning uchun sizga uni töyga vodiyga ketgan deb aytdim. Bir hafta oldin qaytishdi ammo ahvoli önglanmadi. Ölimidan oldin meni chaqirib qölimga mana shu kundalik va kanvertni tutqazib sizga berishimni iltimos qildi. Shunday deya Durdona örnidan turib meni yolğiz qoldirdi. Kundalikni örindiqga qöyib kanvertdagi xatni olib sekin öqiy boshladim. Endigina töxtagan köz yoshlarim yana quyilib kela boshladi. Xatda shu sözlar bitilgan edi:
Assalomu alekum Otabek aka. Bu xatim qölingizda ekan demak men bu yoruğ olamni tark etganman. Bilaman sizga juda köp azob berdim. Buning uchun mendek gunohkor bandani kechiring! Bu sözlarni sizga aytishni juda juda hohlardim ammo qölimdan kelmasdi. Men... Men sizni sevaman. Jonimdan ham ortiq köraman. Söngi nafasimgacha sizni deb uradi bu yuragim. Siz..siz ham meni chindan ham sevsangiz iltimos meni unuting! Boshqa hayot quring uylaning shirindan shakar farzandli böling, ammo, qiz farzand körsangiz ismini nilufar qöymang. Chunki bu isim sizga meni eslatadi. Meni eslasangiz yana ösha dard alam azoblar sizni qiynaydi. Iltimos mening ruxim shod bölishin istasangiz shunday qiling. Shunda men hotirjam bölaman. Ortiq hech nima deyolmayman. Iloxim baxtli böling! Sizni sevuvchi Nilufar...
Közlarimdan yosh tinmasdi.
Qabr yoniga tiz chökdim.
Nilufar seni sevaman...
Bu sözlarni birinchi bor aytdim.
Xop xop sen aytgande yangi hayot quraman ammo, seni unutmayman, chunki sen adashdin sen menga dard alam azob emas haqiqiy baxtni inom etding. Shu kungacham sevgi men uchun shunchaki öyinchoq edi. Lekn sen tufayli haqiqiy muhabbatni his qildim. Bu uchun senga raxmat. Allox seni özi kechirsin, joying jannatda bölsin. Mayli hayr Mahshargacham alvido...
Tamom!
Xotima
Muallifdan:
Mana uzoq kutilgan hikoyam ham öz poyoniga yetdi. Sizlarni kuttirganim uchun ming bor uzr!
Bu hikoyani bejizga yozganim yöq. Bu hikoya qahramonlari bu hayotdan oling. Hikoya qahramoni yani Otabek kaminayu kamtarin. Nilufar ham töqima emas. Töğri bu hikoyani Otabek va Nilufar örtasidagi sevgini o'zim o'ylab todim, Nilufar mening kursdoshim. U hayotda hikoyda tasvirlanganidan ko'ra ming chandon yaxshi. U shu yili 18-aprel kechqurun yurak hastaligi tufayli bu yorug' olamni tark etdi. U mana shu zalolatga qabixlik botqog'iga botib borayotgan dunyoda ketdi. Aslida uni xotirlab kichik maqola yozmoqchi edim. Lekin Nilufar bundan ortig'iga loyiq qiz edi. Bu olamga pok bo'lib keldi va o'sha poklikni saqlagancha foniy dunyoni tark etdi. Hikoyamni keyngi qismini intizorlik bilan kutib, qiziqish bilan o'qiganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Mano maqsad va mazmunini tushunasz degan umiddaman.
Etiboringiz uchun raxmat!
Muallif: Silvestr-Slay...