tungi.ru

Aziza... 1-qism. By Sadikoff

*Oldingi qismlar*

Muqaddima: http://uzbxxx.host/library/ind ... 50400

Aziza... 1-qism.

Ohiri so'radim:

- Anchadan beri shu yerda o'tiribsizmi?

- ...

- kechirasiz, hammasi yaxshimi?

- bundan battari bo'lishi kerakmidi!? - hiqirlagan ovozda javob berdi ayol. Ovozidan yoshi tahminan 40 dan oshgan deb o'yladim.

- men kelganimga 6 soattan oshdi, men kelganimda ham shu yerda ediz. Nimadir bo'ldimi? Menga aytsangiz bo'ladi, agar hohlasangiz.

- sizga nima ham deya olardim, hali yoshsiz, ancha-a yoshsiz...

- yosh bo'lsam ham, kattalardek hayotta yuttim ham, yo'qottim ham...

- balki... Bo'lishi mumkin. Lekin meni yashaganlarim bir kitobga sig'maydi, dushmaningiz ham meni boshimdan o'tganlarga chidolmaydi... - yuzi hali ham ko'rinmasdi, gapirgani sari ovozi tiniqlashardi, bu degani anchadan beri hali hech kim bilan gaplashmagan.

- sizga nimalar bo'lganini rostan bilmoqchiman, ichingizda saqlaganingiz foyda bermaydi, bo'lishgan yaxshi.

- nechi yoshsiz?

- hm... 20 ga kirdim.

Bir xo'rsinib, keyin menga qaradi. Yuzlarini tahminan 3-4 kun yuvmagani bilinib yuribdi, lekin bu yuzning ortida juda chiroyli husn yashirilgandi, buni payqamay ilojim yo'q edi. Shaxlo ko'zlar.

Bir necha soniya menga qaradi, va ho'rsinib javob berdi:

- 20 - Hatolar eng ko'p qilinadigan yosh, qonni, tezlikni, maishatni, xavfni, kayfni yoqtiradigan yosh... Yoki buni aksi...

- gaplaringiz juda ma'noli, o'ylantirib qo'ydi.

- o'zi bu gaplarni sizga ne aytayabman, yosh boshingizni qotirib.

- menga juda qiziq. Davom eting.

- hayotta hamma narsa bo'lishi mumkin ekan...

- masalan?

- masalan... O'z tug'ishganlaringiz ortingizdan pichoq urishadi, turmush o'rtog'ingiz sizni tushunmaydi, bolalaringiz davolanishi uchun doriga pul kerak bo'ladi, sizda esa chaqa ham bo'lmaydi... Hullas, bosh og'rig'i.

- hozir bolalaringiz yaxshimi...?

- yo'q... Ular yo'q, qabrga qo'yib keldim, 6 oy bo'ldi. O'zi bitta dona farzandim bor edi...

- ismi nima edi?

- Jahongir! O'zim qo'ygandim - u shu gapni qandaydir so'ngan faxr bilan aytti. Meni esa etlarim junjikdi. Shu vaqt to'sattan turamanga tushdi, ketishi kerakmish. Endi o'girilb, ketmoqchi bo'lganida so'radim:

- ismingiz nima?

- Aziza

- ertagayam shu yerda bo'lasizmi?

- ...

Shu bilan indamay ketti, ortidan ancha vaqt qarab qoldim, va men ham uyimga kettim... Hayolimda uning shaxlo ko'zlari va so'zlayotgan achchiq hayoti edi...

O‘xshash hikoyalar