tungi.ru

Chillasi Chiqmagan Kelinchak (Davomi)

Mashina töxtadi. Erkak orqa eshikni ochdida Irodaga boyagi ikki qutichani berdi. Mashina ketishda davom etdi. Oradan bir hafta ötdi. Iroda öziga kela olmasdi. Turmush örtog'ini yonida bölganida esa, ösha mash'um kun yana qaytarilayotgandek tuyilar edi. Shu sabab ham u eridan özini olib qocha boshlagandi. Qaynonani javrashlari ham endi Irodani qulog'iga kirmasdi. Közlarini bir nuqtaga qadagancha, jim yurardi

xolos. Ichida esa, qattiq o'rtanar,

nima qilishni bilmas edi. Bu

ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni uni

chetga tortida, gaplashib oldi.

"Iroda bilasizmi, men xam sevib turmush qurganman. Ammo

ahvolni bilasiz, xech narsaga

imkon yo'q. Meni xam o'z

orzularim bor. Iltimos qilaman,

bunday yurmang. O'zingiz uchun

bo'lmasa, xech bo'lmasa men uchun iltimos sizdan. Eringiz

o'sha kuni nima bo'ldi deb

so'radi. Aytishicha o'sha kundan

beri o'zgarib qolgan ekansiz.

Iroda, iltimos men uchun bunday

yurmang. Iltimos qilaman! Shu vaqt uyga, mexmonlar keldi. Bu,

Irodaning ota onasi edi. Ular

nixoyat qizini turmush qurganini

tan olib, uni ko'rgani kelishgandi

aslida. Xursand bo'lishi kerak

bo'lgan Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil sig'masdi. Hamma dasturxon

ustida kulishib suxbat qilishardi.

Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir

maxal, Elmurod Irodani chaqirdi.

Ovozi chiqmadi. Ikki marta, uch

marta chaqirdi. Ammo javob ovozi kelamdi. Elmurod sekin

o'rnidan turib, xotinini qidirishga

tushdi. Ammo u uyda emas edi.

Shunda xamma yig'ilganlar, uni

qidira boshladi. Ko'chadan, qo'ni

qo'shnilardan. Ammo hech qanday foydasi bo'lmadi.

Ko'chada o'ynab yurgan bir

bolakay, Elmurodni yoniga kelib,

kelnoyim jar tomonga ketdilar,

deb aytdi. Irodani uyidan sal

pastroqda katta jar bor edi. Jar, shu qadar katta ediki, uni tubi

ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar

tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin

qolishganda, Irodani ro'molini

topib olishdi. Ro'mol yerda

yotardi. Elmurod yugurdi. Jarni uchigacham bordi. Ammo u yerda

Iroda yo'q edi. Jarni boshida bir

narsa yaltiraganini ko'rgan ovsini,

sekin borib yaltiragan narsaga

qo'l cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk

edi. Ovsini bildi nega bunday bo'lganini va Iroda qayerda

ekanini. Sekin pastga qaradi.

Hech narsa ko'rinmas edi. U

o'lgan dedi, ovsin o'ziga o'zi.

Irodani o'lganini bilsada, ammo

uydagilarga xech narsani ayta olmasdi. Oradan bir kun o'tib,

Irodani yo'qolganlar ro'yxatiga

qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har

kuni uni izlar, ammo topolmas

edi. Qaydan ham topsin, axir u

o'lgan. O'lganini bilgan odam esa, hech qachon bu gapni ayta

olmaydi. Bu ibratli hikoya sizga

yoqadi degan umiddaman.

Hikoyani avtori menmas. Xato va

kamchiliklari bo'lsa oldindan

barchangizdan uzr so'rayman. Alloh o'zi bizni nafs balosidan

asrasin. Shuni unutmangki: Bu

dunyoda barcha gunoh

kechirilishi mumkin. Ammo

xiyonatmas...!

O‘xshash hikoyalar