tungi.ru

ich 5600605

Xiyonatchi Ayol bilan yashga

majburman Oilada ikkinchi

o'g'ilman. Ota-onam juda obro'li va hurmatga

sazovor insonlar. Men o'zimdagi barcha yaxshi

xislatlar uchun ulardan minnatdorman. Dadam

meni bolaligimdan tadbirkorlikka o'rgatdi. Hozir

yosh bo'lsam-da, o'z biznesimga egaman. Akam

Koreyada o'qib, o'sha yerda ishlaydi. Hali

uylanmagan. Shu bois ota-onam akam uyga

qaytguncha meni uylantirish payiga tushib

qolishdi. O'shanda endigina o'n sakkiz yoshga

to'lgandim, kollejning birinchi kursida o'qirdim.

Qarindosh-urug'larimiz bir qizni tavsiya qilishdi.

Hali yosh emasmanmi, qiz ko'zimga olovdek

ko'rindi va unga uylanishga rozi bo'ldim.

Turmush qurganimizdan so'ng hayotimiz bir

maromda kecha boshladi. Xotinim yelib-yugurib

ota-onamning xizmatini qilar, oilamizdagilarning

hammasi undan minnatdor edi. Shu orada

farzandli bo'ldik. Bundan, ayniqsa, ota-onam

nihoyatda xursand bo'lishdi. O'g'ilcham ota-

onamga birinchi nabira emasmi, uni yeru ko'kka

ishonmasdi. Ayniqsa, dadam chaqaloqni qo'lidan

qo'ymas, bir yoshga to'lar-to'lmas, mashinaga

mindirib sayr qildirib yurardi. Tadbirkorlik

faoliyatim, asosan, poytaxtda edi va men uyga

tez-tez kelib turardim. O'g'lim ikki yarim yoshga

to'lgach, oilamni Toshkentga olib ketadigan

bo'ldim. Ota-onam ortimizdan termilib qolishdi.

Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay, ularning

o'g'limni sog'inishlarini ko'rib, ta'sirlandim.

"Mayli, o'g'limiz goh sizlar bilan, goh biz bilan

yashab tursin, shunda ko'nikishlaringiz oson

bo'ladi", deb keyingi gal borganimizda o'g'limni

uyga tashlab keldim. Tadbirkorlik bilan

shug'ullanishni o'zi bo'lmaydi. Kun bo'yi ishda

bo'lardim, xotinim esa uyda. Ishdan horib-

charchab qaytganimda eshigimni ochib kutib

oladigan rafiqam yonimda ekanligidan xursand

edim. Shunday kunlarning birida xotinimning

o'zgarib qolganini sezdim. Qanaqadir bezovtadek

edi u. Telefoni jiringlasa ham, cho'chib tushadimi-

ey... "O'g'limizni sog'ingani uchun shunaqa

xayolchan bo'lib qolgan, shekilli", deb o'yladim

va shu hafta o'g'limizni olib kelaman, dedim

o'zimga o'zim. Ammo... O'sha kuni ishdan biroz

erta qaytgandim. Uyga kelsam, xotinim yo'q

ekan. "Do'kon-po'konga chiqqandir" degan

xayolda divanga cho'zildim. Lekin negadir

ko'nglim g'alati bo'la boshladi. Odatda, kun bo'yi

charchaganligim bois uyga kelishim bilan uxlab

qolardim. O'sha kuni ko'zimga uyqu inmadi.

Xotinimga qo'ng'iroq qildim. - Uyimizni yonidagi

kafedan sizga ovqat olayotgandim. Bugun uyda

ovqat pishirgim kelmadi, - dedi u. - Tezroq kel, -

ko'nglim biroz xotirjam tortib. Ammo oradan

ancha vaqt o'tsa hamki, undan darak bo'lmadi.

Xavotirlanib u aytgan kafega bordim. Borsam,

eshik qulf, qorovul kafening yopilganiga bir

soatdan oshganini aytdi. Soatga qarasam - 23:35.

Yana xotinimga qo'ng'iroq qildim. - Mana, hozir

kafedan ovqat olyapman, dedim-u, - dedi u

yolg'on gapirib. -Kafening oldida turibman,

yo'qsan-ku! Xotinim dovdirab qoldi. - Shu

yerdaman, mana boryapman, -deya telefonni

o'chirib qo'ydi. Yuragim hapqirib, qator turgan

garajlar tomon yurdim. Shunda xotinim lip etib

bir garaj yonidan chiqdi. Sochlari to'zg'ib ketgan.

Tez-tez ortiga qarab qo'yishidan o'sha yerda

kimdir borligini sezib, yugurib bordim. Bir yigit

meni ko'rishi bilan garajlarni panalab qochib

ketdi. Miyamga qon tepgandek bo'ldi. - Kim u?

Yarim kechada qayerdan kelyapsan? - dedim

baqirib. - Sizga ovqat olaman, deb kafega

chiqqandim. Yopiq ekan. Nariroqdagi kafega

borgandim... -deya dovdiray boshladi xotinim. -

Anavi yigit kim, deb so'rayapman sendan?! -

baqirig'imdan hammayoq titrab ketgandek bo'ldi.

- Umi?.. U meni kuzatib qo'ydi. - Nega seni

kuzatadi? Kim o'zi u? Taniysanmi? Xullas, uni

sudragudek bo'lib uyga olib keldim. Bu paytda

xotinim ancha o'zini bosib olgan, ko'zini lo'q

qilib: "U yigitni tanimayman", deb turib olgandi.

Ertasi kuniyoq uning telefoniga kimlar qo'ng'iroq

qilganligini bilish uchun kompaniyaga bordim.

Xotinim shu yaqin kunlar ichida faqat bitta

noma'lum raqam kuniga to'rt-besh martadan bir

soatga yaqin gaplashgan ekan. Xotinimdan

so'rasam, tan olmadi. O'sha raqamga qo'ng'iroq

qilgandim, bir yigit ko'tardi-yu, xotinimning

nomini aytishim bilan o'chirib qo'ydi. Xullas,

xotinimni uydan haydab yubordim. Ota-onamga

bo'lgan voqeani aytgandim, ular ishonishmadi.

"Xotining bilan yarash, balki, yanglishgandirsan,

bitta bolang bor axir", deya shashtimdan

qaytarishga urinishdi. Ammo men

adashmaganligimni, xotinim menga xiyonat

qilganini ich-ichimdan sezib turardim. Shu bois

"Endi u bilan yashamayman", deya poytaxtga

qaytdim. Ota-onam ortimdan "Agar u bilan

ajrashsang, sendek o'g'limiz yo'q!" deb qolishdi.

Bilaman, ular o'g'limni juda yaxshi ko'rishadi, bu

mehr hatto xiyonatkor kelinni ham ularning

ko'ziga oppoq ko'rsatayotgandek. Rosti, o'zim

ham oilam buzilishini xohlamasdim. Ammo...

Ammo yigitlik sha'nim, or-nomusim bo'zlardi. Ikki

o't orasida qovurilib yashay boshladim. Mening

holimni oilasi barbod bo'lgan insonlar yaxshi

tushunsa kerak. Hayot to'xtab qolgandek edi

go'yo... Sarosar yurgan shunday kunlarimning

birida yaqin do'stlarimdan xotinim haqida bir-

biridan dahshatli gaplar eshita boshladim. U

uydan ketgach, viloyatga borib, ota-onamga o'zini

oqlab yig'labdi va o'g'limni olib, yana poytaxtga

qaytibdi. Hozir qayerdadir ijara uyida turib,

kafeda ofisiantlik qilayotgan ekan. Uning battar

yomon yo'llarga kirib ketganini eshitib, yuragim

tirnalsa-da, o'sha do'stlarimga "Buni menga

isbotlay olasizlarmi?" dedim. Ular rozi bo'lishdi va

bir kuni yarim kechasi xotinim ishlaydigan kafe

yoniga borishimni aytishdi. Borsam, xotinim kafe

yonidagi bog'da bir yigit bilan skameykada

quchoqlashib o'tirgan ekan. O'zimni tutolmay

g'azab bilan tepasiga bordim. Xotinim meni ko'ri-

yu, "Sherzod aka", deya boyagi yigitga battar

yopishdi. Do'stlarim: "Qo'lingni harom qilma",

deya yo'limni to'sishdi. Nima qilishni bilmasdim,

bundan ko'ra yuragimni sug'urib olsalar yaxshi

edi. Bunday paytda inson yaqin kishilaridan

madad izlar ekan. Nima qilayotganimni bilmay

onamga qo'ng'iroq qildim. "Mana, maqtagan

keliningizni bittasi bilan tutib oldim. Endi ham

menga bolang uchun u bilan yasha, deysizlarmi?"

dedim alamdan titrab. Onam: "Nega uni poylab

yuribsan?" deb mendan xafa bo'ldi va jahl ustida

bo'lsa kerak, "Sendan kechdim!" deb yubordi. Bu

gapni eshitib, boshimga birov tayoq bilan

urgandek bo'ldi. Nahotki ota-onam nabiraga

bo'lgan mehrlarini deb mening g'ururim poymol

qilib yashashimni istashsa?! Endi ikki dunyoda

ham xotinim bilan yashamayman. U bilan

ajrashish uchun sudga ariza berganman. Ammo

ota-onamdan ham judo bo'lgim kelmaydi.

Nahotki endi ular mendan voz kechishsa?! Nima

qilsam, ota-onam mening ahvolimni

tushunisharkin? Yolg'izlik va alam-iztiroblar jon-

jonimdan o'tayotgan shunday kunlarda kimdir

menga tirgak bo'lishini istayman. Aqlli, rostgo'y

va vafodor qizga uylanib, farzandli bo'lib, ota-

onamga haqiqiy baxtimni topganligimni isbotlagim

keladi. Bu Manda bomaga bir inson etib berdi

Boshqa hikoyalar