tungi.ru

ORGAZM

Orgazm

Ilmiy dalillarga ko‘ra, oilaviy

hayotning dastlabki uch oyida

ayollarning 22 foizi, birinchi yilning

oxiriga kelib 42,5 foizi, yil davomida

72 foizi, 10 yil yashaganda

ayollarning 89 foizi orgazmni his

etadi. Ba’zi ayollar tug‘ma frigid,

ya’ni jinsiy sovuq bo‘ladilar. Bunday

ayollar orgazmni his eta olmaydilar.

Frigidlik ko‘p hollarda jinsiy

yaqinlikka va oilaviy hayotga, bola

ko‘rishga mutlaqo ta’sir qilmaydi.

Biroq erkak tez-tez jinsiy yaqinlik

qilib turishni istasa, orgazm

nimaligini tushunmaydigan ayol

jinsiy yaqinlikka birmuncha befarq

qaraydi va ko‘pincha uni istamaydi.

Bu, o‘z navbatida, er-xotin o‘rtasiga

sovuqlik solishi mumkin. Ba’zi

ayollar o‘zining frigidliklarini tan

olmasdan, bunda erlarini aybdor

deb hisoblashadi. Bunday noto‘g‘ri

fikr ba’zi (maxsus adabiyotlarii ko‘p

uqib, orgazmni his etishni nihoyatda

istagan) ayollar¬ning o‘zga erkak

bilan jinsiy yaqinlik qilib ko‘rishiga,

eriga xiyonat qilishiga sabab bo‘lishi

oilaniig buzilib ketishiga olib kelishi

mumkin. Lekin ko‘pincha uzoq yillar

surunkali jinsiy hayot kechirib

yurishiga qaramay, bir necha yildan

so‘ng ham ayol orgazmni his

qilmaydigan bo‘lsa, bu endi

erkakning o‘z jufti haloliga

yetarlicha mehr-muhabbat

kursatmayotganligini bildirgan

bo‘ladi. Ba’zi erkaklar uz jufti halolini

jinsiy yaqinlikka yetarlicha

tayyorlamasdan turib iloji boricha

tezroq hirslarini qondirishga

intiladilar. Bunday erkaklar faqat

o‘zlarini uylashadi, xolos. Bu,

albatta, yaxshi emas. Ayol esa

shahvoniy tuyg‘ulari endigina

quzg‘alganicha qolib ketaveradi.

Bunday ahvol doimiy ravishda

davom etaveradigan bo‘lsa, ayolda

nevrozlar kelib chiqishi yoki,

yuqorida aytganimizdek, uni eriga

hiyonat qilishgacha olib borishi

mumkin. Shu sababli, mutaxassislar

iborasi bilan aytganda, frigid ayollar

sonini sun’iy ravishda oshiradigailar

- jinsiy savodsiz, uta xudbin

erkaklardir. Ba’zi erkaklar: «Jufti

halolimda mayl bo‘lganidan keyin u

ham lazzatlanadi», - deb uylaydilar.

Ayol organizmining o‘ziga xosligi

ularni mutlaqo qiziqtirmaydi, bu

haqda uylab ham ko’rishmaydi. Shu

bois ayol uz jufti halolining

og‘ushidan istagan eng lazzatli his-

tuyg‘ulardan mahrum buladi.

Erkaklarning deyarli hammasida

orgazm bo‘ladi, ular uchun ayollar

kabi ma’lum vaqt va maxsus

tayyorgarlik shart emas. Orgazm

jinsiga (ayollar va erkaklar

orgazmi), joyiga (klitor, qin), turiga

(bir marta, ko‘p marta, qisqa

muddatli, uzoq muddatli,

tulqinsimon), jadalligi va

ekspressivligiga (kuchsiz, o‘rta,

kuchli), bosqichlariga ko‘ra (I

bosqich, II bosqich, III bosqich)

bo‘lishi mumkin.

Ayol orgazmi bosqichlari

Jinsiga ko‘ra ayollar va erkaklar

orgazmiga bo‘linishi va ularning

alohida ko‘rib chiqilishi bejiz emas,

chunki erkak va ayollar orgazmi

bir-biridan birmuncha farq qilib, ular

uziga xos xususiyatlari bilan

kechadi. Ayollar orgazmi uch

bosqichdan iboratdir. I bosqichda

ayol qornining quyi qismida

«vaznsizlik» tuyg‘ulari paydo bo’lib,

bu tuyg’ular klitorga va jinsiy

a’zolarning boshqa qismlariga

tarqaladi. Bu bosqich bir zumda

yuzaga kelib, asli guyo o‘z sezgisini

yuqotgandek bo‘ladi, o‘zidan

suyuqlik ketgandek his qiladi. Bu hol

ayollar eyakulyatsiyasi borligidan

dalolat beradi. II bosqichda ayol

avval tananing toz qismida, keyin

butun jinsiy a’zolari bo‘ylab yoqimli

va hayotbaxsh issiqlikni his etadi;

bu issiqlik shu onda butun badanga

tarqaladi. Bu bosqichning oxirida

o‘ziga xos turtki his etiladi va bu

turtkidan so‘ng faqat jinsiy a’zolar

emas, balki atrofdagi a’zolarda

ixtiyorsiz ravishda muskullarning

qisqarishi boshlanadi. Tug‘ruqni

boshidan kechirgan ayollar bu

hislarni tug‘ruqdan oldingi tulg‘oqqa

uxshatadilar. Yuzaga kelgai issiqlik

III bosqichda qin, bachadon, dumba

muskullarining kuchli va ritmik

qisqarishi bilan almashinadi. Bunday

ritmik qisqarish, tibbiyot tili bilan

aytganda, toz pulsatsiyasi deyiladi.

Bu bosqichda ayol hayotida biror

his-tuyg‘u bilan solishtirishi qiyin

bo‘lgan eng kuchli va lazzatli

organik hislarni sezadi. Orgazm o’z

intihosiga yetadi. Toz

pulsatsiyasining soniga (bitta

orgazmdagi) qarab ayollar

orgazmining jadalligi darajasini -

kuchini aniqlash mumkin. Toz

pulsatsiyasi 3-5 tagacha yetsa

kuchsiz orgazm hisoblanadi, 5-8

tagacha yetsa urtacha - me’yoriy

orgazm, agar toz pulsatsiyasining

soni 8-12 tagacha yetsa jadal

(intensiv) orgazm hisoblapadi,

undan ortiq bulishi kamdan-kam

uchraydi va u uta jadal orgazm

hisoblanadi. Yuqoridagi bosqichlar

turli obyektiv va subyektiv

sabablarga ko’ra har bir ayolda

turlicha bo‘lishi va bir ayolning

o’zida ham har galgi jinsiy

yaqinlikda bu bosqichlar bir-biridan

birmuncha farqli kechishi mumkin.

Masalan, ma’lum vaqt ayriliq

natijasida jinsiy hayot bilan

yashamagan ayol uchun yuqoridagi

bosqichlar yaqqol ifodalangan

shaklda o’tsa, aksincha' odatdagi

jinsiy hayot bilan yashayotgan

xotin uchun erining mayli bilan

bo’layotgan navbatdagi jinsiy

yaqinlikda bu bosqichlar nihoyatda

tez utishi va chuqur his etilmasligi,

tashqaridan yetarli ravishda

sezilmasligi mumkin.

Boshqa hikoyalar