tungi.ru

"BeK" dan "Qasos"

O‘ttiz yoshlardagi oqish-kulrang sochli

yoqimtoygina ayol ohista

odimlagancha mening

stolimga yaqinlashdi. Uning bo‘yi

baland emas,

bir yarim metrcha kelar, ammo kiyimi odatda

kichik shaharchada yashovchi ayollar

kiyadigan

liboslardan anchagina yaxshiroq

bo‘lib, didi

balandligi darrov sezilardi. Bu ovloq joylarga

bironta kattaroq shahardan kelgandir,

balki

bashang kiyinish qobiliyati tug‘madir...

– O‘tirsam maylimi? – so‘radi u mening

yonginamda to‘xtab. – Qarshi bo‘lmasangiz, siz

bilan gaplashib olsam degandim.

Men uning chap qo‘liga nigoh

tashladim va bosh

irg‘adim. Ayollar bilan uchrashganda

doimo ularning qo‘liga qarayman. Ularning

qo‘llari

yuzlariga nisbatan ko‘proq narsani

aytib berishi

mumkin. Illo, ular plastik jarrohlar va

pardoz vositalari yordamida yuzlarini

mo‘‘jizakor tarzda

o‘zgartirishadi, ammo qo‘llarini

aldayolmaysiz,

ular doimo rost so‘zlaydi.

Suhbatdoshimning uzun va nozik barmoqlari

meni qiziqtirib qo‘ydi. Birinchidan,

ularga bir

necha o‘nlab ming dollar turadigan

olmos ko‘zli

uzuk taqilgandi, ikkinchidan, suhbatimiz qiziq

bo‘lishini yuragim sezayotgandi.

Notanish ayol o‘tirdi va asabiylashgan

holda

qadahni o‘ynarkan, so‘zini kutilmagan

tarzda boshladi:

– Men odam o‘ldirishingizni istardim.

– Manzilingizdan adashibsiz, xonim, –

dedim

men bosh chayqab, unga bo‘lgan

qiziqishim darhol so‘ndi. – Bu mening kasbim

emas.

– Pul ishlash-chi, bu kasbingizga

kiradimi? –

sovuqqina so‘radi u va qattiq tikildi.

– Bu borada nishonga bexato urdingiz, –

ta’kidladim men. – Men pul ishlashni

bilaman

va buni yaxshi ko‘raman.

– Unday bo‘lsa, nima uchun yigirma

besh ming dollar ishlab olishdan bosh tortyapsiz?

muloyimlik bilan qiziqsindi ayol. Shu

bilan

birga, u men tomonga odob qoidasi

ruxsat beradiganidan ko‘ra anchagina

yaqinroq

engashdi.

Men unga bir necha soniya tikildim,

keyin

ko‘zimni likopchaga qaratdim va uni chetga

surib qo‘yib, tushuntira boshladim:

– Xonim, men istalgan narsani

xohlagan

odamimga sotishim mumkin. Bundan

tashqari, gapga chechanlikda ham oldimga

tushadigani

yo‘q. Agar birontasiga gapiraverib,

zeriktirib

o‘ldirishimni istasangiz, unda bosh

ustiga. Ammo rostakamiga...

– Bu odamni gap bilan zeriktirib

o‘ldirishingiz

qiyin, – og‘ir xo‘rsindi notanish ayol.

– Kimni aytyapsiz?

– Erimni. – Nega uni o‘ldirmoqchi bo‘lyapsiz?

Shunchaki

uni tashlab ketish osonroq emasmi?

Noxushliklar ham kamroq bo‘ladi,

panjara

ortiga ham tushmaysiz. Ko‘chada mashinam

turibdi, u juda tez yuradi, bir necha

soatdan

so‘ng boshqa shtatda bo‘lishimiz

mumkin.

– Yo‘q, – bosh chayqadi u, – qochish bilan ish

bitmaydi. U judayam boy odam, pulini

qarg‘a

cho‘qimaydi. Agar uni tashlab ketsam,

menga

bir miri ham tegmaydi. Agar o‘lsa, butun boyligi

menga qoladi.

– Sizga judayam achinyapman, ammo

bilib

qo‘ying: men iflos ishlar bilan

shug‘ullanmayman.. – Yigirma besh ming dollar haqida

unutmadingizmi? – eslatdi u.

– Men hech qachon hech narsani

unutmayman,

– jilmaydim men. – Aytgancha, nima

uchun aynan menga murojaat qilyapsiz? Buni

mahalliy

yigitlarning birontasidan iltimos

qilganingiz

osonroq emasmi?

– Yo‘q, bu yerliklar bunday ishga qodir emas.

Menga aynan kelgindi odam kerak. Bu

yerda

bir-ikki kun bo‘ladi, ishini bitiradi va

ertasi

kuniyoq juftakni rostlaydi. O‘sha odamni men

qaytib ko‘rmayman va uning o‘zi ham

bu gadoy

topmas joylarga qaytib kelmaydi. Siz

bu yerda

uzoq ushlanib qolmassiz axir? – Bunday niyatim yo‘q, – bosh irg‘adim

men. –

Siz kelganingizda men ovqatlanib

bo‘lib, yo‘lga

tushishga otlanayotgan edim.

– Hammasi omadli bo‘layotganini ko‘ryapsizmi?!

Menga sizni Xudoning o‘zi yetkazdi! Bu

ishni shu

bugun kechqurun bajarishingiz va

darhol jo‘nab

ketishingiz mumkin. Sizdan hech kim shubhalanmaydi. Axir sizni men bilan

bog‘lab

turadigan hech narsa yo‘q – biz

hozirgina

uchrashdik va darhol ajrashdik... Bu

shahardan cho‘ntagingizda yigirma besh ming

dollar bilan

ketishingizni ham unutmang.

– Pul yoningizdami? – ehtiyotkorlik

bilan

qiziqsindim men. U atrofiga alangladi, keyin kattakon

sumkasini

ochdi va uning ichidagini menga

ko‘rsatdi.

Sumka siqib bog‘langan dollar

taxlamlaridan shishib ketgandi. Men hali shuncha

pulni

qo‘limga ushlab ko‘rmagandim. Shu

sabablimi,

kuraklarim jimirlab ketdi.

Suhbatimiz boshlanganidan beri birinchi marta

uning taklifi haqida jiddiy o‘ylay

boshladim.

Nima bo‘lganda ham, bu ayolning

gaplarida

mantiq bor edi. Haqiqatan ham xavf iloji

boricha kamaytirilgan edi. Kelgindi

odam

qotillikni sodir etadi-yu, darhol jo‘nab

qoladi.

Uni hech kim tanimaydi, tabiiyki, barcha shubha

mahalliy yigitlarning bo‘yniga tushadi.

– Agar restorandagilardan birontasi

bizni eslab

qolsa-chi? – so‘radim men barcha ikir-

chikirlarni ham e’tiborga olishga urinib.

– Qo‘rqmang, – dalda berdi u. – Men bu

yerga

kamdan-kam kiraman.

Restorandagilarning

birontasi meni tanimaydi. – Shunday bo‘lsa ham bu yerdan

ketganimiz

ma’qul. Men hech narsa va’da

qilolmayman,

ammo gaplashib olishimiz mumkin.

Gaplashganingiz uchun qamoqqa tiqishmaydi.

Ayol tezgina turdi va restorandan

chiqib ketdi.

Men likopchaga qaradim, ammo

ovqatimning

qolganini yegim kelmadi – negadir ishtaham

bo‘g‘ilgandi. Bir-ikki daqiqadan keyin

men ham

restoranni tark etdim. Men ayolga

restorandan

uchta mavze naridagi xilvat ko‘chada yetib

oldim. U mening mashinamga o‘tirdi va

biz

yo‘lda davom etdik. Men ko‘zimni

yo‘ldan

uzmasdim. Unga qaragim kelmas, yigirma besh

ming dollar uchun bir odamni

o‘ldirishim

mumkinligiga sira ko‘zim yetmasdi.

Uning ko‘rsatmasiga binoan

shahardan tashqariga chiqdim.

– Qalay, bir qarorga keldingizmi? –

so‘radi u

kichikkina tepalik ustida

to‘xtaganimizda.

– O‘zingiz ayting-chi, aslida nimani istayapsiz? –

ehtiyotkorlikni unutmay, savoliga

savol bilan

javob qaytardim men.

– Bu judayam oson, – yelka qisdi

notanish ayol. – U uyga soat o‘n birdan avval

qaytmaydi. Siz

mehmonxonada kutasiz. U kirganida

o‘q uzasiz,

o‘lganligiga ishonch hosil qilasiz,

o‘g‘irlik yuz bergandek qilib ko‘rsatish uchun

deraza

oynasini sindirasiz va darhol jo‘nab

qolasiz. Men

yotoqxonada bo‘laman. Siz

ketganingizdan so‘ng o‘n daqiqa o‘tgach, men politsiyaga

qo‘ng‘iroq

qilaman va uyimizga o‘g‘ri kirib, erimni

otib

ketganini aytaman.

– O‘n daqiqa yetadi, deb o‘ylaysizmi? – shubhalandim men.

– Agar darrov shahardan chiqib

ketsangiz,

albatta yetadi, – ishonch bilan bosh

irg‘adi ayol.

– Axir ketmoqchi ekanligingizni aytdingiz-ku?

– Pullar-chi? Ularni qachon olaman?

– Hozir sizga besh ming beraman, –

ayol

tizzasidagi sumkani ko‘rsatdi. – Qolgan

yigirma mingini ishni bajargach olasiz. Sumka

mening

yonimda, yotoqxonada bo‘ladi.

– O‘zingiz keyin nima qilmoqchisiz? –

so‘radim

men pullarni tezgina cho‘ntagimga solarkanman.

– Shovqin-to‘polon tingunicha biroz

kutaman, –

jilmaydi ayol. – Pullarni darhol

ololmayman,

biroz kutishimga to‘g‘ri keladi. Keyin bu yerdan

jo‘nab ketaman... Siz uni o‘ldirasizmi? – so‘radi u

uzoq jimlikdan so‘ng.

– Ha, – javob berdim men ham undan

qolishmaydigan uzoq jimlikdan so‘ng. – Qurolni

qaerdan olsam ekan? Menda hech

narsa yo‘q.

U o‘zining tubsizdek ko‘rinuvchi

sumkasidan 32-

kalibrli to‘pponcha oldi va uni sharfi bilan

yaxshilab artib, menga uzatdi.

– Uni manavi to‘pponcha bilan oting,

keyin

shahar tashqarisida tashlab

yuborarsiz... Soat o‘n bir yarimlarda uyga yaqinlashing.

Eshik

ochiq bo‘ladi. Mehmonxonaga kirib,

kutib

turasiz...

Men soat 22.25 da uning uyi yonida to‘xtadim

va cheka boshladim. Gugurt chaqib,

sigareta

yaqinlashtirarkanman, qo‘llarim

titrayotganini

ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Bu ish osondek,

mushkulliklar bo‘lishi mumkin

emasdek

tuyilardi. Roppa-rosa soat o‘n bir

yarimda

zinapoya yoniga keldim. Ayol va’da qilganidek

eshik ochiq edi. Men yo‘lakdan asta

o‘tib, qop-

qorong‘i mehmonxonaga kirdim.

Xona o‘rtasida

to‘xtadim va qaerga berkinishni o‘ylab, atrofga

alangladim.

Men endigina eng uzoq burchakka

yashirinishni

mo‘ljallagan onda to‘satdan

mehmonxonada chiroq yondi.

Boshqa hikoyalar