tungi.ru

Hayot

ALBATTA OQING .............

Uyga qaytganimda ayolim kechki ovqatga

dasturxon tuzayotgan ekan. Uni qo`lidan tutib

yonimga o`tkazdim va jiddiy gapim borligini

aytdim. U jim o`tirib meni tinglardi. Imkon

qadar ko`zlariga qarab gapirishga urinardim,

biroq ulardagi o`g`riq meni sozlashimni

qiyinlashtirardi. Nafasimni jamlab keyingi

kunlarda ichimda o`ylab yurganimni shart

aytdim qo`ydim: “Sen bilan ajrashmoqchiman”..

Uni bu so`zlarim hayratga solmadi va u sokinlik

bilan “Nega?” deb sababini so`radi. Javobdan

o`zimni olib qochdim, unga bu harakatim

yoqmadi. Nima deb aytishim kerak edi?

Hotinimni sevmay qo`ganimga ancha bo`lgan,

hozir ko`nglim butkul Dilraboga tegishli. Ertasi

kuni ishdan qaytganimda hotinim nimalarnidir

yozib o`tirgan edi. Indamay kirib yotdim,

Dilrabo bilan o`tgan kunim ta`surotlarini

o`ylab shirin uyquga ketibman. Ertalab ayolim

qo`limga bir parcha qog`oz tutkazdi. Unda bir

shart yozilgan edi. U men bilan ajrashishga

qarshilik qilmasligini va buning evaziga mendan

biroy muddat so`ragan edi. Shu bir oyni baxtli

oiladek o`tkazishimizni iltimos qildi. Sababini

oddiygina tushuntirdi. Yaqinda o`g`ilchamiz

maktabga borishi kerak edi va yomon

ta`surotlar bilan o`qishni boshlamasligini

hohlardi. Men rozi bo`ldim. Uning yana bir

kichkinagina sharti bor edi. Turmushimizning ilk

oyidek uni har tongda uy ichidan qo`llarimda

ko`tarib eshik oldigacha olib chiqishimni

so`radi. Ayolim ajrashish oldidan aqldan ozibdi

degan hayol keldiyu indamadim, shu bilan

qutulsam mayli. Ayolimga nisbatan hohish

istagim ham yo`q edi, meni yana o`ziga isitib

oladi desam. Begonani ko`targandek ko`tarib

yurarman bir oy. Birinchi kun g`alati o`tdi.

O`g`lim bizni ko`rib qiyqirib yubordi: “Ada

nega oyimni ko`tarib oldiz?”. Hotinim ajrashish

haqida zinhor gapirmasligimni iltimos qilganligi

uchun men jilmayib qo`ya qoldim va kocha

eshigigacha ko`tarib bordim. U ishga ketdi…

Har tong shunday o`ta boshladi. Har safar

ayolimni qo`limga olarkanman qandaydir iliqlik

paydo bo`layotgandek tuyulardi.

Men o`zimni ishontirardim boshqasini sevaman

deb. Dilraboni oldiga oshiqardim.

Bir oy bo`lishiga ikki kun qolganda hotinim

qandaydir yengillik bilan qo`llarimga o`zini

topshirdi. Qo`llari bilan bo`ynimdan quchib

boshini elkamga qo`ydi. Orqadan bizni

kuzatayotgan o`g`limizni chaqirib yuzidan

o`pdi. Biz haqiqatda baxtli oiladek edik.

Men har kungidan ham mahkam ko`tarib

olgandim ayolimni. Huddi nikoh kunimizdek…

Ishxonamga uchib kirdim. Hoziroq borib

hammasini hal qilaman. Qarshimdan chiqqan

Dilraboga borini aytdim:

“Men seni sevmayman. Hotinim bilan

ajrashmayman”. Unin javobi yuzimga tushgan

tarsaki edi. Yig`lab honasiga qulflanib oldi.

Men esa yugurib ko`chaga chiqdim va toza

havodan to`yib nafas ola boshladim. Go`yoki

sevib qolgan o`spirindek. Yo`l- yo`lakay bitta

tort va katta guldasta oldim. Ayolim sevadigan

gullardan. Ayolimdam minnatdor edim meni

yana oilasiga qaytara olganiga. Urish-janjalsiz

chiroyli yechim topganiga. Men uni butun umr

qo`limda ko`tarib yurishimga arziydi.

Yotoqxonamizga qayta tug`ilgan sevgi

qanotlarida uchib kirdim.

Ayolim meni kutmabdi… Ishdan qaytgunimcha

joni uzilgan ekan.

Men ko`zi ko`r shuncha oydan beri oilamdan

uzoqlashib ayolim rak kasaliga duchor

bo`lganini sezmabman ham. U ham befarq

eriga dardini aytgisi kelmagan.

Uning so`nggi iltimosining maqsadi esa:

farzandimiz ko`z oldida men o`z ayolini va

oilasini tashlab ketgan odam sifatida emas, balki

sevuvchi er va ota sifatida qolishimni istagan

ekan, hattoki ketayotganida ham yaqinlari

uchun harakat qilibdi… Hayotda pul yig`ish,

mashina va uy olish g`amida yuramiz, biroq bu

tashvishlar deb yaqinlarimiz bilan

munosabatlarni unutmasligimiz kerak. Hech kim

abadiy emas, kim oldin, kim keyin ketadi.

Armonda qolmaylik azizlar…

Boshqa hikoyalar