tungi.ru

Erkak xiyonati va yecimlari

Erkak nega xiyonat qiladi...

(sabab va yechim)

Har bir ayol eri (suyukli yori)

xiyonat qilishini istamaydi. Erkak

xiyonat qilishiga nima sabab

bo'larkan? Qanday qilib buni

oldini olish mumkin? Albatta

hamma erkak ham xiyonat

qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa

xotinini sevmaydi degan gap

ham emas. Erkakni xiyonat

qilishiga nima turtki bo'ladi:

1. Jismoniy holati

Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan

ehtiyoji uning organizmidagi

testosterongormoniga bog'liq.

Bu garmon qanchalik ko'p ishlab

chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga

ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi.

Ana shunday yuqori ehtiyojli

erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini

qondirolmay, boshqa ayollar

bilan aloqaga kirishadi.

Xotin nima qilishi mumkin:

bunday erkaklarni jismonan

jinsiy aloqada ehtiyoji katta

bo'lgani uchun, ayoli uni doim

qondirishga tayyor bo'lishi kerak.

Erkakning ehtiyoji yuqori

ekanligini qanday qilib bilsa

bo'ladi? Ko'pincha bunday

erkaklar turmush qurilganiga bir

necha yil o'tganiga qaramay,

jinsiy aloqani har kuni, yoki

kunda bir necha bor istaydilar.

Ular ko'pincha past bo'ylik,

badanida tuki ko'p bo'lgan

bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida

ehtiyojlarini qondirmasalar

jismonan qiynaladilar.

2. O'zidan ranjish

Agar ayol kishi erining qadrini

bilmay, eriga minnatdor bo'lishni

bilmay, doim muammolar haqida

gapirib nolaversa, erkak siqilib,

men ayol kishini baxtiyor eta

olmas ekanman deb o'zidan

ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol

uning harakatlarini, arzimagan

ishlarini maqtab, u erkakni ruhan

ko'tarib tursa, u erkak bilan unga

qanchalik yaxshi ekanligini

gapiraversa, erkak o'sha "U baxtli

qila oladigan ayol" tomon

o'girilib oladi.

Xotin nima qilishi mumkin:doim

erining ishini maqtab, qilayotgan

yaxshiliklariga minnatdor bo'lishi

kerak. Erining ishxonasida

muammolar bo'lganda uni to'g'ri

eshita bilib, shu payt uy ro'zg'or

muammolari bilan erini

qiynamasligi kerak. Erini doim

tabassum bilan kutib olishi, eri

uni doim (jinsiy aloqa davomida

ham) naqadar baxtiyor

etayotganini bildira olishi kerak.

3. Sifatli jinsiy aloqa

Jinsiy aloqa davomida erkak

istagan narsalarni xotinidan

so'ray olmasligi, yoki so'raganda

rad javobi olishi uni xiyonat

yo'liga boshlaydi. Erkaklar jinsiy

aloqaga alohida ahamiyat

beradilar. Ularning bu borada o'z

istak va orzulari ham mavjud.

Agar bu istak-orzularini o'z xotini

amalga oshira olmasa, yoki hotini

bundan bosh tortsa, ular boshqa

ayol bilan istaklarini amalga

oshirishga harakat qiladilar.

Xotin nima qilishi

mumkin: avallambor eri bilan

jinsiy hayoti haqida gapira olishi

kerak. Jinsiy aloqa davomida

unga yoqadigan va yoqmaydigan

tomonlar haqida gapira olishi

lozim. Erining istaklarini eshita

olib, bu haqda gapirib, ularni

sifatli amalga oshirishga harakat

qilishi kerak. Erining bu boradagi

talab yoki iltimoslarini rad

etmasligi kerak. Lekin shu

qatorda o'z talab va istaklarini

bayon eta bilishi kerak. Er - xotin

orasida bu boradagi

anglashmovchilik butun hayot

davomida ular munosabatlariga

salbiy ta'sir ko'rsatib kelishiga

olib boradi.

4. Xotinining o'ziga qaramay

qolgani

Ko'pincha ayolar turmushning

boshida o'ziga qarab yurib, bola

tug'ilgandan keyin eriga yoqimli

bo'lish kerak ekanligi haqida

unutib yuboradilar. Bola bilan

ovora bo'lib o'z ko'rinishi,

muomalasi, yurish-turushi haqida

o'ylamay qo'yadilar. Bunday holat

erkakni biroz sovushiga, yoki

xotiniga faqat farzandlari onasi

sifatida qaray boshlashiga olib

keladi. Xotin er uchun avallambor

ayol bo'lishi kerak.

Xotin nima qilishi mumkin:

eringizga yoqimli bo'lishingiz

kerakligi haqida unutmang. Bu

degani uyda bo'yanib, yasanib

yurish degani emas. Lekin yirtiq

kiyim, kir sochlar, badanning toza

emasligi hech bir erkak uchun

yoqimli bo'la olmasligi haqida

unutmang.

5. Eriga nisbatan ishonchsizlik

Ayrim xotinlar erini kunda yurish

- turushini tekshirib o'tiradilar.

Ishxonaga telefon qilib

haqiqatan ishda ekanligini bilib

oladilar, uyga kech kelsa tergov

qiladilar, aytayotgan so'zlarida

doim xiyonat belgilarini qidirib

yuradilar. Bu tergovlar erkakni

jahlini chiqarib, xayolida xiyonat

fikri umuman bo'lmagan paytda

ham xiyonat qilishga undaydi.

Erkak haq ekanligiga amin bo'lib,

unga bo'lgan ishonchsizlikdan

ranjib, agar baribir menga

ishonmasa, yomon bo'la qolay

degan fikr bilan, xiyonat qilishi

hech gap emas.

Xotin nima qilishi mumkin:

eringizga ishoning. Agar kech

kelib sizga sababini tushuntirsa,

uni ming hil savollar bilan

tergamay, ishonishga harakat

qiling. Eringiz ishda yoki do'stlari

bilan bo'lganda qo'ng'iroq qilib,

so'roq qilavermang. Yomon

xayollaringizni yo'q qilishga

harakat qiling.

6. Ayolning sovuqqonligi

Ayrim ayollar eriga nisbatan jinsiy

aloqada sovuqqon bo'ladilar,

jinsiy aloqani burch sifatida

qabul qiladilar. Eri so'raganini

berib, o'zlari tashabbusli

bo'lmaydilar. Erkak uchun esa bu

juda muhim. Erkak ham ayoli

uchun yoqimli ekanlgini, ayoli

ham u bilan birga bo'lishni

istayotganini bilishni xohlaydi.

Xotinining sovuqonligi, boshqa

ayolning esa unga nisbatan

kuchli qiziqishi uni xiyonat

yo'liga boshlaydi.

Xotin nima qilishi mumkin:

ba'zida jinsiy aloqaga hotinning

o'zi ham tashabbuskor bo'lishi

kerak. Lekin ba'zida... chunki

ayolning nozi bor bo'lishi va

unga doim erkak erishishi

kerakligini unutmaslik kerak.

Jinsiy aloqaga er tashabbuskor

bo'lsa ham, ayol bunga burch

sifatida qaramasdan qiziqish va

xohish bilan yondashishi lozim.

7. Bo'sh erkak

Xotin uyda boshliq bo'lib olib,

eriga nisbatan ko'p pul topib,

buni ta'na qilsa, uyda bolalari

oldida erining hurmatini joyiga

qo'ymasa, erkak boshqa, uni

hurmat qiladigan, ayolga zor

bo'ladi. Erkak oilada bo'sh

ekanligidan ranjib, boshqa ayolni,

ya'ni erkakni kuchli va hurmatli

qilib ko'rsatadigan ayolni izlaydi.

U ayol bilan o'zini zo'r deb his

etadi.

Xotin nima qilishi

mumkin: erining hurmatini,

ayniqsa bolalari oldida joyiga

qo'yishi kerak, eridan ko'ra ko'p

pul topsa, uni ta'na qilmasligi va

eriga minatdor bo'la olishi kerak,

undan tashqari jinsiy aloqada

ham erini kamsitmasligi lozim.

8. Qasos

Ayol xiyonat qilsa erkak qasos

uchun xiyonat qiladi.

Xotin nima qilishi mumkin:

Xiyonat qilmang

9. Erkak krizis davri.

Qirq yoshdan o'tgach erkaklarda

krizis davri boshlanadi. Bunda

ular biroz kuch yo'qotganligini

his etib, siqilishni boshlaydilar.

Shunda ayrimlari ishga beriblib

ketsalar, ayrimlari boshqa

yoshroq ayolni izlab, ular bilan

"yosharish" istagida bo'ladilar.

Xotin nima qilishi mumkin:

er krizisdan bunday yo'l bilan

qutulishni tanlagan bo'lsa, u

holda kutish kerak, yaxshi,

suyukli yor bo'lib qolish kerak.

Krizis o'tadi, er esa qilgan

xatosini o'zi anglab yetadi. Agar

o'sha davrda janjal qilib erini

to'g'ri yo'lga boshlamoqchi

bo'lsa, eridan ajralib qolishi

mumkin.

10. Qattiq ruhiy siqilish

Erkak ishda qandaydir katta

muammoga duch kelib,

psixologik depressiyaga tushib

qolsa, yonida unga dalda

bo'luvchi inson kerak. Xotini

bunday inson bo'la olmasa,

chetda boshqa ayol bo'la olishi

mumkin.

Xotin nima qilishi mumkin:

er uchun dalda bo'la olish kerak,

"yiqilganda" qo'l uzata olishi,

siqilganda malham bo'la olishi,

ruhini ko'tara olishi kerak.

Albatta bu sabablar xiyonatning

barcha sabablari emas, balki

asosiylaridir. Ayol erini sevib,

unga doim hurmat bilan qarab,

qilgan har bir harakati uchun

ichida bo'lsa ham, eriga bildirib

ham minnatdor bo'la olsa, erini

baxtiyor etish istagida bo'lsa, eri

unga xiyonat qilmaydi, adashib

qolsa ham, hotini yoniga qaytadi.

Boshqa hikoyalar