tungi.ru

Sabr...(copy)

Uch nafar yigit va uch

qiz dam olish niyatida dengiz

böyiga otlanishdi. Ularni maroqli

hordiq kutmoqda edi. Bu yoshlar

bir-biriga köngil qöyishgan,

közlarida muhabbat uchqunlardi. Ötgan ketganlarga ham jilmayib

boqishardi. Ularning nazarida, bu

dunyoda hamma odamlar özlari

kabi baxtli edilar.

Lekin, unday emasdi. Ular ötirgan

avtobusda 30 yoshlardagi kishi ham bor edi.

Yoshlarning quvnoq kulgusi,

hazil-huzuli uni öng'aysiz ahvolga

solardi. Yoshlar quvnagani sayin

uning qalbi og'rir, oxiri közlarini

chirt yumib oldi. Bu shovqin unga

yoqmayotgani sezilib turardi.

Qizlardan biri uning bu holatiga jim

qarab turolmadi, notanish kishining

yoniga ötirdi. Uning ismini sörab

bildi. Erkak bundan 4 yil oldin

jinoyat qilib qamalgan, endi

turmadan uyiga ketayotgan ekan. Bu

qizni battar hayratlantirdi.

-Uyga qaytayotgan bölsangiz, nega

xursand emassiz? Uylanganmisiz,-

söradi qiz.

Bu savolga suhbatdoshi tushunarsiz

javob berdi:

-Bilmayman...

-Qanaqasiga bilmaysiz, - söradi qiz ajablanib.

-Turmaga tushgan paytimda

xotinimga xat yozib, uzoq vaqt

bölmasligimni aytdim. Meni kutish

oson bölmasligini tushunardim.

Agar kutishga sabring yetmasa, mayli, meni unut, seni

tushunaman, özingga yoqqan

kishiga turmushga chiq, buni menga

aytmasang ham mayli dedim.

-Endi esa xotiningiz sizni kutyaptimi

yoki turmushga chiqqanmi, buni bilmay uyga ketyapsizmi?

-Ha, - og'ir xörsindi u - qamoqdan

ozod bölishimni aytishgach, bir

hafta oldin xotinimga yana maktub

yozdim.

Maktubda shunday deb yozdim: "...agar senga kerak

bölsam, shaharchaga kiraverishdagi

ustunga sariq römolcha bog'lab qöy,

shundan senga kerakligimni

anglayman. Agar kerak bölmasam

hech narsa qilma. Men avtobusdan tushmay ötib ketaman..."

Yigitning gaplari boyagina xandon

ketayotgan yoshlarni öylantirib, jim

qilib qöydi. Uning xotinini qattiq

sevishi ma'yus nigohlaridan sezilib

turardi. Shaharchaga hali uzoq edi. Endi ular har bir kilometrni

sabrsizlik bilan hisoblashar, asablar

tarang tortilgandi. Avtobus manzilga

yaqinlashgani sayin hammaning

diqqati oshardi. Erkak bu holatga

chidayolmay közlarini chirt yumib oldi.

Ön kilometr qoldi.

Besh...

Uch...

Bir payt yölovchilar birdan

örinlaridan turib qichqirib yubordilar. Sobiq maxbus yigit esa

avtobus oynasidan tashqariga

boqib, tosh kabi qotib qoldi:

yöldagi barcha daraxtlar shohiga

sariq römolchalar bog'lab

qöyilgandi. Römolchalar shamolda hilpirab, uyga qaytayotgan odamni

qutlardi göyo. Avtobusda esa

kimlarningdir közlariga yosh sizgan

edi.

Boshqa hikoyalar