O`z hayotim. Feruzaxondan: Yoz o`tmoqda soz! shu saytta tanishganim po`latjon degan bola bilan bo`lg
Barcha O`quvchilardan xato va kamchiliklar uchun uzr so`ragan holda o`zim bilan bo`lib o`tgan voqeani hikoya qilib beraman. Barchasi ayni haqiqat va to`qima personajlar mavjud emas, faqat ba’zi odamlarni ismini bilmaganim yoki eslab qololmaganim uchun ismlar va bazi joy nomlari o`zgargan bo`lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi joylarda adabiy til me’yorlariga zid ravishda jargon, sheva va ajnabiy so`zlardan foydalanilgan bo`lish ehtimoli bor.
Qamchiq dovoni. 2016-yil 12-iyun. Qora Kaptiva Poytaxtdan Farg`ona vodiysi tomon harakatlanmoqda. Ichida biz uch dugona, men Irosh va Kamola, muzikani baland qilib ketib borardik. Iroda va Kamola Namangan shaxridan, ular yozgi ta`tili munosabati bilan mani mehmonga taklif qilishgan. Yo`lda to`xtab hammaga ma’lumu mashxur pereval qurutidan harid qildik. Shu tariqa tahminan kunduzgi soat 11 larga yaqin Namanganga yetib keldik. Kamolani uyidagilari yaxshi kutib olishdi. Ozroq shahar aylangan bo`ldik. Mehmondorchilik. Keyin esa Irodanikiga bordik. Yana o`sha mehmondorchilik. Shu tariqa man 14-iyunga ketaman deya qat’iy turib oldim. Sababi…
Tahminan bir necha yildan beri ushbu saytga kiraman. Bir necha marta profil ochib registratsiyadan o`tganman. Odatda turlicha niklarda yurganman. Qancha bollar bilan virt seks qilib yurardim. Bu manga judayam yoqardi. 29-may kuni hikoyalar o`qib ehtiroslanib tursam bir profildan noodatiy xabar keldi. Mazmuni aniq esimda yo`q, lekin juda ajoyib yoqimli, hissiyotli odamni e’tiborini jalb qila oladigan. Behos o`zimda ham xohish uyg`ondi. U bola juda nagliy ekan. Cho`zib o`tirme ishni boshlab yubordik. Man yozishga qoniqa olmadim. Yozish manga yoqmas edi. Lekin tobora ehtiroslanib borayotganim uchun shartta nomerimi berdim. U ham srazi telefon qildida, davom ettira boshladik. Immmm mazza qildim. Shu tariqa telefonimi o`chirib qo`ydim. Shu bilan aloqani uzib yuboraman degandim. U qattegi bir seks jinnisi, shunchaki mani nafsimi qondirish uchun kerak bo`lgandi. Bundan ortig`i emas. Dadami obro`si, o`zimi nufuzli oliygohda o`qishim, kelajagim mani doimo ehtiyotkorlikka undardi…
Qaysi viloyatdan ekanligim sir bo`la qolsin. Bir dona qizman. 1995-yilda tug`ilganman. 16-yoshimda poytaxtdagi akademik litseyda tahsil ola boshladim. U yerni bitirib, institutga 1-o`rinda o`qishga kira oldim. Bu hayotdagi ilk yutug`im edi. Albatta, dadajonimning doimo qo`llab-quvvatlashlari, ishonchlari, manga yaratib bergan sharoitlari mani doimo yuksak marralar sari undardi. O`qishda ham baho uchun emas, o`zimi ko`z-ko`zlash uchun emas, birinchilik uchun ham emas, o`zim uchun tirishib o`qiy boshladim…
Lekin, mani hayotimni hamma uchun qorong`u ikkinchi yarmi ham bor edi. Litseyda o`qib yurgan vaqtim manda yetilish garmonal o`zgarishlar davri boshlandi. O`zgacha hissiyotlar… 3-kurs bir toshkentlik yigit bilan munosabatlarimiz.. bu boshqa hikoya, lekin man qizligimdan ayrildim. Shu tariqa jinsiy hayotga qadam qo`ydim. Bu man uchun hobbi emas faqat ehtiyojimni qondirish usuli edi xolos. Bu davr ichida bir necha yigit bilan aloqa qilishga ulgurdim. Ularning har biri bir hikoya bo`lishga arzidi. Lekin bugungi hikoyam umuman boshqa haqida…
Dugonalarim bilan xayrlashgach man Toshkentga ketadigan mashinaga emas, aksincha Farg`ona shahriga yo`l oldim. Va bu safar mani hayotimda ulkan burilish yasadi. Man kutmagan voqealar guvohi bo`ldim. U yerda mani bir inson kutayotgan edi…
30-may kuni. Sessiyalar boshlangan, ShOS munosabati bilan o`qishlar erta tugab, 10-iyungacha viloyatdan kelgan talabalar shaharni tark etishimiz kerak emish. Huddiki, biz ularga halaqit beradiganday. Nima balo, tepadagilar bizni dushman deb o`ylaydimi, yo bizdan jirkanadimi? (bu fikr o`sha paytda ahmoqona tuyulardi. Bo`layotgan voqealarning Barchasini tabiiy qabul qilardim. Lekin, Farg`ona safari mani dunyoqarashimni butunlay o`zgartirib yubordi). Xullas o`qish tashvishi bilan yurgan bir vaqtimda qo`ng’iroq bo`ldi. Kayfiyatim yo`q.
- allo
- salom yaxshimis?
- rahmat kim bu?
- kecha gaplashudikku…
- nu chto? Cho xochesh?
- nichego
- gud bay patsan togda.
- neee, ya tebe soskuchilsa
- eto mne ne interesno…
Atay uni asabiga tegib urusha boshladim. Lekin u bola umuman hurmat doirasidan tashqariga chiqme
mani kak bud-to gipnoz qilib qo`ydi. Yo`qal db telni qo`yib qo`ydim. U qaytib shu kuni tel qmadi. Boshqa kuni yana tel qilib, xullas munosabatlarimiz chuqurlasha boshladi. U judayam muomalani o`rniga qo`yarkan. Lekin ba’zida tushunme qolardim. Bazi gaplari yopishme qolardi. E’tibor bermasidim. Xullas, sessiyani yopgach dugonalarim bilan Namanganga borishimni ayttim. U esa tabiiyki mani Farg’onaga taklif qildi. Qabul qildim..
Birinchi kursda institutda o`qiyotganimda dadam mani bir toshkentli oshnasini o`g`liga uzatdi. Amallab, bokiralik imtihonidan o`tdim. Lekin har bir qizda bo`lgani kabi mani ham bir dunyo orzu umidim bor edi. Kutilmaganda ularning bari chilparchin bo`ldi. Erim mani viloyatlik deya mensimasligi (xotya zamonaviy qizman), kayfu-safodan boshi chiqmasligi o`z yo`liga… bir kun kutilmaganda dadam yuk mashinasi bilan keldida ko`ch ko`ronim bilan mani opketdi. Obidno… nma bo`lganini tushunmasidim.
Uyga kelgach dadam hammasini tushuntirdi. Bir shogirdi melisadamiye ishlarkan. Shular, bir tungi klubni bosishkanda erimam bo`lgan. O`sha yerdagi kameralarga erimni qilmishlari muhrlanib qolgan ekan. Dori hidlayotkani, fohishalar bilan don olishib yurgani… dunyo ko`zimga tor ko`rinib ketdi. Alamimdan o`qishga yanada mukkamdan kettim. Bir kun o`qishga ketayotib o`sha iflos erimni mashinada bir qiz bilan o`pishib o`tirganini ko`rib qoldim. Shundan keyin, man yana asl holimga qayttim. Faqat yigitlardan nafratlana boshladim.yana shu saytga qaytib, diskotekalarda, hullas hayottan zavq olib yura boshladim. Endi yigitlardan faqat nafsimi qondirib yura boshladim. Faqat, judayam injiq edim. Yigitlarni yoqishi qiyin edi.
12-iyun kunigacha Farg`onalik yigit bilan judayam yaqinlashib ketdim. U mani har qanday istaklarimi ado etar, injiqliklarimi ko`tarar, o`zini dunyoqarashi, o`zgacha fikrlashi bilan mani o`ziga maftun aylagandi. Nahotki bu ishq bo`lsa?
Shu hayollar bilan far`gona shahriga kirib kela boshladim. Buni sezganday telefonim jiringladi. Qayerdaligim bilan qiziqdi. Koshki, men bu yerlarni bilsam? Telefonni shoferga berdim. Va ular qayerda to`xtash kerakligini gaplashib olishdi. Shofer mani marg`ilon krugida bir ko`k rangli matzni oldida tushirdida, shunga o`tirasiz dedi. Mashindan tushdim rulda o`tirgan bolaga Siz o`shamu? Desam, kulib agar szi kutayotganimni nazarda tutgan bo`lsez ha man o`sha, szi kereli joyga oborishim kere.
Qo`rqa boshladim… bu nima deganiz? Po`latjon qani? Nimaga chiqmadi? Man… shu payt telim yana jiringladida, shu mashinaga o`tirishimi tayinladi. Ufff, nimalar bo`lyapti…?
Mashina yo`lga tushdi. Bu yigit mani zeriktirmaslikka urinib gap boshladi. Ismim Islomjon, Po`latjonni yaqin do`stiman va hokazo shu gaplar bilan yo`lda davom ettik. Bir payt ancha yurganimizdan keyin chapga burildida bir oq sparkni oldiga to`xtadi. Shu mashinaga o`tirasiz. Man boshqa joyga borishim kerak sizni shu mashina oborib qo`yadi…
Uffff dedim ichimda. Nimalar bo`lyapti o`zi? Bular nima qilishmoqchi? Mayli hudoga tavakkal dedimda sparkka o`tirdim. U bola ham yo`lda ancha gapirib ketti. Mani ismim Bahodirjon, Bonji deyishadi.. bu bola judayam quvnoq, qizlarni ko`nglini ola biladigan, yaxshi suhbatdosh ekan. Bir qanaqadur domlardi oldidan o`ttik, keyin yana ozgina yurdik. Qorong’u tushib qolayotgan edi. Yo`l oxirida bir oq damas turar edi. Uni oldida bir yigit, ozg’indan kelgan, bir qarashda ajoyib qora qoshi etiborni tortadigan hissiz tarzda biz tomonga lekin qayga tikilyotgani nomalum tarzda bizni kutib turardi. Qizzziq mani bu gadoy topmas joylarga nega olib kelishdi? Shom vaqti kiryotgandi, osmon qop-qora bulut, yengil shabodada haligi yigitni sochlari va odmi oq rangli siyoh naqshli ko`ylagi hilpirab turardi. Uning tepasida esa chaqmoq chaqardi. Gumburlab momaqaldiroq bo`lardi. Mashina to`xtadi. Bahodirjon ko`zi bilan tushing ishorasini qildi. Pastga tushib Po`latjonning oldiga yura boshladim. U esa hissiz tarzda qo`l uzatdida hush kelibsiz dedi. Damasni yon eshigini hech bir takallufsiz ochdida o`zi oldinga o`tirdi. G`alati ahvolda qoldim. To manzilga yetguncha ikkimiz ham churq etmadik. Bir domga yetib kelib, to`xtadi. Yuqoriga ko`tarila boshladik. Bir eshikni ochib yo`l bo`shatdi. Man ichkariga kirdim. Ortimdan kirib chiroqni yoqdi. Uy 3 xonali ekan. Ichkariga kirganda dorojka, chap tomonda zal, o`ng tomonda yana ikkita xona. Po`latjon bir eshikni ochdida kiyimizi alishtirng, istasez yuvinib olishiz mumkin deya vanna tomonga ishora qildi. Xonada bir kiyimlar uchun shkaf va ikki kishilik divan bor edi. Kiyimlarimni shkafga joyladimda uyda kiyish uchun keng va uzun ko`ylagimni kiydim. Shkafda sochiqlar bor ekan, yangiga o`xshadi. Postellar ham yangi. Yuvinish uchun kerakli narsalarni olib Vannaga kirib bir qator yuvinib o`sha yerdagi fenda sochimni quritib chiqayotsam u bola yonimdagi honadan chiqib keldida, iltifot yuzasidangina mani zalga boshladi. Immm, o`rtada dumaloq stol, ikkita stul, ikkita kreslo, va divan bor edi. Ro`parada Lg televizor devorda turar edi. Po`latjon stol ustidagi dasturxonni ko`targanida pepsi, sok, kompot, mevalar, turli konfetlar, pista-bodom ko`zga tashlandi. Choynakdagi choyni qachon damlashga ulguripti xayronman hali qaynoq edi. Mani bir necha daqiqa yolg`iz qoldirib o`zi oshxonaga chiqdida ikkita kosa olib kirdi. Kosalarda chuchvara bor edi. Bulonda tayyorlangan, mayonez qo`shilgan. Bir qoshiq ichib ko`rgandim…. Bunaqa ajoyib taomni hecham totib ko`rmagandim. Juda ajoyib ta’mga ega ekan. Po`latjon esa joyiga bemalol o`tirib, qo`lini duoga ochib, nimalarnidir pichirladi va yuziga fotiha tortib, bismillo deb ovqatlanishni boshladi. Yeb bo`lgandan keyin, Idishlarni olib chiqayotgan edi, hijolat bo`lib o`rnimdan turayotganimda o`tirishim kerakligini bir qarashi bilan uqtirib qo`ydi. Idishlarni yuvgandek bo`ldi. Va endi likopda tabaka olib kirdi. Souslari bilan. Bu ham juda ajoyib ekan. Taomdan so`ng choy quydi. Kompot quydi.
Suhbatni man boshladim:
- va’dez esizdami?
U esa javob berish o`rniga devordagi soatga qaradi. Shu payt eshik yengil chertilgani eshitildi. Manga bir qarab, yondagi xonaga o`tishimni ishora qilib o`zi eshikni ochdi. Eshikdan mo`ralasam bir yoshroq, yengil soqol qo`ygan uzun va keng oq ko`ylak kiygan bola ichkariga kirib keldi. Zalga kirib bir narsalarni o`qiy boshladi. Va Mandan tan mahramlikka rozimisiz degandagina nikoh o`qiyotganini tushundim. Aslida, shunga shartlashgan edik
Mahrini 3 million deb Mandan rozimisiz deb so`radi. Man yo` edim. Yuzlarini ko`rmasam ham ularni noqulay ahvolga sop qo`yganimi sezib kulgim qistardi.
Manga pul kerakmas dedim.
Unda nima kerak deyishdi?
Manga yolg`ona gapirmaslikka, barcha savollarimga rost javob berishga so`z bersin. Shu mani shartim.
Biroz jimlikdan so`ng, roziman degan ovoz eshitildi… qiziq a? odatda qizlardan mahrga rozilik so`ralardi. Man bo`lsa hammasini teskari qp tashadim
Birozdan keyin u domla ketgandan keyn zalga chiqdim. Idishlar yig`ishtirilgan, stol ustidagi suv ichish uchun ikkita payola turardi. Bowqa ortiqcha narsalarni qachon yig`ishtirib ulgurdi ekan?
Po`latjon kirib kelganda man piyolaga kompot quyib ichayotgan edim. U manga tikilib turdi. Shunda man tilga kirib, nima mani ketgunimcha shu yerda qamab olib o`tirmoqchimisiz? Shahar aylantirmesmi?
Manga yana ozgina qarab turdida, qo`lingizdan kelgancha yasanib chiqing dedi.
Manga ajratilgan xonaga kirdimda, molochni svet vecherni ko`ylagimi kiydimda sochimi tartibga keltira boshladim. Hayollarim har joyda. Bir oz alam qilardi. Man bu bolani saytda o`zini tutishidan, gap-so`zlarida krutoy bola db o`ylagandim. Shaldiroq damasda, mana bunday oddiy kiyimlarda oddiy yurishini o`ylamagandim. Negadir man bilan gaplashgisi ham kelmayotganday edi. Kiyinib chiqsam mani eshik oldida kutib turgan ekan. Vooo bolarkanu chiroyli kiyinsa ham.dazmollangan yozgi kulrang sifatroq shim, yoqasi jigarrang ozi kulrang ko`ylak unga judayam yarashib turardi. Sochlarini chiroyli qilib tarab olgan edi. Pastga tushib damas tomon yurayotsam podyez oldidagi Cobaltni orqa eshigini ochdi. Va o`zi rulga o`tirib, oldi sidenyadegi bola bn so`rashdi:
- Ha, Miraziz qalesan, yaxshi ishlab keldinmi?
- rahmat, nima gap?
- tinchku.
Cobaltta, bir joyga bordik. Tepasiga Eski mahalla green club db yozib qo`yibti. Eshikni tagida bir bola kutib turgan ekan. Ha Taychi qalesan o`rtoq db Po`latjon so`rashdi, ketidan Miraziz Taymur qale ishlar, nima gap deb so`rashdi. Bu bolani ko`zlari rentgenmi nima balo. Judayam jiddiy, boshqacha odamga o`xshadi. Salom bersam ham hushlamaygina alik olgandek bo`ldi. Yuqoriga ko`tarildik. Ichkarida diskoteka ekan. Kiraverishda mani kutib olishga chiqqan Bahodirjon bilan Islomjon turardi. 6 kishilik stol ekan o`tirdik. O`yin kulgu avjida. Bazmu jamshid. Qorin to`q. Hammamiz red bull ichib raqsga tushayotganlarga qo`shildik. Farg`onada chatoq ekan… soat 11 da diskoteka tugadi. Hamma tarqay boshladi. Yuzimdagi norozilik ifodasiga beetibor qarab Po`latjon Bahodirga yuzlanib boshmi deb so`radi. Bahodir bir xonaga yo`l boshladi. U yerda karaoke bor ekan. U yerda soat birgacha mazza qilib qo`shiq aytib o`ynab kulib xursandchilik qildik va uyga qayttik…
Yozaverib zerikib kettim. qolganini keyin yozaman. aytgancha, davomi ehtirosli!