tungi.ru

Baxtim izlab...!

Baxtim izlab...!

Armon o`qi yurakda,

Zirqiratdi tanamni.

Chayonlar ko`p yo`lakda,

Muzlatdi dil xonamni.

Savdoying qo`y soxir ishq,

Orttirmagin alamni.

Shundoq ham bu chayonlar,

Makon qildi kulbamni!

Ikkinchi qavatning shinamgina xonasi. Xonaning har bir jihozi did bilan joylashtirilgan. Kanpuyet, tilivizir, kanditsaner hatto devor qog`ozi va pardalar rangigacha e`tibor berilgan. Yumshoq o`yinchoqlar esa xona chiroyiga chiroy qo`shgan. Xonaga kirgan inson bir qarashdayoq, bu xona qizbolaga tegishli ekanini faximlab olishi mumkun...

Bu shinam xonaning, sohibasi o`zining tutquchlari o`yma naqshli, yotoq devonida, boychechaklar tasviri tushurilgan choyshobi, og`ushida shirin uyquda yotardi. Qarg`a qanotidek tim-qora sochlari, yuzini biroz to`sgan. Har qoqishi, yuraklarga muhabbat shamolini yetqazuvchi, uzun kipriklar, o`z maxbubini quchgan oshiqlarday bir-birlariga yopishgan. Nafas olayotganini sezish mushkul, juda sokin, lablar esa tabssumga shaylangandek biroz yoyilgan. Huddi tushlarida, sevgan yori bo`sa olib, uyaltirganidek yanoqlariga qizillik yugurgan...

Bu noz uyquda yotgan sanam, shundayin dilbar-ki uni uyg`otishga biror kim jazim eta olishi dargumon...

Biroq qiya ochiq deraza oynasidan bosh suqqan, erka tong shamoli, harir pardalarni hilpiratib xona ichkarisiga kirdi va qizni yuzlariga urilib, erkalab o`pich olgancha xona uzra yoyildi. O`zi bilan, yaqindagina yog`ib o`tgan yomg`ir, hamda gulzor ichidagi rayhonlar isini olib kelib qizning dimog`iga urdi...

Kipriklar jonlandi, sohibasini uyg`otish uchun, uyqu pardalarini ochib, uyg`onishga majburladi...

Yorug`lik ko`zlarini qamashtirgani tufayli ko`zlarini yumgan holatda nozik gavdasi ko`targan qiz bir muddat yostig`ini quchoqlab o`tirdi. So`ngra qo`llarini ikki yonga keng yoyib chigilini yozdi, istamaygina o`rnidan turib deraza oynasi tomon yaqinlashdi. Tong yorishmay turib yog`ib o`tgan yomg`ir, tabiyatni poklab ketgan. Derazani kattaroq ochgani hamoni tog` havosiday musoffo havo honaga bostirib kirdi. Sochlarini oynab, yuziga urilayotgan shabada, quloqlariga ``sen juda go`zalsan`` deb shirlagancha bir olam orzularni qalbiga joo etayotgandek bo`ldi go`yo. Dimog`ini biroz ko`tarib, o`pkasini havoga to`ldirdi...

- Naqadar go`zal... - lablarida tabassum bilan shivirladi...

Xonasini shamollatib, o`rnini tuzatgach, yuz-qo`lini yuvgani oshiqdi...

Bugun kollejdagi o`qishining birinchi kuni, shuning uchun biroz shoshilardi. Yuz qo`lini yuvgach, oyna qarshisiga keldi, sochlarini taradi. Egniga kofta, yupkasini kiydi.

U juda go`zal, juda baxtiyor. Chiroyidan huzir kuzguham chil-chil bo`ladigandek. Ko`zlarini oynaga tikdi, qarshisidagi o`z aksiga tikildi... Sho`xliklari shaxlo ko`zlarida, erkaligi nafis tabassumida aks etgan qizgina. Bir nima kamday, qutichadagi tilla zanjirini qo`liga oldi...

Yuqori qavat zinasidan, asta tushib kelar ekan, balant poshnali tuflisida oyog`i qayrilib ketmasligi uchun nozik qadam bosardi...

Nonushta dasturxoniga hali barcha to`planishmagan edi. Qiz asta yuqori qavatdan tushib keldi.

- Assalomu a`laykum dadajon!

- Va`alayku ona qizim turdingmi?

- Bugun kollejdagi birinchi o`qish kuni duo qiling!

- Nonushtachi?

- Ishtaham yo`q...

Birinchi kun qizida hayojon borligini payqagan otasi, miyg`ida bosh chayqab kulib qo`ydi.

- Ha mayli qani... - qo`llarini duoga ochdi otasi...

Kollejdagi birinchi kunini boshlanishi, kun bo`yi osmonni qoplab, yo-ketishi yo-yog`ini bilmay suzib yurgan qora bulutlarni nazarda tutmasa hammasi a`lo darazada boshlandi. Yangi do`stlar, yangi o`qtuvchilar. Yoshlar uchun keng imkonyatlar...

Hammasi yaxshi ketayotgandi-ku! Lekin uyga qaytar chog`ida, kollej darvozasidan chaqib ulgurmaslaridan yomg`ir sharros quyib berdi. Yomg`irdan qochib, arang bekatgacha yetib oldi...

- Vooy! -dedi, yupkasini etagiga sachragan loy dog`lariga ko`zi tushib. - Boya ko`rgandim... -degancha sumkasini titkilardi...

- Marhamat! -dedi, notanish yigit dasrumolcha uzatib.

Boya ortidan kelayotgan yigitga e`tibor ham bermagandi. Lekin unga bir qaradi-yu, ko`ksida dinamit portlashi sodir bo`lganday, yuragi jismiga sig`may ketdi. Og`riqliy ammo yoqimli, balki shu topda muhabbat farishtasi o`z paykoni bilan uning ko`ksini aniq nishonga olgandur...

- Mana marhamat... - yigitni yana qilgan taklifi uni o`ziga keltirib qo`ydi.

- Yo` rahmat o`zimni-ki bor...

- Olavering baribir o`ziznikini topolmaysiz!

Qiz yalt etib qaradi, shu top yigit o`tli tabassumi bilan qizni qalbini butkul zab etdi...

- Nega?

- Bu o`zizniki, boya tushib qo`ydiz!

Qiz nigohlarini dastrumolchaga qaratdi, haqiqatdan o`ziniki. Yomg`ir tegib biroz namglangan dastrumolchani qo`liga olar ekan, yigitni qomati, tabassumiga mahliyo bo`lib, e`tiborsiz bo`lganidan uyalib ketdi.

- Rahmat...

- Arzimaydi... Ismim Aziz... - yigit qo`l uzatdi...

Shu oddiy bo`lmagan, salom-alikdan boshlangan munosabat, keyinchalik tasodufiy uchrashuvlar, uyigacha kuzatib qo`yish va nihoyat pana-panadagi uchrashuvlargacha yetdi...

* * * * *

Tuni bilan uyqusida halovat bo`lmadi, erta tongda turtib olgan o`zini qayerga qo`yishni bilmas. Huddi oppoq par kabi osmonda uchib yurganday. Chunki ikki kun avval, u onasi bilan gaplashishini va onasini yuborishini aytgan edi...

Shuning uchun bugun halovatini yo`qotgan. Hademay hushxabar eshitishini kutyabdi. Yumshoq o`yinchog`ini quchoqlagancha, xonasida uyoqdan bu yoqqa yuradi, goh oyna qarshisiga kelib o`z aksiga termuladi, goh derazadan qarab tashqarida maydalab yog`ayotgan qor parchalarini kuzatadi. Ko`zlari ko`rayotgan hamma yerni oppoq qor qoplabi, huddi uning orzulari kabi pok va beypayon...

Deraza oldida turgancha, qorlarga qarab hayolga erk berdi. Eslaganda ham eng shirin damlarni eslaydi. O`sha hiyobondagi uchrashuvni yana bir bor yodiga oldi...

- Gulimsan... Sen faqat mening bog`imda ochilasan... -deya qo`llaridan ohista ushlab, sevgi izhor qilgan yigitni ko`z oldidan o`tqazdi.

Negadur o`sha kun hayoliga keldi deguncha, lablariga titroq kiradi. Yuragi o`tloqda sho`x sakrab yurgan quyonchaday tipirchilaydi. Huddi u yonida turganday, hayjondan oyoqlarida qaltiraydi. Yuzlari qizaradi, o`z-o`zidan lablarida tabassum paydo bo`ladi...

Yumshoq o`yinchog`ini bag`riga bosgancha, dilida tinmay uni sevishi takror-takror qaytarishdan charchaydi...

Negadur shu topda uni yana ko`rgisi kelib ketdi.

Soatga qaradi, qovog`larini uydi, shu ohirgi oylarda soat ham atayin kutganda, immillab zarur vaqtda esa juda tez harakat qilayotganidan biroz jaxlini chiqdi. Lekin na iloj vaqt oliy hakam...

Bir qo`lida mo`ynali palto, sharf ikkinchisida balant poshnali qo`nji tizza baravor etib va shumkasini ko`targancha zinadan tushib keldi. Dasturxon atrofiga yig`ilga oyla azolari bilan salomlashdi...

Stulga o`tirib, bir ikki ho`plam shirinchoy, u bu narsalarda cho`qilagan bo`ldi.

- Dadajon duo qiling, o`qishga kech qolaman...

- Qizim o`qishingni kaliti senda turadimi! Namuncha shoshilmasang? -dedi onasi qizining sabrsizligini ko`rib.

- Oyi qorni yog`ganini qarang yetib borgunimcha ham...

- Choyingni ichaver qizim, akang mashinasida tashlab qo`yadi... -dedi onasi, dadasi ham buni maqulladi.

Shu topda erkaligi tutdi.

- Dadajon menga ham mashina olib bering...

- Avval haydovchilik guvahnomasi! Keyin mashina... -dedi dadasi.

- Yo`q aslo... Qizbolaga mashina mumkun emas! Yurak hovuchlab o`tirishni istamayman... - onasi bitta qizi ko`zi-qorosi bo`lgani uchun qarshi chiqdi boshidanoq...

Shodiya ham, ayni paytda hayoli umuman boshqa insonda bo`lgani uchun, mashina haqida onasi bilan tortishib o`tirmadi...

Haya aytgandek. Ota-onasining ko`zi-qorosi besh akasining erka singlisi bo`lgan, bu qizning ismi Shodiya. Badavlat oylaning qizi. To`g`ri hayotni yengil tasovur qiladi, bolaligidan erka o`sganligi uchun, aytgani aytgan, degani degan bo`lgan. O`ziga yetgulik sho`xligi, qaysarligi ham bor.

Biroq otasing: ``Erkaliging bor, lekin ostona hatlab chiqar ekansan, dadang, besh akangni or-nomusi va obro`yi sening yelkanda ekanligini yodingdan chiqarma!`` deb aytgan o`g`itini unutmaydi. Shuni uchun darvozadan chiqqani hamoni, umuman boshqa qizga aylanadi...

Chiroyli qiz bo`lgani uchun oshiqlari ham talaygina bo`lgan. Ammo Aziz bilan bekatdagi ilk uchrashuviga qadar birorta yigitga qiyo boqmagandi. To`g`ri sevgi domiga tushgan, Azizni bir kun ko`rmasa tura olmaydi. Tez tez yashirincha uchrashib turishadi. Biroq hechham masofani buzmaydi, hissiyotini jilovlaydi. Baxtiga Aziz ham, tarbiyali yigit. To`g`ri tez-tez sevgisini aytib turadi. Ammo Shodiyani gul yaprog`iday asraydi, unga gart yuqtirmaslikka harakat qiladi.

Bir-birlariga juda mos, har tomonlama oylalari ham. Hullas juda baxtli edilar...

Ha edilar... O`sha kuni tong, Shodiya uchun huddi to`yday boshlangan edi. Peshinga kelib azaga aylandi...

Bu safar kollejdan chiqishiga Aziz akasi emas, bir begona ayol kutib oldi...

- Sen Shodiyamisan?

- Ha... - bu ayolni kimligini tahmin qildi Shodiya. - Assalomu a`laykum...

Ayol alik olishga shoshilmadi, ko`zlarini chaqchaytirb Shodiyaga tikilib bir muddat turdi...

- O`g`limga seni hayotta olib bermayman... O`g`limdan boshqasiga osil... -dedi ayol.

Shodiya hech qachon bunday yomon ahvolga tushmagan edi. Qncha-qancha orzu umidlar, hammasi bir onda nogoh qo`ldan tushib ketgan shiysha buyumday chil-parchin bo`lib ketdi...

Muhabbatlari laberet ichiga tushib qolganday edi. Aziz ham ikki o`t orasida qolgan, Onasini ko`ndirishga ko`p bor urundi, janjallashdi nima qilish kerak bo`lsa shuni qildi. Lekin uni harakatlari, huddi singan chil-chil bo`lgan shiysha idishni tupuklab batlashga, urunishga o`xshardi. Harchand urunmasin buzulib ketaveradi. Ohiri, Onasi so`ngi so`zini aytgandi: ``Yo men yo Shodiya...``

Shodiya esa muhabbatini ikki o`t orasida qovrilishini istamadi. Afsus... Qancha og`ir bo`lmasin sevgisidan kechdi. ``Baxtli bo`ling...`` ohirgi aytgan gapi shu bo`ldi...

Hudbin insonlar, undan sevgisiga qo`shib borlig`ini ham tortib olishdi. Endi avvalgi baxtdan sarmas Shodiyadan asar ham qolmagandi. Yulduzday chaqnagan ko`zlarda, endi zulmat hukmrom. Ehtirosdan titragan, ``sevaman`` deya shivirlagan lablar tabassumni unutgan. Endi avvalgidek kollejga shoshilmas, doyim kasalligini boxona qilib xonasiga qamalib olar. Soatlab burchakda o`tirib olib alamli ko`zyosh to`kardi. Bazi-bazida ko`zguga tikilgancha, ko`zgudan avvalgi Shodiyani izlaydi u esa endi yo`q... Deraza oldiga kelab, tashqariga qaraydi bohor kelgan daraxtlar gullagan, lekin uning qalbida hali ham qahraton qish...

Avvallar, uni o`ylab tuni bilan uhlamay chiqardi. Endi esa uni yuragidan chiqoraolmay azoba...

* * * * *

Bahor o`tdi, ortidan yoz...

Kuz eshik qoqdi, yomg`irli kunlar...

Istasa-istamasa buyog`iga sevgi sahifasini yopishga majbur. Chunki Aziz ham unashtirilgani haqidagi xabarni eshitdi. Bu orada Shodiyani o`ziga ham sovchilar kela boshladi. Birin-birin har-xil vajlar bilan hammasini rat etardi...

Biroq ohirgi sovchilar, ota-onasiga maqul keldi. Akasining yaqin do`stidan. Yigitni o`zi a`qilli hushli, har tomonlama oylasi ham munosib. Lekin bir aybi bor. Uylanib, uch oyda ajrashgan. Avvaliga Shodiya bunga ko`nmadi, ``Qizbola bo`laturib ajrashgan bilan yashaymanmi.`` deb...

Ohirgi kunlarda, yomg`irda uvib uyga qaytadigan odat chiqardi. Har kuni yomg`ir ostida o`tirib, soatlab ko`z yoshlar to`tib, bir ahvolda uyga kirib kelardi...

``Yomg`irda uvib ketibsan-u. Tezda kiyimlaringni almashtirib, sochlaringni quritib ol. Shamollab qolasan!`` Hammalari qayg`urgan bo`lishadi. Lekin hech kim, ``nega ko`zlaring qizargan, yig`ladingmi?`` deb so`rashmaydi!

Avvallari erkam deya erkalashar, aytganini muhayyo qilishardi. Har bir unga taluqli narsada u bilan hisoblashar edilar. Endi bo`lsa, sovchilar kelgandan buyon hammalari undan qutulishmoqchidey, tezda uzatib yuborish hagida o`ylashayotganday tutyulardi Shodiyaga...

Nihoyat taqdirini gart-kamiga tashladi. Akasi va dadasini hohishi bilan rozilik berdi...

* * * * *

Ko`rmasdan, uchrashmasdan o`zga uyga kelin bo`ldi. Lekin yana taqdirni haziliga duchor bo`ldi. Taqdir kelib-kelib o`z sevgan insonini mahallasiga kelin bo`lib tushdi. Bu ham yetmaganday turmush o`rtog`ining ham ismi Aziz bo`lib chiqsaya...

To`y hamma kutganidanda a`lo daraja o`tdi. Shodiyani eri, kutganidanda yaxshi inson bo`lib chiqdi. Mehribon, rostgo`y, hush felli... Birinchi kechadayoq, qovushishga shoshilmadi. Rafiqasini ko`ngli yorishmaganini sezdimi. Hammasini tushuntirishga urundi. Uzoq vaqt gaplashib o`tirishdi, avvalgi hotini haqida gapirib berdi. Unga majburan uylanganini, qiz yaxshi chiqmagani, begona bilan ushlab olib, hiyonatini kechirmagani aytdi...

So`ng Shodiyani qo`llaridan ushlab: ``Menga vafoli bo`lsayz, sizni boshimda ko`tarib yuraman...`` dedi...

Eri bir so`zli bo`lib chiqdi, aytganiday juda mehribon, hatta sevganidan ham. Shodiyani ko`nglini olishga harakat qilardi. Suyib ko`ngliga qaraydi...

Lekin... Suyukli yor bo`la oldi. Ammo yaxshi kelin bo`la olmadi. Qaynona hizmatida bo`lish Shodiyaga juda og`irlik qilardi. Erta tongdan, tungacha tinim bilmas. Qaynonasini har bir ishni mukammal bo`lishni talab qilishi tugamasdi... Qancha puhta qilmasin, baribir arzimagan bo`lsada ayb topilardi. Keyin esa janjal.

``Hoting undoq, hoting bundoq!``

Eri ham kun bo`yi ishlab charchaydi, bazida qattiq gapiradi, bazida tushinib dalda beradi. ``Endi onamlar, nima deyman. Sabir qiling!`` deya yaxshi gapirdi...

Erining, shu ko`magi, mehri sal bo`lsada ko`ngliga taskin beradi. Ko`p o`tmay vujudida yana bir inson shakillana boshladi. Bundan habar topganidan keyin eri, yanada g`amho`r, yanada mehrib bo`lib borardi...

Biroq qaynonasi shu holida ham, kelinlik vazifasini talab qilardi, garchi Shodiya ortig`i bilan bajarayotgan bo`lsa ham. Eri kun bo`yi ishda bo`lgani uchun, onasini zulumlari haqida uncha bilmasdi. Shodiya esa, ona bola o`rtasiga nifoq solmaslik uchun eriga indamas edi. Ohir oqibat, og`ir mehnat, qaynonasini qattiqqo`lligi oqibatida, yetti oylik homilasi nobut bo`ldi...

Qadimda, Amazonkada yashovchi qabila. Birorta darahtni yo`q qilmoqchi bo`lishsa, uni hech narsadan qismas ekanlar. Shunchaki daraxt atrofiga turib olib, daraxtga yomon gaplarini aytishar ekanlar. Vaqt o`tib, o`sha daraxt qurib qolarekan...

Inson daraxt emas, unda sabr, qilish hislati bo`ladi. Lekin vaqti kelib, inson boshqa bir insonni sabri kosasini to`ldirib, daraxtning ahvoliga soladi...

Hammasidan bir bir, ayrilayotgan Shodiya ham yashashdan to`ya boshlagan edi. Avvaliga birinchi muhabbati, keyin baxtli bolalik, endi esa hayotiga nur kabi kirib kelayotgan, tug`ulmagan go`dakining nobut bo`lishi. Tongda turib, kelinlik vazifalarini boshlaydi, avvalo ko`chani supurgani chiqadi. Bazida o`qishga ketayotgan, sobiq sevgilisiga to`qnash keladi. O`tli qarab, yuragini tirnaydi, uning onasi esa mahallada, gap tarqatib: ``Bir balosi bo`lmasa, hotin qo`yganga tegadimi?`` deya mish-mish chiqarib tirnalgan yeriga tuz sepganday qiladi...

Kelinlik og`irliklari, qaynonasini zulmlarini ko`tara olmagan kezlari, tuni bilan yig`lab yostiqlarga shivarlab dardini aytardi. Uzoq, uzoqlarga qochib ketgisi kelardi. Lekin oyla shani, hech bo`lmaganda erining ko`ngli uchun o`zida kuch topardi...

Bir kuni, hammasi bo`g`ziga kelgandi. Hatto ota uyiga qochib, ketishga ham tayyor edi. Ammo o`sha kuni hayotini butkul o`zgartirib yuborgan voqea sodir bo`ldi. Erta tong bir ayol, bolalar aravachasida egizak, yoshiga yetmagan go`daklari bilan kelib. Erini chaqirib: ``Ol bu seni bolalaring, kerakmas menga!`` dedi. Uning aytishicha, ajrashgan vaqtlarida uning homilasi bo`lgan ekan. Albatta buni qaynonasi va eri tan olishmadi. ``Fohishani bolalari kerakmas!`` deyishdi. Qiyomat janjal boshlandi. Shodiya, qattiq shok holatida, joyidan qimir etmasdi. Qulog`lariga big`illab yig`layotgan go`daklar ovozidan boshqasi kirmasdi. Ihtiyoriy qilgan ishi, eri va qaynonasini karaht ahvolga soldi. Go`daklarni qo`liga oldida: ``Meni bo`lam, meni bolalarim!`` deya shivirlay boshladi.

- Ahmoq qanaqasiga seni bolang...? -qaynonasi baqirdi.

- Bolalar meniki, meni bolalarim...! -go`daklarni bag`riga bosgancha yig`lardi. - Meni bolarim...

Uyiga olib kirib qamalib oldi. Go`yo shu go`daklar uning yuragida paydo bo`lgan kemtikni to`ldirganday. Dadilligi, shashti oshgandi. Qaynonasi, eri, hatto ota-onasiga ham dadil aytardi. ``Bollalar meniki hechkimga bermayman!`` deb...

Qattiyati bilan, sobiq kundoshini, bolalarni o`z nomiga o`tqazdi oldi. Albatta turmush o`rtog`ini, roziligi bilan. Eri norozilik bildirgan bo`lsada, Shodiyani qarorini hurmat qildi, qaysidur manoda unga tan bergandi ham...

Qaroridan afsuslanmadi, garchi ikki barobar ishi ko`paygan bo`lsaham, qo`ni qo`shnilarini malomatlariga yanda ko`p duchor bo`lsa ham, bolalarini huddi jirkanch shilliqurtdek, qo`liga olishni istamagan. Ikki gapni birida o`g`lini ajratib olishini takitlaydigon, qaynona qaynotasini achchiq gaplarini eshitganida ham qaroridan afsuslanmadi. Erta, turadi, yumushlari bolariga qarashga ulguradi. Kech yotadi, beshik quchib uyqusi chalal bo`lgan kezlarida ham nolimadi. Yaratganni o`zi sabr berardi. Ikki yil deganda, turmush o`rtog`i ham u tomon yon bosa boshladi. Suyuklisini onasining tasiridan olib chiqish uchun, ishi yuzasidan chet elga ko`chib oylasini olib ketdi...

* * * * *

Bugun, turmush o`rtog`i ishdan vahli qaytib keldi. Negadur sovuqroq munosabattada, bo`ldi. Nazarida turmush o`rtog`i atayin o`zini shunday ko`rsatayotganday tuyuldi.

- Bolalarni kiyintir... -buyruq ohangida gapirmdi.

- Qayoqqa ketyabsizlar?

- Ishing bo`lmasin... -dedida bolalarni olib chiqib ketdi.

Shodiya biroz hayron bo`ldi, hecham bunday qo`rs ohangda gapirmas edi.

Yana uy yumushlarini bajarishga kirishdi, uylarni tozalayotib javondan albom topib oldi.

Va uni ko'rdib qoldim, beyg`ubor, hayot tashvishlaridan holi. Lablarida o`sha shirin tabassum, qalbi muhabbatga to`lib toshgan, ozular osmonida uchgan, chiroyli husin mlohat, navdaday qaddi qomatli, lola bargiday nozik qalbli qiz. Bu Shodiyaning bolalikidgi surati...

Suratga tikildi, qacha termulmasin u qiz endi yo`q, izlab ham topolmaydi. Albomni ko`targancha ko`zgu qarshisiga bordi. Suratga bir, kuzgudagi aksiga bir qaradi va butunlay boshqa ayol tasvirini ko`rdi. Chaqnoq ko`zlarda, armon-u, tashvishlari qorishib ketgan. Oyday yuzlarida, dog`lar paydo bo`lgan. Hayot zarbalariga, sabru-bardoshi bilan yengib o`ta olgan, ona qiyofasi...

Lablarida og`irgina tabossum asta shivirladi.

- Shodiya sen kuchlisan, kuchlisan...

- Oyijon, oyijon... -eshikdan kirib ulgurmagan bolalari ovozidan tashvishga tushdi. O`rnida turib shoshib ularni qarshiladi.

- Nima bo`ldi... -deya tizzalarini bukib bolalarni bag`riga oldi.

- Tabriklayman... Tabriklayman... - bolalari jajji qo`llarini Shodiyani bo`ynidan o`tqazib quchoqlagancha, yuzlaridan o`pib, chukuch tillari bilan tabriklashdi.

Ahir bugun tug`ulgan kuni-ku, uy-yumushlari bilan bo`lib tug`ulgan kunini ham unutgandi. Labida tabassum, ko`zlarida quvonch yoshlari bilan bolalarini bag`riga bosdi...

- Mani jonim, asallarim! -deya bolalarini yuz-ko`zlaridan o`pdi...

- Tug`ulgan kuniz bilan... Mana bular senga... -dedi, bir muddat rafiqasi, bolalarini shodligini kuzatib turgan turmush o`rtog`i. Bir quchoq gul, sovg`a salomlarni uzatib. - Azizam baxtimizga doyim, sog`-omon bo`ling. Umringiz uzoq bo`lsin...

Yig`idan o`zini tiyo olmayotgan Shodiya gullarni olarkan, bo`ylaridan hidladi.

- Iyaaa... Ko`zyoshlar! -yolg`ontakam dakki bergan bo`ldi eri.

- Quvonchdan... Quvonchdan... Rahmat... -dedi zo`rg`a o`zini yig`idan tiyib.

- Oyijon sovg`alarni oching. Keling men ochib beray... -deyishdi. Bolalari Shodiyani qo`llaridan sovg`alarni olib...

Er-xotin devonda o`tirgancha bolalarini beyg`ubor, hatti xarakatini zarvq bilan tomosha qilib o`tirishardi. Shodiya turmush o`rtog`ining, qo`llaridan ohista ushladi va tog`day mustaxkam yelkalariga bosh qo`ydi.

- Meniyam sizga sovg`am bor!

- Nima ekan? -bolalaridan ko`z uzmasdan javob qildi.

- Nima emas, kim..!

Aziz, gapni manosini tushunganday, Shodiyaga qaradi. Shodiya, nim tabassum bilan, qornini silab o`tirardi.

- Rosdanmi?

Boshqa hikoyalar