tungi.ru

Sinfdoshim Guli 4 (muallif : kamolov)

Ertalab soat 7 da turib whatsappga kirib unga hayrli tong tiladim

- hayrli tong Guli yaxshi yotib turdingmi?

ko`p o`tmay javob keldi.

- Hayrli tong Farruh, yaxshi raxmat o`zingchi?

- Yaxshiman. xozirgina turdim.

- Nechuk bugun erta turibsan?

- Bilmasam uyg`onib ketdimda darrov seni esladim, o`zi turdingmi yo haliyam sasib yotibsanmi?

- O`zing sasib yotibsan, men choy ichyabman bilding.

- yoqimli tiqilish.

- Raxmat o`zinggayam nasib qilsin.

- Arziysan.

- Bugun shanba kechqurun aftobusda qishloqqa boraman.

- Rostdanmi?

- xa.

- Seni kutib olishga hechkim chiqmidimi uyingdagilardan.

- Yo`q, yukim yo`q shunga dadamlarga o`zim boraman dedim.

- Maylimi seni kutib olgani chiqsam, uyinggacha kuzatib qo`yardim.

- Ixtiyoring, mijozlaring kutib qomiydimi? Bu paytda hamma ishdan qaytadi, oldingga kirib telefonlariga pul o`tkazib ketadi.

- Bir soat bo`lmasam hechnima qilmidi.

- Mayli O`zing bilasan.

- Qishloqqa yetay deganda menga gudok tashla darrov yetib boraman bekatga.

- Mayli.

- Bo`pti men turib mollarga qarab, choyimni ichib, ishimga ketishim kerak.

- Xo`p yaxshi ishla.

- Xo`p sen ham yaxshi o`qi.

- Ko`rishguncha.

SHunday deya xayrlashib o`rnimdan turib, joyimni yig`ishtirdim. yuz qo`llarimni yuvib choyimni ichdim va har doimgidek ishimga ketdim.

Kuni bilan Gulini qanday kutib olish va uyiga borguncha nima haqida gaplashishni o`zimcha o`ylab yurdim. Har besh minutdan oynaga qarayman, sochlarimni to`g`irlab qo`yaman. Soqol mo`ylov ham sal pal ko`rinib qolibdi, ha mayli abetda uyga borganda olarman.

Xullas kechqurun ham bo`ldi, men tinmay soatga qarab, oyog`imni likillatib o`tirdim. Aftobus keladigan payt yaqin qolgan sari tez tez nafas olardim. Oynaga qarab o`zimga sal pal oro berib ko`chaga chiqdim. Paynetxonamni eshigini qulflab yonimdagi do`konga kirib ikkita "Alpen Gold" shokolad sotib oldim. Ko`pchilik qizlar shunaqasini yoqtirishini eshitgandim. Do`kondan chiqdim, telefonimga kimdir gudok tashladi. Qarasam Guli ekan, bekatga shoshdim, yetay deb qolganda aftobus kelib odamlarni tushirib ketdi. Bu paytda kun botib qolgandi. U uyiga qarab yurdi, ajabo u juda go`zal bo`lib ketgandi. Yonida bir ikkita qo`shni qizlari bor edi. Yoniga borishga sal noqulay bo`lib 5 - 6 metr orqasidan yurdim. U sekin qadamini sekinlatib qizlardan qolib ketdi. Men qadamimni tezlatib unga yetib oldim va salomlashdim. U uyalib yerga qarab yurardi. O`zimam uyalin nima deyarimni bilmasdan faqat o`qish haqida yoki yoshligimizdagi sho`xliklarni aytib kuldirib ketdim. Kuni bilan tayyorlanib aytaman deb yurgan gaplarimni xammasi esimdan chiqib ketgandi. Xilvatroq joydan o`tib ketayotib uni oldiga chiqib ko`zlariga qaradim. U nima qilmoqchilimni tushundi va:

- Farruh xozirmas, uydagilar kutib o`tiribdi, tezroq uyga boray iltimos, dedi.

- Xo`p faqat bitta shartim bor ertaga shu paytda shu yerda uchrashamiz, boshqa ilojing yo`q rozi bo`lmasang qo`yib yubormiman.

- Xo`p lekin vada berolmiman, harakat qilaman ilojini topsam chiqaman.

- Biror baxona top, aytgancha ma senga shikalat oldim.

- Vuuuy men yaxshi ko`radigani, lekin ololmiman, xafa bo`ma.

- Olmasang qo`yvormiman seni boshqa chorang yo`q.

- Ovora bo`lib nima qilarding Farruh, shartamasiydi.

- E qo`ysangchi, bo`pti yur seni uyingga kuzatib qo`yay, tag`in nega kech kelding deb urushib yurmasin, keyingi hafta bekatga chiqib turishsa seni ko`rish uchun bittayu bitta imkoniyatimdan ayrilib yurmay.

- Xop ketdik.

shunday qilib bu yog`iga qo`l ushlashib ketdik. Uni uyidan sal beriroqda qoldim va uyiga kirib ketguncha qarab turdim. Ishxonamga kelsam bir ikkita odam meni kutib turgan ekan. Uzr so`rab darrov eshikni ochib kirdim va ishga sho`ng`ib ketdim. soat 23:00 da ishxonamni qulflab uyga qaytdim va Guliga tel qildim, u qo`yib qo`ydi, Men hayron bo`ldim. Xaa yonida odam bordir deb yo`limda devom etdim. Bir payt sms keldi ochib qarasam Guli ekan.

- Kechir Farruh xozir gaplasholmiman kayfiyatim yo`q biroz yig`lagandim. Keyin gaplashaylik Xop?

Turgan joyimda qotib qoldim, nima bo`ldiykan boyagina yaxshi ediku yo uyidagilardan gap eshitdimikan, besh daqiqa joyimda qotib qoldim va ming xil taxmin xayolimdan o`tdi. Oxiri unga javob yubordim.

- Jonim nima bo`ldi meni qo`rqitmagin, kim xafa qildi seni? Xozir xammasini aytmasang to`g`ri uyingga boraman.

javobni ko`p kutmadim darrov keldi:

- Xammasi yaxshi mendan xavotir olma.

Men nima bo`lganini bilgim keldi va yana sms yubordim:

- Dadam boya ichib kelgan ekan, qo`shnimizni yubileyidan, hecham ichmasdi shunga nega ichdiz, obro`li odamsiz bu yurishingiz yaxshimasku dada dedim. Keyin menga ishing bo`masin deb baqirib berdi va so`kdi, menga shu paytgacha so`kib yoki baqirmagandi, shunga yig`lavordim.

Men uni yupatgim keldi:

- Bo`ldi siqilma ertaga o`ziga kelsa aytasan, keyin kechirim so`raydi, xozir nima qilyabdi, sen qayerdasan?

- Dadam uxlab qoldi, Men xonamdaman.

- Istasang seni ko`rgani boraman, ko`p turmiman bir ko`ramanu ketaman nima deding uyingdan chiqa olasanmi.

- Mayli kelib telefon qil chiqaman.

Men quvonib uni uyiga shoshdim ko`chasiga kirib telefon qildim, u yana qo`yib qo`ydi. Men panaroqqa borib kutib turdim. 2-3 daqiqadan keyin u chiqdi, men telefonimni yorug`ini unga qaratdim. U yonimga keldi. Kelganidan uni qo`llaridan ushladim.

- Xafa bo`ma shirinim bo`lib turadi, dedimda uni yuzidan o`pib qo`ydim. U uyalib yerga qarab oldi va:

- Ketishim kerak deb yugurib uyiga kirib ketdi. (davomi bor)

O‘xshash hikoyalar