tungi.ru

JavoxirXaAaN taqdim etadi. "Soxta sevgi yoxud Qotil oshiq" drammasi

Javoxir

XαAαN ijodidan

Soxta sevgi qurboni yoxud qotil

oshiq

Komil ismli bir 23 yoshli yigit

bor edi. Uning oilasi, ota onasi

badavlat obro’li kishilar edi.

Komilning bir singlisi bor. Komil

judayam yengil hayotga

berilgan,do’stlari do’stlari bilan

o’yin kulgu ko’ngilxushlik qilib

yurishga odatlangan edi. U

universitetda o’qirdi lekin

o’qishga muntazam

qatnamasdi. Otasi uni haddan

tashqari erkalatib yuborgan,

o’qishni bitirgach unga

firma,do’konlar ochib berishni

vada qilgandi. Shuning uchun

Komil hayotga yengil ko’z bilan

qarardi. Taqdir taqozosi bilanmi

yoki Komilning iymoni zaifligi

boismi uning inson aslida

shaytondan ham battar bo’lgan

do’stlari uni nasha chekishga

o’rgatib qo’yishdi. Komil nashani

avval hidlab yurardi keyin

chekishni boshladi. Komilni bu

qilig’ini do’stlaridan boshqa

hech kim bilmasdi. Bir kuni

Komil universitetda 1 kursda

o’qiydigan Nigora ismli qizni

uchratib qolardi. U juda chiroyli

latofatli qaddi qomati hurliqo

o’zi juda soda bo’lgan qiz edi.

Komil uni ko’rib uni o’zicha

yoqtirib qoladi. Aslida bu

yoqtirish emas balki shaytoniy

nafs edi. Komil Nigorani

ko’riboq u bilan ko’ngilxushlik

qilish shu kabi jirkanch ishlarni

amalga oshirishdek g’arazli

niyatda u qizni avrashga aldap

suldap o’zini farishtadek qilib

ko’rsatib u bilan do’st tutinishga

kirishadi. Komil bazi bir

narsalarni bahona qilib Nigora

bilan tanishadi. Ular do’st

tutinadilar. Komil huddi

aktyorlardek oshiq ro’lini

o’ynashni boshlaydi. Oradan 2

oy vaqt o’tgach Komil Nigoraga

soxta sevgisini izxor qiladi.

Unga oltin tog’larni unga

uylanishni vada qiladi. Bechora

sodda qiz esa bu gaplarga

chippa chin ishonadi. Nigora

Komilni jonidan ortiq sevib

qoladi. Komil esa hamon o’sha

shaytoniy niyatda edi. Bir kuni

Nigora tasodifan Komilni

chekayotganini ko’rib qoladi.

Nigora uni sigareta deb o’ylaydi.

Komilning do’sti Aziz Nigoraga

bor haqiqatni Komil nasha

chekishini, Nigorani

sevmasligini u bilan

ko’ngilxushlik uchun yurganini

aytib beradi. Nigora bu gaplarga

ishonmaydi. Komildan so’raydi.

Komil esa ha nasha chekaman

nima qibti deb aybini tan oladi.

Lekin seni sevaman bu odatimni

tashlayman iltimos menga ishon

u do’stlarim meni boyligimni

ko’ra olmaydi alamidan shu

gaplarni senga aytishgan deb

Nigorani aldaydi. Nigora esa

agar bu odatingizni

tashlamasangiz nasha

chekayotganingizni onangizga

aytib beraman deydi. Komil esa

hop tashlayman faqat hech

kimga aytmaslikni uqtiradi.

Lekin Komil Nigoradan

havotirlanar aytib qo’yadi deb

qo’rqar edi. Oxir oqibat u

Nigoradan qutulish payiga

tushdi. Bir kuni u Nigorani

kinoga taklif qiladi. Nigora rozi

bo’ladi kechki payt taksida

yo’lga chiqishdi. Taksichiga

shaharni chekka qismidagi bir

joyga olib borishni aytadi.

Nigora: Voy qayoqqa

ketyapmiz? Komil: Qo’rqmang.

Kino boshlanishiga ancha bor

men hoz bir odamdan qarzim

bor edi shuni berib kelaylik

keyin kinoga boramiz. Nigorani

ko’ngli xotirjam bo’lib yo’lda

davom etishdi. Bird ala ovloq

joyda mashinani to’xtatdi.

Taksichi amaki mashinani

to’xtatdi va Komil mashinaning

yukxonasidan lapatkani olib :

Nigora sen mashinada o’tirib

tur biz hozir kelamiz

qarzimni egasiga berib kelay. Sal

nariroqqa borib Komil

taksichiga pichox niqtab dedi:

Shu yerdan chuqur kavla g’iring

desang so’yaman deb uni

qo’rqitdi. Shafyor chuqurni

kavlab bo’lgach Komil baland

ovozda Nigorani chaqirdi.

Nigora yetib keldi va shu payt

Komil uni haligi kavlangan

chuqurga itarib yubordi. Komil

shafyorga: Tez tez ko’m yo’qsa

so’yaman. Nigora jon holatda

baqirar chuqurdan chiqishga

urinar dod voy solardi. Komil

esa uni itarib yubordi va uni

ustiga tuproq tortib tiriklayin

ko’mib tashladi. Oradan vaqtlar

o’tib Komil qamaldi. Shafyor esa

bo’lgan voqeadan es xushini

yo’qotib ruxiy kasalliklar

shifoxanasiga yotqizildi. Shafyor

davolanib chiqdi. Lekin

ko’pincha Nigoraning o’sha

chuqurda yig’layotgani dod voy

solishi ko’z o’ngidan ketmas

tushlariga ham kirib chiqar edi.

Buni vijdon azobi deydilar.

Nigora sodda qiz soxta

sevgining qurboni bo’ldi. Hikoya

shu yerda yakunlanadi. Alloh

yomonlarga insof, yaxshilarga

panox bersin.

O‘xshash hikoyalar