tungi.ru

hikoya

Bu voqea sodir bo‘lgan paytda, qizcha

endigina o‘n yoshga to‘lgan edi. O‘sha

kezlarda u maktab hovlisida va yo‘laklarda

bolalar orasida shodumon yugurib yurardi.

Yosh bolalarning sho‘xliklarini biroz tartibga

solish uchun o‘qituvchilar yuqori sinf o‘quv-

chilaridan navbatchilar tayinlaydigan

bo‘lishdi. Yuqori sinf o‘quvchilari esa bu

ishga chinakamiga kirishib, qattiq nazorat

o‘rnatishdi. Kichiklar nazarida navbatchilar

qandaydir samoviy qudratga ega edilar.

Bolalar ikki qator bo‘lib sinflarga

ko‘tarilayotganlarida, ular zinaning ikki

tomonida turib kuzatishar, tanaffus paytlarida

esa yo‘lka bo‘ylab yurishar va sinflarni

tekshirishardi. Kimdir yugurishdan o‘zini

to‘xtata olmasa yoki biror nojo‘ya ish

qilayotganda qo‘lga tushib qolsa bormi, uning

holiga voy – tanaffusning qolgan qismini

eshik yonida tik turib o‘tkazishga majbur

bo‘lardi. Bola bola-da, shumtakalar aksiga

olib, yangidan-yangi beboshliklar bilan

nazoratdagilarni aldab, begunohlarni jazoga

giriftor qilishardi. Qizcha shunaqa shumlikka

duchor bo‘ldi. U eshik yonida turganida o‘g‘il

bolalardan biri kelib orqasidan shasht bilan

itarib yubordi. Qizcha eshikdan otilib chiqib,

tartibni nazorat qilib yurgan yuqori sinf

o‘quvchilaridan biriga borib urildi. Yigit uning

qo‘lidan mahkam ushlab, eshik yoniga olib

keldi:

– Sho‘xlik qilganing uchun mana shu yerda

turasan!

Qiz boshini ko‘tarib yigitga qaradi. Bu ishni

uning o‘zi ataylab qilmaganligini, o‘g‘il

bolalar itarib yuborishganini aytmoqchi bo‘ldi-

yu aytolmadi. Tomog‘iga bir narsa tiqilib,

ko‘zlaridan marjon-marjon yosh yumalab

tusha boshladi. Yig‘isini tiyolmayotgan

bo‘lsa-da, jazolayotgan yigit ahyon-ahyonda

unga qarab qo‘yayotganini payqadi.

Qizcha eshik yonida qotib turar, ko‘zlaridan

hamon yosh oqardi. Nihoyat, yigit uning

yoniga kelib, cho‘ntagidan dastro‘mol

olgancha, qizning ko‘zlarini artib qo‘ydi. Nega

bunaqa qilganini ehtimol o‘zi ham bilmasdi,

balki shu tariqa qizga ozgina yordam

bermoqchi, ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lgandir.

Qiz yigitga minnatdorchilik bilan qarab qo‘ydi,

bir necha daqiqa ularning nigohlari

to‘qnashdi. Yigit qiz o‘ylaganchalik yengiltak

va toshbag‘ir emas, uning ko‘zlarida chuqur

ma’no, olijanoblik va mehr bor edi. Keyingi

darslarning qanday o‘tganini qiz payqamadi.

Yigitning nigohi qizning ko‘z o‘ngidan ketmas,

murg‘ak qalbida allaqanday mavhum, tumanli,

ammo shirin tuyg‘ular uyg‘ongan edi...

Daryo tugab, uyga qaytayotganda qiz: «Balki

u orqamdan qarab turgandir», degan o‘yda

boshini mag‘rur ko‘tarib ketdi. Biroq bu

paytda orqada yigitning qorasi ham

ko‘rinmasdi. Kechqurun uyquga yotayotganda

yana o‘zining eshik yonida turgani, yigit kelib

cho‘ntagidan dastro‘mol chiqargancha

ko‘zlarini artib qo‘ygani qizning xayolidan

ketmadi.

Ertasiga u maktabga o‘qdek uchib bordi.

Ehtimol bugun ham ular uchrashib qolishar.

Qizcha bu uchrashuvdan quvonar, birozgina

qo‘rqardi ham. Katta tanaffus paytida u bir

necha bolalar bilan quvlashib, ataylab

yigitning(davomi yuq)

Boshqa hikoyalar